3. Giyohvandga qonunan jazo


Download 0.78 Mb.
Sana15.01.2022
Hajmi0.78 Mb.
#343747
Bog'liq
Giyohvandlik-Xolmatova Madina
2 5330328081062168032 (1), KIRISH va risk, tahlil, 312-16 Abdirahmonov Rustam Suniy tafakkur Intelekt, Abdiraxmonov Rustam DTI(Mustaqil ish), tahlil, axborot sohasida globallashuv, axborot sohasida globallashuv, siyo1g uzl, siyo1g uzl, Xorazmshohlar davlati va huquqi Reja, Uzbek-language- Grade-5 -for-Uzbek-schools-met, ФАХРЛИ ЁРЛИҒ, YIGILISH BAYON , Animatsion lavhalar yaratish-fayllar

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

MIRZO ULUG’BEK nomidagi Milliy Universiteti

Biologiya fakulteti I kurs 20-06 guruh talabasi

Xolmatova Madinaning Odam anatomiyasi

fanidan tayyorlagan

MUSTAQIL ISHI

Mavzu: GIYOHVANDLIK

Qabul qildi: Raxmanova Laylo

Toshkent-2021

REJA:

  • Giyohvandlik tarixi.
  • Giyohvandlik-asr vabosi.

  • 3. Giyohvandga qonunan jazo!

Giyohvandlik tarixi. Qoradorini giyohvandlik ta’siri haqida eramizdan avvalgi II ming yil oldin Sharqiy O’rtayer dengizi xalqlari ham bilishgan. Janubiy Osiyoga ko’knori o’simligi Aleksandr Makedonskiy askarlari tomonidan eramizdan avvalgi IV asrda olib kelingan.

XVII asrda ko’knori Hindistondan Janubi-Sharqiy Osiyoga tarqalgan.

Asta-sekin qoradori Yevropa davlatlarida ham paydo bo’lgan. Qoradori giyohvand modda sifatida Iroq, Pokiston, Hindiston, Misr va boshqa Osiyo davlatlarida, ayniqsa, keng tarqaldi.

Avval qoradori va undan tayyorlanadigan preparatlar kichik dozalarda faqat tibbiyotda tinchlantiruvchi modda sifatida qo’llanilgan. Keyinchalikuni suiste’mol qilish natijasida giyohvandlik paydo bo’ldi. Rivojlangan davlatlarda giyohvand moddalarni sotishdan tushgan katta-katta daromadlar, ularning keng tarqalishini davom ettirmoqda.

XIX asrda Angliya korchalonlari qoradorini to’siqsiz Xitoyga olib kirish uchun kurashganlar. Yaponiya Xitoy va Koreya davlatlarini bosib olish davrida u yerda giyohvandlikni avj oldirib yubordi. Buning uchun yaxshi tanish bo’lgan usuldan foydalanilgan: oldiniga qora dori va undan tayyorlanadigan preparatlar bepul berilgan, giyohvand moddalarga o’rganish paydo bo’lgan sari qora dori juda qimmat narxlarda sotilgan. Keyinchalik Yaponiyaning bu harakati BMT tomonidan, insoniyatga qarshi katta jinoyat deb baholangan.

Sog’lom odam va sigaret chekadigan odamning o’pkasi

Aroqxo’rning ahvoli

Giyohvandlikning jazosi

Narkomaniya so’zi yunoncha so’z bo’lib, “narke” – karaxtlik va “mania” – telbalik yoki karaxtlikka moyillikka (ishtiyoq) ma’nosini anglatadi – giyohvandlik so’ziga to’g’ri keladi. Boshqacha qilib aytganda, bir yoki bir necha xil giyohvand moddalar (alkagol, afyun, morfin, nasha, kokain, kodein, gashish, geroin va h.k lar) ga o’rganib, ularni iste’mol qilmasdan turolmaslik, xumor tutaverish holatiga tushib qolish tushuniladi.

Giyohvand – giyohvand moddalarga qaramlik his qiluvchi va ularni muttasil iste’mol qiluvchi tibbiy tartibda “Giyohvandlik” tashxisi qo’yilgan BEMOR.

Jismoniy va ruhiy oqibatlari

Organizm giyohvand moddalarga tez ko’nikib qoladi va giyohvandlar o’zlari xohlagan ta’sirga erishish uchun iste’mol miqdorini tinmasdan oshirib boradilar. Giyohvand moddalar miqdorini oshirish inson hayoti uchun o’ta xavflidir. Ushbu moddalar qabul qilinganda, moddalar almashinuvi buziladi, bu esa vaznning keskin pasayishiga olib keladi. Inyeksiya yo’li blan giyohvand moddalarni qabul qiluvchilar tomonidan umumiy shpritsdan foydalanish tajribasi OITV infeksiyasi va virusli gepatitning yuqish xavfini orttiradi. Qon zarralari eritmaga o’tib, shpritsda saqlanib qoladi. Agar shpritsdan OITV yuqtirgan yoki virusli gepatit bilan kasallangan bemor foydalangan bo’lsa, virus sog’lom kishiga shpritsdagi giyohvand modda bilan o’tadi.

Qonunan hukm

O’zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 270-moddasida: Taqiqlangan ekinlarni yetishtirish, ya’ni ko’knor yoki moyli ko’knor, kanabis o’simligi yoxud tarkibida giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bo’lgan ekinlarni qonunga xilof ravishda ekish yoki yetishtirish –besh yildan o’n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi - deb ko’rsatilgan.

O’zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 274-moddasida:

Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni iste’mol qilishga jalb etish – olti oygacha qamoq yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng jamiyat hayotining barcha sohalarida , xususan, voyaga yetmaganlar huquqiy himoyasini ta’minlash borasida tub islohotlar amalga oshirila boshlandi.

Bu boradagi islohotlarni biz “Yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to’g’risida” gi qonunlar, o’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 21-senabrdagi “Voyaga yetmaganlar ishlari bo’yicha komissiyalar faoliyatini takomillashtirish haqida” gi 360-sonli qarori va boshqa me’yoriy hujjatlar misolida ko’rishimiz mumkin.



Bolalarning huquqiy himoyasini ta’minlash, ular o’rtasida g’ayriijtimoiy xatti-harakatlarning oldini olish borasidagi tadbir samaradorligini yanada oshirish maqsadida 2010-yilning 17-may kuni “O’zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksiga qo’shimchalar kiritish to’g’risida” gi qonuni qabul qilinib, ushbu qonun 2010-yil 18-maydan boshlab amalga kiritildi.

Mazkur qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeks 188-moddasi bilan to’ldirilib, unga ko’ra “restoranlar, kafelar, barlar, klublar, diskotekalar, internet tarmog’idan foydalanish xizmatlarini ko’rsatish uchun jihozlangan xonalar yoki boshqa ko’ngil ochish (dam olish) joylarining rahbarlari yoxud boshqa mas’ul shaxslar tomonidan voyaga yetmagan shaxsning tungi vaqtda ota-onasidan biri yoki uning o’rnini bosuvchi shaxsning kuzatuvchisiz ko’rsatilgan muassasalarida bo’ishiga yo’l qo’yganlik uchun ” ma’muriy javobgarlik belgilandi
Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling