3-mavzu: didaktika pedagogik ta’lim nazariyasi. O’qitish jarayoni yaxlit tizim sifatida. Ma’ruza mashg’uloti rejasi


Download 81.52 Kb.
bet1/9
Sana12.03.2023
Hajmi81.52 Kb.
#1263987
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3-maruza


3-MAVZU: DIDAKTIKA - PEDAGOGIK TA’LIM NAZARIYASI. O’QITISH JARAYONI YAXLIT TIZIM SIFATIDA.
MA’RUZA MASHG’ULOTI REJASI:
3.1. Ta’lim nazariyasi (didaktika) pedagogikaning tarkibiy qismi sifatida.
3.2. Didaktikaning maqsad va vazifalari. Ta’lim jarayonining mohiyati.
3.3. O’qitish va o’rganish jarayonlari tavsifi, o’quv jarayonida ularning o’zaro bog’liqligi.
3.4. O’quvchilarning bilish faoliyati va uning tuzilishi. Ta’lim qonuniyatlari va tamoyillari
Tayanch so’z va iboralar: jarayon, pedagogic jarayon, pedagogik tizim, yaxlit yondashuv, komponent, yaxlit pedagogic jarayon, qonuniyat, tamoyil, didaktika, o’qitish, o’qitish jarayoni, didaktikaning asosiy kategoriyalari, ta’lim paradigmalari, ta’lim qoninuyatlari, ta’lim tamoyillari.

3.1. Ta’lim nazariyasi (didaktika) pedagogikaning tarkibiy qismi sifatida.
Didaktika pedagogika nazariyasining nisbatan mustaqil qismi bo’lib, unda o’qitish jarayonining umumiy qonuniyatlari ochib beriladi. Didaktikaning so’zma-so’z tarjimasi «ta’lim nazariyasi» ma’nosini anglatadi. Didaktika «yunoncha» so’zdan olingan bo’lib, «didacticos» – o’rgatish, o’qitish ma’nosini bildiradi.

Didaktika – ta’lim jarayoni, mazmuni, qonuniyat va tamoyillari, shakl, metod va vositalarini ilmiy asoslab beruvchi ta’lim nazariyasi, pedagogikaning alohida sohasi.

Bu atamani nemis pedagogi V.Ratke (1571-1635) fanga kiritgan, deb hisoblanadi. Didaktika nomi ostida fanni nazariy va metodologik asoslarini tadqiq qiladigan ilmiy fanni tushundi. Didaktikaning fundamental ilmiy asoslari ilk bor Ya.A.Komenskiy tomonidan ishlab chiqilgan.



1657-yilda u chex tilida «Buyuk didaktika» asarini yozdi. Didaktikani Komenskiy «hammani hamma narsaga o’rgatish san’ati» deb tushuntirdi.
Didaktika» atamasi ilk bor nemis pedagogi Volfgang Ratkening «Didaktika yoki ta’lim san’ati» (1613 -yil) deb nomlangan ma’ruzasida qo’llanilgan.

Didaktika pedagogikaning “Nima uchun o‘qitish kerak”, “Nimani o‘qitish kerak”, “Qanday o‘qitish kerak”, “Qanday hajmda o‘qitish kerak”, “Kimlarni o‘qitish kerak”, “Qaerda o‘qitish kerak”, “Nimadan foydalanib o‘qitish kerak” kabi savollariga javob izlaydi.
Umumiy didaktika o‘z navbatida ayrim fanlarga oid usullar bilan juda mustahkam bog‘langan bo‘lib, ularga oid ma’lumotlariga tayanib o‘qitishning umumiy qonuniyatlarini ochib beradi va ayni vaqtda har bir o‘quv fanini o‘qitish usullari uchun umumiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Download 81.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling