3-Amaliy mashg’ulot Maxsus materiallar va yuqori qarshilikli qotishmalar


Download 33.98 Kb.
Sana25.03.2022
Hajmi33.98 Kb.
#613698
Bog'liq
3-Amaliy mashg’ulot
undosh tovushlar, Фукаро сст конун, doklad kurs ishi , 2 5274161144464933310-1, 1-mavzu, 2-labaratoriyafizika, NAZORAT 1, Tarjimai hol, 1-Амалий иш, iqtisodiyot nazariyasi 2-oraliq, iqtisodiyot nazariyasi fanidan, Adabiyotshunoslik o'zbek adabi , test asosiy yakuniy yangi(1), chiziqli-dasturlash-masalalarini-yechishning-simpleks-usuli, chiziqli-dasturlash-masalalarini-yechishning-simpleks-usuli

3-Amaliy mashg’ulot
Maxsus materiallar va yuqori qarshilikli qotishmalar
Texnikada, reostatlarda va elektr isitkich asboblarida katta qarshilikka ega bo‘lgan materiallar ishlatiladi. Bu maqsad uchun sof metallardan emas, balki ularning maxsus qotishmalaridan foydalaniladi. Erigan ikki xil metallni o‘zaro qo‘shib sovutilganda ularning ayrim kristallari alohida yoki birgalikda kristallanishi oqibatida boshqa umumiy kristalli jism hosil bo‘ladi. Birinchi holda qotishmaning solishtirma qarshiligi uning tarkibidagi yuqori qarshilikli metallarning miqdoriga to‘g‘ri proporsional. ikkinchi holda esa qotishmaning solishtirma qarshiligi uzining yuqori qiymatidan yuqori bo‘ladi. Yuqori qarshilikli material ikki yoki uch komponentdan tashkil topadi.
Mis asosida tayyorlangan qotishmalarga manganin, konstantan va neyzilberlar misol bo‘ladi.
Manganin rezistor ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. Uning tarkibida 85%mis, 12% marganets, 3% nikel bo‘lgan holda solishtirma qarshiligi 0,42-0,48 mkOmm, solishtirma qarshilik koeffitsienti (5-30)10K ga tengdir. Manganindan elektr o‘lchov texnikasi uchun sifatli, aniqlik darajasi yuqori bo‘lgan qarshilik g‘altaklari tayyorlashda foydalaniladi.
Konstantan tarkibida 60% ga yaqin mis va 40% atrofida nikel bo‘lib, solishtirma qarshiligi 0,45-0,52 mkOmm, =(-20;-50)10-6 grad-1. Mazkur qotishmadan o‘lchov texnikasida qo‘llaniluvchi asboblar (voltmetr va hokazo) uchun yuqori sifatli stabil qarshiliklar emas, balki qo‘shimcha (yordamchi) qarshiliklar tayyorlashda foydalaniladi. Konstanta va manganin materiallari birikmasidan ishlash sharoitida haroratga bog‘liq bo‘lmagan qotishmalar olish mumkin. Konstantan bilan mis o‘zaro kavsharlanishi natijasida 100-150 0S haroratda ishlaydigan termopara yasaladi.
Neyzilber, nikel, rux va mis asosidagi qotishma (tarkibida nikel miqdori kamaytirilgan) bo‘lib, narxi arzonligi sababli reostatlarda keng miqiyosda ishlatiladi. Mazkur qotishmaning solishtirma qarshiligi 0,35-0,40 mkOmm, =200/10-6 grad-1, ish xaroratining yuqori qiymati 2000S ga teng.
Nikel asosida tayyorlangan katta qarshilikli qotishmalarga nixrom (nikel bilan xrom aralashmasi) misol bo‘la oladi. Uning solishtirma qarshiligi I mkOmm, yuqori ish harorati 900-11000S bo‘lib, qizitilganda oksidlanishga chidamliligi nisbatan yuqoridir. Nixrom qotishmasidan ingichka sim (diametri 0,01-0,03 mm) tortish usuli orqali tayyorlanadi. Uning tarkibida nixrom miqdori oshirilganda solishtirma qarshilik va TT qiymatlari ko‘tarilishi bilan birga qotishmaning mustahkamligi ham oshadi.
Temir tarkibiga xrom va alyuminiy qo‘shilsa solishtirma qarshilik va TT qiymatlari yuqori (nixromnikiga yaqin), arzon qotishma (fexral yoki xromal) hosil bo‘ladi. Fexral (xrom 12-15%, alyuminiy 3,5-5,5%, qolgani temir) dan ingichka (d=0,2-0,3mm) sim yoki tasmalar tayyorlanadi. Xromal (23-27% xrom 4,5-6,5% alyuminiy, qolgani temir) ning solishtirma qarshiligi 1,4-1,6 mkOmm, ish harorati 12500S.
Agar yuqori qarshilikka erishish talab etilsa, nixromdan foydalaniladi, chunki bu qotishmaning solishtirma qarshilik qiymati nisbatan yuqoridir.
Termopara tayyorlashda quyidagi qotishmalardan foydalaniladi: kokopel (56% Cu + 44% Ni); alyumel (95% Ni + 5% Al,Si,Mg); xromel (90% Ni + 10% Cr); platinarodiy (90% Pt + 10% Rh).
Tarkibidagi metallarning xossasiga ko‘ra termoparalar quyidagi haroratlarni o‘lchashda qo‘llaniladi: platinarodiy – platina (16000S gacha); mis – konstant, mis – kopel (3500S gacha); temir – konstant, temir – kopel, xromel – kopel (6000S) gacha; xromel – alyumel (900-10000S gacha).
Download 33.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling