3-Ma`ruza: Suvli tizimlarning tuzilishiva tashkil etish prinsiplari


Download 168.79 Kb.
Sana03.11.2023
Hajmi168.79 Kb.
#1741899
Bog'liq
3 Ma`ruza Suvli tizimlarning tuzilishiva tashkil etish prinsiplari (1)


3-Ma`ruza: Suvli tizimlarning tuzilishiva tashkil etish prinsiplari
Reja:

  1. Suvli issiqlik ta’minoti tizimlarida iste’molchilarning ulanishi.

  2. Bir quvurli, ikki quvurli, uch quvurli, to’rt quvurli va kombinirlangan tizimlar.

Issiq suv bilan ishlaydigan isitish tizimlarining issiqlik bilan ta’minlash, markaziy qozon qurilmalari va issiqlik markazlari yordamida amalga oshiriladi. Suv bilan isitish qurilmalari tizimining asosiy issiqlik manbasi mahalliy suv isitish qozonlari bulib, ularni (mahalliy issiqlik ta’minoti) isitiladigan binoda yoki undan ajratilgan alohida binoga o‘rnatiladi.
Qozon qurilmalarining turlari ishlab chiqarilayotgan issiqlik quvvatiga, issiqlik tashuvchilarning turiga qarab ularni mahalliy va markazlashtirilgan qozon qurilmalari suv yoki bug‘ ishlab chiqaruvchi qozonlar, kichik, o‘rta va yirik qozon qurilmalari kabi turlari mavjuddir. Issiqlik qurilmalari texnikasini rivojlanishida mahalliy qozon qurilmalari urnini asta-sekinlik bilan markazlashtirilgan isitish bulimlari bilan almashtirilishi lozim. Bunda yuqori haroratga ega bo‘lgan suv ishlatilib, ular (IEM) issiqlik elektr markazida, markaziy isitish bulimlarida ishlab chiqariladi. Binolarning issiqlik ta’minoti binoning maqsadga muvofiqligiga bog‘liq holda QMQ ga asosan me’yoriy harorat sharoitini tashkil etish uchun issiqlik tashuvchining turi qabul qilinadi.

3.1.-rasm. Ikki quvurli suvli issiqlik ta’minoti tizimlarida mahalliy issiq suv ta’minotining tizimilarining ulanish sxemalari: A-yopiq tizimlarda: a-isitgichning parallel ulanishi; b-isitgichning ikki pog‘onali ketma-ketli ulanishi; v-isitgichning ikki pog‘onali aralash ulanishi; B-ochiq tizimlarda: g-isitish va issiq suv ta’minotiga issiqlik sarfini bog‘lanmagan rostlashli bevosita ulanishi; d-isitish va issiq suv ta’minotiga issiqlik sarfini bog‘langan rostlashli bevosita ulanishi; K-suv tarqatuchi kran; V-havo krani; O-isitish pribori; E-elevator; P-isitgich; S-aralashtirgich; VV-vodoprovod suvi; RR, RT-sarf va harorat rostlagich; PI , PII-isitgichning birinchi va ikkinchi pog‘onasi.
Masalan, turar-joy jamoat jumladan, o‘quv muassasalarida, idoralar, muzey, kutubxona kabi binolarda issiq suvning harorati 95-70 (ikki quvurli isitish tizimlarida), kasalxona, bolalar va davolash muassasalarida isitish uchun issiq suv harorati 105 -70 qabul qilinadi (bir quvurli isitish qurilmalarida). Sanoat binolari va xo‘jalik, sport, restoran, vokzal, tomoshaxona va xokazo binolarda yuqori haroratli issiq suv bilan ishlaydigan issiqlik qurilmalarini o‘rnatish mumkin.

3.2.-rasm. Ikki quvurli issiqlik ta’minoti tizimlarida mahalliy isitish va issiq suv ta’minoti tizimlarining ulanish sxemalari. Isitishi tizimlarining bog‘liq bo‘lgan sxemalari: a-aralashtirishsiz; b- elevatorli; v-nasosli; gisitish tizimining bog‘liq bo‘lmagan sxemalari; issiq suv ta’minoti tizimi sxemalari; d-yuqoridagi bak-akkumulyatorli; e-pastki bak-akkumulyatorli; v-havo jumragi; O-isitish pribori; Rkengaytiruvchi bak; A-akkumulyator; K-suv tarqatuvchi kran; D-o‘lchash diagrammasi; Eelevator; N-mahalliy tizimining sirkulyasiya nasosi; S-aralashtirgich; PK-asosiy qozon; TP-issiqlik ta’minoti isitgichi; SN, PN-tarmoq va qo‘shimcha nasoslar; RP, RR, RT-qo‘shimcha, sarf va harorat rostlagichlari; OK-qaytuvchi klapan; PU-nasosning ishga tushiruvchi qurilmasi; τ1, τ2- boruvchi va qaytuvchi quvurlar.
Issiqlik elektr markazidan IEM va yirik tuman yashash massivlari qozon qurilmalaridan o‘zoqda joylashgan iste’molchilarga katta hajmda issiq suv olib borish uchun yuqori haroratga ega kam hajmda issiq suv yuborish maqsadga muvofiqdir. SHuning uchun o‘zoqda joylashgan iste’molchilarga bevosita o‘zatiladigan quvurdagi issiq suv haroratini 150 gacha ko‘tarib, tranzit issiq suv quvurlari uchun esa 180 gacha haroratni ko‘tarish imkoniyatiga ega bo’lamiz. a) Isitish qurilmasidan qaytib kelayotgan suvni aralashtirmay ulanishi sxemasi. Bunda isitish qurilmasidagi issiq suvning harorati issiqlik quvuridagi issiq suv haroratiga teng; b) Qaytib-kelayotgan suvni elevator yordamida aralashtirish usuli; v) Tarqatuvchi va qaytaruvchi quvurlardagi kundalang ulovchi quvur bulimiga qo‘yilgan nasoslar yordamida aralashtirish usuli; g) issiqlik almashtiruvchi va isiqlik hosil qiluvchi uskuna yordami bilan ulanish sxemasi.
Download 168.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling