25. Inovatsion jarayon, yangilik, inovatsion muhitlar deganda nimani tushuniladi. Инновацион фаолият


Download 67.32 Kb.
Sana03.06.2020
Hajmi67.32 Kb.
#113929
Bog'liq
25-32 savollar


25. Inovatsion jarayon, yangilik, inovatsion muhitlar deganda nimani tushuniladi.

Инновацион фаолият – педагогик жамоани ҳаракатга келтирувчи, олға бошловчи, тараққий эттирувчи, замон билан бирга қадам ташлашга ёрдам берувчи куч саналади.

Инновацион фаолият – бу янги ижтимоий талаблар билан анъанавий меъёрларнинг мос келмаслиги ёҳуд амалиётнинг янги шаклланаётган меъёрларнинг мавжуд меъёрлар билан тўқнашуви натижасида вужудга келган мужмал муаммоларни ечишга қаратилган фаолиятдир”, - деб таъкидлайди В.И.Слободчиков. Ўқитувчи инновацион фаолиятининг марказий масаласи ўқув жараёнини самарали ташкил этишдан иборат.

Инновацион фаолият – узлуксиз равишда янгиликлар билан ишлашдан иборат бўлиб, у узоқ вақт давомида шаклланади ва такомиллашиб боради. Ўқитувчи инновацион фаолияти хусусиятларини ўрганиб чиққан педагог олимларнинг фикрларига таянган ҳолда, қуйидагиларни инновацион фаолиятнинг асосий белгилари дея эътироф этиш мумкин:


  • ижодий фаолият фалсафасини эгаллаш;

  • педагогик тадқиқот методларидан самарали фойдаланиш малакаларини ўзлаштириш;

  • муаллифлик концепцияларини яратиш қобилиятига эга бўлиш;

- тажриба-синов ишларини режалаштириш ва амалга ошира олиш;

  • ҳамкасблар билан ҳамкорликка эришиш;

  • Ҳамкасблар билан ўзаро фикр алмашиш, уларга амалий методик ёрдам кўрсата олиш кўникмаларига эга бўлиш;

  • зиддиятларнинг олдини олиш ва бартараф этиш тажрибасини ўзлаштириш;

- янгиликларни излаб топиш, уларнинг банкини яратиш ва ўз
шароитига мослаштириб бориш.

Инновацион жараёнлар динамикасининг таҳлили фақат фан ва техника эришган замонавий ютуқлардан фойдаланишни ўз ичига олибгина қолмай, балки янгиликларни излаш, яратиш, мослаштириш, татбиқ этиш ва олинган натижаларни қайта текшириш, умумлаштириш каби жараёнларни ўз ичига қамраб олади.



26. Инновацион фаолият ва инновацион педагогик фаолият нима?

Ta'limdagi innovatsiyalar va innovatsion pеdagogik faoliyat haqida barqaror va hammaga ma'qul bo`lgan ilmiy tasavvurlar va tasniflar shu paytgacha mukammal tarkib topgan emasligini ham e'tirof etish lozim. Bunday holatning asosiy sabablaridan biri ta'limga yo`naltirilgan ilmiy bilimlar tizimlari o`rtasidagi qiyinchilik bilan еngib o`tiladigan uzilishlardir. Yana kattaroq sabab esa ta'limiy bilim va amaliy pеdagogik faoliyat o`rtasidagi uzilishdir. O`qituvchi innovatsion faoliyatning sub'еkti va tashkilotchisi sifatida yangilikni yaratish, qo`llash hamda ommalashtirishda ishtirok etadi. U fandagi bilim, an'analardagi o`zgarishlar mazmunini va mohiyatini tahlil eta bilishi kеrak. Innovatsion faoliyat tushunchasi innovatsiya, innovatsion jarayon kabi tushunchalar bilan chambarchas boq`liq. Shu sababli bu tushunchalar mazmunini izoqlamasdan turib, innovatsion faoliyat mazmunini anglash mumkin emas. Innovatsiya -amaliyot va nazariyaning muhim qismi bo`lib, ijtimoiy-madaniy ob'еkt sifatlarini yaxshilashga yo`naltirilgan ijtimoiy sub'еktlarning harakat tizimidir . Bu q`oya nazariyasi mohiyatining yaratilishiga nisbatan turli yondashuvlar va fikrlar mavjud bo`lib, uning mohiyati borasida fanda yagona fikr mavjud emas. Innovatsiyalar dolzarb, muhim ahamiyatga ega bo`lib, bir tizimda shakllangan yangicha yondashuvlar. Ular tashabbuslar va yangiliklar asosida tuq`ilib, ta'lim mazmunini rivojlantirish uchun istiqbolli bo`ladi, shuningdеk, umuman ta'lim tizimi rivojiga ijobiy ta'sir ko`rsatadi. Innovatsiya-ma'lum bir faoliyat maydonidagi yoki ishlab chiqarishdagi tеxnologiya, shakl va mеtodlar, muammoni еchish uchun yangicha yondashuv yoki yangi tеxnologik jarayonni qo`llash, oldingidan ancha muvaffaqiyatga erishishga olib kеlishi ma'lum bo`lgan oxirgi natijadir. Bugun ta'lim tizimidagi innovatsiyalarni quyidagicha tasniflash ma'qullanmoqda:

    • Faoliyat yo`nalishiga qarab (pеdagogik jarayondagi, boshqaruvdagi).

  • Kiritilgan o`zgarishlarning tavsifiga ko`ra (radikal, modifikatsiyalangan, kombinatsiyalangan).

    • O`zgarishlar ko`lamiga ko`ra (lokal, modulli, tizimli).

    • Kеlib chiqish manbaiga ko`ra (shu jamoa uchun ichki yoki tashqaridan olingan).



  1. Шахсга йўналтирилган таълим технологиясининг моҳияти

Замонавий шароитда таълим жараёнининг барча имкониятларига кўра шахсни ривожлантириш, жтимоийлаштириш ва унда мустақил, танқидий, ижодий фикрлаш қобилиятларини тарбиялашга йўналтирилиши талаб қилинмоқда. Ўзида ана шу имкониятларни намоён эта олган таълим шахсга йўналтирилган таълим деб номланади. Шахсга йўналтирилган таълим – талабанинг фикрлаш ва ҳаракат стратегиясини инобатга олган ҳолда унинг шахси, ўзига хос хусусиятлари, қобилиятини ривожлантиришга йўналтирилган таълим. Бу таълим ўқитиш муҳитининг талаба имкониятларига мослаштирилишини назарда тутади. Унга кўра таълим муҳити, педагогик шарт-шароитлар, таълим ҳамда тарбия жараёнини тўлалигича талабанинг шахсий имкониятларини рўёбга чиқариш, қобилиятини ривожлантириш, шахс сифатида камолотга етишини таъминлаш, тафаккури ва дунёқарашини бойитишни назарда тутади. Шахсга йўналтирилган таълимнинг ўзига хос жиҳати таълим олувчи шахсини тан олиш, уни ҳар томонлама ривожлантириш учун қулай, зарур муҳитни яратишдан иборат.

  1. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalarning turlari va xususiyatlari

Мазкур таълим ижодий топшириқлар; креатив ёндашишни тақозо этувчи вазифалар; муаммоли вазиятлар; ролли ва ишбилармонлик ўйинлари; баҳс-мунозара, дебат; мусобақа кўринишидаги беллашувлар асосида ташкил этилади



30. Анъанавий дарс ўтишнинг асосий таркибий қисмлари қандай босқичлардан иборат?

An`anaviy ta`lim texnologiyasi - muayyan muddatga mo’ljallangan, ta`lim jarayoni ko’proq o’qituvchi shaxsiga qaratilgan  bo’lib, o’qitishning an`anaviy shakli, metodi va ta`lim vositalarining majmuidan foydalanib ta`lim-tarbiya maqsadiga erishishdir. An’anaviy dars o‘tish modelida ko‘proq ma’ruza, savol – javob, amaliy mashq kabi metodlardan foydalaniladi. Shu sabab, bu hollarda an’anaviy dars samaradorligi ancha past bo‘lib, o‘quvchilar ta’lim jarayonining passiv ishtirokchilariga aylanib qoladilar. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, an’anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda, unga turli tuman o‘quvchilar faoliyatini faollashtiradigan metodlar bilan boyitish o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini ko‘tarilishiga olib kelar ekan.

Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi, o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta’lim jarayonida faolligi muttasil rag‘batlantirilib turilishi, o‘quv materialini kichik – kichik bo‘laklarga bo‘lib, ularning mazmunini ochishda bahs, munozara, kichik guruhlarda ishlash, interfaol metodlarni qo‘llash, turli qiziqtiruvchi misollarning keltirilishi, o‘quvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga undash, turli baholash usullaridan foydalanish, ta’lim vositalaridan joyida va vaqtida foydalanish talab etiladi.

An’anaviy dars o‘tishning asosiy tarkibiy qismlari quyidagi bosqichlardan iboratdir.

Kirish bosqichi:

- o‘tgan o‘quv materialini takrorlash;

- dars maqsadini tushuntirish,

- dars mazmuni va rejasi bilan tanishtirish.

2. Yangi mavzuni yoritish:

- yangi mavzuni kichik – kichik bo‘lakchalarga bo‘lib berish;

- turli misollarni inkoni boricha ko‘rgazmali taqdim qilish;

- mavzudan chetlashmaslik;

- o‘quv materialining murakkab tomonlarini qayta tushuntirish;

- o‘quvchilarning tushunganlik darajasini tekshirib borish;

- teskari aloqani ta’minlash.

3. Materialni mustahkamlash uchun mashq.

Biror topshiriq(masala) yechimini o‘quvchilar bilan to‘liq tahlil

qilish.

4. Yo‘naltirib turiluvchi mashq.



O‘quvchilar topshiriq(masala)ni mustaqil bajarishadi, o‘qituvchi esa ularni nazorat qilib, tuzatish kiritib boradi.

5. Mustaqil bajariladigan mashq.

O‘quvchilar mashqni mustaqil holda o‘qituvchi yordamisiz bajarishadi.

6. O‘quvchilarning tushunganlik darajasini tekshirish.

7. Yakunlash.

31. Анъанавий ўқитиш методлари қандай афзаллик ва камчиликларга эга?

An’anaviy(ta’lim jarayoni markazida o‘qituvchi bo‘lgan) o‘qitish metodlari quyidagi afzalliklarga va kamchiliklarga ega.

Afzalliklari:

- ma’lum ko‘nikmalarga ega bo‘lgan va aniq ma’lam tushunchalarni, fanni

o‘rganishda foydali;

- o‘qituvchi tomonidan o‘qitish jarayonini va o‘qitish muhitini yuqori

darajada nazorat qilinishi;

- vaqtdan unumli foydalanish;

- aniq ilmiy bilimlarga tayanadi.

Kamchiliklari:

- o‘quvchilar passiy ishtirokchi bo‘lib qoladilar;

- o‘qituvchining to‘la nazorati barcha o‘quvchilar uchun motivatsiyani vujudga keltirmaydi;

- o‘quvchilar o‘qituvchi bilan bevosita muloqotga kirisha olmaydi;

- eslab qolish darajasi hamma o‘quvchilarda bir xil bo‘lmaganligi sababli, guruh bo‘yicha o‘zlashtirish darajasi past bo‘lib qolishi mumkin;

- mustaqil o‘rganish va yechimlar qabul qilish uchun sharoitlar yaratilmaydi.

Hozirgi vaqtda ta’lim muassasalarida o‘qitishning zamonaviy shakl va usullari keng qo‘llanilmoqda. O‘qitishning zamonaviy usullarini qo‘llash ta’limda yuqori samaradorlikka olib keladi. An’anaviy o‘qitishda asosan o‘qituvchiga erkinlik beriladi (subyekt-obyekt), noan’anaviy o‘qitishda esa o‘quvchiga erkinlik beriladi, o‘qituvchi-o‘quvchi munosabatlarini demokratlashtirish (subyekt-obyekt) asosida dars jarayonlari tashkil etiladi.

O‘qitishning noan’anaviy usullaridan samarali foydalanish o‘qituvchining kasbiy malakasi hamda mahoratiga bog‘liq.

32. Таълим жараёнини лойиҳалашнинг марказлаштириш тамойили

Ta‟lim jarayonini loyihalashda nafaqat har bir tarkibiy qism, balki ular orasidagi aloqalar ham modellashtiriladi. Tizimlilik tizimlashtiriluvchi elementlarni ajratish va ular orasidagi aloqalarni ifodalash orqali ta‟lim jarayonini yaxlit holda loyihalashga xizmat qiladi. Ta‟lim jarayonini loyihalash qonuniyatlari loyihalash tamoyillarning nazariy asoslarini ishlab chiqishga va pedagogik faoliyat amaliyotida qo„llashga zamin tayyorlaydi. Ta‟lim jarayonini loyihalashning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:



1. Markazlashtirish tamoyili texnologik jarayonda o„quvchilar faoliyati modelini loyihalashning bosh elementi sifatida ifodalanadi. Ta‟lim jarayoni tuzilmasida asosiy tizimlashtiriluvchi ta‟lim mazmuni va o„quvchi faoliyati texnologik jarayon hisoblanib, uning mazmunini o„quvchilarning ijtimoiy tajriba asoslarini o„zlashtirib olishga yo„naltirilgan o„quv faoliyati tashkil etadi. Har bir o„quv fani bo„yicha ta‟lim mazmuni umumiy ta‟lim maqsadi va vazifalariga muvofiq belgilanadi. Faoliyatli yondashuv nuqtai nazaridan umumiy o„rta ta‟lim mazmunini tashkil etuvchi har bir unsur (element) sub‟ekt faoliyatining turlaridan 39 biriga muvofiq kelishi kerak. Sub‟ekt faoliyatining turlari, o„z navbatida, aniq modellar yig„indisi sifatida umumlashgan faoliyat modellari orqali ifodalanishi zarur. O„quvchilar faoliyati modeli tizimlashtiriluvchi element bo„lib, o„quvchining yaxlit faoliyati mazmunini aniqlashga xizmat qiladi. Markazlashtirish tamoyili loyihalashni quyidagi tartibda amalga oshirishni talab etadi: faoliyat modellarini maqsadga muvofiq yaratish, shuningdek, ularni o„quvchilar tomonidan o„zlashtirish usullari, vositalarini tanlash (texnologik operatsiyalar), o„quv faoliyatini boshqarish usullari (o„qituvchi faoliyati)ni asoslash.
Download 67.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling