3-maruza. Plug nazariyasi asoslari. Plugning ishchi sirti. Lemexli – ag'dargichli sirtlarini loyixalashda nazariya asoslari. Qatlam


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
Sana31.10.2020
Hajmi1.47 Mb.
#139020
Bog'liq
3-маъруза (1)


3-maruza. Plug nazariyasi asoslari. Plugning ishchi sirti. Lemexli –

ag'dargichli sirtlarini loyixalashda nazariya asoslari. Qatlam 

o'lchamlari orasidagi bog'liklar. Qirqishning solishtirma ishi. 

 

Plug erni shudgorlash uchun  mo’ljallangan qishloq xo'jalik quroli. 

Traktor  bilan  ishlatiladigan  pluglar  lemexli  va  diskli  bo'ladi.  Lemexli 

pluglar vazifasiga ko'ra umumiy ishlarni bajaruvchi va maxsus pluglarga 

ajratiladi. Umumiy ishlarga mo'ljallangan pluglar dalachilikda erni 25 ... 

35  sm  chuqur,  haydaydi,  maxsus  pluglar  esa  to'qay,  butazor,  plantaj, 

bog', o'rmon, tokzor, toshloq va quriq erlarni xaydashda ishlatiladi. 

Traktorga  qo’shish  usuliga  qarab  pluglar  tirkalma,  o'rnatma  va 

yarim o'rnatma bo'ladi. Yer haydash turiga qarab: oddiy, tezkor, plantaj, 

tekis  xaydash,  rombik  xaydash  pluglari,  yumshatkich-pluglar  bo'ladi. 

Oddiy, qavatli, plantaj pluglar ishlaganda shudgorda egat — marza hosil 

qiladi.  Bu  pluglar  korpusi  tuproqni  faqat  o'ng  tomonga  ag'daradi, 

birinchi yo'liga yonma-yon qaytganda esa, tuproqni avvalgi o'tishdagiga 

nisbatan  chap  tomonga  ag'daradi.  Natijada  avvalgi  yo'lining  qaysi 

tomonidan  qaytishiga  qarab,  shudgorda  yo  ochiq  egatlar,  yoki  tuproq 

uyumlangan marzalar yasaladi. 

Tekis  haydash  pluglari  (9-rasm)  aylanma  (a),  klavishli  (v), 

balansirsimon  (g)  va  mokisimon  harakatlanuvchi (b)  pluglarga ajraladi. 

Aylanma plugda o'ng va chapga ag'daruvchi korpuslar bo'ladi. 

 

9-rasm. Tekis xaydash pluglarining sxemasi:  

a — aylanma; b — mokisimon harakatlanuvchi; v — klavishli; g — balansirsimon; 

1 - o'ng tomonga ag'daruvchi korpuslar; 2 — chap tomonga ag'daruvchi korpuslar 

 

Birinchi  o'tishda  o'ng  1,  qaytishda  esa  chapga  ag'daruvchi 



korpuslar  ishlatiladi,  tuproq  doim  bir  tomonga  ag'darilib,  shudgor  tekis 

chiqadi.  



Tirkalma  pluglar  (10-rasm) rama 11, bikrlik  balkasi  12,  korpuslar 

10, chimqirkar 9 va  disksimon pichoq 13 dan tuzilgan. Egat g'ildiragi  3 

egatdan,  dala  g'ildiragi  5  esa,  haydalmagan  daladan  yuradi.  Traktorchi 

avtomat  16  ning  richagi  7  ni  arqon  bilan  tortganda  plug  salt  yoki  ish 

holatiga  o'tadi.  Haydash  chuqurligi  vintli  mexanizm  6  yordamida 

rostlanadi. Plug ramasi og'dirish mexanizmining chambaragi 8 ni burab, 

gorizontal  holatga  keltiriladi.  Dala  g'ildiragining  mexanizmi  tortqi  14 

vositasida  ketingi  g'ildirak  15  mexanizmiga  birlashtirilgan.  Bu  g'ildirak 

oxirgi  korpus  ochgan  egatdan  yuradi.  Plug  ish  holatiga  tushirilganda 

amortizatsion prujinalar 4 cho'zilib, uning qisman og'irligini o'ziga oladi 

va  korpuslarning  erga  urilishini  so'ndiradi;  plugni  salt  holatga 

ko'tarishda prujinalar avtomat yoki gidrotsilindrlar ishini engillashtiradi.  

Tirkama 1 ning ilgagi traktorga bir nuqtada birlashtiriladi. Tirkama 

plugning  tortish  chizig'i  bo'ylab  yo'naltirilishi  kerak.  Buning  uchun 

tirkamaning 

ko'ndalang 

plankasi 

plug 


ramasining 

old 


qismi 

(pasaytirgichi) dagi mos teshiklarga birlashtiriladi.  

Silindrsimon korpuslar ramada bir-birining izini = 25 ... 30 mm 

qoplaydigan qilib o'rnatiladi, vintsimon korpuslar orasida esa, aksincha 

∆b ga teng oraliq qoldiriladi.  

Tirkalma plugning salt holatdagi yo'l tirqishi h

= 200 . . . 250 mm. 



Egat va dala g'ildiraklarining diametri (650 . . . 800 mm): 

 

D

D



2a

max 

d



2m



 



bunda  a

max


  —  eng  katta  ishlash  chuqurligi;  d

k

  —  o'q 



kronshteynining diametri; t

0

= 50 ... 70  mm  —  o’q kronshteynining  dala 



betidan balandligi. 

 

10-rasm. Tirkalma plug sxemasi: 

1-tirkama; 2-pasaytirgich; 3-egat g'ildiragi; 4-amartizatsion prujinalar; 5-

dala g'ildiragi; 6-xaydash chuqurligini rostlash vintli mexanizmi; 7-

richag; 8-og'dirish mexanizmining chambaragi; 9-chimqirqar; 10-

korpus; 11-rama; 12-birlik balkasi; 13-disksimon pichoq; 14-tortqi; 15-

ketingi g'ildirak; 16-ochiq xrapovikli avtomat 

 

Ketingi g'ildirak diametri D



3

 = 450 . . . 500 mm, g'ildirak diskining 

gorizontga qiyaligi 70 . . . 80,° to'g'in eni 50 ... 80 mm.   Old g'ildiraklar 

orasi В



1

 quyidagicha aniqlanadi:  

B

1

= n(b — ∆ b) + ∆b + t



1

 + t



bunda n — korpuslar soni; b — korpusning qamrash kengligi; t

1

 va t



2

 — 


egat  va  dala  g'ildiraklarining  o'rtasidan  egat  devorigacha  oraliqlar. 

Odatda t



1

 = t



2

 = 0,5s + (4 ... 5 см), bunda s—to'g'in kengligi, sm.  

Ishlash  chuqurligining  o'zgarishi  ∆a  =  a

max


  —  a

min


  va  ko'ndalang 

plankani  pasaytirgichning  teshiklarida  siljitish  ∆h  =  h

max

  —  h


min

 

qiymatlari o'zaro quyidagicha bog'langan: 



∆ а = (1 — 

𝑙

𝑡



𝑙

0

 ) ∆h 



bunda l

0

— pasaytirgichdagi teshik markazidan plugning og'irlik 



markazi izigacha bo'lgan masofa. 

O'rnatma  pluglar  (11-rasm).  O'rnatkich  7  traktorning  gidravlik 

boshqariladigan  o'rnatish  mexanizmiga  o'rnatiladi.  Plugning  asosiy 

qismlari rama  1, chimqirqar 3, disksimon pichoq 4, ishlash chuqurligini 

rostlash  mexanizmi 6  bilan tayanch  g'ildirak 5  dan  iborat. Pichoq  faqat 



ketingi  korpus  oldiga  o'rnatiladi.  Chimli  va  yangi  o’zlashtiriladigan 

erlarni xaydashda pichoqlarni har qaysi korpus oldida o'rnatish mumkin. 

Osmaning  o'lchamlari  a

n

  va  D  traktor  o'rnatish  mexanizmining 



parametrlariga moslanadi. 

 

11-rasm. 

1-rama; 2-korpus; 3-chimqirqar; 4-disksimon pichoq; 5-tayanch 

g'ildiragi; 6-rostlash mexanizmi; 7-o'rnatgich 



 

12-rasm. Yarimo'rnatma plug sxemasi  

1-o'rnatish mexanizmi 

 

G'ildirak  markazidan  o'rnatkichgacha bo'lgan  masofa  l



k

  ≥l  (n-1)/3. 

Tayanch g'ildirakning asosiy korpusdan uzoqligi l

p

 = (1,2 ... 1,5)a



max

O'rnatma pluglar nisbatan engil, manyovrchan bo'ladi, dala oxirida 



qayrilish joyining eni kichik, tirkalma plugga nisbatan unumli ishlaydi. 

Yarimo'rnatma  pluglar (12-rasm) ikki xil sxemada tayyorlanadi: 

paxtachilikka  moslashtirilgan  qo'sh  qavatli  yarimo'rnatma  PD-4-35 

plugining  old  qismi  o'rnatma  pluglarniki  kabi  traktorga  uch  nuqtada 

(to'rt  zvenoli  mexanizm  yordamida)  birlashtiriladi;  sakkiz  korpusli 



yarimo'rnatma  PPN-8-35  va  PTK-9-35  pluglari  esa  traktorga  radial 

mexanizm  yordamida  bir  nuqtada  birlashtiriladi.  Barcha  yarimo'rnatma 

pluglar  g'idravlik  boshqariladigan  va  o'zi  o'rnashadigan  ketingi 

g'ildiraklar  bilan  jihozlanadi.  Ramaning  old  qismidagi  pasaytirgich 

plugning o'rnatish nuqtasini past-baland siljitishga imkon beradi. 

Yer haydash chuqurligi tayanch g'ildirak yordamida rostlanadi. 

Plug traktorning ketingi gidravlik o'rnatish mexanizmi 1 yordamida 

transport holatga ko'tarilganda uning ketingi qismi ketingi g'ildirakka 

tayanadi.  

 

TUPROQ PALAXSALARINI AG'DARIB HAYDASH 



JARAYONI 

Plugga  chimqirqar  o'rnatmasdan  er  haydaganda  tuproq  palaxsasi 

o'z  shaklini  saqlagan  holda  aylantirib  ag'dariladi  yoki  uvalanadi,  egat 

tubiga  nisbatan  ma'lum  burchak  hosil  qilib  yotqiziladi.  Plug  ilgarilama 

harakatlanganda  qirqadi  korpus  to'g'ri  burchaklik  kesimli  palaxsalarni 

qirqadi.  Palaxsa  o'lchamlari  korpusning  qamrash  kengligi  va  haydash 

chuqurligiga  bog'liq.  Tuproq  palaxsalarini  ag'darib  haydash  jarayonini 

o'rganishdan  maqsad  plug  korpusi  hosil  qiladigan  egatning  ko'ndalang 

profilini qurishdan iborat. Qurilgan egat profili shudgor sirtining tekislik 

darajasini  va  plug  bilan  qanday  chuqurlikda  haydash  mumkinligini 

aniqlashga  imkon  beradi.  Tuproq  palaxsasini  ag'darish  jarayonini 

o'rganishda, 

ya'ni 

egat 


ko'ndalang 

profilini  qurishda 

palaxsa 

uvalanmasdan ag'dariladi deb faraz qilinadi. 



 

13-rasm. Tuproq palaxsasini ag'darib haydash jarayoni:  

a va b-chimqirqarsiz er haydash; v-chimqirqar va korpus bilan haydash 


 

Egat  profilini  qurish  uchun  palaxsa  o'lchamlari  —  plug 

korpusining  qamrash  kengligi  b  va  haydash  chuqurligi  a  beriladi.  Plug 

korpusi  qirqadigan  palaxsaning  ag'darilish  sxemasini  harakat  tomoniga 

ko'ndalang-vertikal  tekislikdagi  proektsiyasidan  qurib  chiqamiz  (13-

rasm).  Vertikal  tekislikda  pichoq,  gorizontal  tekislikda  esa  lemex 

qirqadigan  ABSD  palaxsa  (13-  rasm,  a)  ag'dargichning  sirtiga 

ko'tarilishda  avval D  qirra atrofida  vertikal DA

1

B

1



S

1

    holatga  kelgunga 



qadar buraladi. Keyin palaxsa S

1

 qirra atrofida buralib, so'nggi S



1

D

2



A

2

B



2

  

holatni  egallaydi,  ya'ni  uning  S



1

B

2



  qirrasi  bundan  avval  yotqizilgan 

palaxsa ustiga  yotgunga  qadar buraladi. Hosil bo'lgan BAS

1

D

2



A

2

    siniq 



chiziq egat nazariy profilining konturini ko'rsatadi. Sxemadan: 

 

АС

1

=DС

3

=а+b 

DS

1

= a bo'lgani uchun S



1

S

3



=b. Haqiqatan  ham vertikal palaxsa C

1

 



qirra atrofida 90° ga burilganda uning B

1

 qirrasi S



3

 nuqta ustiga tushadi. 

Demak,  palaxsalarning S

1

 S



3

  va hokazo qirralari  bir-biridan palaxsa eni 

1  ga  teng  oraliqda  egat  tubida  yotadi.  Shunga  asosan,  ag'darilgan 

palaxsaning  A

2

D

2



  qirrasi  davomining  egat  tubi  bilan  kesishgan  nuqtasi 

S

0



  keyingi o'tishda qirqiladigan palaxsa qirrasi bo'ladi. Bunda S

0

 S



1

 = b 


va AS

0

  = a bo'ladi. 



Palaxsalar  tutashgan  nuqtalari  B

2

,  B



3

  va  xokazolarning 

haydalmagan  dala  sathida  yotishini  isbotlaymiz.  Buning  uchun  B

2

  yoki 



B

3

  nuqtadan  egat  tubiga  perpendikulyar  tushiramiz.  To’g'ri  burchakli 



uchburchaklar D

3

 S



1

 S

3



 va B

3

 S



3

 Ye ning gipotenuzalari S

1

S

3



 =S

3

 B



3

 =b 


va  burchaklari  δ  teng,  demak  uchburchaklar  ham  teng.  Teng 

uchburchaklarda  teng  burchaklar  qarshisida  teng  tomonlar  yotadi. 

Demak,  B

3

  Ye=D



3

  S


3

=a,  ya'ni  palaxsalarning tutashish  nuqtalari  B

0

  B


2

B



3

 lar egat tubidan haydash chuqurligiga teng oraliqda joylashgan. 

Keltirilgan  geometrik  nisbatlardan  ma'lum  bo'ldiki,  egatning 

nazariy  profilini  qurish  uchun  A  nuqtadan a radius  bilan  egat tubida  S

0

 

nuqta belgilanadi, so'ng S



0

 dan b radius bilan yoy chizib, dala satxida B

0

 

ni, egat tubida esa C



1

 ni aniqlaymiz. B

0

 va S


0

 ni tutashtirsak, ag'darilgan 

palaxsaning  gorizontga  nishablik  burchagi  δ  ni  hosil  qilamiz,  S

1

  nuqta 



palaxsa qirrasining egat tubidagi holatini ham ko'rsatadi. Bu C

1

 qirradan 



S

0

  B



0

  ga  perpendikulyar  o'tkazib,  palaxsaning  S

1

  D


2

  qirrasini  olamiz. 

Palaxsaning boshqa qirralari ham shu yo'sinda quriladi. 

Kesim D


3

 A

3



 B

3

 S



3

 ning markazi diagonallarning kesishish nuqtasi 

0  da  joylashadi  deb  qaraymiz.  Bu  holda  palaxsaning  turg'un  holatda 

bo'lishi  uchun 0  nuqtadan tushirilgan og'irlik kuchi R ning ta'sir chizig'i 



S3 nuqtadan o'ng tomonda joylashishi lozim. Diagonal A3S3 yoki S1A2 

(13-rasm,  b)  egat  tubiga  perpendikulyar  bo'lganda  palaxsa  noustuvor 

xolatga  keladi,  chunki  diagonal  oz  bo'lsa  xam  chapga  og'ca,  palaxsa 

egatga qayta ag'darilishi va plugning ishini buzishi mumkin. 

Palaxsaning chekka turg'unlik xolati uchun b/a=k ning qiymatini 

aniqlaymiz. To'g'ri burchakli uchburchaklar S1A2V2 va S1D3S3 ning 

o'xshashligi shartidan: 

С

1



С

3



3

Д

3



=C

1

A



2

/C

1



B

yoki  



𝑏

𝑎

=



 𝑎

2

+𝑏



2

𝑏

;   𝑏



2

=  𝑎


2

+𝑎

2



𝑏

2



Bu tenglamani kvadratga oshiramiz va a

4

 ga bo'lamiz, so'ng b/a = k 



bilan almashtirsak, quyidagi bikvadrat tenglama xosil bo'ladi: 

k

4



—k

2

—1=0 



Tenglamaning  xaqiqiy  ildizi  k  =  1,27.  Bunda  a  =  0,8b  bo'ladi. 

Sxemadan: 

sinδ = a / b — 1/k. 

 

 

   

 

(3.1) 



 Demak,  palaxsaning  egatga  qaytmasligi  uchun  uning  yo'l 

qo'yilgan eng katta og'ish burchagi 

δ = arcsin

1

1.27



≈ 52°, 

ya'ni  palaxsa  kamida  128°  ga  aylanishi  lozim.  Palaxsaning  turg'un 

xolatini ta'minlash uchun δ<52° yoki k > 1,27 bo'lishi kerak. 

Chimqirqarning  tuproq  palaxsasini  qirqish  chuqurligi  a1=  8  ...  12 

sm  (13-rasm,  v),  qamrash  kengligi  b1  =  2b/3.  Bu  xolda  palaxsaning 

chekka turg'unlik xolatida k = 1,06 7…8 km/soat tezlikda chimqirqarsiz 

ishlaydigan oddiy  pluglarda k ning o'rtacha qiymati tsilindrik,  madaniy, 

yarim-vintsimon va vintsimon ag'dargichlar uchun mos xolda 1,35; 1,45; 

1,60 va 1,75, chimqirqar bilan ishlaganda esa barcha ag'dargichlar uchun 

1,1 ... 1,3 olinadi. Palaxsani 180°ga aylantiruvchi to'qay pluglari uchun k 

ning qiymati 2 ... 3, plantaj pluglarning ag'dargichlari uchun 0,9 olinadi.  

 

YER XAYDASH KORPUSLARINING TURLARI, ASOSII 

KONSTRUKTIV QISMLARI 

 

Lemex-ag'dargichli  korpus  —  lemexli  plug,  lushchilnik,  egag 

olgich,  kanal  qazgich,  kultivator-okuchnikning  erga  ishlov  beruvchn 

asosiy  ish  organi.  Plug  va  lushchilniklarga  o'rnatiladigan  lemex-

ardargichli korpusning asosiy qismlari (14-rasm): lemex I, ag'dargich II, 


dala  taxtasi  IV,  stoyka  III  dan  iborat.  Lemexda:  tumshuq  1,  tig'  2  va 

tovon 3, ag'dargichda: ko'krak 7 va qanot 5 bo'ladi. Lemex va ag'dargich 

korpusning  ish  qismi,  dala  taxtasi  va  stoyka  esa  yordamchi  qismlar 

hisoblanadi.  Lemex-ag'dargichli  ish  sirti  haydalmagan  dala  tomondagi 

qirrasi  5,  shudgor  tomondagi  korpusning  egat  qirrasi  4  va  yuqorigi 

qirrasi 6 bilan cheklangan.  

Plug  korpusining  lemexi  tuproqni  tagidan  qirqadi,  ag'dargichi  esa 

uni  egat  devoridan ajratadi. Qirqilgan  palaxsa lemex-ag'dargichning  ish 

sirti  bo'ylab  yuqoriga  va  yon  tomonga  siljib,  egatga  ag'dariladi, 

uvalanadi.  Oddiy  pluglarda  tuproq  palaxsalari  ag'dargichdan  faqat  o'ng 

tomonga  ag'dariladi.  Tekis  haydaydigan  pluglarda  (9-  rasmga  qarang) 

ham  chap,  ham  o'ng  tomonga  ag'daruvchi  korpuslar  ishlatiladi. 

Tuproqning  uvalanish  darajasi  ag'dargich  ko'kragining,  palaxsaning 

buralish  darajasi  esa  qanotning  shakliga  bog'liq.  Umuman  tuproqqa 

ishlov  berish  sifati  ag'dargich  turiga,  tuproqning  mexanik  tarkibiga, 

namligiga va chimli qatlamga bog'liq. 



 

14-rasm. Plugning lemex-ag'dargichli korpusi 

1-tumshuq; 2-tig'; 3-tovon; 4-egat qirrasi; 5-qanot; 6-yuqori qirra; 7-

ko'krak; 8-dala tomondagi qirra; I-lemex; II-ag'dargich; III-stoyka; IV-

dala taxtasi; 

 

Lemex-ag'dargichlarning  ish  sirtlari  lemex  tig'ining  yoki  sirt 



yasovchisining  egat  devoriga  boshlang'ich,  eng  kichik  va  eng  katta 

qiyalik burchaklari (

𝜃

0



𝜃

min


𝜃

 max



) hamda bu burchaklar farqi (∆

𝜃 = 𝜃


0

-

 𝜃



min

;    ∆


𝜃 =0

max


—0

min


)  ga  qarab  (1-jadvalga  qarang)  to'rt  xil:  silindrik 

(15-rasm,  a),  madaniy  (15-rasm,  b),  yarimvintsimon  (15-rasm,  v)  va 

vintsimon (15-rasm, g) bo'ladi. 


 

15-rasm. Plug korpuslari ish sirtlarining turi: 

a-silindrik; b-madaniy; v-yarimvintsimon; g-vintsimon 

 

Silindrik  ag'dargich  palaxsani  deyarli  ag'darmasdan  uni  jadal 

maydalaydi  va  u  asosan  sochiluvchan  tuproqli  erda  va  plantajda 

ishlatiladi. 



Madaniy  (gorizontal  tsilindrsimon)  ag'dargich  (16-rasm,  a) 

tuproqni  yaxshi  maydalaydi  va  qoniqarli  (128°  ga)  burib  ag'daradi. 

Madaniy korpuslar chimqirqarlar bilan birga ishlatiladi.  

Yarimvintsimon  (tsilindrsimon)  sirtli  ag'dargich  (16-rasm,  b) 

palaxsani  ko'proq  burib  ag'daradi,  lekin  sust  uvalaydi.  Bunday 

ag'dargichli  korpuslar  buta-to'qay  pluglarida  ishlatiladi.  Palaxsani  to'liq 

yotqizish  uchun  ag'dargichning  qanot  qismiga  taxtacha  (pero)  4 

biriktiriladi. 

 

16-rasm. Lemex-ag'dargichli korpuslar turi: 

a-madaniy; b-yarimvintsimon; s-vintsimon; g-ag'dargichsiz; b-kesik; e-

surilma iskanali korpus; j-chimqirqar; z-okuchnik; 1-lemex; 2-



ag'dargich; 3-korpus stoykasi; 4-pero; 5-dala taxtasi; 6-dala taxtasining 

tovoni; 7-disksimon pichoq; 8-kengaytirgich; 9-to'siq; 10-iskana; 11-

paski lemex; 12-yuqorigi lemex; 13-kesik ag'dargich; 14-naralnik; 15-

okuchnik lemexi; 16-okuchnik ag'dargichi; 17-okuchnik qanoti. 

 

Vintsimon  sirtli  korpus  (16-rasm,  v)  palaxsalarni  deyarli 

uvalamagan holda to'liq burib ag'daradi. Vintsimon korpuslar o'tloqlarni 

shudgorlashda ishlatiladi. 

Ardargichsiz korpus (16-rasm, g). Lemex 1 yordamida qirqilgan va 

qisman  uvalangan  tuproq  palaxsasi  kengaytirgich  8  sirtidan  yuqori 

ko'tarilib,  egat  tubiga  tushadi  va  zarbdan  qo'shimcha  maydalanadi. 

Korpus stoykasi 3 ning eyilmasligi uchun u po'lat plastina (to'siq) 9 bilan 

berkitiladi. 

K e s i k korpus (16-rasm, d) erni ikki qatlamli qilib chuqur (40 ... 

50  sm)  haydaydi.  Kesilgan  tuproq  qatlamining  ostki  qismi 

ko'tarilmasdan  va  ag'darilmasdan  lemexlar  11  va  12  orasidan  o'tib 

uvalanadi,  ustki  xosildor  qatlam  esa  ag'dargich  13  ning  sirti  bo'ylab 

ko'tarilib, buralib, quyi qatlam ustiga ag'dariladi. Surilma iskanali korpus 

(16-  rasm,  e)  toshli  qattiq  erlarni  haydashda  ishlatiladi.  Iskana  10  ning 

o'tkir  uchi  lemexdan  20  ...  30  mm  oldinga  chiqib  tumshuq  vazifasini 

bajaradi. Iskana eyilganda oldinga surib qo'yiladi. 



Chimqirqar  (16-  rasm,  j)  tuproqning  ustki  o'simlik  ildizlari 

taralgan  8  ...  12  sm  li  qatlamini  qirqib,  aylantirib  egat  tubiga  tashlash 

uchun mo'ljallangan. Chimqirqar bilan qirqilgan tuproq qatlamining egat 

tubiga joylashishi uchun uning qamrash kengligi asosiy korpus qamrash 

kengligining  2/3  qismini  tashkil  etadi.  Chimqirqar  tuzilishi  jixatidan 

asosiy  korpusga  o'xshaydi  va  trapetsiyasimon  lemex  1,  madaniy 

(silindrsimon) tipdagi ag'dargich 2 va stoyka 3 dan iborat. Toshli erlarda 

chimqirqar o'rniga burchak keskichlar o'rnatiladi. 



Okuchnik  (16-rasm,  z)  ekin  qatorlari  orasiga  ishlov  berish  uchun 

mo'ljallangan.  Begona  o'tlarni  tuproq  bilan  ko'madi  va  ildizini  qirqadi. 

Okuchnikning  asosiy  qismlari:  naralnik  14  va  ajralmas  ikki  yoqli 

(qo'shaloq)  korpusdan  iborat.  Korpus  o'ng  va  chap  tomonlama  qirqib 

ag'daradigan  lemexlar  15  hamda  ag'dargichlar  16,  qanotlar  17, 

shuningdek  stoyka  3  dan  tuzilgan.  Naralnik  eyilganda  almashtiriladi. 

Qanotlarni  siljitib,  marza  balandligini  o'simlik  bo'yiga  qarab  rostlash 

mumkin. Ishlash  chuqurligi 16 sm bo'lganda marza balandligi 25 sm  ga 

boradi. 

 


PLUG ISH ORGANLARI VA G'ILDIRAKLARINI 

RAMADA JOYLASHTIRISH 

 

Plug  sxemasini  tuzish  va  ish  organlarini  joylashtirishda  (17-rasm) 



quyidagilarga  amal  qilinadi.  Rama  balandligi  birinchi  egat  olishda 

tuproq  palaxsasining  erkin  ko'tarilishi, aylanishi  va rama ostidan  o'tishi 

shartidan  aniqlanadi.  Birinchi  egat  chuqurligi  2  a/3  bo'lganidan 

N=b+2a/3 yoki: 

 

17-rasm. Plugning ish organlarini joylashtirish sxemasi 

 

H=β 

𝑏

2



+𝑎

𝑚𝑎𝑥


2

  

 

 

 

 

(3.2) 



bunda β = 1,20 ... 1,25. Chimqirqarning ishlash chuqurligi a =100 ... 120 

mm,  qamrash  kengligi  b

1

  =2b/3.  Uning  tumshug'idan  korpus 



tumshug'igacha  oraliq  t  =300  ...  350  mm.  Bu  masofa  qirqilgan 

palaxsaning  korpus  va  chimqirqar  sirtlaridan  alohida-alohida  tushishini 

ta'minlashi  lozim.  t  katta  bo'lsa,  plug  qo'pol  va  og'ir  bo'ladi. 

Chimqirqarning dala qirrasi korpus qirrasidan l

1

=5 ... 10 mm, disksimon 



pichoq esa chimqirqardan l

2

= 10 ... 15 mm yonga chetlatiladi. 



Disk  markazi  chimqirqar  tumshug'i  ustida  joylashadi  yoki  old 

tomonga  t1=40  mm  gacha  siljitiladi.  Diskning  pastki qirrasi chimqirqar 

tumshug'idan  (a

2

—a



1

)=20...30  mm  past,  disk  flanetsining  pastki  cheti 

esa dala betidan ∆l= 10 ... 20 mm yuqori turadi. Pichoq tuproqqa a

2

=120 



... 130 mm botadigan qilib o'rnatiladi. 

Haydalma qatlam ostini yumshatish uchun korpuslar ketida tuproq 

chuqurlatkich  o'rnatiladi.  Asosiy  korpus  va  tuproq  chuqurlatkich 

tumshuqlari  orasi  tuproqning  erkin  o'tish shartidan aniqlanadi  va  u  t

p

  = 


500  mm  bo'ladi.  Tuproq  chuqurlatkich  ko'ndalang  yo'nalishda 

korpusning dala qirrasidan n = 0,5b + S masofada o'rnatiladi. Bunda S = 

20 ± 5 mm. Uning qamrash kengligi b

p

 = 0,7b; yumshatish chuqurligi 



 a

p

 = 60 ... 160 mm. Panja tumshug'i qanotlaridan t = 10 ... 20 mm past 



joylashtiriladi. 

Korpuslarning  ramada  joylashish  sxemasi  (18-rasm)  quyidagi 

tartibda bajariladi. Harakat yo'nalishiga 

𝜃

0



 burchak yasab o'rnatilgan 

 

18-rasm. Plug korpuslari o'rtasidagi bo'ylama masofani aniqlash 

sxemasi: a-korpus va g'ildiraklarni joylashtirish; b-masofani aniqlash. 

 

lemexlarning  tumshuqlari  (A



1

,A

2



,A

3

  nuqtalar)  teng  ta'sir  etuvchi 



kuch R yo'nalishi bilan gryadillar (1 — 1, 2—2, 3 — 3,4 —4 chiziqlar) 

ning  kesishish  nuqtalarida  joylashadi.  Lemexning  tuproqqa  ishqalanish 

kuchi  va  normal  kuch  N  ning  teng  ta'sir  etuvchisi  R  lemex  tig'iga  tik 

tekislikdan  ishqalanish  burchagi  φ  ga  og'gan.  Demak,  ish  organlarini 

ramada  joylashtirish  uchun  chizmada  bir-biridan  lemexlarning  qamrash 

kengligiga  teng  b  oraliqda  z+1  (bunda  z  —  korpuslar  soni)  parallel 

chiziqlar o'tkaziladi. 2 — 2 chiziqda ixtiyoriy A

1

 nuqta orqali 



𝜃

0

 burchak 



yasab  lemex  tig'i  A

1

  S



1

  o'tkazilib,  1  —  1  chizig'i  bilan  kesishtiriladi. 

Lemexga  A

1

e  perpendikulyarni  tushiramiz.  Bu  N  kuchining  yo'nalishi 



bo'ladi. Egat g'ildiragining markazi O

b

 shu normalda yotadi. Normalga φ 



burchak yasab, R ning yo'nalishini chizamiz va 3  — 3, 4 — 4 chiziqlar 

bilan  kesishtiramiz.  Shunda  hosil  bo'lgan  A

2

,  A



3

  nuqtalar  keyingi 

lemexlar  tumshug'ining  o'rnini  bildiradi.  Lemexlar  orasidagi  bo'ylama 

masofa  L  ni  topish  uchun  tuproq  palaxsasining  sinish  nazariyasidan 

foydalanamiz. 18-rasm, b dagi sxemadan: 

L = l

0

 + l



1

— l

2

 

bu erda l



1

 = l

3

 /sin θ


0

l

3

— lemex bilan qirqilgan tuproq palaxsasi 



sinish chizig'i OS ning egat tubiga (dala betiga) proektsiyasi. Sxemadan 

l

3

a tg(90° - ψ), 

 bunda tuproqning sinish burchagi ψ (2.18) formulaga asosan 

topiladi: 

ψ = 90°— 

𝛾

0



+𝜑+𝜑′

2

 , 



bu holda 

𝑙

1



= (𝑎𝑡𝑔

𝛾

0



+𝜑+𝜑

2



 )/𝑠𝑖𝑛𝜃

0

 , 

 

Qiymatlarni o'rniga qo'yib, quyidagi formulani yozamiz: 



L=l

0

+[

(𝑎 ∙ 𝑡𝑔


𝛾

0

+𝜑+𝜑



2

 )/𝑠𝑖𝑛𝜃



0

] —bctgθ

0  

 

 



(3.3) 

 Dala  taxtasining  uzunligi  oddiy  pluglarda  L  =  625  mm. 

Paxtachilik  zonasida  φ  =  30°,  ichki  ishqalanish  burchagining  minimal 

qiymati  φ  =  42°,  lemexning  egat  tubiga  qiyalik  burchagi  silindrsimon 

ag'dargichlar  uchun  γ  =  30°.  Yer  haydash  chuqurligi 

⍺  =  30  sm.  Bu 

parametrlar  uchun (3.3)  formuladan korpuslar orasi L = 790  mm  bo'lib, 

amaldagi raqamga mos keladi. 

Dala  va  egat  g'ildiraklarining  gorizontal  o'qlari  orasidagi  masofa  

l=  300  .  .  .  350  mm.  Egat  g'ildiragining  to'g'inidan  birinchi  korpusning 

tumshug'igacha bo'lgan oraliq l' = 50…100 mm. 



 

 

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling