2matnning lingvopoetik tahlili fani haqida tushuncha

Download 26.58 Kb.
bet1/7
Sana08.01.2022
Hajmi26.58 Kb.
#250310
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Tilshunostlik

2MATNNING LINGVOPOETIK TAHLILI fani haqida tushuncha

MATNNING LINGVOPOETIK TAHLILI fani haqida tushuncha

O‘zbek tili asrlar davomida necha minglab turkiy ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan bo‘lib, o‘zbek xalqi orasida o‘zaro aloqa vositasi hamda uning matbuot va badiiy adabiyot tili bo‘lib xizmat qilmoqda. Bu tilda A. Navoiy, Bobur, Abulg‘ozi Bahodirxon, Mashrab, Muqimiy, Furqat, CHo‘lpon, Fitrat va boshqa qator adiblarimiz o‘zlarining tarixiy badiiy asarlarini yaratib, uning qudratini namoyish qilganlar. O‘zbek tilining o‘ziga xos jilosi, uning serqirraligi, badiiy obrazlar yarata olish qudratini to‘laroq anglash uchun mumtoz va hozirgi zamon adiblarimiz badiiy asarlari tilini o‘rganish zamon talabidir. Oddiy tuyuqlardan toki epopeyagacha bo‘lgan asarlarning tili turlitumandir. Ayniqsa, so‘zlar badiiy tasvirda estetik zavq beruchi san’atga aylanganda yanada murakkablashadi. Jumladan, asarda tasvirlangan davrga xos so‘zlar, sheva so‘zlari, kasb-hunar so‘zlari individual muallifga xos semantik qo‘llanish, so‘z yasash, grammatik shakllarni har xil ma’noda qo‘llash, turli so‘z birikmalari tuzish va ishlatish xilma-xildir. Sanalgan omillarni anglab tahlil qilish ushbu kursning mazmuni va mundarijasini tashkil qiladi. Xuddi shuningdek, istalgan bir matnni tushunish uchun tabiiy til grammatikasini bilish talab qilinadi. Ammo badiiy matnni tushunishda “badiiy matn grammatikasi”ni bilish lozim. YA’ni konkret til grammatik vositalarini muayyan holatda qaysi shakl va mazmunda ishlatilganligini aniqlash kerak. CHog‘ishtiring: til grammatikasida jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi: -ga, -ka, -qa, -g‘a (arx), -a, -ya, -na (dialektal) kabilar ot yoki otlashgan so‘zlarga qo‘shilib, asosan harakat yo‘naltirilgan tomon, vaqt, atalganlik kabi ma’nolarni bildiradi. Badiiy asar tilida esa shu ma’nolar bilan birga –g‘a shaklida davr ruhi ifodalanadi, -a, -ya, -na shakllarida esa mahalliy kolorit beriladi. Har ikkalasi ham obraz yaratadi. Badiiy matnning lisoniy tahlilida tarixiylik, shakl va mazmun birligi, umumiylik va xususiylikning uyg‘unligi prinsiplariga amal qilinadi. Har qanday matn ma’lum bir davr mahsuli, hayotiy reallikning til vositalarida aks etishidir. Xuddi shuningdek, badiiy matn yakka holda mavjud bo‘lgan til vositalarining umumiy yig‘indisi “tizimlarning tizimi”dir hamda individual muallifga xos va umumiy belgilarning konkret matnda namoyon bo‘lishidir. Bu shu kursning metodologiyasini tashkil etadi. Adabiyotning so‘z san’ati ekanligi haqidagi haqiqat juda qadim zamonlardan beri takrorlanib kelinadi. Demakki, adabiyotning bosh unsuri so‘z, umuman, tildir. Adabiy asarning san’at darajasiga ko‘tarila borishi uning lisoniy tarkibi va asar muallifining badiiy ifoda balog‘atiga bog‘liq ekanligi shubhasiz. SHunday ekan, har qanday adabiy asarning mohiyatini xolis baholamoq uchun, eng avvalo, uning lisoniy tarkibining o‘ziga xosligi tahlil etilmog‘i lozim. “Badiiy matnning lisoniy tahlili” kursi “Til tarixi”, “Hozirgi o‘zbek adabiy tili”, “Uslubiyat”, “Adabiyot tarixi”, “Adabiyot nazariyasi” fanlari bilan uzviy bog‘langandir. Ammo bu kurs adabiy tahlil hamda uslubiy tahlil kurslaridan farq qiladi. Adabiy tahlilda ma’lum bir badiiy asarning kompozitsion tuzilishi, g‘oyaviy yo‘nalishi, obrazlar tizimi, adabiy-badiiy vositalari tahlil etilsa, uslubiy tahlilda esa badiiy matndagi u yoki bu til elementining o‘rinli va maqsadga muvofiq ravishda tanlab ishlatish qonuniyatlari o‘rganiladi. “Badiiy matnning lisoniy tahlili”da esa til elementlarining shu matndagi ma’nosi va qo‘llanish shakli, chegarasini belgilash, shu asosda matnning g‘oyaviy mazmunini, estetik qimmatini, asar janriga xos xususiyatlarini bilib olish o‘rgatiladi. “Badiiy matnning lisoniy tahlili” fanining maqsadi: o‘zbek tili va adabiyoti bakalavr ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalarning umumfilologik saviyasini ko‘tarish va mustahkamlash. Talabalarga lisoniy tahlil haqidagi tasavvurga ega bo‘lishlarini, lisoniy tahlilning (fonetik, leksik, morfologik va sintaktik) qatlamlaridan xabardor bo‘lgan holda, mumtoz va hozirgi zamon shoir va yozuvchilarimiz badiiy asarlari tilini o‘rgatish. Talabalarning tilshunoslik va adabiyotshunoslikdan olgan bilimlarini yangi ilmiy va metodologik bosqichga ko‘tarish, o‘zbek tilining chiroyi, estetik jilosini anglash, nutq madaniyatini takomillashtirish va istagan badiiy matnni sharhlash malakasini hosil qilishdir. Ana shu maqsadda o‘zbek filologiyasi fakultetining oxirgi bosqichida “Badiiy matnning lisoniy tahlili” kursini o‘qitish maqsadga muvofiqdir. Bu kurs filologik fanlar tizimining yakuni hisoblanadi. “Badiiy matnning lisoniy tahlili” fanining vazifalari: talabalarni matn va uning tiplari, badiiy matn va uning qismlarini bog‘lovchi vositalar, badiiy nutq uslubi va uning ko‘rinishlari, badiiy matnning fonetik-fonologik, leksik-grammatik xususiyatlari, ko‘chimlar hamda badiiy matnni tadqiq etish tamoyillari bilan tanishtirish hamda mazkur kurs bo‘yicha olgan nazariy bilimlarini badiiy asarlardan tanlangan matnlar tahlilida sinab ko‘rish. Bu kursni o‘qitishda tahlil materiali qilib mazmuni va mavzusi talabaga bir qadar ma’lum bo‘lgan she’r, hikoya, dramatik parchalar olinishi mumkin. Tahlil jarayonida turli lug‘atlardan foydalaniladi. Ma’lum bir asarning g‘oyaviy mazmunini, badiiy-estetik qimmatini to‘la anglamoq uchun matndagi har bir til elementini chuqur his qilib, tahlil etish lozim. Buning uchun eng avvalo, bo‘lajak mutaxassislarning o‘zlari umumfilologik bilimga, malakaga ega bo‘lishlari kerak. “Badiiy matnning lisoniy tahlili” kursi xuddi shu malakani hosil qilishga ko‘maklashadi. Kursning vazifasi filologik bilimlarni sintezlashdangina iborat bo‘lmay, balki turli janrlarga tegishli asarlarni filologik tahlil qilishga o‘rgatishdir. Til elementlarining matnda qo‘llanish chegarasini belgilash va tahlil qilish kursning asosiy mundarijasini tashkil etadi. Tilni bunday aspektda o‘rganish talabalardan umumlingvistik tayyorgarlikni talab etadi. Buning uchun ular tilning struktural elementlarini chegaralay olishlari va uning sotsial-kommunikativ tizimini ajratishlari lozim

Show more...

This lesson is not ready to be taken.

Description

 ADABIYOTLAR

Download 26.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling