3-Mavzu: Buyruqlar tizimi arxitekturasi Reja


Download 28.31 Kb.
bet1/2
Sana18.04.2022
Hajmi28.31 Kb.
#641625
  1   2
Bog'liq
S.Mirzayev(KTE-11-DI)26.03.2022(M3)
1-оралиқ саволлари1, S.Mirzayev(KTE-11-DI)21.03.2022(M1), S.Mirzayev(KTE-11-DI)11.03.2022(M2)

3-Mavzu: Buyruqlar tizimi arxitekturasi
Reja:

  1. Buyruqli arxitektura tizimi

  2. Buyruqlar tizimi

  3. Mikroprosessor buyruqlar tizimi



Buyruqli arxitektura tizimi
Buyruq (ингл: instruction, рус: команда)
Bajarilishi zarur bo‘lgan amalning ta’rifi. Topshiriqlarni boshqarish tilini ko‘rsatish, dastur operatori, boshqaruvchi signal va foydalanuvchi talablari buyruq (ko‘rsatma) hisoblanadi. Barcha hollarda, buyruqlar yordamida ma’lumotlarni qayta ishlash tizimida ma’lumotlar jo‘natish yoki tizimlar orasida ma’lumotlar uzatish jarayonlarini boshqarish amalga oshiriladi. Har bir buyruq amal kodidan tashkil topib, qaysi obyektga va nima qilish kerakligini, olingan natijani qayerga yuborish kerakligini xabar qiladi. Amallarni bajarishda ishlatiladigan buyruqlar yig‘masi buyruq tili bilan aniqlanadi.
Protsessorning ishlashi asosan beshta quyidagi bosqichlardan iborat:

  1. Buyruqni o’qish;

  2. Buyruqni deshifrlash;

  3. Operandlarni o’qish;

  4. Buyruqni bajarish;

  5. Natijani yozish;



Buyruqlar tizimi-bu kompyuter ishlatadigan buyruqlar ro’yxati bo’lib, ular yordamida dasturchi ma’lumotlarga ishlov berishning o’z algoritmini ishlatadi.
Barcha mikroprotsessorlarni guruhlarga ajratish mumkin:

  • CISC (Complex Instruction Set Command) to’liq buyruqlar tizimining to’plami bilan;

  • RISC (Reduced Instruction Set Command) qisqartirilgan buyruqlar tizimining to‘plami bilan;

  • VLIW (Very Length Instruction Word) buyruq so‘zi juda uzun bo’lgan;



CISC (Complex Instruction Set Computer)
To’laroq buyruqlar to’plami kompyuteri (CISC) - bu bitta ko'rsatmalar bir nechta past darajadagi operatsiyalarni bajarishi mumkin bo'lgan yoki ko'p bosqichli operatsiyalarga yoki bitta ko'rsatmalar doirasida rejimlarni aniqlashga qodir bo’lgan buyruqlar to’plami.

Download 28.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling