3. 1 modul Informatika va axborot texnologiyalari fanini o’qitishda innovatsion yondashuvlar


Download 0.79 Mb.
Sana17.10.2020
Hajmi0.79 Mb.
#134191
Bog'liq
2-МАЪРУЗА


2-MA’RUZA: Fanni o’qitishda innovatsion yondashuvlar (2 soat)

Sirdaryo viloyati XALQ TA’LIMI XODIMLARINI

QAYTA TAYYoRLASh VA ULARNING MALAKASINI

OShIRISh HUDUDIY MARKAZI

3.1

modul

Informatika va axborot texnologiyalari fanini o’qitishda innovatsion yondashuvlar

Informatika va ATlarni o’qitishning zamonaviy yondashuvlar

  • Yoshlarni tarbiyalash jarayonida ma’naviy-intellektual rivojlantirish sifatlarini aniqlashning aniq maqsadi va vazifalari ishlab chiqilgan.
  • Ta’lim oluvchilarning bilimini, aqliy kamolotlarini nazorat qilish va baholash davlat miqyosidagi muhim ahamiyatga egadir. Shu bilan birga, nazorat va baholash jarayonini ta’lim oluvchi bilimini boyitishga, ular shaxsini rivojlanishiga va tarbiyasiga ta’sir ko’rsatadi.
  • Bilimlarni nazorat qilishda qo’yilgan ball va baholar ta’lim oluvchi va ta’lim oluvchida qanday taassurotlar qoldirganini, ular o’rtoqlarining o’qishdagi yutuq va kamchiliklariga qanday munosabatda bo’lishlarini doim kuzatib borish lozim. Ta’lim oluvchi va ta’lim oluvchilar bilimini nazorat qilish va baholash o’quv yili davomida muntazam amalga oshirilishi uchun reyting tizimi joriy qilinib, ba’zan, tasodifan tekshirishlarning oldini oladi va tartibli, doimiy baholash uchun imkoniyatlar ochib beradi.

Pedagogika fani bilimlarni o’z vaqtida nazorat qilish va baholashning vazifalari

  • 1. O’zlashtirishni nazorat qilish va baholash natijalariga qarab Davlat ta’lim standartlari qanday bajarilayotganligini nazorat qilinadi va vazifalar belgilanadi.
  • 2. Bilimlarni nazorat qilish va baholash natijasida ta’lim oluvchi, ta’lim oluvchilarda bilimlar yanada kengayadi. Bu bilan o’quv yurtlari oldida turgan  ta’limiy maqsad bajariladi.
  • 3. Ta’lim sohasidagi yaxshi natijalar yoshlar tarbiyasiga ham ta’sir ko’rsatadi. Ularda ko’tarinki rux, o’z kuchiga bo’lgan ishonch va qiziqishlar paydo bo’ladi. Shuning uchun hamo’zlashtirishni nazorat qilish ta’lim tizimining ajralmas qismidir.

SMART ta’limi

  • Smart education (yoki aqlli ta’lim) – bu ochiq axborot resurslari yordamida interaktiv vertual muhitda amalga oshiriladigan moslashuvchan va induviduallashtirilgan yangi global ta’lim texnologiyasidir. Uning eng asosiy xususiyati uning butun dunyo miqyosida amalga oshirilishi va hammaga birdek axborot olish va keng ta’lim olish imkoniyatlarining yaratilishidir.
  • Smart education ta’lim muhiti o’z navbatida uning qatnashchilaridan butun ta’lim jarayonini, foydalanilayotgan metod va texnologiyalarni yangilash va bir tizimga keltirishni taqozo etadi. Xuddi shu maqsadda Evropa Ittifoqi davlatlari o’z ta’lim tizimlarini bir xil standartga keltirish yo’lidan borishmoqda va dunyoning boshqa davlatlarini ham bunga da’vat etishmoqda.

Smart education ta’lim muhiti vositalari ham kun sayin o’zgarib bormoqda. Endi istalgan joydan internetga ulanish imkoniyatining yaratilganligi, mobil kommunikatsiya vositalari, “aqlli” doska, “aqlli” ekran va ta’limning boshqa “aqlli” texnik vositalarining paydo bo’lishi va kun sayin takomillashib borishi Smart education ta’lim muhitida faol bilim olish nufuzini yanada oshirmoqda.

  • Smart education ta’lim muhiti vositalari ham kun sayin o’zgarib bormoqda. Endi istalgan joydan internetga ulanish imkoniyatining yaratilganligi, mobil kommunikatsiya vositalari, “aqlli” doska, “aqlli” ekran va ta’limning boshqa “aqlli” texnik vositalarining paydo bo’lishi va kun sayin takomillashib borishi Smart education ta’lim muhitida faol bilim olish nufuzini yanada oshirmoqda.

E’tiboringiz uchun

raxmat!
Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling