3-Ma’ruza: Maxsus fanlarni oʻqitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish
Download 1.86 Mb. Pdf ko'rish
|
3-МАЪРУЗА (2)
39-40 Mavzu, 5ea68fccc508f2.04353658, Arab mamlakatlari ilgasi tashkiloti va faoliyatining mohiyati, Roza.Taqriz, Roza.Taqriz, 300-D-Atakov S.S., 300-D-Atakov S.S., «NUTQ MADANIYATI VA MUTOLAA SAN’ATI », «NUTQ MADANIYATI VA MUTOLAA SAN’ATI », 5-сон МТТ, jh nazariy javob, jh nazariy javob, 3619, 2-seminar topshiriq 6e4a38fc4156c3ff0c6bdedcb89e4196, Htmlda 11 topshiriq
Muhim darajalar
Boshlang’ich Algoritmik Evrestik Ijodiy 19-chizma. Yangi o’quv materialini o’zlashtirishning quyidagi darajalari referatlashtirish, ularning mashg’ulotlarda o’z ma’ruzalari bilan qatnashish, munozara, ishchanlik o’yinlarida faol ishtirok etishga o’rgatishi lozim. O’quv faoliyati izlanuvchan, evristik xarakter kasb etganda, yuqori darajadagi muammoli, muammoli-rivojlantiruvchi ta’lim, vaziyatlarni tahlil qiluvchi topshiriqlar, mustaqil ishlar, muammoli xarakterdagi topshiriqlar, ishchan o’yinlar kabi shakllardan foydalanish zarur. O’zlashtirishning mazkur darajasini ifoda etuvchi texnologik jarayon evristik texnologiya deb ataladi. Pedagogik texnologiyaning asosiy maqsadi komil shaxsni shakllantirish uchun poydevor bo’lgan pedagogik jarayonni takomillashtirish, insonparvarlashtirish, o’quvchining mustaqilligini ta’minlash, o’qitish jarayonida texnik vositalar imkoniyatlaridan samarali foydalanishga erishishdan iborat. Pedagogik texnologiyani qo’llashda quyidagi vazifalar hal etiladi (2-chizma). Ko’rsatilgan vazifalarni ijobiy hal etishda quyidagi shartlarga amal qilinishi lozim: 1. Mavjud sharoitlarni inobatga olgan holda faoliyatni tashkil etish. 2. O’quvchi (tarbiyalanuvchi)larning yosh, fiziologik, psixologik, shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish. 3. Ta’lim (tarbiya) jarayonini demokratlashtirish va insonparvarlashtirish. 4. O’quvchi (tarbiyalanuvchi)lar faoliyatini obyektiv nazorat qilish, baholash. 5. Xususiy fanlarni o’qitish jarayonida imkon qadar, albatta, samarali ravishda texnik vositalar imkoniyatidan keng foydalanish. Pedagogik texnologiyalarning turlari. G.K.Selevkoning fikricha, pedagogik faoliyatni qamrab olish sohasiga muvofiq pedagogik texnologiya quyidagi to’rt guruh (vertikal struktura)ga ajratiladi (3-chizma): Ta’lim (tarbiya) jarayonining umumiy, yaxlit loyihasini ishlab chiqish Ta’lim (tarbiya) jarayonida hal etiladigan aniq maqsad va vazifalarni belgilash Ta’lim (tarbiya) jarayoni mohiyatini bashoratlash (taxmin qilish) va uning mazmunini ishlab chiqish Ta’lim (tarbiya) jarayoni samaradorligini ta’minlashga yordam beruvchi eng samarali, maqbul shakl, metod, usul, texnik vositalarni tanlash Ta’lim jarayonida o’quvchining erkin, mustaqil faoliyat ko’rsatishi uchun muayyan shart-sharoitlarni yaratish, ularda ma’lum ko’nikma, malakalarning shakllanishi uchun vaqt o’rnini belgilash, ularning bilimlari darajasini avvaldan tashxislash O’quvchilar faoliyatini yo’naltirish, nazorat qilish va baholashni tashkil etish Ishlab chiqilgan pedagogik texnologiya loyihasini jamaoda sinash, maqsadning natijalanganlik darajasini tahlil etish Asosiy vazifalar Ta’lim-tarbiya jarayoni butun mashg’ulot davomida o’quvchi faolligi, qiziquvchanligini muntazam ravishda uyg’otib borish maqsadini ko’zda tutadi. O’quv omillarini yaratishga asoslangan pedagogik texnologiya o’quvchilarni tezkorlik bilan o’quv yoki o’quv ishlab chiqarish faoliyatiga jalb qilish imkonini beradi. Aks holda, zaif, yetarli darajada tushunarli bo’lmagan yoki aniq natijani ko’zlamagan topshiriqlar mashg’ulotning samarasiz yakunlanishiga olib keladi. Bunday holatlar ko’pincha o’qituvchining o’quvchiga nisbatan salbiy munosabatda bo’lishiga olib keladi. Natija o’quvchida ortiqcha hissiyotlarga berilish, o’quv faoliyatiga undovchi rag’batning pasayishi, o’qishdan bezish, o’quv predmeti va o’qituvchiga nisbatan salbiy munosabatda bo’lishiga sabab bo’ladi. O’qituvchi va o’quvchi orasidagi munosabat insonparvarlik mezonlari asosida tashkil etilib, noxush hissiyotlarni bartaraf etishga yo’naltirilishi lozim. Pedagogik munosabatda erishilgan yutuqlardan zavqlanish, o’quv faoliyatiga chanqoqlik bilan intilish birgalikdagi ijodiy muloqotga chorlashi kerak. Ta’lim jarayonida o’quvchi shaxsiga nisbatan hurmatsizlik bilan yondashilganda ko’zda tutilgan talabchanlikka, ayniqsa, ongli intizomni o’rnatishga erishish mumkin emas. O’quv omillarini yaratishga asoslangan pedagogik texnologiya o’qituvchilarning o’quvchilarga muloqot asosida ta’sir etish yo’llarini ham o’z ichiga oladi. Keng tarqalgan metod yoki muloqot ta’sirlari quyidagilardan iborat: ishontirish, isbotli natijalarga asoslanish, bevosita hamda bilvosita ta’sir, o’z-o’zini tarbiyalash va o’zaro ta’sir metodlari. Pedagogik texnologiyani o’quv jarayoniga faol tadbiq etish hisobiga ta’lim jarayonining rag’bati (motivasiyasi) kuchaytirilishi mumkin. Ma’lumki, tayyor holda olingan bilimlar, odatda, ularni amaliyotda qo’llashni qiyinlashtiradi, bu ayniqsa, aniq masalalarni yechishda namoyon bo’ladi. Shuning uchun bilim, ko’nikma, malakalarni o’zlashtirishda o’quvchilarning bevosita faoliyat ko’rsatishlari talab etiladi. Bu muammoning yechimi boshqaruvga asoslangan pedagogik texnologiyaning qo’llanilishi bilan bog’liqdir. Pedagogik texnologiya turlarini tanlash shakllanayotgan bilim, ko’nikma, malakalar, tashkil etilayotgan darslar shakli, qo’llanilayotgan metod, metodik usullarning xususiyatiga bog’liq. Masalan, o’quvchilarda ijodiy tafakkurni rivojlantirish, o’quv materiallariga tanqidiy yondashish ko’nikmasini shakllantirish, mahsuldor faoliyat turlarini tashkil etish bilan bir qatorda ularni rivojlantirish uchun darsning an’anaviy shakllari (uyg’unlashtirilgan darslar) bilan birgalikda konferensiya darsi, ishchan o’yin darslari, integrallashtirilgan (ikki komponentli) darslardan foydalanish lozim. Mazkur vaziyatda ta’lim metodlari ta’lim maqsadi bilan mutanosib (adekvat) bo’lishi kerak. Chunonchi, bilimlarni turli vaziyatlarda qo’llashga yo’naltirilgan topshiriqlar, yangi sharoitda faoliyat ko’rsatishga undovchi topshiriqlarni bajarish, o’zlashtirilgan bilimlar asosida sxemalar tuzish, ularni tasniflash, qiyoslash, izchil tizimga solish, umumlashtirish va b. Yetarli darajadagi rag’bat (motivasiya), o’quvchilar faoliyatini tashkil etish bilan ham ko’zlangan natijalarga erishish kafolatlanmaydi. Ta’lim-tarbiya jarayonining didaktik nuqtai nazardan takomillashuvi faqatgina, ushbu jarayonni tashkil etish, boshqarish yo’llarini to’g’ri tanlash bilan ta’minlanadi. Pedagogik texnologiyani boshqarish o’zida ikki yo’nalishni mujassamlashtiradi: 1) faoliyatni boshqarish; 2) o’quvchilar jamoasini boshqarish Muayyan pedagogik texnologiyani tanlash o’zgaruvchan dars holatining o’zgarishiga imkon beradi, faoliyat maqsadiga qarab amalga oshiriladi. Variantli tarzda dars holatini o’zgartirish choralarini ko’rishni taqozo qiladi. Bu esa, o’z navbatida, bilish jarayonini boshqarishga qo’yilayotgan talab, o’zlashtirish, muloqot qilish, faoliyat ko’rsatish bosqichlarining xususiyati bilan bog’liq. O’qitish jarayoniga faoliyat nuqtai nazaridan yondashish konsepsiyasiga asoslanib, uni tashkil etishning quyidagi mantiqiy ketma-ketligini keltirish mumkin: dastlab o’quv materiali mazmunining tavsifi, uni o’rganishdan ko’zlangan maqsad (o’zlashtirish darajalari), pedagogik vazifaning qo’yilish shartlari tahlil etiladi. So’ngra, o’qitishning mos ravishdagi metodlari, o’quvchilarning bilish faoliyatini boshqarish tizimi ishlab chiqiladi. Shu asosda o’qitish vositalarining ro’yxati tuziladi. Ushbu usul bilan hosil qilingan metod, ta’lim vositalarining yaxlit tizimi tashkiliy shakllar bilan uyg’unlashtiriladi, ya’ni, muayyan texnologiya ishlab chiqiladi. Download 1.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling