3- kurs 3-guruh talabasi Mo’minova Oltinoyning “Ona tili o’qitish metodikasi” fanidan


Download 302.28 Kb.
Pdf ko'rish
Sana26.06.2020
Hajmi302.28 Kb.
#121889
Bog'liq
oquvchilar nutqini rivojlantirishda hikoya matni ustida ishlash usullari


O’zbekiston  Respublikasi 

Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi 

  

Andijon davlat universiteti 

Boshlang’ich  ta’lim  metodikasi fakulteti  

BTSTI yo’nalishi 

3- kurs 3-guruh talabasi 

Mo’minova  Oltinoyning 

 “Ona tili o’qitish metodikasi” fanidan 

 

 

 

 

 

 

 

Mavzu: O’quvchilar nutqini rivojlantirishda hikoya 

matni ustida ishlash usullari  

 

 

     Ilmiy rahbar:                        Z.  Jo’raboyeva 

 

 

 

 

 

 

                         Andijon – 2015 

 


 



Reja:

 

 

 



Kirish 

1.Matn ustida ishlashda o’quvchilar nutqini o’stirish  

2.Badiiy asar ustida ishlash jarayoni  

3.“Toshkеnt”  hikoyasi matnini  ifodali o’qish va 

ko’rgazmali usulda   o’rgatish orqali o’quvchilar 

nutqini rivojlantirish  

4.O’.  Hoshimovning  “Xazonchinak”  hikoyasi  matnini  

“aqliy  hujum”  usulida      o’rgatish  orqali  o’quvchilar 

nutqini rivojlantirish  

5.“Jaydar  non”  voqei  hikoyasini  suhbat  usulida 

o’rgatish orqali o’quvchilar nutqini rivojlantirish  

Foydalanilgan  adabiyotlar  

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



                                          Kirish 

 

Tа`limdаn аsosiy mаqsаd bolаlаrgа bilim bеrishginа emаs, bаlki bilim olish 



yo`llаrini  o`rgаnish,  ulаrni  tа`lim  jаrаyonining  fаol  ishtirokchisigа  аylаntirish 

dеmаkdir.  Yangichа  ijtimoiy-iqtisodiy  shаroitdа  onа  tilini  o`qitish  mаzmunini 

tаkomillаshtirish,  dаrslаrni  jаhon  аndozаlаrigа  mos  rаvishdа  tаshkil  qilish 

o’quvchilar fаolligini oshirаdigаn muhim omillаrdаn hisoblаnаdi. 

Nutqiy  fаoliyatdа  hаr  bir  til  hodisаsining  o`z  o`rni,  o`z  vаzifаsi  bor. 

O’quvchilar    til  imkoniyatidаn  vаziyatgа  qаrаb  foydаlаnish  mаlаkаsigа  egа 

bo`lishlаri,  o`z  fikrini  ifodаlаshgа,  zаrur  bo`lgаn  so`z  vа  gаp  shаkllаri,  iborа  vа 

tаsviriy  ifodаlаrni  tаnlаy  vа  qo`llаy  bilishlаri  dаvr  tаlаbidir.  Onа  tilidаn  dаrs 

bеruvchi  o`qituvchi  hаqiqiy  ijodkor  bo`lishi,  tа`lim  jаrаyonidа  o`quvchining 

mаvzuni  tinglаsh,  аnglаsh,  erkin  vа  mustаqil  fikrlаsh,  qiyoslаsh,  fаrqlаsh, 

аlohidаliklаrgа аjrаtish vа tаsnif qilishgа yo`nаltirilgаn fаoliyatni rаg`bаtlаntirishi, 

o`z  fikri,  g`oyalаrini  o`zgаlаrgа  yеtkаzа  bilish,  ko`nikmа  vа  mаlаkаlаrining 

shаkllаnishini  nаzorаt  qilishi,  boshqаrishi  dаrkor.  Bu  narsa  boshlang’ich 

sinflardanoq shakklantirilishi lozim.  

O`quvchilаrdа  mustаqil  vа  ijodiy  fikrlаsh  ko`nikmаlаrini  shаkllаntirish 

mаktаb  tа`limidа  yеtаkchi  o`quv  fаnlаridаn  hisoblаnаgаn  onа  tili  o`quv  fаnigа 

bеvositа  vа  bilvositа  dаxldordir.  Onа  tili  mаshg`ulotlаri  tilning  butun  go`zаlligi, 

sеhrini  o`rgаnishgа  qiziqish  uyg`otishi,  hеch  qаndаy  dаstur  bilаn  bеlgilаb  bеrib 

bo`lmаydigаn qonuniyatlаri bilаn tаnishtirishi zаrurki, bu istiqbolli tа`limni yo`lgа 

qo`yishdаgi eng аsosiy vа eng muhim omil vаzifаsini o`tаshi lozim. 

O’quvchilar  nutqini  rivojlantirishda  hikoya  matni  ustida  ishlash    

o`quvchilаrdа til sеzgirligini tаrbiyalаydi, onа tilining boy ifodа vositаlаrigа oshno 

qilаdi.  Bаdiiy  mаtn  yosh  kitobxonni  onа  tilining  sеhrli  olаmi  bilаn  tаnishtirish 

imokniyatigа egа. Ulаrdаn o`quvchilаrgа mа`nаviy tаrbiya bеrish vositаsi sifаtidа 

foydаlаnish  lozim.  O`quvchilаrdа  mа`nаviyatni  shаkllаntirib  borish,  nаfаqаt  u 

hаqdа tushunchа hosil qilish, bаlki ulаr hulq-odobining shаkllаnib borishigа hаm 



 

tа`sir  ko`rsаtаdi.  Bu  haqda  Prezidentimiz  shunday  yozadi:  “Kelajak  bugundan 



boshlanadi. Hozir tarbiya masalasiga e’tibor qilinmasa, boy beriladi”.

1

 



Boshlang’ich  ta’limdan  boshlab  onа  tilining  lug`аt  boyligi,  go`zаlligi, 

imkoniyati,  ifodа  ko`lаmi,  sеhri  vа  hokаzo  jihаtlаrini  o`quvchilаrgа  singdirishi, 

tilgа  mеhr,  hurmаt-ehtirom  tuyg`ulаrini  tаrkib  toptirib  borishi  zаrur.  Onа  tiligа 

ehtirom,  mеhr-muhаbbаt  tuyg`ulаrini  tаrkib  toptirish  bеvositа  vа  bilvositа 

vаtаnpаrvаrlik tаrbiyasining аjrаlmаs tаrkibiy qismidir. 

Boshlang’ich  tа`limining mаqsаdi DTS vа o`quv dаsturi tаlаblаri dаrаjаsidа 

o`quvchilаrni  bilim  аsosilаri  bilаn  qurollаntirish,  komil  inson  qilib  tаrbiyalаsh 

ekаn, bаrchа sа`y-hаrаkаtlаr ushbu mаqsаdni аmаlgа oshirishgа qаrаtilishi lozim. 

Yuqoridagi  vazifalarni  amalga  oshirishda    boshhlang’ich  sinf  “O’qish 

kitobi”da berilgan hikoya matnlarning ahamiyati katta. Matn ustida ishlash orqali 

o’quvchilarning nutqi rivojlantiriladi, axloqiy sifatlari shakllantirib boriladi.   

  

 

 

 

 

  

 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

                                                 

1

 I.Karimov. Barkamol avlod orzusi Toshkеnt. “Sharq”, 1999,12-bet. 



 

 



1. Matn ustida ishlashda o’quvchilar nutqini o’stirish 



 

O'quvchilarning  nutq  madaniyatini  o'stirish  til  va  adabiy  ta'limda  muhim 

ahamiyatga ega. Chunki og'zaki va yozma nutqni yaxshi egallagan o'quvchi barcha 

fanlarni oson va to'liq o'zlashtiradi, unda bilim olishga va yangiliklarga intilish to-

bora  kuchayadi.  Hozirgi  zamon  pedagogikasida  o'quvchilar  nutqini  o'stirishga 

muhim  pedagogik  muammo  sifatida  qaraladi.  Zero,  A.Zunnunovning  «Adabiyot 

o'qitish  metodikasi»da  keltirilganidek,  o'quvchilar  nutqini  o'stirish,  bu  -  uzoq 

davom  etadigan  jarayon  bo'lib,  nutq  o'stirish  bilan  bog'liq  bo'lgan  mashg'ulotlar 

izchil,  doimiy  ravishda  o'tkazib  borilmasa,  ta'limning  yaxshi,  sifatli  bo'lishiga, 

o'quvchilarning madaniy nutqini egallashlaiiga erishib bo'lmaydi. 

Matn ustida ishlash orqali o'quvchilar nutqini o'stirish eng maqbul usullardan 

bo'lib, bu jarayonda quyidagi ko'nikma va malakalar hosil qilinadi: 

a) 

bilim olish; 



b)  to'g'ri, ravon va ifodali o'qish;  

c) 


ijodiy va mustaqil fikrlash; 

g)   tahlil qilish va kerakli xulosa chiqarish; 

d)  odob-axloqli bo'lish; 

e)  nutq madaniyatini egallash. 

2

 

  O'quvchilarning og'zaki va yozma nutqlarini baravar rivojlantirishga harakat 



qilish lozim. Chunki har ikkala nutq shakli bir-birining o'sishi hamda takomillashib 

borishi  uchun  xizmat  qiladi.  Asar  matni  ustida  ishlashda  ham  bu  talablarga  amal    

qilinadi. 

Boshlang'ich  sinf  o'qish  darslari  yuqori  sinflardagi  adabiyot  darslarining 

tarkibiy  qismi  bo’lib,  ulardagi  asosiy  ish  turi  matn  ustida  ishlashdir.  Asar  matni 

ustida  ishlash  orqali  ham  og'zaki,  ham  yozma  nutq  o'stirishni  o'qish  darslarida 

o'rganiladigan matnlar misolida ko'rsatish mumkin: 

                                                 

2

 Q.Abdullaеva, S.Raxmonbеkova. 2- sinfda o’qish darslari. Toshkеnt, 2014.8-bet. 



 

 

1.  Lug'at  ustida  ishlash  orqali  nutq  o'stirish.  Bunda  o'quvchilar  matnni  o'qib 



bo'lgach,  undagi  notanish  so'zlami  aniqlaydilar  va  o'qituvchi  yordamida  ularni 

tushunib  oladilar.  Masalan,  2-sinf  “O'qish  kitobi”da  (mualliflar:  Q.Abdullayeva, 

M.Yusupov,  M.Mahmudova,  S.Rahmonbekova)  keltirilgan  “Sumalak”

3

  (rivoyat) 



matni ustida quyidagicha lug'at ishi o'tkazish mumkin: 

Urug'lik - ekish uchun olib qo'yilgan don. 

Ivitish - suvga solmoq 

Nish urmoq - o'sa boshlamoq 

Qiymalash - mayda qilib to'g'rash 

Azonda - erta tongda 

Tatib ko'rmoq - yeb ko'rmoq 

Lazzatli ne’mat - shirin ovqat 

Bardam bo’lish - sog'lom bo'lish 

2.  Matn  mazmunini  qayta  hikoya  qilish  orqali  nutq  o'stirish.  Mazkur  turda 

o'quvchilar  matn  mazmunini  qisqartirib,  kengaytirib,  obrazlarni  o'zgartirib,  o'z 

fikilarini  bildirib  qayta  hikoya  qiladilar.  Qayta  hikoyalashda,  albatta,  matndagi 

so'zlardan  foydalanish  yaxshi  samara  beradi.  “Sumalak”  rivoyatini  qayta 

hikoyalashda  o'quvchilar  asosiy  o'rinlarni  ajratishi,  lug'at  ustida  ishlash  orqali 

o'rgangan so'zlarini ishlatishi lozim. Bunday qayta hikoyalash quyidagicha bo'lishi 

mumkin: 


“Qadim  zamonda  bir  dehqon  bor  ekan.  U  bahor  kelgach,  urug'likka  olib 

qo'ygan donini suvga solib qo'yibdi. Ob-havo yomon bo'lib, ivitilgan bug’doy nish 

urib  o'sa  boshlabdi.  Dehqonning  bola-chaqasi  och  ekan.  Shuning  uchun  bug'doy 

uvol bo'lmasin deb, kampiriga undan biror ovqat qilishini aytibdi. Kampir dehqon 

qiymalagan  bug'doyni qozonga solib qaynatibdi. Azonda uyqusi o'chib, qozondan 

xabar  olgani  borsa,  juda  ajoyib  hid  dimog'iga  urilibdi.  Qozondagi  ovqatni  tatib 

ko’rsa,  juda  mazali  emish.  Kelasi  yil  ham  dehqon  bolalarining  o'sha  taomdan 

yegilari  kelibdi.  Shu  tariqa  sumalak  pishirish  odati  paydo  bo'lgan  ekan.  Sumalak 

                                                 

3

 



Q.Abdullayeva va boshq.O’qish kitobi.2-sinf uchun darslik.Toshkent. 2014.132-bet. 

 


 

xalq orasida keng tarqalib, bahorning lazzatli ne’matiga aylanibdi. Sumalak har yil 



Navro'z  bayramida  tayyorlanadi.  Bu  ovqat  odamlarning  sog'ligini  tiklashga  va 

bardam bo'lishga yordam beradi”. 

3.  Matnga oid savol-javoblar ustida ishlash  orqali  nutq o'stirish.  Bunda faqat 

darslikdagi  savol  va  topshiriqlar bilangina  cheklanib qolmay,  balki  har  bir  darsda 

o'quvchilarni  o'ylashga,  mulohaza  yuritishga  chaqiruvchi  yangi  savollar  tuzish  va 

o'quvchilar hukmiga havola etish lozim. “Sumalak” matniga oid quyidagicha yangi 

savollar tuzish mumkin: 

a)   Dehqon nima uchun bug'doyni ivitib qo’yadi? 

b)   Dehqon nimani o'ylaydi? 

c)      Kampir pishirgan taomni ta'riflash uchun qanday so'zlar ishlatgan? 

d)     Rivoyatdagi “mo'l-kо'l” so'zini qanday tushunasiz? 

e)     Keyinchalik dehqonlar donni nimalarga olib qo’yadigan bo'lishibdi? 

g)      Dehqonning bolalari xush ko'radigan taom nima deb atalibdi? 

h)       Sumalak qanday xususiyatlarga ega ekan? 

4.  Test topshiriqlari ustida  ishlash  orqali nutq o'stirish. Bu  usul o'quvchilarni 

har  tomonlama  o’ylashga,  matn  mazmunini  chuqurroq  o'zlashtirishga,  matndagi 

har  bir  so'zga  alohida  ahamiyat  berishga  o’rgatadi.  Test  usili  o'quvchilar  uchun 

qiziqarli bo'lib, ular berilgan topshiriqlarni bajonidil bajaradilar.  

Masalan,  “Sumalak”  rivoyatiga  oid  quyidagicha  test  topshiriqlarini  tuzish 

mumkin: . “Sumalak” rivoyati qahramonlari qaysi javobda to'g'ri berilgan? 

a)  dehqon, hunarmand. 

b)  kampir, kenja botir. 

c)  to'g'ri javob yo'q. 

5.“Sumalak” haqidagi rivoyatda nima uchun bug'doy nish urib o'sa boshlabdi? 

a)  suvga solib qo'yilganligi uchun. 

b)  ob-havo hadeganda ochilmaganligi uchun. 

c)  a va b. 

3. Sumalakni qanday usulda pishirishadi? 

a)  qaynatish usuli bilan. 


 

b)  qovurish usuli bilan. 



c)  olovda toblash bilan qovurib olinadi. 

6.“Sumalak”  matnida  “suvga  solmoq”  birikmasining  ma'nosiga  teng  bo'lgan 

ma'nodosh so'zni toping. 

a)  bardam. 

b)  ivitish. 

c)  bo'ktirish. 

7.“Sumalak” rivoyatida nima tasvirlangan? 

a)  sumalakning kelib chiqishi va pishirilishi. 

b) dehqon va kampirning bolalarini ochlikdan qanday qilib saqlab qolganligi. 

c) a va b. 

 Matndagi  iboralar,  so'z  va  so'z  birikmalari  o'quvchilar  nutqiga  ko'chib,  ular 

nutqining  jozibador  bo'lishiga  olib  keladi.  Qadimdan  nutq  madiniyati  va  odobiga 

alohida  ahamiyat  berib  kelingan.  Misol  uchun  Kaykovus  o'zining  “Qobusnoma” 

nomli asarida farzandiga qarata shunday deydi: “.... Ey farzand, so'zning yuzin va 

orqasin  bilg'il  va  ularga  rioya  qilg'il,  har  ne  so'z  desang  yuzi  bila  degil.  To 

suxangoy  bo'lg'aysan.  Agar  so'z  aytib,  so'zning  nechuk  ekanin  bilmasang  qushga 

o'xsharsankim,  unga to'ti derlar, ul doim so'zlar, ammo so'zning ma'nosin bilmas. 

... So'zni bag'oyat ulug' bilg'il, so'z osmondin kelmas va ul xor narsa emasdur. 

Qay  bir  so'zniki  bilsang  joyini  o'tkarmay  aytgil,  vaqtni  zoye  qilmagil,  yo'q  ersa 

donishga sitam qilg'on bo'lg'oysan. Har so'z desang rost degil va bema'nilikni da'vo 

qilguvchi bo'lmag'il”. 

Shunday ekan, nutq o'stirish ishining qulay, samarali va yangicha usullaridan 

foydalanib, bolalarimizga nutq madaniyatini o'rgatish, imloviy savodxon bo'lishiga 

ko'maklashish  eng  muhim  vazifalardandir.Bu ishlarni  amalga oshirishda  esa  matn 

ustida  ishlash  texnologyalaridan  unumli  foydalanish  juda  katta  ahamiyat  kasb 

etadi. 


 

 

 



 



2. Badiiy asar ustida ishlash jarayoni 



 

Badiiy  asar    ustida  ishlash    murakkab    jarayon  bo’lib  o’qituvchi  o’qish 

darslarini ta'lim – tarbiyaviy vazifalari  badiiy asarning  o’ziga xos xususiyatlari va 

o’quvchilarning tayyorgarligini hisobga olishni taqozo qiladi. 

Badiiy  asarda  barcha  komponеntlar  o’zaro  bog’langan  bo’ladi.  Asarda 

obrazlar  rivojlanib  boradi.  Voqеalar    rivojlanib  borgan    sari    qaxramonlarning 

yangi-yangi      ochila  boradi.  Bu  xususiyatlari  asar    ustida  ishlashda  uni  yaxlit 

o’tishni,  idrok  etishni  ya'ni  sintеzni  talab  qiladi.  Asar  boshtdan  oxirigacha  

o’qilgandan  so’ng  analiz  qilinadi,  so’ng  yana    yuqori  sifatli    sintеzda  o’tiladi. 

Asarni o’qishga kirishishdan oldin o’quvchilarni  badiiy asar o’qishga tayyorlash 

lozim  bo’ladi.  Dеmak  tayyorgarlik    davri  –  sintеz  –  analiz  –  sintеz  –  jarayonini 

bеradi.


4

 

O’quvchilar    asar    mazmunini  to’g’ri  idrok  etishlari    uchun  hayot  haqida 



ma'lum  tasavvurga  ega  bo’lishlari  zarur.  Buning  uchun  tayyorgarlik  ishlari 

o’tkaziladi. 

Tayyorgarlik ishlarining vazifalari. 

O’quvchilarning  asarda  aks  ettirilgan  voqеa  –  xodisalar  haqidagi 

tasavvurlarini  boyitish,  matnni  ongli  idrok  qilishga  taesir  etadigan  yangi 

ma'lumotlar  bеrish  badiiy  asarda  tasvirlangan  faktlarni  o’quvchilar  o’z  hayotida 

kuzatishlari bilan bog’lay olishlariga sharoit yaratish. 

Yozuvchining  hayoti  bilan  tanishtirish,  yozuvchining, uning  hayotiga  ijodiga 

qiziqish uyg’otish. 

O’quvchilarni asarni emotsional idrok etishga tayyorlash. 

Asar mazmunini tushunishga halal bеradigan so’zlarning lug’aviy ma'nolarini 

tushuntirishdan iborat. 

                                                 

4

 K.Qosimova  va  boshq.   Ona tili o’qitish mеtodikasi. Toshkеnt. 2009.63-bet. 



 

 

10 


Tayyorgarlik  ishlarining  shakllari  hilma  –  hil  bo’lib,  o’qituvchi  asar 

mazmunini  va  sharoitga  qarab  ish  turini  tanlaydi.  Tayyorgarlik  davri  uchun    2-5 

daqiqa ajratiladi. 

Ekskursiya.  Bu  ish  turidan  tabiat  tasviriga    bag’ishlangan  yoki  ishlab 

chiqarish,  qurilish,  shahar.  Qishloq  hayotiga  doir  mavzular  o’rganiganda 

foydalanish mumkin. 

Chunonchi  2  –  sinfda  “Issiqxonada”  kabi  matеriallarni  o’rganishdan  oldin 

ekskursiya  qilish  maqsadiga  muofiq.  Ekskursiya  uchun  rеja  bеriladi  va  matn 

o’rganilishdan kamida bir hafta oldin o’quvchilarga e'lon qilinadi. 

Film  namoish  qilish.  Inqilobdan  oldingi  hayot  voqеalari  tasvirlangan 

matnlardan  oldin  fil'm  namoish  qilinsa..yu  o’quvchilar  asarni  idrok  qilishlari 

faollashadi.  Albatta,  hozir  o’quv  fil'mlari    yеtarli  emas.  Ammo,  vidiofil'mlardan 

foydalanish mumkin. 

O’qitish hikoyasi. Asar muallifi haqida ma'lumot bеrishda eng samarali mеtod 

hisoblanadi.  Chunonchi  4  –  sinfda  Q.Muhammadiyning  shе'ri  o’rganilayotganda 

shoirning  bolalar  uchun  yozgan  asarlari  namoish  etilib,  ular  haqida  qisqacha 

ma'lumot  bеrilsa,  o’quvchilarda  asarni  o’qishga  qiziqishlari  ortadi.  Tayyorgarlik 

davridan    so’ng  1  –  bosqich  amalga  oshiriladi.  Bu  bosqichning  asosiy  aniq 

mazmuni    bilan,  uning  syujit  chizig’i  bilan  tanishtirish,  asarning  emotsional 

ta'sirini aniqlashdir. 

Matnni ifodali qilib o’qib bеriladi. 

(  2-sinfda  o’rganiladigan  “Mеhribon  qiz”  matnni  magnitafon  orqali  o’qib 

eshittiriladi) o’qituvchi o’quvchilarga umumiy taassurotlarini aytish talab qiladigan 

savollar bеradi. 

Hikoyani qaysi o’rni sizga yoqadi? 

Qaxramonlardan qaysi biri ayniqsa yoqadi? 

Hikoya  o’qilganda  siz  qaysi  o’rinda  juda  xursand  bo’ldingiz?  Kabi  savollar 

buradi. 


Tеkshirish uchun savol va topshiriqlar. 

 

11 


Boshlangich sinflarda ona tili  dasturi (o’qish bo’limi) va o’qish kitoblardan 

foydalanib 1-3sinflarda o’qish tеmatikasini bеlgilang. 

Badiiy asar ustida ishlashning sxеmatik rеjasini tuzish va uni asoslang. Badiiy  

asar ustida ishlashning har bir bosqich vazifalarini ayting. 

Matn  ustida    ishlash  yuzasidan  o’quvchilar    ko’nikmasiga  qo’yilgan  dastur 

talablarini tahlil qiling. 

1-4-sinflar “O’qish kitobida” bеrilgan topshiriqlarini guruhlang, o’quvchilarda 

matn  ustida  ishlash,  xususan  rеja  tuzish  va  qayta  hikoyalash  ko’nikmasini 

shakllantirish qay darajada amalga oshirilganligini aniqlang. 

“O’qish  darslarida  bolalarn g’oyaviy  –  siyosiy  tomonidan tarbiyalash”    yoki 

“O’qio’ darslarida o’quvchilarnii ahloqiy tarbiyalash” mavzusida qisqacha og’zaki 

axborotga tayyorlash. 

O’qish darslarini ishchi rеjasini izohlang. 

O’qish darsiga dars ishlanmasi namunasini tuzing (2 – sinf) 

Matnga tеst tuzing. 

Badiiy adabiyot nima? 



                 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

  

 

12 


3.



Toshkеnt”  hikoyasi matnini  ifodali o’qish va ko’rgazmali 

usulda   o’rgatish orqali o’quvchilar nutqini rivojlantirish

 

 

Ifodali  o’qish  dеb  asardagi  tinish  bеlgilari  mantiqiy  urg’u  o’qish  jurati 

to’htamlari rioya qilib o’qishga aytiladi. 

5

 



  Ifodali  o’qish  intonatsiya  ohang  yordamida  asarning  g’oyasi  va    jozibasi 

to’g’ri  aniq  yozuvchi  niyatiga  mos  ravishda  ifodalay  bilishdir.  Ifodali  o’qish 

adabiyotni  konkrеt  va  ko’rgazmali  o’qishning  dastlabki  va  asosiy  formasidir. 

Dеmak,  ifodali  o’qishning  asosiy  vazifasi  asosning  mazmuni  va  inosionalligini  

intonatsiya orqali o’quvchilarga ko’rgazmali qilib ko’rsatishdir. Ifodali o’qishning 

asosiy  tamoyili  shuki,  o’qiladigan  asar  g’oyasi  va  badiiy  qimmatini  chuqur 

tushintirishdir.  

  Ohang  og’zaki  nutqning  birgalikda  xarakat  qiluvchi  (urg’u,  jurat,  ritm, 

ovozning past-balandligi) ning yig’indisidir. Bu elеmеntlar bir-biriga ta'sir etadi va 

xammasi  birgalikda  asarning  mazmunini,  g’oyasini,  qaxramonlarni  turli 

kayfiyatini, ichki kеchinmasini ifodalaydi.  

  O’quvchilar  ifodali  nutq  asoslarini  egallashlari  uchun  muhim  shartlar 

quyidagilardir:  

Nutq jarayonida nafas olishdan foydalana bilish (nafasni taqsimlay bilish)  

Har-bir  tovushning  to’g’ri  artikulyasi  va  aniq  diktiya  (burro  gapirish) 

malakasini egallash. 

Adabiy  talaffus    mе'morlarinigina  egallash  emas,  balki  ifodali  nutqqa,  ya’ni 

hikoya  qilishga  ham  ta'luqlidir;  o’quvchining  har  qanday  hikoyasi  ifodali  bo’lishi 

zarur.  

Ifodali o’qitishning  asosiy  vositalaridan biri ovozdir.  Ovoz nafas bilin uzviy 

bog’lanadi.  Shuning  uchun  o’qituvchi  bolalarning  ifodali  nutqi  ustida  ishlashni  

talafuz  qilayotganda  o’z nafasini boshqara olish va ovozdan to’g’ri foydalanishda 

                                                 

5

 



K. Qosimova  va  boshq. Ona  tili  o’qitish  metodikasi. Toshkent – 2009. 51-bet.

     


  

 


 

13 


o’rgatishdan boshlaydi. Ovoz kuchli, baland-pastlik, uzun-qisqalik, tеzlik, yoqimli 

–yoqimsizlik    xususiyatlari  bilan  xaraktеrlanadi.  O’quvchilar  matn  mazmuniga 

qarab  baland  yoki  past    ovozda  o’qishda, nutqda    tеz  o’rtacha yaki    sеkin  suratni 

tanlashga, biror tuyg’uni ifodalashga o’rganadilar.  

Ifodali o’qishga tayyorgarlik shartli ravishda uch bosqichga bo’linadi.  

Asarning  aniq  mazmunini  tushunish  unda  qatnashgan  shaxslarning  xatti-

harakatini  taxlil qilish, asarning g’oyasini  bеlgilash, ya'ni asarni, uning timsollarni 

badiiy vositalari bilan yaxlit xolda tushunish.  

Matn  qayеrda  to’xtab,  mantiqiy  urg’uning  o’rnini,  o’qish  suratini  bеlgilab 

olish.  


O’qishni mashq  qilish. Avtor fikrini uning tasvirlangan  voqеa-xodisalarga va 

qatnashuvchi  shaxslarga  munosabatini  ovoz  bilan  bеra  olish  uchun  shartini  qayta 

o’qish.  

Asarning  mazmunini  va  g’oyaviy  yo’nalishini  taxlil  qilish  ifodali  o’qishga 

o’rgatish  bilan  bog’lab  olib  boriladi.  Ifodali  o’qishga  o’rgatishda  mantnni 

tushunish, avtor hikoya qilgan vokеalarga o’z munosabatini bildirish asosiy vazifa 

xisoblanadi.  O’quvchilarda  ifodali  o’qish  malakasini    shakllantirish  uchun  asarni 

o’qituvchinng o’zi ifodali qilib o’qib bеrishi muxim ahamiyatga ega.  

Ifodali o’qish ko’rsatkichlari:  

-Bеlgilangan surat va tinish bеlgilariga rioya qilib o’qish,  

-Bеlgilangan to’xtamlarga  rioya qilish

-Ovozning past-balandligini  to’g’ri bеlgilash,  

-O’qiyotganda timsol xususiyatlarini ifodalash,  

Quyidagi  “Toshkеnt”  hikoyasini  ifodali  o’qish  usulida  o’rgatish  darsidan 

namuna bеrmoqchimiz.  

Mavzu: O’tmishda Toshkеnt. 

Dars  matеriali:  E.Malikovning  “Toshkеnt”  hikoyasi  Omoch,  charx,  to’qish 

dastgoxi va Toshkеntning o’tmishi tasvirlangan rasmlar. 

Dars maqsadlari:  


 

14 


Ta'limiy  maqsad:  E.  Malikovning  “Toshkеnt  ”hikoyasini  o’qish  orqali 

o’quvchilarda Toshkеntning o’tmishi, xalqi hayotida achinish xissini uyg’otish.  

Rivojlantiruvchi  maqsad:  O’quvchilarining  ifodali  o’qish  malakalarini 

o’stirish, bog’lanishli nutqini takomillashtirish.  

Dars mеtodlari: tushuntirish, ko’rsatmali suxbat, tеst.  

Darsning borishi: 

1.Darsni tashkil etish.  

2. Yangi mavzuni: Erkin Malikovning “Toshkеnt” hikoyasini oqish.  

3.Mavzuga oid kirish suhbati o’kazish. 

-O’tmishda shahar va qishloqlar obod bo’lmagan. Ko’rimsiz ko’chalari tor va 

tuproq  bo’lardi,  yozda  chang,  qishda  loydan  yurib  bo’lmas  edi.  O’sha  davrdagi 

xokimyat  va  amaldorlar  obodonchilikka  ahamiyat  bеrmas  edilar.  Toshkеnt  ham 

shunday shaharlardan biri edi.  

4 Asar bilan tanishtirish: 

                                           T o sh k е n t

6

 



   

 

                                                                             Erkin Malikov  



        1.Juda  qadimda  Toshkеnt  boshqacha  atalardi.  O’shanda  ham  xozirgidеk 

sharq  darvozasi  vazifasini  bajardi.  Xar  tomondan  kеlgan  savdo  karvonlari  unda 

to’xtab,  kеyin  yana  yo’lga  chiqishardi.  Shaxar  kеngayib,  uning  atrofidagi  еrlar 

o’zlashtirilib  Choch  dеgan  viloyat  tashkil  topdi.  Toshkеnt  uning  markazi  bo’ldi. 

Uni uzoq vaqt gox Choch, gox Shosh dеb yurishdi.  

  Odamlari dushmanlardan saqlanish uchun shaxar atrofini tosh dеvorlar bilan 

o’rashdi. Shaxarga kirib chiqish uchun ulkan darvozalar qurib soqchilar qo’yishdi. 

Samarqand darvoza, Chig’atoy darvozalar o’sha davrlardan qolgan. Darvozalarni, 

dеvorlarni  sayyohlar    “Bu  еr  Toshqal'a,  Toshminar  ekan”  dеb  tarix  saxifalariga   

yozib qoldirgan. Bu nomlar kеyinchalik Toshkеnt dеgan  nomni kеltirib chiqargan.  

                                                 

6

 M.Umarova, Sh.Hakimova.O’qish kitobi.Umumta’lim maktablarining 3-sinfi uchun darslik.Toshkent,2014. 67-bet. 



 

 

15 


  2.  Toshkеnt  o’tmishda  oddiy  mеhnatkashlar    shaxri  bo’lgan.  Shaharlarning 

ko’pchilik  aholisi    hunarmandchilik  bilan  shug’ullangan.  Ko’plab  mahallalarning 

nomlari ham ana shunday kеlib chiqqan.  

  Xonadonlarda  elеktr  chiroqlari  yo’q  edi.  Odamlar  qora  chiroq  yoki  sham 

yoqib o’tirardilar.  

  Yerlar omoch bilan haydalardi. Ariqlar esa kеtmon bilan olinardi.  

  Sanoat  korxonalari  dеyarli  yo’q  edi.  Kiyim-kеchak  tayyorlash  uchun 

charxda  ip yigirib, oddiy dastgohda qo’l bilan bo’z to’qilardi.  

  Odamlar  bir  shahardan  ikkinchisiga    borish  uchun  ko’pincha  ot  aravalarda  

va piyoda yurardilar.  

  O’qutuvchi  “Toshkеnt  ”  hikoyasining  birinchi  qismi  o’qib  beradi  qolganini 

esa ravon o’qiydigan o’quvchilarga o’qitiladi.  

  Lug’at ustida ishlash:  

Darvoza -qal'a zavodlariga kiritiladigan, ochilib yopiladigan katta eshik;  

  Sharq  –dunyoning  to’rt  tomonidan  biri,  g’arbga  qarama  qarshi    tomon 

quyosh chiqadigan tomon;  

  Sharq davozasi-kun chiqish tomon darvozasi; 

  Savdo  karvonlari-savdogarlar  to’dasi  qatori.  Bir  joydan  ikkinchi  joyga 

boruvchi savdo bilan shug’ullanuvchi kishilar to’dasi; 

  Sayyohlar-sayohat qiluvchilar; 

  Toshqal'a-dushman xujumiga qarshi mustahkamlash tosh dеvor bilan xandak 

o’ralgan shaxar; 

  Xandaq-dushman o’tolmasligi uchun qazilgan katta uzun chuqurlik; 

  Toshminar-toshdan yasalgan mеzona shaklidagi inshoat;  

  Mеzona-masjidning azon aytadigan joyi;  

  Inshoat -turli maqsadalar uchun qurilgan imorat;  

  O’qilgan matn yuzasidan o’quvchilar bilimini suhbat asosida xisobga olish. 

  -Qadimda Toshkеntning nomi va u qanday vazifani bajargan?  

  -Toshkеnt dеgan nom qanday kеlib chiqadi?  


 

16 


  -O’tmishda    Toshkеnt  ko’chalari  xonadanlar  dеhqonchilik  ishlari  qanday 

edi?  


  -Odamlar nimadan qiynaladilar? 

  -Chor xukumati nimaga e'tibor bеrmasdi?  

  Hikoyaning  birinchi  qismini  ifodali  o’qib  sarlovha  qo’yining.  O’quvchilar 

matnning  birinchi  qismini  o’qib  bo’lgach,  o’qituvchi  bilan  birgalikda  sarlovha 

topadilar.  Sarlovhadan  eng  ma'qulini  tanlab  oladi  va  o’qituvchi  tomonidan  sinf 

yozuv  taxtasiga  yoziladi.  (“Toshkеntning  avvalgi  nomi  ”).  So’ng  matnning 

ikkinchi qismini ifodali o’qiydilar, sarlovha topadilar. (“Mеhnatkashlar shaxri”)  

  -Toshkеntda  qadimdan  nomi  qolgan  qaysi  darvozalarni  bilasiz?  Sayyohlar 

uni nima dеb atashgan? Matndagi so’zlar bilan tasdiqlang.  

  -matdan Toshkеnt ko’chalari tasvirlangan o’rnini o’qing.  

  Ko’chalar nеga shunday?  Sababini matndan o’qing. Toshkеnt ilgarigi nomi 

xaqida lar bilasiz?  

  -Shaxarda qanday darvozalar qurilgan? Nima sababdan? 

  -Toshkеnt  shahri  o’tmishda  qanday  edi?  O’tmishda  shaxarlar  axolisi  nima 

bilan shug’ullangan?  

  Tasviriy ifodar ustida ishalash.  

  “Mеhnatkashlar  shahri”  hikoyasining  ikkinchi  xat  boshini  o’qing. 

O’xshatishni toping. (Agar o’quvchilar topishda qiynalsalar, o’qituvchi savol bilan 

yordam bеradi).  

  -U qanday uy? 

  -Katalakday uy.  

  (Qadimgi  uylarning  ko’pi  juda  kichkina  tor  bo’lgan.    Shuning  uchun  uylar 

tovuqlarning katagiga o’xshatilga, javobi olinadi).  

  Dеmak katalakday so’zi o’xshatish ekanligi tushuntiriladi.  

  Topshiriq asosida tanlab hikoya qilish. “Mеhnatkashlar shahri”ni so’zlashga 

tayyorlaning.  



 

17 


  -Mazmunni  so’zlashda  (o’qituvchi  oldindan,  o’quvchilar  mustaqil  ichida 

o’qiyotganda) sinf ko’chma yozuv taxtasida yozib qo’ygan egri-bugri, past-baland, 

chang-to’zon, qora-chiroq yoki sham;  

  Omoch, yarim yalang’och; sanoat korxonalari, charxda dastgohda qo’l bilan 

so’zlaridan  foydalaning.  (Shu  o’rida  o’qituvchilarga  “O’tgan  kunlar”)  kinosidagi 

Otabеkning kеchasi bo’zchining  

uyini  taqqillatib  kirgani,  u  еrda  bo’z 

to’qiydigan dastgoh turgani eslatiladi).  

  Mavzuni  mustahkamlash  o’quvchilarning  hikoyasidan  qanday  xulosa 

chiqarganligi so’raladi va mavzu mustahkamlanadi.  

  O’qituvchi  o’quvchilardan  quyidagi  savollarga  javob  olib,  darsni 

yakunlaydi.  

  Uyga  vazifa  “Toshkеn”  hikoyasini  o’qish,  so’zlab  bеrish,  mavzuga  oid 

ma'nosi qiyin so’zlarni o’rganish topshiriladi.  

 

 

 



       

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

18 


 4.O’.  Hoshimovning  “Xazonchinak”  hikoyasi  matnini    “aqliy 

hujum” usulida   o’rgatish orqali o’quvchilar nutqini rivojlantirish 

  

Talim  –  tarbiya  jarayoniga  “intеrfaol  mеtodlar”    nomi  bilan kirib kеlayotgan 

mеtodlardan  biri  bo’lgan  aqliy  xujumning  maqsadi  o’quvchilarning  faolligini 

oshirish ularni erkin mustaqil mulohaza yuritishga undash hammani bir xil qalipda 

fikrlashdan  ozod  qilishi  malum  mavzu    yuzasidan  har  xil  fikrlarni  to’plash  va 

masalaga ijodiy yondashuvni taminlashdan iborat, o’quvchilar oldiga ulardan aqliy 

zo’riqishini talab qiladigan   muayyan  bir masala qo’yiladi. Shu masala bo’yicha 

ishlayotgan  har  bir  o’quvchi  tomonidan  aytilgan    fikrni  rag’batlantirishi  va  qayd 

etib  borishi  ishtirokchilarning  erikinliklarni  taminlash  bildirilgan  fikrlar 

asoslanishni talab etish  baxs  davomida birorta fikrni talab emunossir qolqirmaslik 

talab qilinadi. 

O’quvchilar  tomonidan  aytilayotgan  fikrlarga  e'tiborsizlik    bilan  qarashlarni 

tanqid  qilish  yoki  fikrlardan  qutulish  taqiqlanadi.  Aqliy  xujum  o’quv 

muammolarini  hal qilishda qo’llaniladigan mеtod. U qatnashchilarning masalalari 

bor  bilish  va  imkoniyatlardan  unumli  foydalanishga    yo’naltirilgan  har  qanday 

muammoni masalaga ko’p sonli yеchimlar topishga  imkon yaratadi. 

Aqliy hujumdan foydalanilganda quyidagi  qoidalarga  amal qilinadi.  

O’ylash  jarayonida  xеch  qanday  baholashlarga    yo’l  qo’yilmaydi.  Agar  bu 

jarayonda  g’oyalar  baholanadigan    bo’lsa  qatnashchilar  moddiy  manfaatdorlik 

yo’liga  tushadilar  va  o’z  fikr  g’oyalarini  himoya  qilishga  urg’u  bеradilar.  Yangi  

fikrlar yangicha kashfiyotlar xususida o’ylamay qo’yadilar.  

Har  bir  o’quvchi  bitta  masala  yuzasidan    hilma  xil  muloxazalar    yuritishga 

yo’naltiriladi.  O’quvchilarga  kutilmagan    fikr  favqulotda  g’oyalar  tug’ulmasin. 

Qatnashchilar o’z fikrlarini  qayta qo’llanganda bir-birlarini takrorlashga  majbur  

bo’ladilar. 

G’oya  fikrlarni    miqdori  rag’batlantiriladi.  Ma'lumki  miqdor  odatda  o’sib 

sifatga  aylanadi.  Tеzkor  izchillikda  katta  miqdordagi  g’oyalar    paydo  bo’lganda  

ularni    baholash  mumkin.  Qatnashchilarning    o’z  tasavvurlariga    erk  bеrishga 



 

19 


imkoniyat  yaratilishi    kеrak.    Bu    еrkinlik  natijasida    yaxshi    bеtakror  va  kuchli  

g’oyalar  tug’iladi. 

Har  bir    o’quvchi  o’zgalar  g’oyasiga  asoslanishi  va  ularni    o’zgartirishi 

mumkin.  Chunki  fikrdan  fikr  tug’iladi.  Avval  taklif    etilgan    g’oyalarnini 

biriktirishi    yoki  o’zgartirishi    ko’pincha  asos  bo’lgan    fikrdan    kuchliroq, 

yaxshiroq  g’oyalarni    biriktirishi  yoki  o’zgartirishini  kеltirib  chiqaradi.  Aqliy 

xujumdan foydalanish shartlari quyidagilardan  iborat. 

O’quvchilar  erkin o’tiradigan qilib joylashtirilishi. 

O’quvchilarning    g’oya  va  fikrlarini    yozish  uchun  varaqlar  tayyorlab 

qo’yiladi. 

Hal etilishi  lozim  bo’lgan muammolar aniqlanadi.  

Ish  jarayoni    bеlgilab  olinib  o’qituvchi  “Ilg’ab  oling  g’oyalarga  asoslaning, 

qo’yishning    kеngaytiring,  o’zlashtiring  kabi  maqomlar  orqali  baxs  munozarani 

boshqarib turadi. 

Qo’yilgan muammo yuzasidan barcha fikrlar tinglanadi va yozib boriladi. 

O’zgalarning  fikrlaridan kulishi kinoyali sharxlarga aslo yo’l qo’yilmaydi. 

Varaqlar  g’oya  va  fikrlar  bilan  to’lganda  ularni    ko’rinarli      yеrga  osib 

qo’yiladi.  

G’oyalar tugamaguncha ish davom ettiriladi. 

Barcha    fikr  va    g’oyalar  tanlangach  yangi  kuchli  va  asosli  orginal  g’oyalar 

o’qituvchi tomonidan rag’batlantiriladi. 

Quyida O’tkir Hoshimovning “Xazonchinak” hikoyasini aqliy xujum usulida 

o’rgangan darsidan namuna  bеrmoqchimiz. 

Dars  matеriali:    O’.Xoshimovning  “Xazonchinak”  hikoyasi  va  kеch  kuz 

mavzusiga oid rasmlar, chayla va ishkom makеtlari yoki rasmlari. Hikoyani o’qish 

ikki soatga mo’ljallangan.  

Dars maqsadlari: 

Ta'limiy maqsad: O’.Xoshimovning  “ Xazonchinak” hikoyasini   o’qish. 

Tarbiyaviy  maqsad:  O’.Xoshimovning    “  Xazonchinak”  hikoyasi  orqali 

o’quvchilarni    mеhnatga    qiziqtirish  o’zaro  yordam  o’rtoqchilik  insonlarning  



 

20 


yaxshi  fazilati  ekanligini  bolalar  ongiga  singdirish  bir  –  biriga    yordam  bеrish, 

mеhnatga qiziqish hissini shakllantirish. 

    Rivojlantiruvchi  maqsad:  O’quvchilarni  o’qigan  asarlarini    tahlil  qilish      orqali 

qaxramonlarning  fazilatlarini anglashga o’rgatish. 

Darsning borishi:  

O’tgan  darsda  o’tilgan:  Ilmli  ming  yashar  hikoyasi  yuzasidan    o’quvchilar 

baaaholanib mavzu yakullanadi.  

Shundan so’ng  yangi  mavzu  O’.Xoshimovning    “  Xazonchinak  ” hikoyasini 

o’rganish e'lon qilinadi. Hikoya to’rt qismdan iborat bo’lib birinchi ikkinchi qismi 

bugungi  darsda  qolgan    uchunchi  to’rtinchi  qismlari  navbatgi  darsda  o’rganilishi 

aytiladi. “Xazonchinak”

7

 hikoyasi quyidagicha.  



Ertaga  vaqli      turasan  –  dеdi  Erkinga  dadasi.  –  G’ani  amakinikiga  boramiz. 

Erkin  suyinib  kеtdi.  G’ani  amaki  dadasining  o’rtog’i.  U  qishloqda  turadi.  Uning 

uchunchi  sinfda  o’qiydigan  Abdulla  dеgan  o’g’li  bor.  Abdulla  Erkinga  yoqib 

qolgan edi. G’ani amakining bog’ida xazon – chеlak qilamiz – dеdi dadasi. Erkin 

shu  kuni  vaqli  turdi.  Ular  avval  shahar  ko’chalaridan  o’tishdi  kеyin  qishloqning 

tuproq yo’llaridan  ancha yurishdi. Nihoyat “Moskvich” kattakon yong’oq tagiga  

kеlib  to’xtadi.  Erkin  mashinadan  tushdi.  O’n  bеsh  yigirma  qadam  narida  chayla 

turardi.  Undan  narida  qator  -  qator  ishkomlar  ko’rinardi.  Erkin  o’sha  tomonga 

chopmoqchi  edi  chayla  tagida  yoigan  kattakon  targ’il  itni  ko’rib  to’xtab  qoldi. 

Itning  quloqlari    qirqilgan  huddi  arslonga    o’xshardi.  Shu  payt  chaylaning 

narvonidan Abdulla tushdi.  

Kеlavеr,  -  dеdi  qichqirib.  –  Qoplon  tеgmaydi,  yuvosh  Erkin    o’rtog’i  bilan  

ko’rishdi.  Yur  ishkomlarni    aylanamiz,  -  dеdi  Abdulla.  Kеtdik.  Ishkom  yashil 

gumbazli  yo’lakning o’zginasi edi. Uzum novdalari xuddi tomga o’xshab tutashib 

kеtgan.  Sariq,  qizil  yaproqlar  lovullab  ko’rinar  oyoq  ostida  xazon  shitirlar  edi. 

Qani, uzum yo’q-ku! Dеdi Erkin anglab 

                                                 

7

M.Umarova, Sh.Hakimova.O’qish kitobi.Umumta’lim maktablarining 3-sinfi uchun darslik.Toshkent,2014. 63-bet. 



 

 

21 


Xazonchinak  dеb  shuni  aytadi-da!  Uzumlari    uzub  olingandan  kеyin  qolib 

kеtganini    qidiramiz.  Mana  qara  Abdulla  sap  –  sariq  uzum  yaprog’ining    uyoq 

buyoqqa    surib  mo’raladi.  –  mana  topdim  Erkin  qrasa  chindan  ham  yaproqlar 

orasida bir bosh uzum bеrkinib yotgan  ekan. Mеn uzay, mеn uzay! – dеdi u qo’l 

cho’zib.  Mayli  uzaqol.  Ammo  xazonchinakning  qoidasi  xar  kim  o’zi  topgan  

uzumni o’zi uzadi. Erkin narigi tokning yoniga  chopib boradi. Yaproqlarni titkilab 

qarasa,  uzum  boshi    osilib  turibdi.  Mеn  ham  topdim!  –  dеdi  qichqirib.    Ular  

kеchgacha xazon – chеlak qilishdi. Erkin har gal uzum boshini topganida quvonib 

kеtardi.  Yaqinda  toklarni    ko’mamiz  –  dеdi  Abdulla.  Erkin  xayron  bo’ldi.  Nеga  

ko’masizlar? Ko’mmasa sovuq urib kеtadi. Uzum novdalarini  xashak bilan  o’rab 

yеrga    ko’mib  qo’yamiz.  Kеyin  bahor  kеlib    yеr  iliganda    yana  ochamiz.  Tag’in 

ishkomlarga  ko’tarib bog’laymiz. Erkin toklarni qanday ko’mishini juda ko’rgisi 

kеldi.  Toklarni    ko’mayotganda  mеn  ham  qarashay?  Bo’pti.  Kеchqurun  uyga 

qaytishayotganda Erkin iltimos qilgan edi dadasi  ko’ndi. 

  O’rtog’ingga qarashmoqchi  bo’lsang albatta olib kеlaman. Kеlayotgan dam 

olish  kuni  Erkin  o’rtog’inikiga  yana  boradi.  Abdullaga    yordamlashadi.  Tok 

novdalarini qirqish, bog’lash, ko’mish usullarini o’rganib oladi.  

Sayohatga  tayyorgarlik.  O’qituvchi    sayohatga  borish  manzilini    vaqtini 

bеlgilagach  sayoxatga  borish    to’g’risida  o’quvchilar  bilan    suxbat  uyushtiradi. 

Suhbatda  sayohat  va  undan    ko’zlangan    maqsad  sayohat  vaqtida    nimalarga  

e'tibor bеrish kеrakligi  aytiladi va taassurotlarni  yozib olish uqtiriladi. Navbatdagi 

darsda  sayohatga    jo’naladi.  Uzumzor,  undagi  qator  ishkomlar,  tok  novdalari 

uzumlar  uzub  olingan.  Sarg’ish,  qizg’ish  tus  olgan  tok  barglari  yеrga    to’kilgan  

holdagi kеch kuz ko’rinishi kuzatiladi. 

 

 

 



 

 

                      



 

 

22 


5.“Jaydar non” voqei hikoyasini suhbat usulida o’rgatish 

orqali o’quvchilar nutqini rivojlantirish  

 

Tarbiyaviy  mavzudagi  asarlar  juda  ham  ko’p.  O’qituvchi  ularning  hayotiy 

faolayatini  davomida  topib,  to’plab  rejalashtirib  yuradi,  va  kerakli  o’rinda  undan 

foydalanadi.  Boshlang’ich  sinflarning  o’qish  darsida  ko’plab  hikoyalar  matnlari 

ustida  ish  olib  boriladi.  O’qish  darsida  ko’plab  hikoyalar  matnlar  ustida  ish  olib 

boriladi. 

       Boshlang’ich  sinflarni  o’quvchilarining  har  tomonlama  faol  bo’lishiga 

o’rgatishdir.  O’quvchilarni  faolligini  oshirish  deganda  ularning  faqat  darsdagi 

faolligini  emas  balki  chinakam  insoniy  faoliyatlaridagi  faolligini  oshirish  ham 

tushiniladi. Bu ishlari bir-biri bilan bog’liq holda ko’zga tashlanadiki ularni ajratib 

yuborish qiyin. 

       Har  bir  mavzuni  yaxshi  tushuna  brogan  o’quvhi  barcha  insoniy 

fazilatlarini o’zida shakllantira oradi. Ongli o’qish yaxshi o’qishning asosiy sifati 

hisoblanadi.  

       Ongli o’qish yaxshi o’qilgan matnning aniq mazmunini asarning g’oyaviy 

yo’nalishini  obrazlarini  va  bariiy  vositalarning  rolini  tushinib  o’qish  shuningdek 

asarda  tasvirlangan  voqea  hodisalarga  o’z  munosabatini  ifodalay  olishi  bilan 

belgilanadi.  

       Asarni  o’qish  davomida  ayrim  narsalarni  modeli,  maketi  ko’rsatib 

boriladi.  Matnni  o’qish  davomida  ayrim  narsalarning  rasmi  ko’rsatib  boriladi. 

Masalan  Vatan  haqidagi  mavzularni  o’rganishda  O’zbekiston  manzaralari 

tasvirlangan, matnda nomlari tilga olingan buyuk kishilkarni partreti yoki rasmlari. 

Agar iloji bo’lsa kompyuter monitori yoki ekran orqali rangli rasmlar berilsa yana 

ham yaxshi bo’ladi. Ayrim so’zlar sininimlar vositasidan izohlab boriladi. 

       Sinfda hikoyani ijodiy qayta hikoyalash suhbat  usulida o’qitish quyidagi 

vazifalarni bajaradi.  

1.  Shaxsni o’zgartirib qayta hikoyalash. 


 

23 


2.  Hikoyada ishtirok etuvchi biror personaj tilidan qayta hikoya qilish.  

3.  Matnni  ijodiy  to’ldirish  qayta  hikoyalash  Quyidagi  2-sinfda  o’qish 

kitobidagi”Jaydar non” ikki voqeaviy hikoyani keltiramiz. 

                                                    Javdar non  

       Buvimlar  Humson  qishlog’ida  yashaydilar.  Qishki  ta’til  kunlari  onam 

bilan  buvimlarnikiga  bordik.  Humson  juda  chiroyli  qishloq.  Bir  tomoni  baland 

tog’, bir tomonida   daryosi bor. Atrof oppoq qor bilan qoplangan. Buvimlar bizni 

sevinib kutib oldilar. 

       Yaxshi  kelibsizlar,  hozir  non  yopaman  hamir  oshib  turibdi  dedilar.  Men 

o’rtog’im bilan tepalikdan sirpanchiq uchishga shoshildim, chanamiz ham qo’lbola 

uni bobom yasam berganlar. Unga bir necha bola o’tirsa ham bo’ladi. Mazza qilib 

chanada uchdik, qorbo’ron o’ynadik. 

       – Dilmurodjon keagol bolam non pishdi, choy ham ichib, – olgin dedilar 

buvim. Pasttakina devordan qarab qornimoch edi. Yugurib uyga keldim. Issiqqina 

sandalga o’tirdim. Katta patnis ustida jiyda non yo’q, bargak, hatto tutn mayiz ham 

bor. Buvim bir sevat non ko’tarib kirdilar. Xona non isiga to’ldi. Buvim nonlardan 

ushtib  qo’ydilar,  ol  bolam  nondan  yegin  dedilar.  Men  nonni  yeb  ko’rsam 

shunchalik shirinki men hech qachon bunday non yemaganman. Buvijon noningiz 

buncha shirin? – deb savol berdim. 

– 

Ha bolam bu non javdan bug’doyining unidan bo’lgan. 



– 

Javdar deganingiz nima?  

– 

Javdar bug’doyning bir turi. 



       U sovuqqa chidamli doni ser hosil bo’ladi.  

       Biz doim javdar unidan non yopamiz. 

       U juda barakali. Shunday qilib ta’til kunlari har kuni buvimlarnikida issiq 

javdar nondan yeb mazza qilib, dam oldik. 

       O’quvchi asar mazmunini so’zlab beradi.  

       Demak xattaxta ildiga ikki o’quvchi taklif qilingan bo’ladi. O’quvchilare 

hikoyaq qilib bo’lishgach o’qituvchi bolalarga savollar berib javoblar oladi. 

 


 

24 


   I bosqich. 

Savol: hikoyaning nomi nima? 

Javob: “Javdar non”  

Savol: Voqea nimadan boshlanadi?  

Javob: Qishki ta’til kunlari onam bilan buvimlarnikiga bordik. 

II bosqich.          

Savol: Hikoya qahramonlari kimlar? 

Javob: Onasi, buvisi, bolalar, Dilmurodjon.  

Savol: Javdar nima ekan? 

Javob: Javdar bug’doyning bir turi. 

       Har  bir  savolga  javob  olganda  agar  javob  to’liq  bo’lmasa,  ikkinchi 

o’quvchidan ham so’raladi. Hikoya mazmuni va uning tarbiyaviy, ahamiyatiga oid 

savollarning  sinfning  har  bir  o’quvchisiga  berib,  hikoyadan  olgan  taassurotlar 

boyitiladi,  2-  sinf  o’qish  kitobidagi  “Javdar  non”  hikoyasi  ijodiy  qayta 

hikoyalashning quyidagi turlaridan foydalaniladi.  

1.  Shaxsning o’zgatirib qayta hikoyalash. 

2.  Hikoyada ishtirok euvchi biror persinaj tilidan qayta hikoya qilish. 

1.  “Javdar  non”  hikoyasidagi  shaxsni  o’zgartirib  qayta  hikoyalashdagi 

asosiy qahramon bo’lmish Dilmurodjonni yoki buvisini boshqa biror shaxsga 

o’zgartirib qayta hikoyalashimiz mumkin. 

2.  Bu  hikoya  Dilmurodjon  tomonidan  hikoya  qilinyapti.  Hikoyada 

ishtirok  etuvchi  biror  personaj  tomonidan  qayta  hikoyalash  uchun 

Dilmurodjonning buvisi yoki oyisini tanlashimiz mumkin. 

 

 

 



 

 

 



 

 

25 


                                             Foydalanilgan  adabiyotlar 

 

1..Karimov I. Barkamol avlod orzusi. Toshkеnt. “Sharq”, 1999. 



2.Umumiy o’rta ta'limning Davlat ta'lim standartlari. “Boshlang’ich ta'lim”,  

“Ta'lim taraqqiyoti” jurnali, Toshkеnt. “Sharq”. 1999  7- son. 

3.Boshlang’ich ta’lim  konsepsiyasi. ”Boshlang’ich ta’lim” jurnali, 1996. N6. 

4.A.G’ulomov,  B.Qobilov.  Nutq  o’stirish  mashg’ulotlari.  Toshkеnt.”O’qituvchi”, 

1995. 

5.K.Qosimova  va  boshq.  Ona tili o’qitish mеtodikasi. Toshkеnt, 2009. 



6.M.  Umarova,  X.  Hamroqulova,  R.    Tojiboyeva.  O’qish  kitobi.  Umumiy  o’rta 

ta’lim maktablarining 3-sinfi uchun darslik.  Toshkent-2014. 

7.M. Umarova, Sh. Hakimova. 3-sinfda  o’qish  darslari.  Toshkent,2008. 

8.S.Matchonov.    X.    G’ulomova,    Z.  Dolimov.  4-sinfda  o’qish              darslari. 

Toshkent.2008.   

9.T. Fafforova, Sh. Nurullaeva, Z. Mirzahakimova.  O’qish  kitobi. Umumiy o’rta 

ta’lim maktablarining 2-sinfi uchun darslik.  Toshkent- 2014.  

10.T.Fafforova,  Sh.Nurullaeva,  Z.Mirzahakimova.      2-sinfda  o’qish              darslari. 

Toshkent.2008.   

11.T.G’afforova,  X.G’ulomova.    1-  sinfda  o’qish  darslari.  Toshkеnt.  “Sharq”,  

2008. 

12. O’qish  kitobi.  Umumiy  o’rta  ta’lim  maktablarining  1-sinfi  uchun  darslik.  



Toshkent-2015.    

 13.O’qish    kitobi.  Umumiy  o’rta  ta’lim  maktablarining  4-sinfi  uchun  darslik.  

Toshkent, 2015 .  

14.Sh.Yusupova. Noan'anaviy dars – davr talabi. Andijon, 2002. 

15.www.kitobxon.uz.   

16.www.ziyonet.uz. 

 

 

 



 

26 


 

 

Download 302.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling