Fan: Matematika
Sinf: 1
Mavzu: 20 dan 29 gacha bo`lgan sonlar (1-3-misol-masala)
O`quvchi soni: 30
Darsning maqsadi:
a) ta’limiy: o‘quvchilarga 20 dan 29 gacha bo‘lgan sonlar haqida bilim berish, ikki xonali sonlar haqidagi bilimlarini boyitish;
b) tarbiyaviy: tabiatni sevishga, uning go`zalligini asrashga chaqirish;
d) rivojlantiruvchi: olingan bilim, ko‘nikma va malakalarini kundalik hayotda foydalanish.
Dars turi: O`quvchilarning bilim, ko`nikma, malakalarini rivojlantiruvchi
Dars metodi: guruhda ishlash metodi, “Kollaj” metodi, ta`limiy o`yinlar.
Dars jihozi: guruh nomlari yozilgan tablichkalar, “Kollaj" uchun tayyorlangan plakat, guruhlar uchun turli rasmli topshiriqlar, multimediali ilovalar
Dasrning texnologik xaritasi.
T/r
|
Darsning borish bosqichlari
|
Darsda foydalaniladigan metodlar
|
Vaqti
|
1
|
Tashkiliy qism
|
Kayfiyat, kirish suhbati.
Guruhlarga bo`lish
|
5 daqiqa
|
2
|
O‘tilgan mavzuni so‘rash, uy vazifasini tekshirish.
|
“Do`stingga pand berma” , “Bizdan savol-sizdan javob” o`yinlari,
“Kollaj” metodi
|
12 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzu bayoni.
Darslik bilan iashlash
|
Ko`rgazmalilik, “Hamma bir-biriga o`rgatadi” metodi
|
15 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
“Charxpalak” metodi
|
6 daqiqa
|
5
|
Baholash va rag‘batlantirish.
|
Ballarni e`lon qilish. Taqdirlash.
|
3 daqiqa
|
6
|
Uyga vazifa berish.
|
Tushuntirish, topshiriq berish.
|
2 daqiqa
|
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism. O`quvchilar diqqatini darsga jalb etish.
-Bolajonlar, kayfiyatingiz qanday? -A`lo
-Darsimiz nima? -Matematika
Matematik she`r aytiladi.
-Shiorimiz “A`lo baholarda o`qish va Vatanni sevib ardoqlash”
-Bugun kim navbatchi? Who is on duty today?
....
-Bolajonlar, siz matematika darsida nimalarni o`rganib kelyapsiz?
O`quvchilar javoblari to`ldirib boriladi.
O`quvchilarni guruhlarga ajratish
1-guruh -“Bilimdonlar", 2-guruh -“Zukkolar”, 3-guruh - “Donolar”
II. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
Uyga vazifa “Do`stingga pand berma” o`yini tarzida tekshirib olinadi. Bunda o`quvchilar yonlaridagi o`rtoqlari bilan daftarlarini almashtirib oladilar. Misol natijalari o`qituvchi yoki o`quvchilar tomonidan o`qiladi. Natijalar tekshirib boriladi. Xatolar aniqlanib “Do`stim mehga pand berdi” deb o`rtog`ining xatosini o`quvchi aytadi.
19+1= 20 18-1= 17 16-6= 10 10+9= 19
10+3= 13 13-3= 10 14-4= 10 10+5= 15
O`tgan darsdagi mavzuni takrorlash maqsadida
“Bizdan savol-sizdan javob” o`yini
Bunda o`quvchilar ekranda berilgan topshiriqlarni bajaradilar.
(Topshiriqning elektron varianti videorolik ko`rinishida ilova qilinmoqda)
1) Oyim berdi 5 olma
O`zimda ham bor 3 ta
Sanab ko`rsang ayta qol
Menda nechta olma bor? (8 ta olma)
- Olma ingliz tilida qanday aytiladi ? -Apple.
2) Oyim boqar 5 sigir
Ovqat berar birma-bir
Sog`iladi 2 tasi
Sut bermaydi nechtasi? (3 ta)
Masala qaysi uy hayvoni haqida ekanligi, uning ham ingliz tilida aytilishi so`raladi. Cow uning foydali tomonlari aytiladi.
3) Menda 5 ta o`yinchoq bor edi. Opam bilan akam 2 ta o`yinchoq bergan edi. Menda nechta o`yinchoq bo`ldi? (7 ta)
O`yinchoq ingliz tilida doll deyilishi so`rab aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |