3 iat 2-guruh talabasi Alijonova Madinabonu 4-laboratoriya mashg’uloti Mavzu: Talaba mustaqil ishining tashkiliy shakllari Ishning maqsadi


Download 23.05 Kb.
Sana30.05.2020
Hajmi23.05 Kb.
#111920
Bog'liq
4-tajriba ishi. 3IAT2 Alijonova Madinabonu.


3 IAT 2-guruh talabasi Alijonova Madinabonu

4-laboratoriya mashg’uloti

Mavzu: Talaba mustaqil ishining tashkiliy shakllari

Ishning maqsadi: Talabalarda ma’ruzada olingan bilimlarni mustahkamlash, ta’lim tizimida mustaqil ta’limni tashkil etish va mustaqil ishining tashkiliy shaklllarini o’rganish.

Kerakli jihozlar: Kompyuter, proyektor, darslik, ko’rgazmali materiallar, tarqatma materiallari, topshiriqlar.

AMALIY TOPSHIRIQLAR:

  1. Mustaqil ishlarni tashkil etishning o’ziga xos jihatlari.

  2. Talabalar mustaqil ishini tashkil etishning tamoyillari.

  3. Mustaqil ishlash va izlanishning asosiy shakllari.

  4. Mustaqil ishning tashkiliy shakllari.

  5. Talabalar mustaqil ishining uslubiy ta’minoti.

AMALIY TOPSHIRIQ JAVOBLARI:

1.Mustaqilishlarni tashkil etish o’ziga xos jihatlari bilan ajralib turadi:

1.Mustaqil ishni tashkil etishning muhim xususiyati, uni talabaning o’zitashkil qiladi.Muvafaqqiyatga erishish uchun uning o’zi sabr-toqat bilan, mashaqqatlardan qo’rqmay o’z ustida ishlash kerak. Buni esa o’quvchi talabaning o’zi rejalashtiradi va amalga oshiradi.

2. Mustaqil ishlash jarayonida bilimlarni egallash bilan birga, ko’nikmalarni shakllantirish ham mustaqil amalga oshiriladi.

Borgan sari ortib boradigan mustaqil tayyorlanish vaqtini samarali bo’lishini ta’minlashda ikki narsaga e’tibor qaratish kerak:

А) mustaqil ish – o’qishning ,aqliy mehnatning alihida turi;

B) axborotning asosiy qismini talaba mustaqil ravishda oladi. Ayniqsa, internetning kirib kelishi bilan uning doirasi yanada kengayadi.

Ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogic texnalogiyalarni, o’qitishning interfaol usullarini qo’llash o’qituvchining ijodkorlik mahoratini, qolaversa, mas’uliyatini yanada oshiradi. Bundan kelib chiqadiki, pedagogik texnalogiyaning maqsadi o’qitish emas, balki ularni mustaqil o’qishga o’rgatishdir. Demak, ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogic texnalogiyalardan foydalanish

o’quvchilarda mustaqil ta’lim olish malakasini shakllantirishda muhim omil hisoblanadi.

3. Talabalar mustaqil ishlash vaqtini ham mustaqil ravishda o’zlaribelgilaydi. Talabaning mustaqil ishi o’quv rejasidagi muayyan fanni o’zlashtirish uchun belgilangan o’quv ishlarining tarkibiy qismi bo’libu dars jarayoninitashkil etishdan kata farq qiladi, ya’ni uni bajarish vaqtini talabaning o’zi imkoniyatidan kelib chiqib belgilaydi. Mustaqil ishlash vaqtdan to’g;ri foydalanishni, uni tejash zaruriyatini keltirib chiqaradi.

Har bir talaba individual tarzda vaqtini fanlar bo’yicha tabaqalashtirilgan holda rejalashtirish kerak. Undan kelib chiqib, talaba o’z haftalik rejasini kunlar bo’yicha tuzadi. Mustaqil ishlarni rejalashtirish yuzaki qaraganda talab hech narsa bermayotganday, hech qanaqa yordami yo’qday tuyuladi. Lekin tajriba shuni ko’rsatadiki, a’lochilar o’z vaqtlarini aniq rejalashtiradilar va uni bajarishga harakat qiladilar.

4. Mustaqil ishni bajarish uchun talaba o’zini o’zi majbur qilishi kerak. Bunda ham subyektiv omil asosiy o’rin tutadi. Talabalarni mustaqil ishini tashkil etishda o’qishni boshqa shakllariga o’xshab, umumiy prinsiplar mavjud. Mustaqil ishni shu prinsiplar asosida tashkil qilish kerak. Mustaqil ishni tashkil etishda oddiy elementar prinsiplarni o’zlashtirish 1- darajali ahamiyatga ega va ana shu murakkab jarayonni to’laligicha qamrab oladi.

2. Mustaqil ishni ashkil etishning asosiy va birinchi tamoyili uning muntazamligidir, ya’ni doimiy , uzluksiz ravishda amalga oshirishdir. Ma’lumki, o’quv jarayonini tashkil etishda kafiy ketma- ketlik , uzviylikni olib borish talab qilinadi.Talaba auditoriyada olgan bilimini mustahkamlash ,shu bilan bir qatorda navbatdagi yangi mavzuni puxta o’zlashtirish uchun har kuni mustaqil ravishda tayyorgarlik ko’rishi kerak. Bugungi otiladigan mavzuni yaxshi tushunishi va o’zlashtirishi uchun o’tilganlarni o’z qobilyati va olgan bilimi darajasini yanada chuqurlashtirishga intilishi, mustaqil takrorlashi , o’rganishi zarur. Chunki ma’ruzada talabaga yo’llanma beriladi. Dars davomida mavzuga egishlibarcha asosiy savollarni muhokama qilib bo’lmaydi. Ma’ruzada o’tilgan, muhokama qilingan masalalarni psixaloglarning tadqiqoti natijalariga ko’ra atigi 5 foizi talabalar yodida qolar ekan. O’zi o’qib o’rgangani , o’rganganlarini boshqalarga o’rgatishi esa bir necha barobar ko’p yodida qolar ekan.Shundan kelib chiqib , aytish mumkinki, talabaning o’zini mustaqil tayyorlab o’qishi fanni o’rganishda , uni asosiy mazmunini tushunish va o’zlashtirishda , tahlil qilishi , o’z fikrini ifodalashida muhim ro’l o’ynaydi

2. Mustaqil ishlarni bajarish muddati jihatidan hohlagancha davom etishi mumkin emasligi .Tajriba shuni ko’rsatadiki , 17-25 yosh darajasida mehnatni ratsional tashkil etganda bir sutkada 9 soat unumli ishlash mumkin ekan. Haddan tashqari uzoq o’tiradigan bo’lsa , mehnat unumi pasayadi, odam charchaydi, keying kunlari charchog’i yozilishi qiyin bo’lgani sababli , avvalgiday ishlay olmaydi.

Shuning uchun mustaqil ishni rejalashtirganda auditoriyada o’tkazgan vaqtnihisbga olish kerak .Agar, auditoriyada dars soatlari 6 soat bo'ladigan bo'lsa mustaqil ishlash 3 soat , auditoriyada dars undan kam bo'lsa 3 soatdan ko’proq , agarda ko’p bo’lsa , kamroq tarzda rejalashtirish kerak. Oliy o’quv yurtlarida haftalik mustaqil ish bajarish vaqti 22-24 soat atrofida bo’ladi.Albatta bu vaqt talabani normal tarzda diqqat e’tibor , g’ayrat qilib ishlashini mo’ljallagan holda belgilanadi. Lekin real hayotda talaba o’zini zo’rlab dars tayyorlasa, ikkinchi si qiziqib , predmetni o’rganishga ilhom bilan kirishib ketadi. Uchinchisi esa, umuman dars tayyorlagisi kelmaydi.Bunga qator obyektiv va subyektiv sabablarni keltirish mumkin.

3. Mustaqil ishni tashkil qilishda ish tartibini belgilash katta ahamiyatga ega ekanligi . Mustaqil ishlarni bajarish uchun vaqtni semester davomida kunlar bo’yicha taqsimlash, uni ratsional tashkil qilishning muhim prinsipi , qoidasi hisoblanadi. Goh umuman dars tayyorlamay, goh haddan tashqarishoshib,shiddat bilan, ayniqsa, semester yakuniga oraliqnazorat yakuniga yaqin qolganda , bajarmagan ishlarni tezda bajarishga harakat qilish ijobiy natija berishi qiyin. Bu talabaning mehnati samaradorligini , qilgan ishidan qoniqish hissini pasaytiradi. Odatda talabaning kun tartibini dars jadvali belgilaydi. Lekin ko’p narsa talabaning o’ziga ham bog’liq. Masalan, doklad, referat, nazorat ishi, seminar,darsiga tayyorlanishga har haftada ma’lum vaqt ajratilib, muntazam ravishda olib borilmasa, kutilgan natija bermaydi.

3. Mustqil ishlash va izlanishning asosiy shakllari:Mustaqil ishlash quyidagi guruhlarga bo’linadi:

1.Dars o’tilgandan so’ng bajariladigan ishlar, uy vazifalarini bajarishda darslik o’quv qo’llanmalari bilan ishlash , konspekt tayyorlash .

2. Tipik topshiriqlarni yechish .Bunda talaba avvalgi bilimlarini xotirasida qayta tiklaydi va qisman qayta o’zgartirib, aniq topshiriqlarda qo’llaydi. Masalan: masala, mashq yechish

3. O’rganilgan bilimlarni tipik bo’lmagan shroitda qo’llash. Talaba o’rgangan bilimlaridan yangi sharoitda foydalanadi. Sharoitlarda ma’lum umumiylik bo’lishi mumkin

4. Ijodiy faoliyatga asos yaratish. Bunda talaba o’rganilayotgan sohaning mohiyatiga tushinadi ,uning yangi munosabat,bog’lanishlarni aniqlaydi,g’oyalar va tushunchalarni yangi sharoitga bog’laydi.

Barcha mustaqil ishlar talabalarda ijodiy ishlash ko’nikmasini xosil qilishga qaratilgan.Talaba ijodiy ishlashga o’rgatilmasa,u malum mavzuga oid materyallarni turli manbalardan ko’chirib kelish bilan kifoyalanib qolishi hamda o’zi mustaqil fikr bildirishga qiynalishi mumkin .

Mustaqil ishlarni individual –didaktik maqsadlarni amalga oshirish nuqtai nazaridan ham 4guruhga ajratish mumkin.

1)Bilimlarni dastlabki shakillanishiga,idrok qilishga undaydigan vazifalar.Bunda talabalar maqsadga erishishi uchun nima talab qilinishini bilish lozim.Vazifalar –axborotlarni,ma’lumotlarni o’zlashtirishga qaratilgan bo’ladi.)2

2)O’zlashtirishga axborot,ma’lumotlarni xotirada saqlash va qayta jonlantirish va qayta ishlashga qaratilgan topshiriqlar.Bunda avval egallangan bilimlarni faollashtirish asosida bajariladigan hamda aniq sharoitda tadbiq etish talab qilinadigan vazifalar.

3)Avval o’zlashtirilgan ,qolipga tushgan,tajriba to’planishi natijasidagi bilim,malaka,ko’nikmalarga yangicha nuqtai nazarda yondashishni talab qiluvchi topshiriqlar.Ularda masalaning mohiyatini izlash,yangicha yechimlar topish,yangicha g’oya bilan ifodalashni talab etishdagi vazifalar.

4)Ijodiy faoliyatga undovchi topshiriqlar.Bunda,yangi yoki oldindan ma’lum bo’lsada,ungach boshqacha nuqtai nazardan qaralgan g’oya,fikirlarni tadqiq qilish ya’ni axborotlar to’plash,ular ustida ishlash,o’z fikrini bildirishga undaydigan topshiriqlar,vazifalar beriladi.Talabalar mustaqil ishi O’zbekiston Respublikasi OO’MTning 2005- yil 21-fevral 34 buyurug’i bilan tasdiqlangan Na’munaviy nizom asosida ishlab chiqilgan va MUK ning 2013-yil 26-fevralda tasdiqlangan –Talaba mustaqil ishinin tashkil etish ,nazorat qilish vabaxolash to’g’risidagi Nizom asosida olib boriladi

Talabalar mustaqil ishi uchun fandan tasdiqlangan namunaviy dasturga kiritilgan ma’vzular bo’yicha har bir talabaga har bir semesterda alohida topshiriq beriladi.Topshiriq talabalarga amaliy mashg’ulotlarni olib boradiga o’qtuvchilar tomonidan beriladi va o’qituvchi jurnalida belgilangan bo’ladi.TMI ballarini JNo’z ichiga olgan.TMIni topshirmagan talaba YABga qo’yilmaydi.TMI TIJ bo’yicha olib boriladigan ilmiy anjumanga maqola tayyorlash,ma’vzular bo’yicha jadvallar,slaydlar,referativ ma’vzu,vaziyatli masalalar majmuasini ishlab chiqish va boshqa shakillarda etilishi mumkin

4. O’quvch mustaqil ishini tashkil etishda muayyan bir kasbiy fan (kurs)ning xususiyatlarini,shuningdek,har bir o’quvchining akademik o’zlashtirish darjasi va qobiliyatini hisobga olgan holda quydagi shakillrdan foydalaniladi;

-ayrim kasbiy fanlarning nazariy ma’vzularini o’quv adabiyotlari,didaktik materiallar hamda elektron o’quv adabiyotlari yordamida mustaqil o’zlashtirish;

ta’lim muassasasining o’quvchilar konferensiyalari va seminarlarida ma’ruzalar bilan qatnashish-labaratoriya ishlarini bajarishga tayyorgarlik ko’rish

-kurs ishi (loyihasi)ni bajarish-o’quv va ishlab chiqarish amaliyotidagi amaliy ko’nikmalarni maxsus adabiyotlardan foydalanib mustahkamlash;

-turli ko’rgazmali mustaqil ish natijalari bo’yich ijodiy ish na’munalari bilan (kasb va ixtisosliklarga oid modellar,sxemalar va detallardan na’munalar tayyorlash)qatnashish

-anjuman va ko’rik tanlovlarda mustaqil ish natijalari asosida tayyorlangan maketlar bilan qatnashish

-fanlardan berilgan topshiriqlarni bajarish.O’qitilayotgan fanning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda,o’quvchi mustaqil ishini tashkil etishda boshq shakillardan ham foydalanishi mumkin.

O’quv fanlari bo’yicha na’munaviy va ichki rejim hamda dasturlarda o’quvchi mustaqil ishining shakli,mazmuni va xajmi ifoda etildi.

O’quvchi mustaqil ishi uchun ajratilgan vaqt buyjetiga mos ravishta har bir fan bo’yich tegishli kafedrallarda mustaqil ishning tashkilliy shakillari,topshiriqlar va variantlari ishlab chiqiladi va kafedrada tasdiqlanadi



Mustaqil ish bajarish uchun kafedralarda fanlar bo’yicha o’quvchilarga zaruriy metodik tavsiyanoma va yo’riqnomalar,qo’llanma hamda ko’rsatmalar ishlab chiqiladi
Download 23.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling