3-mavzu. Er va xotinning huquq va majburiyatlari


Download 47 Kb.
bet1/4
Sana11.06.2022
Hajmi47 Kb.
#751444
  1   2   3   4
Bog'liq
3-Maruza matni (cut)
harakatlar strategiyadan test, amalijot kundaligi, 7 sinf 4, 2 5197215946363635091, dilavoz, T.S.R algdan mus, elektronika mustaqil ish-2 CAE006 41-variant Rasulov.R, arkhegonial simliklar jsinlar, 1-Topshiriq, xorijiy mamlakatlarda davlatning hududiy tuzulishi, 'public speech, ~$myo fanidan test topshiriqlari 2012, ~$myo fanidan test topshiriqlari 2012, Тарих, 1

3-MAVZU. ER VA XOTINNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
1.Er-xotinning shaxsiy-nomulkiy huquq va majburiyatlari.
2.Er- xotinning mulkiy munosabatlari.
3.Er-xotinning majburiyatlar bo‘yicha javobgarligi
4. Oila huquqida da’vo muddati.
1.Er-xotinning shaxsiy-nomulkiy huquq va majburiyatlari
Qonunda belgilangan qoidalarga binoan tuzilgan nikoh er va xotin uchun huquq va majburiyatlarni keltirib chiqaradi, boshqacha qilib aytganda er-xotin munosabatlari vujudga keladi.

Bunda xotin-qizlar siyosiy masalalarda erkaklar bilan teng huquqqa ega bo‘lganlaridek, oilada ham barcha shaxsiy va mulkiy masalalarda erkaklar bilan teng huquqlardan foydalanadilar va bab-baravar majburiyatlarga egadirlar.


Er-xotinning qayd etilgan nikohi natijasida vujudga kelgan huquq va majburiyatlari ikki xil — shaxsiy va mulkiy bo‘ladi.


Shaxsiy huquqlarning ko‘pi er-xotinning nikohi tufayli yuzaga keladigan huquqi kabi, nikohga o‘tgunga qadar ham ularga tegishli bo‘ladi.


Masalan, familiya tanlash huquqi, bolalar tarbiyasi va oila-turmush masalalarini hal qilish, mashg‘ulot turi, kasb va turarjoy tanlash huquqlari shular jumlasidandir.


Bunday holatlar ularning mehnat va fuqarolik huquqi muomala layoqatining elementi bo‘lib, oila huquqi sohasiga kirmaydi.


Er-xotinning har biriga tegishli bo‘lgan shaxsiy huquq va majburiyatlar faqat oila huquqi bilangina emas, balki huquqning boshqa sohalari bilan ham tartibga solinadi.


Fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmati O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 20-100-moddasiga muvofiq himoya qilinadi.




Oilada er va xotinning teng huquqliligi.

Er-xotin mulkiy huquqqa tegishli bo‘lmagan shaxsiy huquqlariga oid barcha masalalarni birgalikda hal qiladilar. Ular oilada hamma shaxsiy huquqlarda tengdirlar.


Amaldagi qonunlar turmushga chiqqan ayolni muomala layoqatini hech qanday cheklamaydi, uni eriga bo‘ysundirib, qaram qilib ham qo‘ymaydi.


Barcha huquqiy munosabatlarda er-xotin huquqning teng subyekti hisoblanib, ularga bab-baravar huquqlar beriladi va tegishli majburiyatlar ham yuklanadi.





Download 47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling