3-Ma’ruza: Maxsus fanlarni oʻqitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish


Download 236.41 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/20
Sana10.09.2022
Hajmi236.41 Kb.
#804106
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
3-МАЪРУЗА (2)
39-40 Mavzu, 5ea68fccc508f2.04353658, Arab mamlakatlari ilgasi tashkiloti va faoliyatining mohiyati, Roza.Taqriz, Roza.Taqriz, 300-D-Atakov S.S., 300-D-Atakov S.S., «NUTQ MADANIYATI VA MUTOLAA SAN’ATI », «NUTQ MADANIYATI VA MUTOLAA SAN’ATI », 5-сон МТТ, jh nazariy javob, jh nazariy javob, 3619, 2-seminar topshiriq 6e4a38fc4156c3ff0c6bdedcb89e4196, Htmlda 11 topshiriq
Texnologiya (yunoncha “techne” – mahorat, san’at; “logos” – tushuncha, 
ta’limot) – ishlab chiqarishning birorsohasida xomashyo, material, yarim 
fabrikat va shu kabilarga ishlov berish yoki qayta ishlash, ularning holati, 
xossalari, shaklini o’zgartirishda qo’llaniladigan usullar (metodlar) majmui 


suruvchi metodlar ishlab chiqaruvchi, ularni izchil qo’llash kabi masalalarni hal 
etishga yo’naltirilgan mustaqil fan”
2
bo’lishi lozimligini qayd etadi va h.k. 
So’nggi o’n yil davomida iste’molda “Pedagogik texnologiya”, “Zamonaviy 
pedagogik texnologiya”, “O’qitish texnologiyasi” kabi tushunchalar keng 
qo’llanmoqda. Aksariyat o’qituvchilar “Ta’lim texnologiyasi”, “Pedagogik 
texnologiya” tushunchalari mazmunan bir ma’noni anglatishini ta’kidlaydi. Ta’lim 
jarayonini texnologiyalashtirish g’oyasi dastlab G’arbiy Yevropa va AQShda 
shakllangan. G’arbiy Yevropa mamlakatlari va AQShda “Pedagogika” fani mavjud 
emas, shu bois “pedagogik faoliyat”, “pedagogik texnologiya” tushunchasi ham 
iste’molda yo’q.
Nomlari qayd etilgan mamlakatlarda shaxsga ilmiy bilimlarni berish jarayoni 
“ta’lim jarayoni” sifatida nomlanadi, shaxsga bilimlar berish, uning ma’lumotini 
oshirish, ta’lim samaradorligini ta’minlashga xizmat qiluvchi fanlar majmui 
“Metodika” deb yuritiladi. Metodika fanlarini o’qitishda asosiy e’tibor ta’lim 
sifatini yaxshilash, samaradorligini ta’minlashga qaratiladi. 
O’zbekiston Respublikasi (shu jumladan, MDH mamlakatlari) ta’lim tizimi 
amaliyotida o’qitilib kelinayotgan “Pedagogika” fanining predmeti shaxsni 
shakllantirish, uning kamolotini ta’minlashga yo’naltirilgan ta’limiy hamda 
tarbiyaviy faoliyatni tashkil etish jarayonining mazmunidan iborat. Ya’ni, 
shaxsning yetuk kamoloti ikki muhim faoliyat – ta’limiy, tarbiyaviy faoliyat 
jarayonining samarasi natijasi sifatida namoyon bo’ladi. 
Xo’sh, “pedagogik texnologiya” va “metodika” tushunchalari bir xil ma’noni 
anglatadimi?
Bu o’rinda T.N.Ballo “pedagogik texnologiya” tushunchasiga ta’rif berar 
ekan, uni o’qitish jarayoniga nisbatan topshiriqli yondashuv, L.V.Zankov, 
T.Ya.Galperin, V.I.Davidovlar bosqichli o’qitish, G.K.Selevko va boshqa 
mualliflar esa mazmunli umumlashma sifatida baholaydi. P.Mitchelning nuqtai 
nazariga ko’ra pedagogik texnologiya barcha jihatlariga ko’ra o’ziga xos va 
samarali natijalarni qo’lga kiritish imkonini beruvchi pedagogik tizimni tashkil 
etish bilan bog’liq holda ta’lim tizimi doirasida olib borilayotgan tadqiqot 
nazariyasi va amaliyotining muayyan tarmog’idir
3
.
Boshqa mualliflarning ham yondashuvlari bir-birlaridan farq qiladi. M:
texnika resurslari, ijtimoiy subyektlar, ularning o’zaro ta’sirini hisobga olgan holda 
ta’lim shakllarini optimallashtirishga yo’naltirilgan o’qitish va bilimlarni 
o’zlashtirishning barcha jarayonlarini yaratish, qo’llash va aniqlashning tizimli 
2
Талызина Н.Ф. Управление процессом усвоения знаний. – Москва: Изд-во МГУ, 1984. – 
С. 13.
3
Исламгулова С.К. Технологизация процесса обучения в школе: теория и опыт. – Алматы: 
Творческая педагогика, 2003. – С. 23.


metodi (YUNESKO); pedagogik maqsadlarga erishish yo’lida foydalaniladigan 
barcha shaxsiy, uskunali va metodologik vositalarning tizimli yig’indisi, ularning 
amal qilish tartibi (M.V.Klarin); ta’lim jarayoniga nisbatan o’ziga xos yondashuv; 
ijtimoiy-muhandislik tafakkurining pedagogik ifodasi, texnokratik ongning 
pedagogikaga ko’chirilgan tasviri, ta’lim jarayonining muayyan standarti 
(B.L.Farberman); didaktik maqsad, talab etilgan o’zlashtirish darajasiga erishish, 
ta’lim jarayonini avvaldan loyihalashtirish (U.N.Nishonaliyev); o’qituvchining 
o’qitish (tarbiya) vositalari yordamida o’quvchilarga muayyan sharoit va 
izchillikda ta’sir ko’rsatish, mazkur faoliyatning mahsuli sifatida ularda oldindan 
belgilangan sifatlarni shakllantirish jarayoni (N.Saidahmedov). 
Metod o’qituvchi va o’quvchilarning hamkorligida tashkil etilayotgan ta’lim 
jarayonida qo’yilgan maqsadga erishish usuli sanaladi. Biroq, ushbu tushuncha 
ham tadqiqotchilar tomonidan turli sharhlanadi. M: o’qituvchi va o’quvchilarning
o’zaro bog’langan va ta’lim maqsadini hal etishga yo’naltirilgan faoliyatini tartibga 
soluvchi usul (Yu.K.Babanskiy); o’quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish 
usuli (T.A.Ilina); didaktik vazifalarni hal etishga yo’naltirilgan o’qituvchi va 
o’quvchilarning faoliyat birligi borasidagi umumiy nazariy qarash
(P.I.Pidkasistiy) va b. 
Rivojlangan 
mamlakatlar 
ta’lim tizimida shaxs ijtimoiylashuvini 
ta’minlovchi yetakchi omil sifatida ta’lim jarayoni e’tirof etilsa, respublikada 
shaxsning shakllanishida ta’lim va tarbiya jarayoni birdek ahamiyatga ega. 
Aksariyat hollarda esa tarbiya jarayoni bu borada ustuvor bo’lishi lozim, chunki 
o’zida axloqiy xislatlarni namoyon eta olgan shaxsgina ijtimoiy munosabatlarni 
tashkil etish jarayonida ular mazmunining ijobiy xususiyat kasb etishini 
ta’minlaydi, axloqli insongina ta’lim (bilim)ni qadrlay oladi, zero, axloqning 
asosiy kategoriyalaridan biri ham bilimlilik sanaladi, degan g’oyani ilgari suriladi. 
Shunday ekan, bu o’rinda “pedagogik texnologiya” tushunchasining qo’llanilishi 
asosiy e’tiborni faqat ta’lim jarayonini samarali tashkil etishgagina qaratmay, balki 
ham ta’lim, ham tarbiya jarayonining samaradorligini ta’minlashga birdek qaratish 
lozim. 
“Ta’lim texnologiyasi” tushunchasi “ta’lim metodikasi” tushunchasiga 
nisbatan kengdir.

Download 236.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling