3-ma’ruza: ta’limda modellar, maketlar va stendlar, ularning turlari va didaktik imkoniyatlar


Download 20.51 Kb.
Sana24.01.2023
Hajmi20.51 Kb.
#1117715

3-ma’ruza: TA’LIMDA MODELLAR, MAKETLAR VA STENDLAR, ULARNING TURLARI VA DIDAKTIK IMKONIYaTLAR.
Reja:
1. Doska, flipchatr va pinvandlardan foydalanish.
2. Yordamchi moslamalar va murakkab didaktik materiallar.

  1. Modellar va ularning didaktik imkoniyatlari.

  2. Maketlar va ularning didaktik imkoniyatlari.

  3. Stendlar va ularning didaktik imkoniyatlari.



Tayanch iboralar: yordamchi moslama, murakkab didaktik material, modellashtirish, model turlari, maket loyixalash, maket turlari, stend tashkil kilish, stend turlari.


Yordamchi moslamalar va murakkab didaktik materiallar. Didaktik materiallardan foydalanish va ularni saklashda yordamchi moslamalar kerak buladi. Ular kullaniladigan didatik materilalarga karab turlicha buladi. Maslan kurgazmali materilalar uchun ularni osadigan doskalar, flipchartlar, ramkalar, ilgaklar, sim torlar, zarur buladi. Tarkatma materiallar uchun pinvand, stol, lototron, ularni saklash kutilari kerak buladi. Ukuv uslubiy materiallar uchun javonlar va stendlar kerak bulsa, namuna materiallari uchun shkaflar va namoyish stollari kerak buladi. Modellar va kuchma maketlarni saklash uchun maxsus xonalar, namoyish kilish uchun esa namoyish stollari, kuchirish aravachalari bulishi mumkin. Ba’zan model, maket va stendlardan foydalanish uchun eletr toki, yonilgi, xavo bosimi kabi manbalar kerak buladi. Buning uchun esa maxsus jixozlangan laboratoriya va ustaxonalar zarur buladi. Didaktik materiallar xajmiy ulchamlarga ega bulsa (namuna materiallarini xisobga olmaganda), urganilayotgan materialning xarakat va xususiyatlarni kursata olsa, yoki stasionar foydalanish xususiyatga ega bulsa ularni murakkab didakti materiallar deb ataymiz. Ularni shartli ravishda sinflab chikishimiz mumkin. (3-rasm). 3-rasm. Murakkab didaktik materiallarning klassifikasiyasi. Modellar - ta’limda kullaniladigan didaktik materiallarning bir turi bulib ular ilgarigi oddiy didaktik materiallardan xajmiy ulchamga egaligi, xarakatni kursata olishi, kul bilan ushlab kurish va uning xarakatini boshkarish mukinligi kabi ustunliklari bilan farklanadi. Shuning uchun ulardan foydalanganimizda ukuvchilar urganilayotgan murakkab obyektlarni oson tasavvur kila oladilar. Modellar ukuv yurtiga tayyor xolda xam kelishi mumkin, ularni ukuv yurti sharoitida uzimiz xam tayyorlashimiz mumkin. Model - urganilayotgan obyektning uziga uxshash kilib tayyorlangan prototipi bulib, u xar tomonlama soddalashtirgan xolda tayyorlanadi. Bu modellashtirish bulib, tayyorlanayotgan model mos masshtabga keltiriladi. Avvlo geometrik masshtabga e’tibor beriladi, ya’ni u auditoriya masshtabiga keltiriladi. Kichik obyektlar kattalashtirilishi, katta obyektlar kichraytirilishi, ba’zi obyektlar, ulchamlari bilan audatoriya masshtabiga yakin bulsa, uz kattaligida tayyorlanish mumkin. Natijada ulardan foydalanish kulay buladi. Modelimiz xarakatlanuvchi bulsa, kuch masshtabiga xam e’tibor berishimiz kerak. Xarakatni beruvchi kuchlar, masalan, aylanma xarakat, bosim, temperatura, ishkalanish, tok kuchi va boshka kataliklar modelning geometrik ulchamlariga proporsional bulishi kerak. Aks xolda, kuch model ulchamlariga nisbatan kichik bulsa yoki katta bulsa, biz kerakli xarakatni kursata olamaymiz. Modelni imkon kadar soddalashtirish kerak. Unda asosiy geometrik elementlar va asosiy ish bajaruvchi detallar bulishi kifoya, aks xolda undan foydalanish nokulay bulib koladi. Modellarning asosan uchta turini farklaymiz. Bular geometrik, fizik va funksional modellar. Geometrik modellar urganilayotgan obyektning geometrik xususiyatlari, ya’ni nisbiy ulchamlari, shakli va geometrik elementlari tugrisida ma’lumot beradi. Masalan ichki yonuv dvigateli silindri va porshenining geometrik modeli uning geometrik tuzilishi, nisbiy ulchamlari tugrisida ma’lumot beradi. Fizik modellar urganilayotgan obyektning fizik xususiyatlarini namoyon kiladi. Masalan ishkalanish, bosim, temperatura, magnit maydoni, aylanma xarakat va boshka xususiyatlarni kursatish uchun fizik modellardan foydalanamiz. Yukoridagi misolni davom ettirsak, ichki yonuv dvigateli silindri va porshenining fizik modeli silindr yonuv kamerasida temprtura oshishi natijasida bosim paydo bulishi va porshenni xarakat kilishga majbur etishini tushuntirishimiz mumkin. Funksional modellar murakkabligi bilan ajralib turadi. Ular urganilayotgan obyektning bajaradigan funksiyasini kursatish uchun muljallangan bulib, yurgizish, kutarish, kesish kabi bajariladigan operasiyalarni kursatadi. Yukorida keltirilgan misolni rivojlantirsak, ichki yonuv dvigatelidagi porshenning ilgarilanma–kaytma xarakati tirsakli valga aylanma xarakatni berishini va dvagatelning bajarayotgan funksiyasini kursata olamiz. Maketlar. Ular modellarga insbatan murakkabrok xisoblanib, bir nechta obyektlarni uz ichiga olishlari mumkin. Shu jixatdan maket tarkibida bir necha modellar bulishi xam mumkin. Ular texnologik mashina va jixozlarning maketlari, bino va inshootlarning maketlari xamda texnologik jarayonning maketlari bulishi mumkin. Texnologik mashina va jixozlarning maketlari yordamida ularning tuzilishi, ishlash prinsipi va bajaradigan texnologik operasiyalarni kursatishimiz mumkin. Masalan, parmalash dastgoxining maketini oladigan bulsak, unda dastgoxning asosiy elementlari: zagatovkani maxkamlash stoli, dastgox korpusi, parma, elektrodvigatel va reykadan tashkil topgan bulishi mumkin. Bino va inshootlarning maketlari esa turli koxonalardagi binolar va inshootlarning tuzilishi, joylashishi va bajaradigan vazifasini kursatish uchun muljallangan. Masalan, turar joy binosining maketi, elevatorning maketi. Bunday maketlarda binoning elementlari, inshootning tuzilishi, kanday texnologik mashina va jixozlardan iboratligi, ular uzaro kanday texnologik operasiyalarni bajarishini kursatishimiz mumkin. Texnologik jarayonlarning maketlari esa eng murakkab maketlar bulib, ular tulik korxona tugrisida ma’lumot beruvchi bir majmuiy maketdir. Uning tarkibida turli modellar, texnologik mashina va jixozlarning, xamda bino va inshootlarning maketlari xam bulishi mumkin. Bunday maketlar yordamida korxonaga xom-ashyo keltirilishidan, maxsulot ishlab chikarilgungacha bajariladigan texnologik operasiyalar yoki boradigan jarayonlar immitasiya kilinishi mumkin. Natijada ukuvchilarda bu jarayonni urganishga kizikish ortib, uni tasavvur kilish va tushunish osonlashadi. Masalan konserva zavodining maketni oladigan bulsak, bu maketda korxonaning ishlab chikarish binolari va inshootlari ketma–ket texnologik jarayon asosida joylashtirib chikilgan buladi. Bunday maketlarni xatto xarakatlanuvchan kilib xam tayorlanish mumkin. Umuman olganda bu maketlar ukuvchilarga kasb maxoratini rivojlantirishlariga, maxsulotlarni ishlab chikarish jarayonida texnologik operasiyalarni ketma-ketligini boshkarishni urganishga katta yordam beradi. Stendlar murakkab kurgazmali materiallar sirasiga kiruvchi didaktik materiallar xisoblanadi. Shuning uchun oddiy kurgazmali didaktik materiallardan farkli ravishda ulardan asosan kuzgalmas xolda foydalaniladi. Stendlar uzida bir yunalishdagi bir necha mavzular, xatto tulik fanni xam mujassamlashtirishi mumkin. Shuning uchun stendlarda barcha turdagi didaktik materiallardan foydalasa buladi. Ularda umumlashtirilgan xolda axborotlar beriladi. Stendlar mavzularni, texnologik mashina va jixozlarni yoki texnologik jarayonlarni urganishga oid bulishi mumkin. Mavzuni urganishga oid stendlar ijtimoiy, iktisodiy, ma’muriy, uslubiy yunalishlarda bulishi mumkin. Ular kuzgalmas xolda urnatilsa xam, undagi ma’lumotlar va materiallar doimo yangilanib turiladi. Masalan, «Vodoprovod jumragi» uzelining chizmasi» misolida grafik topshiriklarni bajarishga doir stendni olsak. Bunday stendda uzel detallarining eskizlari, ish chizmalari va uzelning yigish chizmasi, mavzuga oid kiskacha nazariy ma’lumotlar berilgan buladi. Bundan tashkari namuna sifatida vodoprovod jumragining xar bir detali kerakli kirkimlar berilgan xolda, aloxida ajratib olinib, stendning tegishli joyiga maxkamlangan buladi. Ularning xar birining eskizlari va ish chizmalari bajarib kursatilgan buladi. Jumrakning yigma xoldagi birikmasi, kerakli kirkimlar berilgan xolda, tegishli joyiga maxkamlangan buladi. Uning eskizi va yigish chizmasi xam kursatiladi. Ushbu topshirikni bajarishga doir uslubiy kursatmalar, baxolash mezonlari kiritiladi, xamda topshirik uchun yigma detallarning rasmlari va variant nomerlari keltiriladi. Texnologik mashinalar va jixozlarni urganishga oid stendlar. Masalan biror bir texnologik mashina stendi yordamida uning turli nagruzkalar ostida ishlashini sinab kurishimiz mumkin. Stendni ishlatish jarayonida kerakli parametrlarni olishimiz yoki ulchashimiz mumkin. Texnologik mashinaning tuzilishini urganishimiz, texnik xarakteristikalari, aloxida detal va mexanizimlari tugrisida ma’lumotlar olishimiz mumkin. Texnologik jarayonlarni urganishga doir stendda texnologik jarayonning ketma-ketligi, bajariladigan operasiyalar, ularda ishtirok etuvchi mashina va jixozlar, kullanilgan xom ashyolar va tayyorlanadigan maxsulotlar namunalari va boshka ma’lumot va materiallar keltirilgan buladi. Masalan konserva zavodining xarakatlanuvchi maket-stendini oladigan bulsak, bu stendda korxonaning ishlab chikarish sexidagi texnologik liniyaning texnologik jarayonni amalga oshirishini urganishimiz mumkin. Bunda urganilayotgan jarayonda kanaka mashina va jixozlar ishtirok etayotganligi, ularning uzaro texnologik operasiyalarni bajarishi, xom-ashyoga kanday ishlov berilib, tayyor maxsulot kanday chikarilishini urganishimiz mumkin. Bundan tashkari bu jarayonning ketma-ketligini boshkarishni urganish mumkin.
Nazorat savollar:
1. Doska, flipchart va pinvandlardan kachon foydalanamiz
2. Yordamchi moslamalar nima uchun kerak?
3. Modellar yordamida nimalar beriladi?
4. Maketlarni kanday turlarini bilasiz?
5. Stendlar kanday maksadlarda tayyorlanadi?
Download 20.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling