3 leksikologiya (leksika). So‘z va leksema


Ma’no ko‘chishining nima asosda ro‘yobga chiqishiga ko‘ra metafora, metonimiya, sinekdoxa, vazifadoshlik singari turlari mavjud


Download 77.59 Kb.
bet4/33
Sana17.01.2022
Hajmi77.59 Kb.
#366234
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
2 5208808312203643254
Масала ва машклар туплами (1), Масала ва машклар туплами (1), @ona tilim millat ruhi ONA TILI VA ADABIYOTI OLIMPIADA 9 SINF1, 19.9, 19.10 Курс иши мавзуси, 19.9, 19.10 Курс иши мавзуси, ggg, ggg, d N0Q3vaXFFflEbRXhMy eAKuPJemNd7, ПЛАН, ПЛАН, ПЛАН, 1-mustaqil ish, TAYANCH MAKTAB O'QUV USLUBIY MAJMUA ROPIYEVA M.2021, Султонов М. 74 бет
Ma’no ko‘chishining nima asosda ro‘yobga chiqishiga ko‘ra metafora, metonimiya, sinekdoxa, vazifadoshlik singari turlari mavjud.
METAFORA VA UNING USLUBIY XUSUSIYATLARI
Metafora (yunoncha metaphora - ko‘chirish) bir predmet nomining boshqa predmet nomiga ular o‘rtasidagi ma’lum o‘xshashlik asosida ko‘chishidir. Masalan, tandirning og‘zi birikmasida og‘iz so‘zining ma’nosi odam yoki hayvon og‘ziga tashqi o‘xshashligi asosida vujudga kelgan. Narsa va hodisalar o‘rtasidagi o‘xshashlik turli asosda bo‘lishi mumkin:

1. Ikki predmet o‘rtasidagi shakliy o‘xshashlik: odam qulog‘i va qozon qulog‘i.

2. Ikki predmet qayerda joylashishi bo‘yicha o‘xshashlik: itning dumi, samolyot dumi va b.
Metaforada ma’no ko‘chishi quyidagicha amalga oshadi:

1. Inson a’zolarining nomi boshqa narsalarga ko‘chadi: ko‘chaning boshi, kitobning beti, shishaning og‘zi, dutorning qulog‘i kabi.

2. Inson kiyimlari qismlarining nomi boshqa narsalarga ko‘chadi: tog‘ning etagi, eshikning tugmasi, daryoning yoqasi kabi.

3. Qush, parranda, hayvon a’zolarining nomi boshqa narsalarga ko‘chadi: varrakning dumi, kemaning tumshug‘i kabi.

4. Harakat-holat, belgi-xususiyatlar ham o‘xshashlik belgisiga ko‘ra metafora asosida ma’no ko‘chishiga uchraydi: gapni gapga ulamoq, xazon bo‘lmoq, sovuq xabar, shirin xayol va h.k.

Nutq jarayonida metaforalardan o‘rinli foydalanish nutqimizni ta’sirchan, jozibali qiladi. So‘zlovchining badiiy-estetik qobiliyatini namoyon etadi.



Download 77.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling