3-Ma’ruza: Maxsus fanlarni oʻqitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish


“Ta’lim texnologiyasi” nazariyasining shakllanish bosqichi


Download 236.41 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/20
Sana10.09.2022
Hajmi236.41 Kb.
#804106
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
3-МАЪРУЗА (2)
39-40 Mavzu, 5ea68fccc508f2.04353658, Arab mamlakatlari ilgasi tashkiloti va faoliyatining mohiyati, Roza.Taqriz, Roza.Taqriz, 300-D-Atakov S.S., 300-D-Atakov S.S., «NUTQ MADANIYATI VA MUTOLAA SAN’ATI », «NUTQ MADANIYATI VA MUTOLAA SAN’ATI », 5-сон МТТ, jh nazariy javob, jh nazariy javob, 3619, 2-seminar topshiriq 6e4a38fc4156c3ff0c6bdedcb89e4196, Htmlda 11 topshiriq
“Ta’lim texnologiyasi” nazariyasining shakllanish bosqichi 
Bosqichlar 
Yillar 
Ta’lim texnologiyasi – TT 
1. 
I-bosqich 
XX asr 
30-yillar 
TT = Ptex: o’quv mashg’ulotlarini aniq va samarali 
tashkil etishga ko’maklashuvchi usul va vositalar 
yig’indisi (pedagogik texnika – Ptex)
2. 
II-bosqich 
XX asr 
50-yillar 
TT = Ptex. + TV: ta’lim jarayonida texnik vositalarni 
(TV) qo’llash, ularning imkoniyatlarini 
takomillashtirish, axborot sig’imini kengaytirish, 
axborotlarni uzatish xizmatini sifatli tashkil etish, 
o’quvchi faoliyatini individuallashtirish:
3. 
III-
bosqich 
XX asr 
60-yillar 
TT = Ptex. + TV + DT + Dasturiy ta’lim (DT) – 
ta’lim maqsadlarining aniqlanishi, ta’lim jarayonini 
umumiy loyihalash, o’quvchilar tomonidan nazariy 
bilimlar o’zlashtirilishi ehtimolini oldindan 
tashxislash, ta’lim jarayoni samaradorligini aniqlash, 
ta’lim maqsadining natijalanganligini o’rganish, 
faoliyat natijalarini tahlil etish
TT = Ptex + TV + DT 
Ta’lim jarayonini texnologiyalashtirish nazariyasining shakllanishi uzoq 
muddatli vaqt oralig’ida kechdi. Qator mamlakatlar – AQSh, Angliya, Yaponiya
Italiyada ta’lim texnologiyasi va uning muammolarini tadqiq etishga alohida 
e’tibor qaratildi. Ta’lim texnologiyasi muammolarini tadqiq etuvchi tashkilotlar 
(m: Ta’lim kommunikasiyasi assosiasiyasi, 1971 yil; Pedagogik ta’lim Milliy 
kengashi, 1967 yil) tuzildi, maxsus jurnallar (“Ta’lim texnologiyasi” (“Educatiohal 
Technology”), 1961 yil, AQSh; 1970 yil, Angliya; 1965 yil, Yaponiya; 1971 yil, 
Italiya; “Ta’lim texnologiyasi va dasturli ta’lim”, 1964 yil, Angliya; “Ta’lim 
texnologiyasi sohasidagi tadqiqotlar”, 1965 yil, Yaponiya) nashr etildi. 
Mustaqillik sharoitida O’zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalari faoliyati 
jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni olib kirishga qaratilgan harakat bir 
qator yetakchi tashkilotlar tomonidan olib borilmoqda. Xususan, AXELS, IREX, 
JICA, KOICA kabi tashkilotlar tomonidan olib borilgan faoliyat o’zining 
samaradorligi bilan alohida ahamiyat kasb etdi. So’nggi o’n yilliklar ichida 
yuqorida nomlari keltirilgan tashkilotlarning ko’magida respublikaning bir qator 
yetakchi oliy o’quv yurtlari qoshida Innovasion markazlar (Pedagogik texnologiya 
markazlari) tashkil etildi.
Ta’lim va tarbiya jarayonida pedagogik texnologiyalarni qo’llash muayyan 
afzalliklarga ega. Ya’ni texnologik yondashuv orqali ta’limiy, pedagogik, ijtimoiy 
faoliyat qirralarini ochishda yangi imkoniyatlar yaratiladi. Jumladan: natijalarni 


yuqori aniqlikda qayd etish, pedagogik jarayonni samarali boshqarish; mavjud 
amaliy tajribani ilmiy asosda tahlil qilish, qo’llash; ta’limiy va ijtimoiy-tarbiyaviy 
muammolarni yaxlit hal etish; shaxs rivojlanishi uchun qulay sharoitni ta’minlash; 
insoniyatga noqulay holatlarning ta’sirini kamaytirish; resurslardan oqilona 
foydalanishni yo’lga qo’yish; kadrlar tayyorlash milliy modeliga muvofiq 
samarador 
yangi 
texnologiyalarni 
ishlab 
chiqarish, 
ijtimoiy-pedagogik 
muammolarni hal etish imkonini beradi. 

Download 236.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling