3-amaliy mashg’ulot


Download 446.5 Kb.
Sana27.01.2022
Hajmi446.5 Kb.
#493631
Bog'liq
3-amaliy sirtqi 3
2-Sinf ingliz tili (konspekt), 5-amaliy, Оралиқ назорати саволлари, An algorithm of tracking and detection of moving o, PYTHON DASTURLASH TILIDA FAYLLAR BILAN ISHLASH, PYTHON DASTURLASH TILIDA FAYLLAR BILAN ISHLASH, Innovatsion tadbirkorlikni tashkil etish va uni boshqarishni rivojlantirish Jorayev BMI uz a9f96, 11111111111111111111111111111111, fransuz-tili, 1020, 16313609547859278, Tabiiy resursla-WPS Office, C da funksiyalarni tashkil etish Reja, Inboundtourism (1)

3-AMALIY MASHG’ULOT: BOSHLANG‘ICH SINFLARDA ASOSIY MIQDORLAR VA ULARNI O’LCHOV BIRLIKLARINI O‘RGATISH METODIKASI. BOSHLANG’ICH SINFLARDA O‘RGANILADIGAN ASOSIY MIQDORLAR:UZUNLIK, MASSA, NARX, BAHO, VAQT, MASOFA, TEZLIK.


Mashg’ulot maqsadi: boshlang‘ich sinflarda asosiy miqdorlar va ularni o’lchov birliklarini o‘rgatish bo’yicha ma’lumotga ega bo’lish, boshlang’ich sinflarda o‘rganiladigan asosiy miqdorlar:uzunlik, massa, narx, baho, vaqt, masofa, tezlik haqida ma`lumotlar berish hamda amaliy topshiriqlar bajarish.
Mashg’ulot jihozi: darslik, daftar, tarqatma materiallar, doska, bo’r, marker, tarqatmalar va boshqalar.
Amaliy ishlash uchun topshiriqlar.
1.Mavzu haqida qisqacha ma`lumot.
2.Mavzuga doir didaktik topshiriqlar.
3. Uyga topshiriq.
Mavzu haqida qisqacha ma`lumot
Boshlang’ich sinflarning dasturida matematik material bilan uzviy bog’liqlikda turli miqdorlarni ham o’rganish nazarda tutilgan. Miqdorlarsiz tabiatni, borliq olamni o’rganish mumkin emas. Chunki miqdorlarda turli narsalarning, borliq dunyoning xossalari aks etgan. Miqdor tushunchasi narsa yoki hodisaning xossasi bo’lib, bu tushunchalar o’quvchilarning butun o’qishi davrida shakllanadi.
Biz o’quvchilarga uzunlik, jismning massasi (og’irlik), hajmi, vaqt, figuraning yuzi kabi miqdorlar to’g’risida tushuncha berishimiz kerak. Bu tushunchalarni o’rganish arifmetik material bilan qo’shib o’qitiladi.
Masalan: o’lchashni o’rganish, sanashni o’rganish bilan, o’lchov birliklari sanoq sismavzusi bilan, ismli sonlar abstrakt sonlarni nomerlash bilan miqdorlar ustida amallar arifmetik amallar bilan parallel o’qitiladi. Miqdorlarni o’qitish matematikani hayot, sharoit bilan bog’liq holda o’qitib, politexnik bilimlar berish demakdir.
Hisoblash va yasash ishlarini bajarilishini, mehnat tarbiyasini, estetik ta’lim berishni kuchaytiradi. Ayniqsa miqdorlarni ko’rgazmali, aynan o’zini va laboratoriyalarda tushuntirish imkoni mavjud. Atrof muhitdagi mavjud miqdorlar va ularni o’lchashni amaliyotda ko’radilar, kuzatadilar, haqiqatligiga ishonadilar. Hisoblash ishlarini yakka bajaradilar. Miqdorlarni tushuntirishda figuralar modellar, chizmachilik va o’lchash asboblaridan keng foydalanish kerak.
2.Uzunlik va uning biliklari bilan tanishtirish metodikasi
Kesma uzunligini eng avvalo taqqoalash bilan kesmalarning “teng”, “katta”, “uzun”, “qisqa”, “kalta” kabi tushunchalarini beramiz. Amaliy ishlar bilan bir-birining ustiga qo’yib taqqoslaydigan uzunliklarni tayoqcha yoki metallar yordamida solishtiradilar. Turli xil o’lchov birliklarini tanlash mumkin.
Masalan: sanoq cho’pini uzunlik birligi qilib, u bilan boshqa uzunliklarni o’lchab taqqoslaydilar. Bularga daftarning uzunligi, qarich, qadam kabi birliklarni ham tushuntirish kerak. Shundan keyin sanoq cho’pining uzunligini sm bilan o’lchash va u bilan boshqa uzunliklarni sm bilan aniqlash imkoni tug’iladi. Sm moduli orqali o’quvchilar:
1.Berilgan kesmani o’lchash.
2.Berilgan uzunlik masalasini hal qiladi.


3.Massa, hajm va ularning birliklari bilan tanishtirish metodikasi
Massani jismning yerga tortilish xossasidan kelib chiqadi, deb o’rgatish osondir. Boshlang’ich sinflarda faqat jismning massasi o’rganiladi, shu sababli, “og’irlik”, “og’irlikni tortish”, “og’irlik toshlari”, “og’irlikni tenglashtirish”, so’zlarini iloji boricha ishlatmay, “massa”, “jismlarning massasini o’lchash”, “massani o’lchash asboblari” kabi so’zlardan foydalanish kerak.
Narsalarni massasiga ko’ra “og’ir”, “yengil” so’zlari bilan farqlaymiz. Massa birliklari qilib, kg, g, s, t lar qabul qilingan.
Shulardan keyin massa o’lchovlari jadvali kiritiladi, daftar orqasidan massa jadvalini tushuntiradi, uni bilish va yodda saqlash tavsiya qilinadi.
1 t = 10 s, 1 s = 100 kg, 1 kg = 1000 g.
O’qituvchi amaliy ish sifatida quyidagilarni uyushtirishi mumkin.
1)magazin o’yini. Sotuvchi va oluvchi sifatida sut, kerosin, yog’ kabilar o’lchashni bilib olishadi;
2)banka, kostryulka, chelakka suyuqliklarni litrlab o’lchab solish;
3)bir chelakda 5 l, 2-chelakda 3 l suv bo’lsa, ularni tenglashtirish uchun nima qilish kerak, degan masalalar berish.
2-sinfda o’quvchilari gramm bilan tanishadilar. Bolalarga bir tiyinning massasi 1 g, 2 tiyinniki 2 g, 3 tiyinniki 3 g deb tangalarni o’lchab, ularning qanday og’irlikka ega ekanligini amaliy ko’rsatadi.
Shulardan keyin savdo tarozisi va katta tarozi bilan tanishtiriladi. Buning uchun yaqin oraga ekskursiya o’tkazish maqsadga muvofiqdir.
3-sinfda “sentner”, “tonna” kabi massa o’lchovlari tushunchalari bilan tanishadilar.


3.Geometrik figuralarning yuzi haqida tushunchalarni o’qitish metodikasi. Yuza to’g’risida bilimlar IV sinf matematikasida “yuz”, “yuz birliklari” mavzusida o’rganiladi. Lekin bu tushunchaga tayyorgarlik ishlari I-II sinfdan boshlanadi.
Masalan, mehnat darslarida qog’ozdan yuzaga ega bo’lgan figulalarni qirqib olish tasviriy san’at darslarida ba’zi figuralarni bo’yash bo’yoqning ko’p yoki kam ketishi nimaga bog’liqligini bilib boradilar. Rasm solish bilan biror figurani yopiq chiziqlar bilan chegaralaydilar, qog’ozning ko’p yoki kam ketganligini bilish asosida yuzlarning katta, teng munosabatlar bilan taqqoslashini bilib oladilar.
1-2 sinflarda figuralardagi kataklarni sanash, kataklar bo’yicha figura yasash, figuralarr qirqish, ustiga qo’yish yo’li bilan figuralarni taqqoslashga oid mashqlar beriladi.
Figuralarning yuzlari” mavzusi quyidagi reja asosida o’qitiladi:
1.Taqqoshlash bilan qaysi figura ko’proq o’rin egallashini bilib olish.
2.Birlik kvadrat yordamida figuralar yuzasining katta, kichikligini bilish, кв.cм bilan tanishish.
3. кv.sm bilan turli figuralar yuzlarni hisoblash, paletka.
4.To’g’ri to’rtburchakning yuzini кv.sm da hisoblash.
5. To’g’ri to’rtburchakning yuzini kv.dm da hisoblash.
6. To’g’ri to’rtburchakning yuzini кv.m da hisoblash


Mavzuga doir didaktik topshiriqlar.
1. Boshlang‘ich sinflarda asosiy miqdorlar va ularni o’lchov birliklarini o‘rgatish bo’yicha dars parchasini ishlab chiqish.
2. Miqdorlarni sonlarga ko’paytirish va bo’lishga doir misol topish.
3. 1-sinf matematika darsligida asosiy miqdorlar birliklariga oid:
a. bir xil nomli miqdorlarni solishtirishga doir misollarni yozing.
b. Litr mavzusiga oid dars parchasini tuzing.
4. 3-sinf matematika darsligidan massa, narx, bahoga oid masalardan namunalar yozing.
4.1. Bir xil nomdagi miqdorlarni qo’shish va ayirish. (Masalalarni yechish jarayonida).
5. 1-2-sinf matematika darsligida ikki xil nomli miqdorni qo’shish va ayirishga oid misollarni yozing.





Uyga topshiriq: Boshlang‘ich sinflarda asosiy miqdorlar va ularni o’lchov birliklarini o‘rgatish bo’yicha masalalar tuzish.
Download 446.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling