yuritayotgan ta’lim-tarbiya muhitining xususiyatlari, mavjud ichki va tashqi shart-
sharoitlarini inobatga olgan holda muayyan texnologik yondashuvni amalga
oshirish imkoniyatiga ega.
6. Pedagogik texnologiya o’zida ta’lim, tarbiya
va shaxs taraqqiyoti
(kamoloti) birligini ifoda etadi.
Pedagogik texnologiyaning asosiy maqsadi komil shaxsni shakllantirish uchun
poydevor bo’lgan pedagogik jarayonni takomillashtirish,
insonparvarlashtirish,
o’quvchining mustaqilligini ta’minlash, o’qitish jarayonida texnik vositalar
imkoniyatlaridan samarali foydalanishga erishishdan iborat.
Pedagogik texnologiya o’zida quyidagi xususiyatlarni namoyon etadi (4-chizma):
Pedagogik texnologiyaning
nazariy asoslari umumpedagogik, xususiy-
metodik va lokal (modul) bilimlarga asoslanadi. Shu bois pedagogik xodimlar, shu
jumladan, bo’lg’usi o’qituvchilar o’z faoliyatlarida
pedagogik texnologiyadan
foydalanishni o’z oldilariga maqsad qilib qo’ygan bo’lsalar, yuqorida qayd etilgan
bilimlarni puxta o’zlashtira olishlari lozim. Zero, pedagogik texnologiya puxta
o’zlashtirilgan pedagogik bilimlarga tayanilgan holda
tashkil etiladigan yuksak
samarador pedagogik faoliyat jarayonidir.
Pedagogik texnologiya nazariyasining mazmuni va tarkibiy tuzilmasi
(tuzilishi) ko’rib chiqilayotgan muammolar majmuida markaziy o’rinni egallaydi.
Pedagogik texnologiyaning quyidagi muhim belgilarini ajratib ko’rsatish mumkin:
Ilmiy-nazariy,
amaliy g’oyalar
shakllanishning mohiyatini
ifodalash, o’quv-tarbiya
maqsadi, mazmuni, shakl,
metod va usullarini ilmiy
jihatdan asoslash,
pedagogik jarayon
loyihasini ishlab chiqish
Amaliyotdagi
tadbiqi hamda
samaradorlik
darajasi
Rejalashtirilgan
pedagogik faoliyat
natijalariga
erishishning maqsadi,
mazmuni, metod va
vositalar
yordamida
algoritmli jarayonni
yoritish
Do'stlaringiz bilan baham: