dilorom

Sana01.01.1970
Hajmi
#260968
Bog'liq
dilorom


O`zbekiston Respublikasi Oliy va O`rta
Maxsus Ta`lim vazirligi
Buxoro Davlat Universiteti
Fizika-Matematika fakulteti kasb ta`lim
yo`nalishi 1-“k” guruh talabasi



Bajardi:
Tekshirdi: Oripova M

Buxoro - 2010


2. Ajdodlarimiz merosi – ma’naviyatimiz ildizi.

Reja:


1.O’zlikni anglash, millatning kelajagini ta’minlaydi.
2. Ajdodlarimiz merosi – ma’naviyatimiz ildizi.
Bugun biz tarixiy bir davrda – xalqimiz o’z oldiga ezgu va ulug’ maqsadlar qo’yib, tinch-osoyishta hayot kechirayotgan, avvalambor o’z kuch va imkoniyatlariga tayanib, demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish yo’lida ulkan natijalarni qo’lga kiritayotgan bir zamonda yashamoqdamiz.
Biz o’z taqdirimizni o’z qo’limizga olib, azaliy qadriyatlarimizga suyanib, shu bilan birga, taraqqiy topgan davlatlar tajribasini hisobga olgan holda, mana shunday olijanob intilishlar bilan yashayotganimiz, xalqimiz asrlar davomida orziqib kutgan ozod, erkin va farovon hayotni barpo etayotganimiz, bu yo’lda erishayotgan yutuqlarimizni xalqaro hamjamiyat tan olgani – bunday imkoniyatlarning barchasini aynan mustaqillik berganini bugun hammamiz chuqur anglaymiz.
Ana shu haqiqatni xalqimiz har tomonlama to’g’ri tushunib, tanlagan taraqqiyot yo’limizni ongli ravishda qabul qilgani va qo’llab-quvvatlayotgani oldimizga qo’ygan maqsadlarga erishishning asosiy manbai va garovi ekanini hayotning o’zi tasdiqlamoqda.
Biz xalqimizning dunyoda hech kimdan kam bo’lmasligi, farzandlarimizning bizdan ko’ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo’lib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu borada ma’naviy tarbiya masalasi, hech shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb etadi. Agar biz bu masalada hushyorlik va sezgirligimizni, qat’iyat va mas’uliyatimizni yo’qotsak, bu o’ta muhim ishni o’z holiga, o’zibo’larchilikka tashlab qo’yadigan bo’lsak, muqaddas qadriyatlarimizga yo’g’rilgan va ulardan oziqlangan ma’naviyatimizdan, tarixiy xotiramizdan ayrilib, oxir-oqibatda o’zimiz intilgan umumbashariy taraqqiyot yo’lidan chetga chiqib qolishimiz mumkin. O’z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi yo’q.
O’sib kelayotgan avlod bugungi ezgulik yo’lidagi bunyodkorlik ishlarining davomchisidir. Milliy manaviyatimiz qirralarini kelajak avlodimiz shuurida mukammal shakllantirish va yuksaltirish uchun barchamiz mas’ulmiz.
“Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarini uzluksiz ta’lim tizimida o’rganishdan maqsad – yoshlarga inson, millat, davlatning barqarorligi, taraqqiyotga erishish va bu yo’ldagi qiyinchiliklarni yengishda eng hal qiluvchi kuch va tayanch nuqta yuksak ma’naviyat ekanligini singdirish. 
Uzoqqa bormasdan, xalqimiz o’z boshidan ke-chirgan mustamlaka davrini bir ko’z oldimizga keltiraylik. Qariyb 150 yil davom etgan, tari-ximizning tom ma’nodagi qora kunlari bo’lmish o’sha zamonda bir paytlar o’zining qudratli davlatchiligi, buyuk farzandlari, yuksak ilmu mada-niyati, obod shahar va qishloqlari bilan dunyoni hayratda qoldirgan el-yurtimiz qanday og’ir ma-shaqqatlarga duchor bo’lganini yaxshi bilamiz.
Lekin ana shunday dahshatli davrda ham har miz o’zini, o’zligini yo’qotmadi. Tilini va dinini, iymon-e’tiqodini saqlab qoldi. Nohaqlik va zo’ravonlik hukmron bo’lgan shunday zamon-larda ham yurtimizdan millat va xalq qayg’usi bilan yashagan haqiqiy vatanparvar insonlar yeti-shib chiqdi. Xalqimizning asrlar sinovida yana-da kuchayib, toblanib borgan mustahkam iroda-si, iymon-e’tiqodi nafaqat qadimiy ma’naviya-timiz, balki milliy o’zligimizni sak.pab qolish-ga asos bo’ldi.
Agar biz dunyo tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak, boshqa xalqlar ham ozodlik va mustaqil-likni qo’lga kiritish, milliy tiklanish, o’z davlatchiligini, havas qilsa arziydigan fuqarolik jamiyatini mustaxkamlash jarayonida ana shun-day fazilatlarga tayanib va suyanib, barcha sohalarda - bu iqtisodiyot yoki ijtimoiy hayot bo’ladimi, madaniyat, ta’lim-tarbiya va ilm-fan bo’ladimi — o’zining beqiyos ichki qobiliyat va salo-hiyatini ishga solish, uni ro’yobga chiqarish hiso-bidan taraqqiyotga erishganini ko’ramiz.
Masalan, Yaponiya yoki Janubiy Koreyani olaylik. Bu mamlakatlarning Ikkinchi jahon urushidan keyin qanday og’ir ahvolga tushib qolganini hammamiz yaxshi bilamiz. Xo’sh, ular nimaning evaziga qisqa davr ichida bu qadar ri-vojlanishga erisha oldi? Axir, bu o’lkalarda mo’l-ko’l tabiiy xomashyo manbalari, mineral re-surslar deyarli yo’q-ku! Albatta, bu borada o’sha paytda dunyoda mavjud bo’lgan siyosiy omillar, xalqaro vaziyatning ta’sirini inkor etib bo’l-maydi. Lekin yapon va koreys xalqi asrlar davo-mida shakllanib, katta bunyodkor kuchga aylangan o’ziga xos milliy ma’naviyati hisobidan ham ri-vojlangani bugungi kunda hech kimga sir emas. Shuning uchun «yapon mo’’jizasi» yoki «koreys mo’’jizasi» haqida gap ketganda, taniqli ekspert va mutaxassislar ham birinchi galda «yapon xa-rakteri», «koreys tabiati» degan iboralarni tilga oladi. Tabiiyki, ular bu o’rinda avvalo mazkur xalklarga mansub ma’naviy fazilatlarni nazarda tutadi. Ya’ni, bu xalklarning ichki dunyosi va irodasi ma’naviyat negizida yanada tob-langan, kamolga yetgan.
Bunday xulosaning tasdig’ini nafaqat mazkur ikki davlat, balki boshqa mamlakat va xalq-lar misolida ham ko’rish qiyin emas.
Vijdon pokligi va bedorligi asrlar, zamonlar osha inson ma’naviyatining tayanch ustunla-ridan biri bo’lib kelmoqtsa. Jamiyat hayotida ado-lat va haqiqat, mehr-shafqat, insofu diyonat kabi tushunchalarni qaror toptirishda aynan mana shu omilning o’rni va ta’siri beqiyosdir. Vijdoni uyg’oq odam yon-atrofida bo’layotgan voqealarga, yordam va ko’makka muhtoj insonlarning muammolariga, adolatning toptalishiga befarq qaray olmaydi. Ayniqsa, el-yurt manfa-atiga zarar yetkazadigan yovuz xatti-harakatlarga hech qachon chetdan jim qarab turolmaydi, o’z yurti va xalqiga nisbatan xiyonat va sotqinlikni aslo qabul qilolmaydi. Bunday holatlarni ko’rganda vijdoni qiynaladi, doimo yonib-kuyib yashay-di, qanday qilib bo’lmasin, ularni bartaraf etishga intiladi, kerak bo’lsa, bu yo’lda hatto jonini ham fido qiladi.
Chindan ham, agar odamzot bu dunyoda ruhan pok bo’lib, irodasi baquvvat, iymoni butun, vij-doni uyg’oq bo’lib yashamas ekan, inson hayotining qanday ma’nosi qoladi?
Mana shu savol har bir sog’lom fikrlaydigan odamni hamisha o’ylantirishi, sergaklikka chor-lab turishi zarur.
Bunday ezgu maqsadlarga esa, faqat yuksak ma’naviyat, uzluksiz ma’naviy tarbiya orqali-gina erishish mumkin.
Ma’naviyat insonning qon-qoni, suyak-suyagiga yillar davomida ona suti, oila tarbiyasi, ajdod-lar o’giti, Vatan tuyg’usi, bu hayotning ba’zida achchiq, ba’zida quvonchli saboqlari bilan qatra-qatra bo’lib singib boradi. Ayniqsa, tabiatga, odamlarga yaqinlik, doimo yaxshilikni o’ylab yashash, halol mehnat qilish, dunyoning tengsiz ne’mat va go’zalliklaridan bahramand bo’lish ma’-naviyatga oziq beradi, uni yanada kuchaytiradi.
Jahon xalqlari tajribasi, ularning bosib o’tgan murakkab rivojlanish yo’llari, bu bora-dagi saboq va xulosalar shundan dalolat beradi-ki, qaerda davlat va jamiyat taraqqiy topsa, xalqning tinch-osoyishta hayot kechirishi, o’z oldiga ezgu va buyuk maqsadlar qo’yib yashashi uchun etarli shart-sharoitlar yaratilgan bo’lsa, o’sha yerda erkin fikrlash muhiti va shu asosda ma’-naviy yuksalish uchun yangi imkoniyatlar tug’iladi.
Sakson beshinchi yil bahorida: «Xudoga shukur, bizning ham zamonamiz keladigan bo‘ldi», deya shirin xayollar qilgan, endi esa hafsalasi pir, mirquruqlik suyak-suyagidan o‘tib ketgan yalangto‘sh xalq asta-sekin olomonga aylanib bormoqda. Jamiyatning o‘zi unga o‘g‘irlash, talash, o‘marish va ayni paytda jazosiz qolish sirlaridan saboq bermoqda.
Osmonimizda hamon quyosh charaqlab turgani, dalalarimizda hosil bitayotgani, bolalar tug‘ilayotganiga kelsak, bu xavfli xotirjamlik, azizlar! Qora bulut Fiva osmoni kabi imonimizga allaqachon soya tashlagan, ma'naviyatimiz asta-sekin nurab, to‘kilib bormoqda. Bizning basir ko‘zlarimiz bu ofatni ko‘ra olayotgani yo‘q, xolos.
Jamiyat jinoyatchilikdan, harom-harishdan xalos bo‘lmaguncha adolat chirog‘i charaqlamaydi. Ko‘k mash'alasi olamni yoritsa, adolat chirog‘i dilni munavvar aylaydi.
Tadbirda ta'kidlanganidek, istiqlol yillarida qadimiy shaharlarimiz tarixini chuqur o'rganib, ularning yubiley sanalarini keng nishonlash an'anaga aylandi. Prezidentimiz Islom Karimovning 2006 yil 25 iyulda qabul qilingan "Samarqand shahrining 2750 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish to'g'risida"gi qarori buning yana bir dalilidir. Bunday tadbirlar yosh avlodni milliy g'urur va iftixor, Vatanga muhabbat, istiqlol g'oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega.
Qadimiy va boy tarixi, betakror madaniyati, buyuk siymolari bilan jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga ulkan hissa qo'shgan Samarqand milliy davlatchiligimiz va ma'naviyatimiz beshiklaridan sanaladi. Ushbu shaharda tavallud topib, voyaga yetgan ulug' mutafakkirlarimiz nainki yurtimiz, balki jahon ilm-fani taraqqiyotiga beqiyos hissa qo'shganlar. Bunga buyuk bobomiz Mirzo Ulug'bek faoliyati yorqin misoldir.
Mirzo Ulug'bekning boy ma'naviy va ilmiy merosi bugungi kunda ham jahonning yetakchi oliy ta'lim dargohlari, ilmiy markazlarida o'rganiladi. Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan O'zbekiston Milliy universiteti bobokalonimiz nomi bilan atalishi Vatanimizning bugungi yuksak ilmiy-ma'rifiy salohiyatidan dalolatdir.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling