3-Ma’ruza. Ovqat hazm qilish sistemasining yosh xususiyatlari va ovqatlanish gigiyenasi


Ingichka ichakda ovqatning hazm bo`lishi


Download 86.15 Kb.
bet4/11
Sana10.09.2022
Hajmi86.15 Kb.
#803863
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1.2.3-maruza
Документ Microsoft Word (2), Документ Microsoft Word (2), file, 345804, Mavzu 61 (1), 11, 2 5465239712568445444, The acoustic classication of English vowels, The acoustic classication of English vowels, 7-sinf-kimyo-fanidan-testlar-11, 2 5474332892773485782, Asosiy va qoshimcha adabiyotlar, 2 5193118397239395604, 2 5193118397239395604, 21 мактаб кутубхона.xlsx
Ingichka ichakda ovqatning hazm bo`lishi. Ingichka ichakning uzunligi katta odamlarda 6-7 m, diametri 2,5-3 sm. Ingichka ichak 12 barmoqli ichak-20 sm, och ichak 2-2,5 m, yon bosh ichak 2,5-3,5 m uzunlikda bo`ladi. Me’dada qisman parchalangan ovqat bo`tkasi 12 barmoqli ichakka tushadi. Bu yerda jigardagi o`t pufakda ishlab chiqilgan o`t suyuqligi va me'da osti bezida ishlab chiqilgan me'da osti bezining shirasi yordamida va 12 barmoqli ichak devorlarida ishlab chiqilgan ichak shirasi ta'sirida ovqat butkasi parchalanadi. Ichak shirasi 99% suv, qolgan qismi organik modda, fermentlardan (eripsin, lipaza, amilaza) va tuzdan iborat bo`ladi. Bir sutkada 1 ,5-2 litr ichak shirasi ishlab chiqariladi. Ichak devori ishqoriy xususiyatga ega. Ichak devorlari juda ko`p so`rgichlardan iborat bo`lib, ular qon tomirlariga juda boy bo`ladi. Parchalangan ovqat shular yordamida qonga so`riladi. Bola 1 yoshgacha to'lguncha ichaklari tez o'sadi, 10-15 yoshda yanada tezlashadi. Bolalar ichagi bola tanasiga nisbatan 4,5 marta, ko'krak yoshidagi bolalarda 6 marta uzun bo'ladi. Go'dakligida ingichka ichak devoridagi vorsinkalar, shira ajratuvchi bezlar, muskullar yaxshi rivojlanmagan bo'ladi.Bola yoshi ortishi bilan ichak shirasi miqdori va fermentlar qonsentrasiyasi orta boradi.
Me'da osti bezi. Me’da osti bezi me’daning pastki va orqa sohasida joylashgan bo’lib, uning og`irligi yangi tug’ilgan bolalarda -4-5g, 12 yoshda uning uzunligi katta odamnikiga teng bo`ladi. Me'da osti bezining og`irligi kattalarda 70-80 g. barg shaklida, uning boshi, tanasi, dum qismlari bo`ladi. Me'da osti bezi bir sutkada 500-800 sm3 shira ishlab chiqaradi, Uning 98% suv, qolgan qismi oqsil va tuzdan iborat. Shira tarkibidagi fermentlar, ya'ni eripsin, peptonlarni aminokislotalargacha, lipaza yog``larni yog`` kislotasi va glitsiringacha parchalaydi.
Jigar. Jigar organizmdagi eng katta bez bo`lib, bolaning yoshi ortishi bilan jigarning hajmi, og`irligi tuzilishi o`zgarib boradi. Yangi tug`ilgan bola jigarning og`irligi 130 g, 2-3 yoshda-460 g, 6-7 yoshda-675 g, 8-9 yoshda- 720 g, 12 yoshda-1130 g, 16yoshda-1260 g. Kattalarda 1,5-2 kg, uzunligi 20-22 smga teng bo’lib, asosan ong qovurg’alar yoyi ostida joylashgan. Bolalarda o`t kislotasining qontsentratsiyasi va miqdori kam bo`ladi.
Jigar quyidagi vazifalarni bajaradi: qondagi zaharli moddalarni zaharsizlantiradi; qon deposi hisoblanadi. Bu yerda 10% qon zapasi saqlanadi; o`lgan eritrotsitlar jigarda to`planadi, bolalarda esa eritrotsitlar hosil bo`ladi; Ko`per hujayralarida o`t suyuqligi ishlab chiqariladi; Jigar ortiqcha glyukozani glikogen sifatida zapas saqlab turadi; Jigar tana temperaturasini turg`un saqlashda ishtirok etadi. Jigardan doimiy ravishda ovqatlangandan 20-30 minutdan so`ng o`t ajralib chiqadi va 12 barmoqli ichakka quyiladi. O`t yog`’larni emulsiyalaydi, suvda yaxshi erishini tezlashtiradi, ovqat hazm qilish kanalini harakatini yaxshilaydi, ichakdagi mikroblarni o`ldiradi. Ovqat hazm kanalida hazm bo`lganidan so`ng chiqindi moddalar najas bo`lib, yo’g`on ichakka yig’iladi. Defikatsiyaning nerv markazi orqa miyaning 3-4 bel segmentida joylashgan. Tashqi sfinter ixtiyoriy.

Download 86.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling