3-laboratoriya ishi. Payvand choklarni kerosin о‘tkazuvchanligi ishdan maqsad


Download 200.95 Kb.
Pdf ko'rish
Sana01.11.2021
Hajmi200.95 Kb.
#169915
Bog'liq
3-tajriba 62ce8365e7002e85ee21061bbc15dfd2



3-LABORATORIYA ISHI. 

PAYVAND CHOKLARNI KEROSIN О‘TKAZUVCHANLIGI 

 

Ishdan  maqsad:  payvand  choklar  zichligini  kerosin  bilan  aniqlash  texnikasini 

о‘rganish.     



 

Ishning mazmuni 

Payvand  buyum  choki  zichligini  (germetikligini)  buzuvchi  nuqsonlarni 

sizishni  izlash  usuli  bilan  aniqlanadi.  Payvand  birikma  yoki  devorni  gaz  yoki 

suyuqlikni  о‘tishini  chegaralovchi  xususiyatini  germetiklik  deb  ataladi. 

Germetiklikni tekshirish usullari 2.1-rasmda aks etirilgan.  

  

 



2.1-Rasm. Sizishni izlash usullari.  

Kapillyar  usullar.  Germetiklikni  aniqlashda  kapillyar  usullar  tashqi  nuqsonlarni 

aniqlash  usuliga  о‘xshash  olib  boriladi.  Kerosin  bilan  sinash.  Ichki  bosimsiz 

ishlashga  mо‘ljallangan  sig‘imlarni  sinashda  qо‘llaniladi  va  bosim  ostida 

ishlaydigan  sig‘imlarni  nazorat  qilishdan  dastlabki  nazorat  usuli  hisoblanadi. 

Kerosin yuqori kapillyarlik xususiyatiga ega. Shu xususiyatga ega bо‘lganligi uchun 

payvand  choklarini  zichligini  aniqlashda  qо‘llaniladi.  Payvand  choklari 

shlak,iflosliklardan  tozalanib  tekshirish  amalga  oshiriladi.    Nuqsonlarni  kerosin 

bilan aniqlash usulida payvand birikmasi bir tomoni melning suvdagi aralashmasi 

bilan bо‘yaladi. Mel qurigandan sо‘ng payvand chokining orqa tomoni kerosin bilan 

hо‘llanadi. Kerosin nuqsonlardan sizib о‘tib melda yog‘li dog‘larni qoldiradi, bu esa 

chokdagi  nuqsonlarni  qayerda  va  qanday  joylashganligini  kо‘rsatadi.  Aniqlangan 

nuqsonlar bartaraf etilib qaytadan payvandlanadi. Kerosin bilan nazorat qilish 0°S 

Сизишни излаш назорати 

Капилляр усуллар 

Компрессион усуллар 

Вакуумли усуллар 

буюмни бутунлигича 

вакуумлаш 

вакуум  


камералари 

газли 


суюқлик 

ёрдамида 

пуфакли 

манометрик 

кимёвий 

гелийли 


галоидли 

гидравлик 

керосин билан 

синаш  


рангли 

люминесцентли 

 



dan  yuqori  haroratda  amalga  oshiriladi.  Payvand  choklari  kerosin  bilan  nazorat 

qilishda 12 soat va undan kо‘proq vaqt ushlab turiladi. 

 

Jihoz va ashyolar  

1. Kerosin – 1 l, mel – 250 g 



 

Ishni bajarish tartibi 

Sinash kerosinni yuqori sizish xususiyatiga asoslangan. 

1. Sinalayotgan payvand chokdagi g‘ovakga kerosinni sizib о‘tish vaqtini hisoblash 

(sizish koeffitsiyenti 40 

2

1

2



1

сек

см



). 

2.  Eritib  payvandlash  bilan  bajarilgan  namunada  bir  qatlamli  chok  zichligini 

aniqlash. Sinashdan oldin chokning bir tomoni bо‘yalib quritiladi, ikkinchi tomoni 

kerosin  bilan  hо‘llanilib  20-30  daqiqa  ushlab  turiladi.  Payvand  choki  nuqsonlari 

meldagi dog‘lar orqali aniqlanadi. Sinovlar namunalarni pastki va vertikal xolatida 

amalga oshirilsin.  



 

Hisobot mazmuni 

Xisobot о‘z ichiga tajriba tavsiri, о‘lchov natijalari va ish bо‘yicha xulosani oladi. 

 

Nazorat savollari 

1. Sizishni izlash nazorat turlari qanday sohalarda qо‘llaniladi? 



2. Germetiklikni kerosin bilan sinash nazorat usuli mohiyati nimadan iborat? 

 

Download 200.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling