3. atoqli otlar oldida artiklning ishlatilishi


Download 44.5 Kb.
Sana29.04.2020
Hajmi44.5 Kb.


3. ATOQLI OTLAR OLDIDA ARTIKLNING ISHLATILISHI

1. Atoqli otlar oldida artikl ishlatilmaydi:


Tashkent, Asia, Olimov, John Smith.
2. Atoqli ot oldida mansabni yoki muomala shaklini ifodalovchi turdosh ot kelganda artiklsiz ishlatiladi:
Professor Brown, General Smith, Comrade Petrov, Mr White.
3. Muomala so‘zlari bo‘lgan turdosh otlar oldida ham artikl ishlatilmaydi:
Good morning, Captain? Salom, Kapitan!
4. Father, mother, uncle va boshqa oila a’zolarini ifodalovchi nomlar shu oila a’zolari tomonidan artiklsiz aytiladi va shu so‘zlar bosh harfl ar bilan yoziladi:
I’ll ask Father about it. Men buni otamdan so‘rayman?
5. Familiyalar ko‘plikda ishlatilib, butun bir oilani ifodalaganda aniq artikl bilan ishlatiladi:
The Browns arrived from London yesterday. Braunlar kecha Londondan kelishdi.

6. Okeanlar, dengizlar, daryolar, ko‘rfazlar va cho‘l nomlari hamda atoqli ot aniqlovchisi bo‘lib kelgan turdosh otdan yasalgan geografik nomlar oldida aniq artikl qo‘yiladi:


The British Empire Britaniya imperiyasi
The Paci c Ocean Tinch okeani
The United States Qo‘shma Shtatlar
The Atlantic Ocean  Atlantika okeani
The Mediterranian Sea O‘rta dengiz
The Baltic Sea Boltiq dengizi
The Persian Gulf Fors ko‘rfazi (qo‘ltig‘i)
The Sahara Desert Sahroi Kabir
The British Channel Ingliz kanali (La-Mansh)
The Volga Volga
The Thames Temza
Okean va dengiz nomlaridagi okean, dengiz so‘zlari tushib qolganda ham aniq artikl saqlanib qoladi:
 The Pacic, The Atlantic, The Mediterranian, The Baltic.
Izoh: Geografi k nom aniqlovchili atoqli otdan yasalgan bo‘lsa, artiklsiz ishlatiladi:
Eastern Europe Sharqiy Yevropa
Central Asia Markaziy Osiyo
North America Shimoliy Amerika
South America Janubiy Amerika
Northern Ireland Shimoliy Irlandiya
South Africa Janubiy Afrika
 Lekin: The Middle East, the Far East. 
Ba’zi mamlakatlar, joylar va shahar nomlari oldida aniq artikl ishlatiladi:
 

The Ukrain — Ukraina
The Caucasus — Kavkaz
The Netherlands — Niderlandiya (Gollandiya)
The Argentine — Argentina 



7. Tog‘ tizmalari nomlari oldida aniq artikl ishlatiladi:

The Alps — Alp tog‘lari
The Apennines — Apenin tog‘lari

 Alohida tog‘ cho‘qqilari artiklsiz ishlatiladi:


 Elbrus — Elbrus
 Everest — Everest
8. Orol guruhlari nomlari aniq artikl bilan ishlatiladi:
The British Isles — Britaniya orollari
The Canaries — Kanar orollari
 Yakka orol nomlari artiklsiz ishlatiladi:
 Madagascar — Madagaskar
9. Ko‘llar nomlari aniq artikl bilan ishlatiladi:
The Baikal, The Ontario, The Leman.
Ko‘l nomi oldida lake so‘zi kelsa artikl ishlatilamaydi:
Lake Ohio, Lake Como, Lake Superior, Lake Ladoga.
10. Kanallar va bo‘g‘ozlar nomlari aniq artikl bilan ishlatiladi:
The Magellan Strait, The Bering Straits, The Torres Straits, 
shuningdek, The Bosporus, The Dordonells, The Kiel Canal, The Suez Canal, The Panama Canal.
11. Yarim orol nomlari artiklsiz ishlatiladi:
Indo-China, Labrador, Taimir, Scandinavia; Yuqoridagi nomlarga yarim orol so‘zi qo‘shilsa aniq artikl bilan ishlatiladi: The Balkan Peninsula, The Kola Peninsula.
12. Qo‘ltiq nomlari artiklsiz ishlatiladi:
Hudzon Bay, Baf n Bay.
13. Sharshara va dovonlarning nomlari aniq artikl bilan ishlatiladi:
The Niagara Falls, The Swallaw Falls, The Saint Gotthard Pass.
14. Shaxs ismlari oila vakili sifatida ishlatilganda noaniq artikl oladi:
«Florence will never, never be Dombey», said Mrs. Chick. 
«Florens hech qachonhech qachon Dombi bo‘lmaydi», dedi misis Chik.
15. Certain so‘zi aniqlovchi bo‘lib kelgan shaxs nomlari noaniq artikl bilan ishlatiladi:
I heard it from a certain Mr. Brown. Men buni aniq bir mister Braundan eshitganman.
16. Dunyo tomonlari aniq artikl bilan ishlatiladi:
The North — shimol The South — janub
The West — g‘arb The East — sharq
Ammo: from East to West, from North to South.
17. Kema nomlari oldidan aniq artikl ishlatiladi:
The Titanic, The Kursk.

18.  Ko‘chalar nomlari artiklsiz ishlatiladi:
Oxford Street, Wall Street, Pal Mal Street.
Lekin: The Strand, The High Street.
Izoh: Xorijiy mamlakatlardagi ba’zi ko‘cha nomlari aniq artikl bilan ishlatiladi:
The Rue de Rivoli (in Paris), the Via Manzoni (in Milan).
19. Park nomlari artiklsiz ishlatiladi:
Hyde Park, Central Park.
Xorijiy mamlakatlardagi park nomlari ko‘pincha aniq artikl bilan ishlatiladi:
The Gorky Park (in Moscow), the Tiergarten (in Berlin).
Lekin: The Snowdonia National Park, the Botanical Gardens.
20. Maydonlar, xiyobonlar nomlari artiklsiz ishlatiladi:
Trafalgar Square, Russel Square, Hide Park corner, Picadilly Circus, Leicester Square.
Lekin xorijiy mamlakatlardagi maydon nomlari aniq artikl olishi mumkin: 
The Red Square.
21. Universitetlar, kollejlar nomlari oldida artikl ishlatilmaydi: 
London Universiy, Cambridge University, Oxford University, Horward University, Trinity Colledge, Upsala Colledge.
Lekin: the University of London, the University of Tashkent.

22. Aeroport va temir yo‘l stansiyalari nomlari oldida artikl ishlatilmaydi: 


London Airport, Heathrow Airport, Victoria Station.
23. Teatrlar, muzeylar, surat galeriyalari, konsert zallari, kinoteatrlar, klublar, mehmonxonalar nomlari oldida aniq artikl ishlatiladi:
the Coliseum Theatre, the Opera House, the British Museum, the National Gallery, the Louvre, the Festival Hall,  the Carnegic Hall, the Empire, the Dominion, the Odeon, the National Liberal Club, the Rotary Club, the Ambassador Hotel, the Continental Hotel, the Savoy. Lekin gazeta e’lonlari va reklamalarida yuqoridagi otlar oldida artikl ishlatilmaydi.
24. Gazeta va jurnal nomlari aniq artikl bilan ishlatiladi:
the Times, the Guardian, the Lancet, the World.
25. Alohida binolarning ba’zilari aniq artikl bilan ishlatiladi, ba’zilari artiklsiz ishlatiladi: 
Scotland Yard, Westmenster Abbey, Bukhingham Palace.
Lekin: the Old Bailey, the Tower, the Royal Exchange, The Mansion House.
26. Davlat mahkamalari, tashkilotlar, siyosiy partiyalar nomlari aniq artikl bilan ishlatiladi:
the Liberal Party, the National Trust, the Church, the London City Council, the Supreme Soviet.
27. Til nomlari «language» so’zi bilan kelganda aniq artikl ishlatiladi: 
the English language, the Italian language, the Polish language.
Lekin til nomlari yakka kelsa, English, French va boshqa otlar ingliz tili, fransuz tili ma’nosida kelganda artiklsiz ishlatiladi: 
We learn English.   Biz ingliz tilini o‘rganamiz.
E’tibor bering: 
Translated from the German. Nemis tilidan tarjima qilingan.
What is the French for «book»? «Kitob» so‘zi fransuz tilida qanday bo‘ladi?
Til nomlari yakka kelib ajratuvchi aniqlovchi bilan kelsa, aniq artikl bilan ishlatiladi:
The English of America differs from the English of England. 
Amerika ingliz tilisi Angliya ingliz tilidan farq qiladi.
38. French poetry, modern art, American literature, German Philosophy kabi birikmalar artiklsiz ishlatiladi. Agar ular ajratuvchi aniqlovchi bilan kelsa aniq artikl bilan ishlatiladi. 
The American literature of that period, the French poetry of the XIX century.
Download 44.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling