3-mavzu: elektron jadval muharriri. R e j a
Download 1.18 Mb.
|
3-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Boshlang’ich ma’lumotlar
3-MAVZU: ELEKTRON JADVAL MUHARRIRI. R E J A: Excel dasturini yuklash va unda ishni tugallash. Sarlavha satri. Menyu satri. Аsboblar paneli. Formulalar satri. Nomlar maydoni. Holat satri. Ishchi kitob oynasi elementlari. Joriy katak indikatori. Satr nomeri. Ustun sarlavhasi. Excel menyu bo’limlari tavsifi: Файл, Главная, Вставка, Разметка-страницы, формулы, Данные, Рецензирование, Вид, Power Point. Excel qiymatlar ustida amallar. Excelda formula va funksiyalar bilan ishlash formula berilishi. Boshlang’ich ma’lumotlar Excel Microsoft Office paketi tarkibidagi dastur bo’lib, u Windows operatsion tizimi boshqaruvida ma’lumotli elektron jadvallarni tayyorlash va qayta ishlashga mo’ljallangan. Excel da tayyorlangan har bir hujjat (ma’lumotli jadval) ixtiyoriy ism va .XLS kengaytmadan iborat fayl bo’ladi. Excel da odatda bunday fayl «Ish kitobi» (Workbook) deb yuritiladi. Microsoft Excel ning asosiy ish sohasi - bu «Ish kitobi» bo’lib, u bir yoki bir nechta ish Varaqlaridan iborat. Ish Varaqi buxgalter (hisobchi) kitobi kabi, sonlar, mantlar, arifmetik ifodalar, hisoblar va qator va ustunlarda joylashgan bo’ladi. Excel ning buxgalter kitobidan asosiy farg’i barcha hisob ishlarini uning o’zi bajaradi, lekin ma’lumotlarni kiritish foydalanuvchi zimmasida qoladi. Excel elektron jadvali 16384 qator (row) va 1048576 ustun (solumn) dan iborat. Qatorlar 1 dan 16384 gacha bo’lgan butun sonlar bilan tartiblangan, ustunlar esa lotin alifbosining bosh harflari (A, B ..., Z, AA, AB, ..., XFD ) bilan belgilangan. Qator va ustun kesishmasida elektron jadvalning asosiy tarkibiy elementi - yacheyka (cell) joylashgan. Har bir yacheykaga son, matn yoki formula tarzidagi ma’lumotlar kiritiladi. Ustun kengligini va qator balandligini o’zgartirish ham mumkin. Jadvalning tanlangan yacheykasiga o’tish uchun aniq manzil (adres) ko’rsatilishi kerak. U qator va ustun kesishmasida, masalan A1, B1, F 9, AB3 kabi ko’rsatiladi. Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling