3-kurs talabasi Uzakbaev Ernazarning


Download 0.73 Mb.
Sana18.04.2022
Hajmi0.73 Mb.
#641572
Bog'liq
RQL Mustaqil ish
Хорижий тилларни ўрганиш қарор, LinguaskillPracticeMaterials.docx, Obyektibka Lotin, 444444, Cаховат хисобот 2020 й, Кенжаев Ислом Тайёр, Xizmatlarni pozitsiyalash va marketingi. Ish unumdorligi va servis korxonasi ishini baholash, Hujayra va uning tuzilishi, Hozirgi zamon iqtisodiy ta’limotlarining asosiy yo‘nalishlari (institutsionalizm)., Axborotlarni o’lchov birliklari, Mehmonxona xo‘jaligida xizmatlar sifatini boshqarishning metodologik asoslari, onlayn ommabop1, Presentation (13), Questionnaires&Interviews.dayclass

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARNI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
TELEKOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI VA KASBIY TA’LIM FAKULTETI
Telekommunikatsiya texnologiyalari yo’nalish
3-kurs talabasi Uzakbaev Ernazarning
Raqamli qurilmalarni loyhalashga kirish fanidan

Mustaqil ishi


Mavzu: : SILJITISH REGISTRLАRINI LOYIHАLАSH VА ISHLАSH PRINTSIPINI OʼRGАNISH



Tayyorlagan: Uzakbaev E
Qabul qilgan: Tumaeva A
2021 yil


Ma’vzu: SILJITISH REGISTRLАRINI LOYIHАLАSH VА ISHLАSH PRINTSIPINI OʼRGАNISH
Reja:


Registrlar. Registr ketma-ketli turdagi raqamli qurilma boʼlib, koʼp razryadli ikkilik sonlar koʼrinishidagi maʼlumotlarni eslab qolish va vaqtincha xotirada saqlash uchun ishlatiladi. Registr triggerlar yigʼindisi koʼrinishida quriladi. Ularning har biri ikkilik sonning maʼlum bir razryadining raqamini saqlash uchun moʼljallangan. Shunday qilib, registr n-razryadli ikkilik soni saqlash uchun n-ta triggerdan iborat boʼlishi lozim, yaʼni 8-bitni saqlash uchun 8-ta triggerni ishlatsa boʼladi. Trigger esa xotira elementi boʼlib, ularga qoʼshimcha ulanaѐtgan elementlarning vazifasidan kelib chiqqan holda, boshqa maxsus funktsiyalarni amalga oshirish imkonini beradi. Registrlar ikkilik sonlarni saqlash uchun kompьyuterlarda keng qoʼllaniladi.
Siljitish registrlari. Аgar registrda bir triggerdagi maʼlumot keyingisiga uzatilsa, u holda registr siljitish funktsiyasini bajaradi, demak bunday registr siljitish registri deb ataladi. Chapga va oʼngga siljituvchi registrlar mavjud. Siljitish registrlari maʼlumotni ketma- ket qabul qiladi. Аgar bit koʼrinishidagi maʼlumotlar guruhi ketma- ketligini takt impulьslari komandasiga koʼra siljitish registrlari kirishlariga berilsa, u holda registrni bir nechta siljitish amallari bilan yuklash mumkin. Xuddi shunday usulda registrdagi maʼlumotlarni undan chiqarib yuborish mumkin.
Parallel ѐki ketma-ket ravishda maʼlumot kiritish mumkin boʼlgan siljitish registrlari mavjud. Demak, xuddi shunday parallel ѐki ketma- ket ravishda maʼlumotni chiqarish ham mumkin. Yuqori aytib oʼtilganidek, universal registrlar ham mavjud boʼlib, ular maʼlumotlarni chapga va oʼngga siljitadi.
Siljituvchi registrlarda faqat ikki pogʼonali ѐki dinamik boshqaruvli triggerlar qoʼllaniladi. Bu esa sinxrosignal berilishi bilan maʼlumotni faqat bitta razryadga siljitishni kafolatlaydi. Koʼp hollarda arifmetik qurilmalarni tuzishda maʼlumotni chapga surish talab etiladi. Maʼlumotlarni ikkala yoʼnalishda siljitish imkoniga ega boʼlgan ketma- ketli registrlar reversiv registrlar deb ataladi.

Siljitish registri parallel kodni ketma-ketli kodga oʼzgartirishda ham qoʼllanilishi mumkin. Bu holda triggerlar parallel kodga mos keluvchi dastlabki holatga oʼrnatiladi. Registrdan son ketma-ketli chiqishda ketma- ket kod koʼrinishida olinadi. Teskari oʼzgartirishni amalga oshirish uchun registr kirishiga ketma-ket kod kiritib, triggerning parallel chiqishidan parallel kod olinadi.
Siljitish registrida uni tashkil etuvchi triggerlar chiqishlaridagi signallar qoʼshni triggerlar kirishlariga uzatiladi. 1-rasmdagi sxemada bitta kirish signali mavjud.

1-rasm. 3-razryadli siljituvchi registr sxemasi.


U 1-chi triggerning ma’lumotlar kirishiga uzatiladi hamda har bir kelib tushuvchi taktli impuls ma’lumotlarni bitta pozitsiya o‘ngga siljishga majbur qiladi. Agar registr triggerlarining chiqishlaridagi boshlang‘ich qiymatlar 000 bo‘lsa va sxema kirishiga 1 signali berilgan bo‘lsa, unda registrda taktli signallar berilganda ketma-ket shaklda 100, 110 va 111 qiymatlari paydo bo‘ladi (2-rasm).


2-rasm. Chiqishida 111 qiymatga ega bo‘lgan siljituvchi registr sxemasi.


Agarda 1-chi taktli impulsdan keyin ma’lumotlar kirishiga 0 berilsa, u holda registr chiqishlarida 100, 010 va 001 shakllaridagi yangi ketma-ketlik hosil bo‘ladi (3-rasm).



3-rasm. Chiqishida 001 va 100 qiymatlarga ega bo‘lgan siljituvchi registrlar sxemasi.


Agarda registr kirishiga ma’lumotlar ketma-ket shaklda uzatilsa, u holda ular ketma-ket bit shaklida registrga kiritiladi. Registrga kiritilaѐtgan ma’lumotlar taktli impulslar kelib tushganda ma’lumotlar liniyasidagi mantiqiy qiymatlarga bog‘liq.


1-rasmda ketma-ket kirishli va parallel chiqishli 3-razryadli siljitish registri ko‘rsatilgan. Bunday registrga axborotlar ketma-ket kiritiladi (bitta bit bo‘yicha) va parallel hisoblanadi (ya’ni barcha bitlar bir vaqtda hisoblanadi). 4-rasmda ketma-ket kirishli va ketma-ket chiqishli siljitish registri ko‘rsatilgan.
4-rasm. Ketma-ketli chiqishli 3-razryadli siljituvchi registr sxemasi.

Bunday registrlarda ma’lumotlar ketma-ket kiritiladi va oxirgi trigger chiqishidan olinadi. Siljitish registrlari mantiqiy tizimlarda keng qo‘llaniladi.


Topshiriq
Ketma-ketli kirishli va parallel chiqishli 4-razryadli siljitish registrini triggerlar asosida yasash va ishlash jaraѐnini tekshirish.
Electronics WorkBench dasturi yordamida sxema tuzish (5-rasm)



5-rasm



Dasturni ishka tushkandagi holat (6-rasm) va komponentalar haqida qisqa malumotlar.





6-rasm
Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling