3-Amaliy mashg’ulot Parmalovchi uchun ishchi joyidagi yo’riqnomalar bo’yicha talablar Reja


Download 36 Kb.
Sana02.06.2020
Hajmi36 Kb.
#113400

3-Amaliy mashg’ulot

Parmalovchi uchun ishchi joyidagi yo’riqnomalar bo’yicha talablar

Reja:

1. Xavfsizlikning umumiy talablari.

2.Ish boshlashdan oldingi xavfsizlik talablari

3.Ish vaqtidagi xavfsizlik talablari

4.Avariya vaziyatlardagi xavfsizlik talablari

5.Ish tugagandan keying xavfsizlik talablari


XAVFSIZLIKNING UMUMIY TALABLARI

1. Mazkur yo'riqnoma barcha modifikasiyadagi parmalash stanoklarida ishlovchi parmalovchilar uchun mo'ljallangan.

2. Parmalovchi bo'lib ishlashga ruxsat etiladigan shaxslar:

2.1. 18 yoshdan kichik bo'lmagan;

2.2. tibbiy ko'rikdan o'tgan;

2.3. kasbiy ko'nikmaga ega bo'lganlar, "Mehnat muhofazasi bo'yicha o'qishni tashkil qilish va bilimlarni sinash to'g'risida" gi Nizomga muvofiq ushbu ishlarning xavfsiz usul va yo'llari bo'yicha o'qigan, bilimlari sinalgan va belgilangan shaklda guvohnoma olgan;

2.4. "…Nizom"ga muvofiq kirish instruktajini va bevosita ish joyida xavfsizlik texnikasi bo'yicha instruktajni o'tgan;

2.5. yuk ko'tarish mexanizmlari, charxlash stanoklari bilan ishlash zarur bo'lganda qo'shimcha o'qigan va xavfsizlik texnikasi bo'yicha instruktajni "Mehnat muhofazasi bo'yicha o'qishni tashkil qilish va bilimlarni sinash to'g'risida"gi Nizomga muvofiq o'tgan.

2.6.(Nizomga muvofiq) instruktajdan o'tgan.

3. Parmalovchi quyidagilarga majbur:

3.1. korxonadagi ichki mehnat tartib qoidalarini (IMTQ), mehnat va dam olish rejimini bajarish;

3.2. belgilanmagan joylarda chekmaslik va korxona hududida spirtli ichimliklar iste'mol qilmaslik;

3.3. ushbu yo'riqnoma talablarini bajarish;

3.4. ish vaqtida o'zi bilan birga ishni bajarishning xavfsiz usul va yo'llari bo'yicha bilimi sinalganligi haqidagi guvohnomani olib yurish;

3.5. berilgan maxsus kiyimdan, maxsus poyafzaldan, himoya ko'zoynaklardan, hamda saqlovchi moslamalar va himoya vositalardan foydalanish;

3.6. yong'in xavfsizligi talablarini bajarish;

3.7. baxtsiz hodisalar ro'y berganda jabrlanganlarga vrachgacha bo'lgan yordamni ko'rsata bilish, voqea sodir bo'lgan joyda imkoni boricha vaziyatni saqlab turish va bu haqida bevosita rahbarga xabar berish;

3.8. ish bajarishda shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilish;

3.9.mashinalar, mexanizmlar va boshqa jihozlarda aniqlangan nosozliklar va boshqa xavfsizlik talablarining buzilishlari haqida ustaga (brigadirga) xabar qilish va tegishli choralar ko'rilmaguncha ishga kirishmaslik;

4. Parmalovchiga ish joyida quyidagi xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari ta'sir etishi mumkin:

4.1. jihozda ishlashda elektr tokidan shikastlanish;

4.2. detallarni parmalashda metall qirindilaridan jarohatlanish;

4.3. moylash-sovutish suyuqligi (SOJ);

5. Ushbu yo'riqnoma talablarini bajarmaslik, ishlab chiqarish intizomini buzish hisoblanadi, bunda aybdorlar IMTQ ga muvofiq belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.


ISh BOShLAShDAN OLDINGI XAVFSIZLIK TALABLARI

6. Parmalovchi quyidagilarga majbur:

6.1. ishni bajarish uchun tarmoq me'yorlarida belgilangan maxsus kiyim, maxsus poyabzal va himoya ko'zoynaklarni kiyish, tartibga solish, sochlarni bosh kiyim ostiga yig'ishtirish;

6.2. mahalliy yoritishni shunday rostlash kerakki, ishchi zona yetarlicha yoritilishi va yorug'lik ko'zni qamashtirmasligi kerak;

6.3.asbob va moslamalarning mavjudligi va yaroqligini tekshirish;

6.4. saqlovchi qurilmalar, zaminlash (zazemlenie) va jihozlarning ishga yaroqligini tekshirish;

6.5. oyoq ostiga qo'yiladigan yog'och panjara mavjudligini va yaroqligini tekshirish;

6.6. boshlang'ich ashyoning mavjudligini va holatini tekshirish;

6.7. stanokni salt yurishda sinab ko'rish;

6.8. boshqarish organlarini yaroqligini (bosh harakat mexanizmlari, uzatish, harakatni ishga tushirish, to'xtatish va boshqalar);

6.9. ishlab chiqarish sanitariyasi talablariga rioya qilish.

7 . Ish xavfsizligi to'liq ta'minlanmaganda, parmalovchi o'z fikrini ustaga xabar qilishi va ular bartaraf etilmaguncha ishga kirishmaslik.


ISh VAQTIDAGI XAVFSIZLIK TALABLARI

8. Parmalovchi quyidagilarga majbur:

8.1. shpindel va kesuvchi asbobga yaqin egilmaslik;

8.2. stanok shpindelining yurish vaqtida ishlov berilayotgan predmet chiqib ketishi yoki boshqa bir texnologik jarayonning buzilishini oldini olish uchun uni to'g'ri va ishonchli o'rnatish;

8.3. chiqib turgan to'xtatadigan (stoporniy) vintlari va boltlari bo'lgan patron va moslamalarni ishlatmaslik, agarda chiqib turgan joylari bo'lsa ularni to'siq bilan o'rash zarur;

8.4. ishlov berilayotgan detallar, tiski va moslamalar stol yoki fundament plitasiga mustahkam va ishonchli mahkamlash, qotirishni esa maxsus mahkamlash detallari (stol ariqchasi (paz) ga mos boltlar, qisuvchi plankalar, tayanchlar va boshqalar bilan) bilan bajarish;

8.5. tiskilarni ishga yaroqli holda tutish va ulardagi kertik tishlari yelanmagan bo'lishi kerak;

8.6. detallarni stanokka o'rnatish va stanokdan yechib olish shpindel va kesuvchi asbob boshlang'ich holatda aylanmasdan turganida amalga oshiriladi, detalni ish zonasidan tashqarida o'rnatish imkoniyatini beruvchi stanokning maxsus ko'p o'rinli moslamaga ega bo'lgan holati bundan mustasno;

8.7. kesish asboblarini o'rnatishda ularning ishonchli va mustahkam qotirilganligiga va to'g'ri markazlashganligiga e'tibor qilish, asboblarni o'rnatishni esa, stanok to'liq to'xtatilgandan keyin bajarish;

8.8. asboblarni almashtirishda shpindelni tushirish, stanok ishlab turgan holatda asboblarni almashtirish, faqatgina tez almashtiriluvchi maxsus patronlar bo'lganda ruxsat etiladi;

8.9. konussimon quyrug'i yelangan asboblardan foydalanmaslik, shpindelga konussimon quyruqli parma yoki razvertkalar o'rnatishda asbobning kesuvchi qirrasi bilan qo'lni kesishidan ehtiyot bo'lish kerak;

8.10. parmalanayotgan detalni qo'lda ushlab turish taqiqlanadi, mahkamlash moslamalari bo'lmagan holatda mayda detallarni ustaning ruxsatidan keyin dastaki tiskilar, qisqichlar yoki yassi paralell jag'li ombirlar bilan tutib turish mumkin;

8.11. parma va detal patroni qotirilganligi bo'shashganda darhol stanokni to'tatish, hamda buyum stolda parma bilan birga aylanayotgan bo'lsa uni qo'lda tutishga urinmasdan tegishli moslamalardan foydalanish;

8.12. posangi (protivoves) trosidagi yuk yaroqliligi va mustahkam qotirilganligini tekshirish;

8.13. mo'rt materiallarni parmalashda, stanokda qirindilardan himoya qurilmasi bo'lmagan holda shaffof materialdan yasalgan himoya yoki saqlash shchitini taqish;

8.14. chuqur teshiklarni parmalashda qirindidan tozalash uchun vaqti-vaqti bilan parmani teshikdan chiqarib turish;

8.15. parmalanayotgan detaldan va stoldan qirindini asbob to'xtagandan keyin olib tashlash;

8.16. qovushqoq metallarda teshik parmalashda qirindi sindirgich ariqcha (kanavka)si mavjud spiral parmalar qo'llash;

8.17. parma yoki patronni almashtirishda yog'och tagliklardan foydalanish;

8.18. kesish asbobini ishlov berilayotgan detalga asta sekin, zarbsiz, ravon yo'naltirish;

8.19. parmani dastaki uzatishda va teshib o'tishga parmalashda yoki mayda parmalar bilan teshishda richagni qattiq bosmaslik, avtomatik uzatishda uzatishni pasportda keltirilgan normadan oshishiga yo'l qo'ymaslik;

8.20. stanokni to'xtatishdan oldin albatta asbobni ishlov berilayotgan detaldan uzoqlashtirish.

9. Parmalovchiga quyidagilar taqiqlanadi:

9.1. ishni himoya ko'zoynaklarisiz bajarish;

9.2. parmalanayotgan detalni qo'l bilan ushlab turish;

9.3. stanok ishlab turganda detal, moslama va asboblarni qotirish;

9.4. stanok asosi ishonchli mahkamlanmagan holda radial-parmalash stanogida ishlash;

9.5. qo'lqoplarda va bintlangan barmoqlar bilan rezina barmoq-g'ilofsiz (napalchniksiz) ishlash.



AVARIYa VAZIYaTLARIDAGI XAVFSIZLIK TALABLARI

10. Ish vaqtida avariya vaziyati yuzaga kelganda parmalovchi quyidagilarga majbur:

10.1. ishni to'xtatish va darhol ish rahbarini xabardor qilish;

10.2. yong'in vujudga kelganda, mavjud o't o'chirish vositalari yordamida yong'inni o'chirishga kirishish, shu bilan bir vaqtning o'zida yong'indan saqlash xizmatini chaqirish;

10.3. jabrlanganlar mavjud bo'lganda, jabrlangan kishi hayoti va sog'ligiga ta'sir etuvchi xavfli omillarning organizmga ta'sirini yo'qotish (elektr toki ta'siridan ozod qilish, yonayotgan kiyimni o'chirish va hokazo), uning ahvoliga baho berish;

10.4. jabrlangan kishini qutkarish bo'yicha shoshilinch tartibda zarur bo'lgan choralarni ko'rish, nafas olish yo'llarini tiklash, sun'iy nafas berish, yurakni tashqi massaj qilish, qon ketishini to'xtatish, bog'lam qo'yish, tibbiy tez yordamni chaqirish.

10.5. voqea joyidagi vaziyatni imkoni boricha saqlab turish.
ISh TUGATGANDAN KEYINGI XAVFSIZLIK TALABLARI

11. Stanokni o'chirish.

12. Detallarni, moslama va asboblarni maxsus birkitilgan joylariga olib qo'yish;

13. Ish joyini tartibga keltirishi.

14. Maxsus ish kiyimi va poyafzalni shkafga yoki maxsus jixozlangan xonaga olib qo'yish;

15. Smenali ishda, stanokni smenachiga topshirish.



16. Ish tugugandan sung masterga ish davomida stanokda va asboblarda aniqlangan barcha nosozliklar haqida xabar qilish.

17. Yuz-qo'llarni iliq suvda sovunlab yuvish va dush qabul qilish.
Download 36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling