3-amaliy mashg„ulot Mavzu: Umumiy o‟rta ta‟lim maktablari 5-6-sinflar matematika darslarida tarixiy ma‟lumotlardan foydalanish


Download 159.27 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana09.01.2022
Hajmi159.27 Kb.
#260663
  1   2   3   4


3-amaliy mashg„ulot 

Mavzu: Umumiy o‟rta ta‟lim maktablari 5-6-sinflar matematika 

darslarida  tarixiy ma‟lumotlardan foydalanish. 

 

Mustaqil  O’zbekistonimizda  umumiy  o’rta  ta'lim  maktablarida  matematika  



darslarini o’qitish orqali  ularga faqat hisoblash, matematik tushunchalarni berish 

bilan  chegaralanib    qolmay  balki,  ularga  o’z  vatanini  hurmat  qilish,  o’tmishda 

yashagan    mashhur  ajdodlarimizning  matematika    sohasiga  qo’shgan  hissalarini  

tushintirish, ma'lumotlar berish orqali kelajakka bo’lgan  qiziqishlarini  orttirishdan 

iboratdir. 

Ko’pchilikka  ma'lumki,  O’rta  Osiyoda  juda  ko’p  mashhur  kishilar  yashab 

o’tganlar.  Ulardan  talayginalari  boshqa  sohalar  kabi  matematika  fanini  rivojiga 

ulkan hissa qo’shganlardan hisoblanishadi. Biz o’quvchilarga Ona-Vatanimizning 

tarixi  juda    qadimiy    ekanligini,  bundan    ko’p  asrlar  oldin  Vatanimizda  fan  va 

madaniyat  katta  taraqqiyotga  ega bo’lganligini, ayniqsa, VII asrdan XV asrgacha 

O’rta  Osiyo  matematiklari  o’sha  davr  matematikasining  hamma  sohalarida  juda 

ko’p  yutuqlarga  erishganliklarini  aytib  o’tishimiz  maqsadga  muvofiqdir.  O’rta 

Osiyolik olimlardan: 

  Abu Nasr Muhammad ibn Uzlug ibn Tarxon Farobiy (873-950 ) 



  Abdu Abdullox Al-Xorazmiy (783-850) 

  Abul Vafo (940-998) 



  Abu Rayxon Muhammad ibn Axmad Beruniy (973-1048) 

  Abu Ali ibn Sino (980-1037) 



  Umar Xayyom (1049-1131) 

  Nasriddin Tusiy (1201-1274) 



  Saloxiddin Muso ibn Qozizoda Rumiy (1360-1447) 

  Giyosiddin Jamshid Koshiy (1385-1457) 



  Ulug’bek (1394-1447) 

  Aloviddin ibn Muhammad  Ali-Qushchi (1402-1474) 




kabilar  xozirgi  zamon  hisoblash  tizimini    kashf    etdilar,  manfiy    va  irratsional 

sonlar  bilan    ishlash    yo’lini,  ildiz    chiqarish,  qator    tenglamalarni  yyechish 

metodlarini,  Nyuton  binomining  umumiy    formulasini  topdilar,  mana  shularni 

aytib o’tishimiz foydadan xoli bo’lmaydi. 

Biz  dars  jarayonida  yoki  fakultativ  mashg’ulotda  shu  mavzuga  bog’lik 

bo’lgan  matematik  tushunchalarning  paydo  bo’lishi,  funksiyalar    va    matematik 

sayohatlarida  bu  olimlar  ijodidan  foydalanishimiz    va    matematik  gazetalarda 

ularning xayoti va ijod yo’lini yoritib borishimiz  juda katta tarbiyaviy ahamiyatga 

ega. 

Biz  matematika  o’qitish  jarayonida    o’quvchilarga    notanish    bo’lgan 



matematik  atamalarning  qaysi  tildan  olinganligini  va  o’zbek  tilidagi  ma'nosini 

o’rgatib  borsak,  ularning  matematika  faniga    bo’lgan  qiziqishi  ortishi  bilan 

birgalikda lug’at boyliklari  va  savodxonlik darajasi ortib borishiga erishamiz. 

Endi  matematika  o’qitishda  O’rta  Osiyolik  olimlar  ijodidan    foydalanishga 

doir misollarni ko’rib chiqamiz. (5-6 sinflarning matematika fani bo’yicha). 


Download 159.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling