3- amaliy mashg’ulot mavzu: Elektron raqamli imzo (eri) yordamida autentifikatsiyalash. Ishdan maqsad


Download 1.54 Mb.
bet1/3
Sana13.12.2020
Hajmi1.54 Mb.
#166041
  1   2   3
Bog'liq
3-Amaliy ish boyicha korsatma


3- AMALIY MASHG’ULOT

Mavzu: Elektron raqamli imzo (ERI) yordamida autentifikatsiyalash.

Ishdan maqsad: Elektron raqamli imzo tizimining qo’llanishini va online ERI olishni o’rganish

Nazariy ma’lumot

Elektron hujjatlarni tarmoq orqali almashishda ularni ishlash va saqlash harajatlari kamayadi, qidirish tezlashadi. Ammo, elektron hujjat muallifini va hujjatning o’zini autentifikatsiyalash, ya’ni muallifning haqiqiyligini va olingan elektron hujjatda o’zgarishlarning yo’qligini aniqlash muammosi paydo bo’ladi.

Elektron hujjatlarni auentifikatsiyalashdan maqsad ularni mumkin bo’lgan jinoyatkorona xarakatlardan himoyalashdir. Bunday xarakatlarga quyidagilar kiradi:

- faol ushlab qolish - tarmoqqa ulangan buzg’unchi hujjatlarni (fayllarni) ushlab qoladi va o’zgartiradi.

- maskarad – abonent S hujjatlarni abonent V ga abonent A nomidan yuboradi;

- renegatlik – abonent A abonent V ga xabar yuborgan bo’lsada, yubormaganman deydi;

- almashtirish – abonent V hujjatni o’zgartiradi, yoki yangisini shakillantiradiva uni abonent A dan olganman deydi;

- takrorlash – abonent A abonent V ga yuborgan hujjatni abonent S takrorlaydi.

Jinoyatkorona xarakatlarning bu turlari o’z faoliyatida kompyuter axborot texnologiyalaridan foydalanuvchi bank va tijorat strukturalariga, davlat korxona va tashkilotlariga xususiy shaxslarga ancha- muncha zarar yetkazishi mumkin.

Elektron raqamli imzo metodologiyasi xabar yaxlitligini va xabar muallifining xaqiqiyligini tekshirish muammosini samarali hal etishga imkon beradi.

Elektron raqamli imzo telekommunikatsiya kanallari orqali uzatiluvchi matnlarni autentifikatsiyalash uchun ishlatiladi. Raqamli imzo ishlashi bo’yicha oddiy qo’lyozma imzoga o’xshash bo’lib, quyidagi afzalliklarga ega:

- imzo chekilgan matn imzo qo’ygan shaxsga tegishli ekanligini tasdiqlaydi;

- bu shaxsga imzo chekilgan matnga bog’liq majburiyatlaridan tonish imkoniyatini bermaydi;

- imzo chekilgan matn yaxlitligini kafolatlaydi.

Elektron raqamli imzo - imzo chekiluvchi matn bilan birga uzatiluvchi qo’shimcha raqamli xabarning nisbatan katta bo’lmagan sonidir

Elektron raqamli imzo asimmetrik shifrlarning qaytaruvchanligiga hamda xabar tarkibi, imzoning o’zi va kalitlar juftining o’zaro bog’liqligiga asoslanadi. Bu elementlarning xatto birining o’zgarishi raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlashga imkon bermaydi. Elektron raqamli imzo shifrlashning asimmetrik algoritmlari va xesh–funktsiyalari yordamida amalga oshiriladi.

Elektron raqamli imzo tizimining qo’llanishida bir- biriga imzo chekilgan elektron hujjatlarni jo’natuvchi abonent tarmog’ining mavjudligi faraz qilinadi. Har bir abonent uchun juft – mahfiy va ochiq kalit generatsiyalanadi. Mahfiy kalit abonentda sir saqlanadi va undan abonent elektron raqamli imzoni shakllantirishda foydalanadi.

Ochiq kalit boshqa barcha foydalanuvchilarga ma’lum bo’lib, undan imzo chekilgan elektron hujjatni qabul qiluvchi elektron raqamli imzoni tekshirishda foydalanadi.

Elektron raqamli imzo tizimi ikkita asosiy muolajani amalga oshiradi:

- raqamli imzoni shakllantirish muolajasi;

- raqamli imzoni tekshirish muolajasi.

Imzoni shakllantirish muolajasida xabar jo’natuvchisining maxfiy kaliti ishlatilsa, imzoni tekshirish muolajasida jo’natuvchining ochiq kalitidan foydalaniladi.



Amaliy ish

Elektron raqamli imzo yaratish va sertifikatlash bo’yicha tushuncha hosil qilish uchun Cryptool 1.4 dasturini ishga tushiramiz.



Dastur faollashgach CTRL+N tugmasini bosib yangi fayl yaratmiz. Yanfi fayl oynasiga ochiq matnni kiritamiz (misol: TATUFF) .



So’ngra Digital Signaturres/PKI panelinidan Signature Demonstration (Signature Generation) bandini tanlaymiz.

Elektron raqamli imzo yaratish visual oynasi hosil bo’ldi. Bu dastur oynasidan biz qadam ba qadam raqamli yaratish jarayoni bilan tanishib chiqishimiz va yangi raqamli imzo hosil qilishimiz mumkin.





Download 1.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling