Referat chet el olimlarining tabiatshunoslikni o ’

Sana01.01.1970
Hajmi
#257305
Bog'liq
Referat chet el olimlarining tabiatshunoslikni o ’


Chirchiq Davlat Pedagogika Instituti Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishi 18/7 guruh talabasi
Abduganiyeva Gulmiraning
Tabiatshunoslik o’qitish metodikasi fanidan
REFERAT
"Chet el olimlarining tabiatshunoslikni oqitish fanining shakllanishi va rivojlanishiga qoshgan hissalari "


Reja:
1. Boshlang’ich sinflarda tabiatshunoslikning o’qitilishi.
2. Tabiatshunoslikni o’qitish metodikasining qisqacha tarixi.
3. Tabiatshunoslikni o’qitish rivojlanishoga xissa qo’shgan chet ellik olimlar.


1986- yildan boshlab maktablarda to’rt yillik boshlang’ich ta'limga o’tish munosabati bilan boshlang’ich sinf uchun atrofdagi olam bilan tanishtirish va tabiatshunoslik bo’yicha dasturlar hamda “Atrof olam bilan tanishtirish” va “Tabiatshunoslik” kurslari bo’yicha o’quv-metodik komplekslar (darsliklar, metodik qo’llanmalar, kuzatishlar kundaligi) nashr qilindi. Tabiatshunoslik sikli bo’yicha o’quv kompleksi muntazamlilik, mazmunining rivojlantirilishi sinfdan-sinfga o’tgan sari asta-sekin chuqurlashtirib, kengaytirib borish, tuzilishga yagona yondashish, tuzilishning vorisligi bilan ta'minlandi.
Ushbu dastur hamda darsliklar Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so’ng uning dastlabki yillariga qadar amalda bo’ldi.
Respublikatniz mustaqillikka erishgach iqtisodiy hamda ijtimoiy rivojlanishning o’ziga xos yo’liga ega bo’ldi. Mustaqillik barcha sohalarda bo’lgani kabi ta'lim sohasini ham tubdan yangilash zaruriyatini vujudga keltirdi.
O’zbekiston Respublikasining “Ta'lim to'g’risida”gi Qonuni hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablari asosida ta'limning maqsadi, vazifalari, mazmuni, shakli, vositalari birinchi darajali ehtiyojga aylandi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan “Uzluksiz ta'lim tizimida davlat ta'lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish to'g’risida”gi 1998- yil 5- yanvar qarori chiqdi va ushbu qaroiga binoan “Davlat ta'lim standarti to’g’risidagi Nizom” tasdiqlandi. Unda boshlang’ich ta'lim 4 yillik deb qabul qilindi va 1-2- sinflarda “Atrofimizdagi olam” va 3-4- sinflarda “Tabiatshunoslik” fanlarining o’qitilishi ko’rsatib o’tildi. Respublikamiz miqyosida ushbu hujjatlarga muvofiq va “Davlat ta'lim standarti to’g’risidagi Nizom”ga amal qilingan holda ta'lim jarayoni olib borilmoqda.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling