3 leksikologiya (leksika). So‘z va leksema


Download 77.59 Kb.
bet1/33
Sana17.01.2022
Hajmi77.59 Kb.
#366234
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
2 5208808312203643254
Масала ва машклар туплами (1), Масала ва машклар туплами (1), @ona tilim millat ruhi ONA TILI VA ADABIYOTI OLIMPIADA 9 SINF1, 19.9, 19.10 Курс иши мавзуси, 19.9, 19.10 Курс иши мавзуси, ggg, ggg, d N0Q3vaXFFflEbRXhMy eAKuPJemNd7, ПЛАН, ПЛАН, ПЛАН, 1-mustaqil ish, TAYANCH MAKTAB O'QUV USLUBIY MAJMUA ROPIYEVA M.2021, Султонов М. 74 бет



3



LEKSIKOLOGIYA

LEKSIKOLOGIYA (LEKSIKA). SO‘Z VA LEKSEMA
Ma’lum bir tildagi so‘zlar yig‘indisi shu tilning lug‘at tarkibini tashkil qiladi.
Leksika atamasi ikki ma’noda qo‘llanadi:

a) tilning lug‘at tarkibi, so‘zlar yig‘indisi;

b) lug‘at tarkibini o‘rganuvchi tilshunoslikning alohida bo‘limi.

Leksika atamasining ikkinchi ma’nosi uchun leksikologiya atamasi ham qo‘llanadi.



Leksikologiya yunoncha lexikos - so‘z,so‘zga doir va logosta’limot so‘zlarining birikuvidan olingan bo‘lib, leksika (so‘z) haqidagi ta’limot demakdir. Demak, so‘z va uning atash ma’nolarini o‘rganuvchi tilshunoslik bo‘limiga leksikologiya(ba’zan leksika) deyiladi.

So‘zlarning borliqdagi qanday narsa-hodisalar, belgi-xususiyatlar, harakat-holatlarni bildirishi uning atash (leksik, lug‘aviy) ma’nosi sanaladi. Faqat mustaqil so‘zlargina atash ma’nosiga ega bo‘ladi. Olmoshlar bundan mustasno. Ular atash ma’nosiga ega bo‘lgan so‘zlarga ishora qiladi.

So‘zning ikki tomoni: tashqi – moddiy tomoni (tovush yoki harflar ketma-ketligi) va

ichki – ma’no tomoni mavjud.

Ma’lum ma’no bilan bog‘langan va morfologik shakllangan tovush yoki tovushlar birikmasi so‘z sanaladi.

So‘z ikki xil ma’no bildiradi: atash ma’nosi va grammatik ma’no.

Nutq jarayonida har bir so‘z leksik va grammatik ma’nolar uyg‘unligidan tashkil topadi.
Odatda, leksik va grammatik ma’nolarning muayyan tovush yoki tovushlar birikmasi bilan barqaror munosabatidan tashkil topgan butunlikka nisbatan so‘z atamasi qo‘llaniladi.
Grammatik ma’nosiz, faqat leksik ma’no bildiruvchi til birligi uchun leksema atamasi qo‘llaniladi.
Qisqa qilib aytganda, leksema so‘zning grammatik ma’no bildiruvchi qo‘shimchalarsiz qismi bo‘lsa, so‘z esa grammatik qo‘shimchalar bilan shakllangan qismidir. Grammatik qo‘shimchalarga so‘z yasovchi qo‘shimchalar kirmaydi, ularga sintaktik va lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimchalar kiradi. Masalan: Zarning qadrini zargardan so‘rang gapidagi so‘zlar: zarning, qadrini, zargardan, so‘rang birliklari bo‘lsa, leksemalar : zar, qadr, zargar, so‘ra birliklaridir.

Demak, leksema tarkibida so‘z yasovchi qo‘shimcha qatnashsa ham, grammatik qo‘shimchalar bo‘lmaydi. So‘zlar esa leksema va grammatik qo‘shimchalarga bo‘linadi. Lug‘atlarda bosh so‘z sifatida leksemalar beriladi.

Bunday vaqtda so‘z morfologiya birligi sifatida, leksema esa leksikologiya birligi sifatida bir-biridan farqlanadi.


Download 77.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling