3-Amaliy mashg’ulot. Domna pechining tuzilishi va ishlash prinsipini o‘rganish


Download 0.67 Mb.
Sana12.03.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1262342
Bog'liq
3 amaliy 86-19


3-Amaliy mashg’ulot.
Domna pechining tuzilishi va ishlash prinsipini o‘rganish

DOMNA PECHI, domna — temir rudalaridan choʻyan olinadigan shaxta pech. Beton poydevorga oʻrnatilgan silindrik kojuxdan iborat. Kojux ichiga pech tagligi (leshad) ni hosil qiluvchi oʻtga chidamli gʻisht terib chiqiladi. Pechning pastki qismida gorn va furma bor. Gornda choʻyan va shlak oqib chiqadigan teshiklar qilingan. Shaxta silindrik koloshnik b-n tugaydi. Chuyan oqib chiqadigan teshik sathidan koloshnik yuqorisidagi yuklash konusigacha bulgan masofa D. p. ning foydali balandligi deyiladi. Ana shu balandlik orasidagi hajm foydali hajm deb ataladi. Foydali hajmdan foydalanish koeffitsiyenti Domna pechi ishining asosiy texnik - iqtisodiy kursatkichi bulib, u pechda 1 sutkada eritib olinadigan 1 t chuyanga tugʻri keladigan foydali xajmni ifodalaydi. U qanchalik kichik bulsa, pech shunchayaxshi ishlaydi. Yirik Domna pechining ish unumdorligi sutkasiga 10000 t dan ortiq.




Domna pechlarida chōyanni ishlab chiqarish uchun quyidagi xom’ashyo qollaniladi: temir rudalar, yoqilgi va flyuslar. Bu xom’ashyolar shixta deb nomlanadi.


Metallurgiya ishlab chiqarishi berilgan tasniflarning barcha turlarini qamrab oladi. Mashinasozlik korxonalarining metallurgiya sexlarida mahsulot ishlab chiqarish darajasi yirik metallurgiya korxonalariga qaraganda ancha past. Xozirgi kunda shiddatli raqobat sharoitida ishlab chiqarishni yangi, zamonaviy texnologiyalar darajasida doimiy ravishda takomillashtirish talab etiladi. Ko‘plab yirik korxonalar bir qator kichik korxonalarga bo‘linadi. Iste’molchilar yaqin atrofida joylashgan xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan bunday korxonalar yirik korxonalarga qaraganda ancha tejamkor va mobilroq bo‘lishi mumkin. Texnologiyalar darajasi bo‘yicha ular yuqori darajada avtomatlashtirilgan va kompyuterlashtirilgan bo‘lishi mumkin va bunday tizimlarni yaratish xarajatlari mahsulotning yuqori va barqaror sifati va bozor talablariga tez javob berish evaziga qoplanadi.
Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling