ONA TILI-15 tali 25.03.2020-yil - копия

Sana01.01.1970
Hajmi
#264649
Bog'liq
ONA TILI-15 tali 25.03.2020-yil - копия





ONA TILI VA ADABIYOTI
25.03.2020 – Test-10
15 tali (Majburiy)
1. parrak, qo‘yin, tuk, bu, bo‘g‘iz, varaq, obro‘, yuk, ko‘ngil, shu, haq
Berilgan so‘zlardan nechtasida egalik qo‘shimchalari qo‘shilganda tovush ortishi yuz beradi?
A) 2 B) 3 C) 5 D) 4
2. Qaysi gap tarkibida ismlarning munosabat shakli bilan shakldosh bo‘la oladigan fe’l yasovchi qo‘shimcha ishtirok etgan?
A) Yomonga yo‘liqsang, “yov keldi” qilar
B) Daraxtni yer ko‘kartiradi, odamni –yel
C) Bir tishlam non gadosi bo‘lib, birovning eshigiga borgan vaqtlarim bo‘ldi
D) Kapalakning izidan quvib yurgan bolakaylar tinchib, uy-uylariga kirib ketishdi
3. Quyidagi gaplarning nechtasida imloviy jihatdan xato yozilgan so‘z qatnashgan?
1. O‘zbekistonning xalqaro obro‘yi kundan-kunga oshib bormoqda. 2. Paxtakorlar tergan ko‘saklarini xirmonga to‘plashdi. 3. Farovonlik istasang, baxtli bo‘lganingda ham do‘st-yor orttir, chunki dengiz to‘lib-toshsa ham, daryo suviga muxtojdir. 4. Qaysi vazir g‘iybat gaplarni aytsa, uydurma gaplarga quloq solsa, jabr-zulm qilsa, o‘ziga yoqmagan kishilarni yo‘qotish payiga tushsa, uni vazirlikdan tushirish lozim.
A) 4 tasi B) 1 tasi C) 2 tasi D) 3 tasi
4. Qaysi gapda mustaqil atash ma'nosiga ega bo‘lgan so‘zlar soni 5 ta?
A) Ehtimol, ertalab o‘ziga isitish uchun shunaqa deyayotgandir.
B) Sen ham, men ham shunga ishonibmiz-a?
C) Hammasini tinglardlm, ammo o‘xshashini topmasman aslo.
D) To‘rtta savag‘ich bilan urib, par singari titibdi.
5. U akalari bilan suvsiz cho‘lga suv chiqaribdi, hamma yoqni gullagan bog ‘-rog‘ga aylantiribdi. Lekin bosqinchilar ekinzorlarni payhon qilishibdi, daraxtlarni qirqib yoqishibdi.
Ushbu matndagi nechta sodda fe'lning yetakchi morfemasi omonimlik xususiyatiga ega?
A) 2 B) 4 C) 3 D) 5
6. Atamashunoslik so‘zi tarkibidagi ikkinchi ko‘makchi morfema qaysi so‘z turkumiga oid so‘zga yangi ma’no berishga xizmat qilgan?
A) fe’l B) sifat C) ot D) ravish
7. Berilgan gapda hokim bo‘lak vazifasida kelgan so‘z nechta?
Yigit oddiy kiyingan, o‘rtabo‘y va chiroyli ekan.
A) 3ta B) 4ta C) 1ta D) 2ta
8. Berilgan gapda qaysi mustaqil so‘z turkumlariga oid so‘zlar qatnashgan?
O‘sha kuni kechasiyoq qahramonliklar ko‘rsatib, shuhrat taratib, o‘qituvchilarimni hayratda qoldirdim.
A) ot, sifat, ravish, fe'l B) ravish, ot, fe’l
C) olmosh, ot, fe’l D) olmosh, ravish, ot
9. Qaysi gapda otlashgan son qatnashmagan?
A) Durroj ham Sherning so‘zini ma’qul ko‘rdi va o‘rmonda ikkovi do‘stona yashay boshladi.
B) lkkala qiz chiqdi ariq bo‘yiga.
C) To‘qqizida bo‘lmagan aql, to‘qsonida ham bo‘lmas.
D) Birinchisiga doim siz ega chiqasiz, bu insofdan emas.
10. Ravishning bir ma’no turiga oid so‘zlar berilgan qatorni aniqlang.
A) oldinda, olg‘a, bir lahzada B) birdan, yayov, bafurja
C ) qasddan, noiloj, jinday D) hamisha, zo‘rg‘a, kecha-kunduz
11. Vatan haqidagi jozibador qo ‘shiqlar el-elatlarni birlashtirishga, ularni tinch-totuv va osoyishta yashashga, Vatanni har jihatdan yuksaltirishga, ko‘z qorachig‘iday asrashga, butun vujudi bilan mehr ko‘rsatib himoya qilishga da’vat etadi.
Ushbu gapda orttirma nisbatdagi fe’llar qaysi gap vazifasida kelgan?
A) 2 o‘rinda kesim, 1 o‘rinda to‘ldiruvchi
B) 1 o‘rinda hol, 2 o‘rinda to‘ldiruvchi
C) 1 o‘rinda kesim, 2 o‘rinda to‘ldiruvchi, 1 o‘rinda hol
D) 1 o‘rinda kesim, 1 o‘rinda to‘ldiruvchi, 1 o‘rinda hol
12. Yopiq bo‘g‘inlaridan biri faqat jarangli sirg‘aluvchi til undoshlari va unlidan tarkib topgan so‘zni aniqlan.
A) insonparvar B) suhbat C) qing‘ir D) shamshir
13. Berilgan so‘zlardan nechtasida nuqtalar o‘rniga bo‘g‘iz undoshi qo‘yilishi kerak
alifa, …ilvatxona, mu…olif, …assos, e…rom, shuku…li, ta…sin
A) beshtasida B) uchtasida C) oltitasida D) to‘rttasida
14. Gapirganda avvalgi baland ovoz bilan emas, shivirlab gapirdi.
Ushbu gaplar haqida berilgan noto‘g‘ri fikrni aniqlang.
A) ravishdan sifat yasalgan B) taqlid so‘zdan fe’l yasalgan
C) otdan fe’l yasalgan D) sifatdan ot yasalgan
15. Kesimlari sodda tub so‘zlar bilan ifodalangan bog‘lovchisiz qo‘shma gapni aniqlang.
A) Otalar so‘zi- aqlning ko‘zi.
B) Rostgo‘y odamning bitta ojizligi bo‘ladi: uni aldash oson.
C) Har qanday donolikning cheki bor, nodonlik esa chegara bilmaydi.
D) Suv keldi- cho‘llarda hayot boshlandi


Tuzuvchi: Mingbuloq tumanidagi 13-sonli DIMI
Oliy toifali ona tili va adabiyot o`qituvchisi:
Rahmonov Nasriddin Turg`unaliyevich
Telefon: +998931764447
TELEGRAM MANZILIMIZ:
ZIYOLI ZIYOKORLAR ZIYOSI
https://t.me/Tilchi_Adab_NasriddinRahmonovdtm


Ona tili sintaktik tahlil
https://t.me/kuchli_tilchilar


Download

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling