3 I bob Adabiyotlar sharhi


Download 152.41 Kb.
bet1/10
Sana18.06.2022
Hajmi152.41 Kb.
#763487
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
mirzarahmon111
Elektron o‘quv qo‘llanma yaratish jarayonida SnagIt dasturidan foydalanish, Sanoq sistemasi, AKMALXON134, 4-СР 1624525810940, Nasos haqida umumiy malumot, 9, 7, 5, 4-mavzu 1941-1980-yillarda muzey ishi va yodgorliklarini asrash, mo\'g\'ullar imperiyasi, tarbiya mustaqil ish, sharqda qollanilgan oy kalendarlari, qadimgi sharq tarix, Уйғониш даврининг тарих фалсафаси XIV XVI асрлар

REJA

Mundarija


Kirish....................................................................................................................3
I bob Adabiyotlar sharhi..................................................................................10
1.1. Respublikamizda neft va gaz sonoatining rivojlanishi................................5
1.2. Gidrotozalash jarayoni va qurulmalari……………………………………10
1.3. Neft mahsulotlarini kimyoviy usullardan foydalanib tozalash....................20
1.4. Moy fraksiyalarini va qoldiq qismini erituvchilar bilan tozalash.................22
1.5. Neft mahsulotlarining kimyoviy tarkibini aniqlash......................................27
1.6. Neftning aromatik birikmalari......................................................................40
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish

Jahonda moliyaviy-iqtisodiy inqiroz kengayib va chuqurlashib borayotgan bir paytda, hayot O‘zbekistonda iqtisodiy-ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar tufayli barpo etilgan omillar bunday inqirozlar ta’sirini yumshatishga qodir ekanligini ko‘rsatmoqda. Mamlakatimizda jahon moliyaviy - iqtisodiy inqiroziga qarshi choralar dasturi ishlab chiqildi va uni amalga oshirish boshlab yuborildi. Mamlakatimiz "Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari" asarlarida, inqirozga qarshi choralardan biri - bu" korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlashni yanada jadallashtirish, zamonaviy moslashuvchan texnologiyalarni keng joriy etish" deb ta’kidlanadi. Yangi, raqobatbardosh texnologiyalarni qo‘llash masalasi bevosita fan va ta’lim-tarbiya sohasiga ham tegishlidir[4].


Dizel yoqilg‘ilari sifatiga qo‘yilayotgan asosiy talablardan biri yoqilg‘i tarkibidagi oltingugurtli va aromatik birikmalar miqdorini kamaytirish va ayniqsa polihalqali aromatik uglevodorodlar miqdorini keskin kamaytirish talab etiladi.
Butun dunyo bo‘yicha yoqilg‘i sifatiga qo‘yilayotgan talablarga ko‘ra aromatik uglevodorodlarning umumiy miqdori va alohida polihalqali aromatik uglevodorodlar miqdorining mumkin bo‘lgan miqdori bo‘yicha normalari ishlab chiqilgan. Dizel yoqilg‘isiga Yevropa standartlariga ko‘ra YEN 590, Yevro 2 Yevro 3, Yevro 4 va Yevro 5 lar uchun aromatik uglevodorodlarning umumiy miqdori normalashtirilmagan bo‘lsada biroq dizel yoqilg‘isi tarkibidagi polihalqali aromatik uglevodorodlarning miqdori normalari qat’iy belgilangan.
Ekologik nuqtai nazardan polihalqali aromatik uglevodorodlar anchagina xavfli birikma bo‘lib sanaladi. Ularning asosiy manbai bo‘lib yoqilg‘inig o‘zi sanaladi yoki dvigatel kamerasida yonayotgan yoqilg‘idan hosil bo‘ladi. Yonish kamerasida polihalqali aromatik uglevodorodlarning sintezi smola va aromatik uglevodorodlarning molekulyar assotsiatsiyalanishidan hosil bo‘ladi. Ta’kidlash joizki polihalqali aromatik uglevodorodlar dvegatelning yonish kamerasida to‘liq yonmaydi va u yonish kamerasida, porshinlar ustida, forsunkalarda smolasimon cho‘kma ko‘rinishida yopishib qoladi. Bu esa dvegatelning normal ishlashini izdan chiqaradi.
Ushbu dissertatsiya ishi mahalliy xom ashyo hisoblangan dizel yoqilg‘isini adsorbsion va ekstraksion usulda dearomatlash orqali dizel yoqilg‘isining ekpluatatsion va ekologik xususiyatlarini yaxshilashga hamda dizel yoqilg‘isiga qo‘yilayotgan Yevro 3 talablariga muvofiqlashtirishga qaratilgan.

Download 152.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling