3-mavzu: etikaning asosiy kategoriyalari


Download 23.53 Kb.
Sana02.05.2020
Hajmi23.53 Kb.
#102820
Bog'liq
3-Etikaning asosiy kategoriyalari

3-MAVZU: ETIKANING ASOSIY KATEGORIYALARI

Reja


 

 

REJA



  1. Axloq kategoriyalarining mazmuni va moxiyati.

  2. Vijdon kategoriyasi va iymon tushunchasi.

  3. Sha’n va or-nomus kategoriyalarining jamiyat hayotidagi o’rni.
 O'zbek xalqi qadim-qadimdan yuksak ma’naviyat va madaniyatga ega xalqdir. Bu ma’naviyat salohiyatini butun jahon tan olgan va undan andozalar olib kelgan. Bunga tarixiy misollarimiz ham juda ko’p. II yarim ming yildan avval ham Samarqandu Buxoralar gullab yashnaganligi jaxon poytaxti darajasida bo’lganligini kim ham inkor eta oladi. Faqat bunday ma’naviyatga ega bo’lgan millatgina minglab yillar osha o’z saloxiyatini, obrusini saqlab qola biladi. Lekin sovet mustamlakasi davrida bu qadriyatlar vaxshiylarcha, makkorona yo’q qilib tashlanishga harakat qilindi. Chunki sovet tizimining asosiy maqsadi har bir millat ma’naviyati va tarixiy qadriyatlarini yo’q qilib tashlash, sovetlar qulligiga kunikuvchi, unga qarshi chika olmaydigan yangicha duragay millatni yaratish edi.

Sobik to’zim axloq qadamlari o’zib quyilganligiga, millat ma’naviyatiga ta’siri ana shunday xunuk natijalarga olib keladi.

Ma’naviyat yoshlar qoshida muayyan o’rin tutadi. Ma’naviyatni yoshlarimiz ongiga chuqurroq singdirish kerak, ular o’zlari yashab turgan zamonni, ona-Vatani tarixini chuqur bilsin. Xalqimiz orasida yetilib chiqqan, butun millatimizning faxri bo’lib dunyoga tanilayotgan ulug’ allomalar, mutafakkir va sarqardalarni yaxshi o’rganishi, boy tarixiy va madaniy obidalarimizni borib ko’rish orqali ularda vatanparvarlik tuyg’ularining urugini ekkan bo’lamiz.

Har bir fan o’z kategoriyalar sistemasiga ega bo’lgani singari etika fanining ham maxsus kategoriyalar sistemasi mavjuddir.

Kategoriya (lot) – hukm ta’rif ma’nosini anglatadi. Etika kategoriyalari jumlasiga: yaxshilik va yomonlik, burch, adolat, vijdon, sha’n va or-nomus kabilar kiradi.

Etika kategoriyalarining o’ziga xosligi shundan iboratki ularda fan sifatida etikaning amaliy asosini tashkil etuvchi aniqlik eng muhim tomonlari va elementlari umumlashtirilgan holda o’z ifodasini topadi. Etika kategoriyalari axloqiy munosabatlarning ob’ektiv qonuniyatlarini jamiyat axloqi hayotini hamma tomonlari va rang-barangligini aks ettiradi. Ularda kishilar xatti-harakatlari, qiliq va xulq atvorlari maqullanishi yoki qoralanishi o’z aksini topadi.

Axloq kategoriyalari o’z mazmuni jixatidan ob’ektivdir. Etika kategoriyalarining ko’pchiligi qutbiy, qarama-qarshi harakterga ega, chunonchi yaxshilik va yomonlik, adolat va adolatsizlik kabi. Har bir kategoriyaning o’ziga xos xususiyatlari bor va uning bilan jamiyat o’rtasidagi aloqaning ma’lum tomonlarini aks ettiradi, ilmiy bilimning turli pogonalarini ifodalaydi. Ba’zi bir kategoriyalar axloq sohasini nisbatan juda keng kamrab oladi va o’z mazmuniga ko’ra bir muncha umumiy hisoblanadi, boshqalari esa nisbatan tor kategoriyalar bo’lib, axloqiy munosabatlarni shaxsning ichki dunyosi orqali bir muncha yakqol aks ettiradi.

Yaxshilik va yomonlik axloqiy ongning birmuncha umumiy tushunchalariga mansub bo’lib, axloqlik va axloqsizlikning ma’nosi, mazmuni shuningdek farqi hamda qarama-qarshiligini yaxlit bir shaklda ifoda etadi.

Insonlar bu kategoriyalar yordamida tevarak atrofimizda, kundalik hayotimizda ruy berayotgan hamma xodisalarni baholaydilar hamda ma’no mazmuniga yetadilar.

Yaxshilik va yomonlik o’zaro munosabatli, ayni vaqtda kutbiy va bir-birini inkor etuvchi kategoriyalaridir. Agar yaxshilik kategoriyasida birmuncha ijobiy ya’ni axloqiy idealiga mos keladigan narsalar haqida tasavvurlar jamlanib, yomonlik tushunchasida kishilarning idealiga zid keladigan, baxtga erishishga, odamlar orasidagi munosabatlarda insoniylik o’zaro hurmat-izzatga tuskinlik qiluvchi tushunchalar va tasavvurlarni ifodalaydi. Axloq ulamosi insonlarning xulqlarini ikkiga bo’ladilar: nafis tarbiya topib, yaxshilik qilishga odatlangan yaxshi xulqli va yomonlikka tavsif qilib yomon xulqli deb ataganlar.

Insoniyatning axloqiy taraqqiyoti qandaydir tugal bo’lishi mumkin emas. Yaxshilik hamisha konkretdir va o’zining ziddi yomonliksiz bo’lmaydi.

Yomonlik hamisha ham bizga ko’rinavermaydi, ba’zan xatto yaxshilik nikobi ostida ham ruy berishi mumkin.

Uni fosh etish va unga qarshi kurashish garchi kiyin bo’lsada sharafli vazifadir. Yaxshilik stixiyali ravishda tantana qilmaydi. Yomonlikni yo’qotish ko’p kuch va ko’rbonlar talab qiladi. Faqat yomonlikka qarshi aktiv kurash olib borishgina kishilarning axloqiy o’zaro munosabatlarida yanada insonparvarrok pog’onalarga kutarilishiga yordam beradi. Yaxshilik va yomonlikning individual rivojlanishi manfaatlariga mos keladigan birmuncha yuksakrok, oliyjanobrok nisbatning vujudga kelishiga sabab bo’ladi.

Xalqimizning axloq andisha, sharmu xayo, halollik va pokizalik, inson qardu-qimmati to'g'risidagi tasavvurlarga zid bo’lgan Yevropa xalqlarining kuchayib borishi milliy inqiroz alomatlarining kuchayishiga olib keladi.

Shu sababli ma’naviy tubanlikning chuqurlashishiga G’arb mamlakatlarida keng tarqalgan bag’ritoshlik, qotillik, maishiy buzuqlik kabilar aks etgan filmlar, jurnallar, adabiyotlar ta’siri ham juda katta bo’ldi.

Milliy mustaqillik tufayli jamiyat hayotining barcha sohalarida asta-sekin amalga oshirilayotgan harakatlar tobora oydinroq ko’zga tashlanmoqda.

Donolar yaxshilik to'g'risida quyidagi fikrlarni, yaxshi xikmatlarni aytadilar: Yaxshilik yo’lidan yurdingmi, bu yo’ldan chiqma. Yaxshilik – issik, yomonlik – sovuq.

Inson hayoti yaxshilik zaminida yaratilgan. Kim yaxshilikka boshlasa uni do’stim deb bilgin.

El-yurt uchun yaxshilik qilish yaxshiliklarning gultoji hisoblanadi.

 Burch- axloqning asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi. Burch har bir kishining o’z vazifalarini to’liq bajarishi, odamlarga to'g'ri munosabatda bo’lish kabi fazilatlarni ifodalaydi. Burch – shaxsning jamiyatga bo’lgan munosabatlarida namoyon bo’ladi.

Aql-zakovat, tafakkur asosida ularga tayanib o’z burchini bajarish ma’naviyatining asosiy fazilatlaridan biridir.

Burch – shaxsning asosiy fazilatini ifodalovchi ma’suliyat, onglilik, vijdon kabi fazilatlar bilan chambarchas bog’likdir. Burch muqaddas narsa. Burchga sodiklik Vatanga sodiqlikdir.

O'zbekiston Prezidenti I.A.Karimov Sharof Rashidov tavalludining 75 yilligiga bagishlangan tantanali nutqida «SH.Rashidov o’z xalqi va Vatanga fidoyi farzand edi, u o’z xalqining ertasini va kelajagini hammadan ham ko’p o’ylardi» deb ta’kidlagan edi.

Bugungi kunda mustaqil O'zbekiston fuqarolarining burchi chinakam insoniy jamiyat ko’rish va ijtimoiy insonni tarbiyalash bo’lmogi kerak.

O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaisida fuqarolarning burchlariga aloxida to’xtalib o’tilgan. Uning 11-bobida barcha fuqarolarning konstitutsiyada belgilab qo’yilgan burchlarini bajarishga, qonunlarga rioya qilishga, boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari sha’ni va qard-qimmatni hurmat qilishga, O'zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy madaniy merosini avaylab asrashga, atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo’lishga, qonun bilan belgilangan soliklar va mahalliy yig’imlarni to’lashga majburlar va O'zbekiston Respublikasini himoya qilish – O'zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchidir.

Burch o’z-o’zidan shakllanmaydi, tarbiya jarayonida kamol topadi. Burchni tarbiyalash jarayonida o’z-o’ziga talabchanlik rivojlanadi. Xotin-qizlarga g’amxurlik qilish har bir erkak kishining burchidir.

 Vijdon – imonning o’z xalqini muayyan axloq normalari nuqtai nazaridan turib axloqiy baholash va nazorat qilish, o’z xatti-harakatlariga bog’lik bo’lgan his-tuyg’ularini, kechinmalarini tahlil qilishdir.

Insoniy madaniyat usishi bilan vijdon tushunchasi rivojlanib, boyib boradi.

Vijdon kategoriyasi boshqa kategoriyalar singari o’zining rivojlanish tarixida umuminsoniy ma’no elementlari bilan boyib boradi.

Unda ko’p jixatdan axloq, adolat va odamgarchilikning oddiy normalari o’z aksini topadi.

Vijdon – bu kishining kundalik faoliyati, qilmishi, fe’l atvori uchun oila, jamiyat, jamoa, Vatan oldida ma’naviy mas’uliyat his qilishdir. Shu yuksak axloqiy tushuncha shaxsiy ijobiy xatti-harakatlarga undab va shunga moyil qilib, o’z faoliyatiga o’zi baho berishga olib keladi. Vijdonli kishi nohaq, adolatsiz ishlardan g’azabga keladi, o’z faoliyatining yaxshi tomonlaridan kanoatlanib, xursand bo’lsa, yomon tomonlaridan norozi bo’lib, ruxan eziladi. Vijdon tugma hislat deguvchilar ham bor. Vijdon kishilarning yashab turgan sharoitiga, olgan ta’lim-tarbiyasiga bog’lik deb hisoblovchilar ham mavjud.Vijdon ko’p yoki oz bilimlikka, boy yoki kambag’al bo’lishlikka bog’lik emas.

Iymon arabcha so’z bo’lib, lug’oviy ma’nosi ishonchdir. Shariyatda esa payg’ambarimiz Muhammad (s.a.v) ollox taolo tomonidan keltirilgan barcha xabarlariga til bilan ikror etib, dil bilan tasdiqlashga iymon deyiladi, yani Qur’oni Karimda va Hadisi Shariflar orqali Allox to'g'risida, jannat va do’zax to'g'risida, qiyomat kabi g’aybiy narsalar to'g'risida berilgan xabarlarga ishonch iymondir.

Qalbida iymon bo’lmagan odam har qancha savodli ish qilsa ham unga savob yozilmaydi. Qisqacha qilib aytsak uch narsaning butunligidan iymon hosil bo’ladi.



E’tiqod, iqror va amal.
E’tiqod dinga ichdan chuqur ishonadi ; iqror –so’zda buni tan olish ; amal-yaxshi ishlar bilan isbotlash.

Alisher Navoiyning «Maxbub ul qo’lib» asarida ushbu satrlarni ukiymiz . «Vafosizda xayo yo’q, xayosizda vafo yo’q. Har kimda bu ikki yo’q iymon yo’q va har kimda iymon yo’q-ondin odamiylik kelmak imkoni yo’q» ya’ni iymonsiz odam emas.

Xalqimizda ilmiy so’zi keng qo’llanadi, juda nurli va utkir tushunchalarni bildiradi. Xalqimizda «Iymonsiz» deyishdan ortik haqorat bo’lmasa kerak. Bu haqorat zamirida xudoga ishonch etiqot yo’q, xudodan dindan qaytgan, daxriy ma’nolaridan tashqari vijdonsiz,vijdonpurush, yaramas, razil, diyonadsiz tushunchalari ham ifodalanadi.

Bizningcha zamondoshimiz bo’lishi iymonli odamni qisqacha shunday tasvirlash mumkin. Etikodli, o’zining aniq masalalarga ega, taqvodor, ximmatli, oriyatli, or-nomusli, sharm-xayoli, vijdonli, andishali, insofli va shu kabi fazilatlar soxibidir.

 Adolat so’zligi mazmunidan poklik, to'g'rilik, haqiqiy mujassamdir. Adolat bo’lgan joy gullab-yashnagan, xalq erkin bo’lgan adolat oyok osti qilingan joylari esa razolat kuyib surib, jamiyat tubanlikka yuz tutgan. Adolat bo’lmagan joydan norozilik, adolat, ziddiyat, qarama-qarshiligi paydo bo’lishi muqarrar. Musulmon kishi adolatli bo’lishi eng kerakli hislatlardan deb hisoblaydi. Ollox taolo bandalarini adolatga, yaxshilikka va qarindoshlariga gamxur va mexribon bo’lishiga buyuradi. Adolat dinimizda ardoklangan engulug’ hislatlardan biri. Bandasini yaratgan zaminni tolib unga buysunishlikni, uning Alloxga nisbatan qilgan adolatidir.

Agar uni tanimasa, bandalik qilmasa adolat mezonini qattiq bo’zgan bo’ladi.

Adolat Alloxni tanishda, kishilar o’rtasida hukm chiqarganda, oila farzand o’rtasida odillik bilan ish tutishida va boshqa ko’rinishlarda namoyon bo’ladi.

Insof iymon tuyg’usi, diyonat mezoni Amir Temur hayotining mazmunini tashkil etadi.

Olamning yarmiga jaxongir ersada ulug’ qudrat, zo’rlik-zo’ravonlikda emas, aksincha adolatda ekanligini anglagan.

Buyuk ajdodimiz Amir Temur aytganlaridek «Bir kunlik adolat yuz kunlik toat-ibodatdan afzaldir».

Adolatparvar insondagi utkir aql, sof muloxaza, toza kungil, oliyjanob va mard ekanini ko’rsatib turuvchi dalildir. Dunyoda adolatparvarlikdan ko’ra ko’rkamrok xulq va tabiat yo’q va undan ko’ra sharaflirok hislat va ikbol, ta’sirlirok naf qiluvchi narsani topish amri maxol.

Adolatli bo’lish so’zida turish, qat’iylik demakdir. Adolatli kishi soglom bo’ladi, xavf-xatar va qo’lfatdan uzoq bo’ladi.

Adolatli bo’lish-odobning ustuni, insoniylikning asosi hisoblanadi. Adolatli aytilgan so’z aytuvchiga ham, eshituvchiga ham manfaat yetkazadi.

Inson kamolotining fazilatlaridan hisoblangan adolat tushunchasi va adolat tuyg’usi Navoiy donishmandligining asosini tashkil etadi. Ongning mavjudligi adolatning mavjudligidir.

Navoiy tafakkur dunyosining bosh mezoni ham xuddi adolat bo’lgan.

Donolar xikmatiga amal qilgan yurtboshimiz I.A.Karimov adolat masalasini baland ko’tarib, undan o’z xalqini baxramand etmokda.

Uning munavvar yog’dularidan, adolat nuridan baxra topgan xalqimiz Vatan bog’ini obod qilib, tinch va osuda hayot kechirmokda.

Or-nomus va qard-qimmat boshida axloqiy kategoriyalar bilan bir qatorda shaxs bilan jamiyat o’rtasidagi munosabatlarni tartibga soladi, ishchilarning xulqiga ta’sir ko’rsatish vositasi bo’lib xizmat qiladi.

Or-nomus kategoriyasi ijodining jamiyatdagi o’z qimmatini anglashi hamda bu qimmatining jamiyat tomonidan tan olinishini ifodalaydi. Or-nomus axloqiy tushuncha sifatida ishchida shaxsiy ijtimoiy ahamiyati va ximmati hosil bo’ladigan fazilatlarning, ya’ni jamiyat. Baxt-saodati va uning taraqqiyoti uchun zarur bo’lgan fazilatlarning mavjudligini ko’rsatadi.

Or-nomus tushunchasi shaxsiy qard-qimmatni anglatishini o’z ichiga oladi. Bu axloqiy tushunchalar bir-biri bilan uzviy aloqada va ko’p jixatdan bir-biriga o’xshaydi.

Or – bu o’ziga nomunosib yoki ko’rilmagan ishdan, narsadan xijolat tortish, uyalish, uyat va nomus qilish tuyg’usidir. Bundan o’z o’rnida hozir qilish yoki bo’lmasa obru e’tibor, fikrlanish ma’nolarini ham bildirish mumkin. Oriyat – bu or-nomusdan tashqari izzat-nafs, qadr tuyg’usidir. Odatda oriyatli odamlar o’zlari va oilalarining izzat-nafslarini yuksak tutadilar va o’zgalarni ham qadrlay biladilar.

Nomus – bu iffat, bokiralik ma’nolaridan tashqari o’z mavqeini saqlash, ulug’lash va ardoklash, xijolat tortish tuyg’ularini, oila va ajdodlar sha’niga turmushini ma’nosini ham ifodalaydi. Odatda nomusli odam ma’naviy qadriyatni moddiy boylikka almashishni o’ziga ep ko’rmaydi.

1991 yil 1 sentyabrda o'zbek xalqiga baxt qo’lib boqdi. Xalqimiz uzoq asrlar davomida inqik bo’lib kutgan orzusi mustaqillikka erishdi. Istiklol tufayli urf-odatlarimiz, qadriyatlarimiz qayta tiklandi. Natijada farovonlik, osoyishtalik baxtiga erishdik. Bugungi kunda har bir O'zbekistonlik o’zini ona yurtining ajralmas bo’lagi deb his qiladi va undan faxrlanadi, ya’ni o’zini baxtli deb biladi. Baxtli bo’lish orzusida yashagan kishining qalbi pok bo’lishi, o’z nafsini tarbiyalash, yaxshi ishlarni bajarishni odat qilishi zarur.

Kishilar boshqalar bilan bo’lgan munosabatlari o’z muvaffaqiyatlariga erishganlarida, ijodiy ishlaridan mamnun bo’lganlarida o’zlarini baxtli sezadi.

Shuning uchun ham xalqimizda «Kishining baxti-bir bilagi», «Baxt yo’lda emas, qo’lda», «Baxtli odam izlama, baxt yo’lini izla» kabi maqollar mavjud.

Hamma narsa bo’la turib, obrusi bo’lmagan odam eng baxtsizdir. Kishi qalbidan joy olish eng ulug’ baxt. Baxtni sovg’a qilib bo’lmaydi.

Har bir kishi o’zini baxtli bo’lishini orzu qiladi. Ammo baxtli bo’lish hammaga ham nasib etavermaydi. Baxtli bo’lgan kishilar hayotiga nazar tashlang. Ularning ko’pchiligi mehnat bilan hurmat qozongan.

Hayotda oilani tinch – totuvligi, farzandlarining kamoli ham katta baxt. Shu bois har bir kishi uchun oila baxtdan ulug’ baxt bo’lmasa kerak. Abdulla Kaxxor baxt haqida shunday yozadi:»Baxtni birovlarning ostonasidan izlashning o’zi baxtsizlikning boisi»Baxtli kishi doim kuvnok yuradi. Uning aqli ilmi – baxt hammasidir.

 Axloqiy etikaviy muammolar qatorida yashashidan maqsad va hayotining ma’nosi haqidagi, insonning va vazifasi haqidagi, kishilar hayotining maxfiy sirlari va murakkabligi haqidagi masala markaziy o’rinlardan birini egallaydi. Hayotning ma’nosi muammosibuyicha hayot faoliyatning umumiy yo’nalishi to'g'risidagi masalalar. Hayot bemani bo’lmasligi uchun nima qilmay, qanday yashash kerak degan savolga javob izlash har bir kishining dikkat markazida bo’lib kelgan va turadi, axir kishi nimanidir o’zgartirish uchun va shu bilan birgalikda o’zini bunday o’zgartirishlarga qobil shaxs sifatida qaror topshirish uchun dunyoga kelgan.

Etika ishonch hayotini tan olgan holda faqatgina hayotini to'g'ri tushinishga kishiga ishonch bagishlaydi, uning xulqiga, yurish turishiga maqsad sari to'g'ri yo’nalish beradi deb hisoblaydi.

Hayotning haqiqiy ma’nosi «Yashashningn siri» jamiyat rivojlanishining yetilgan vazifalariga qoyib berishdan, ijodiy mehnatdan iboratdir.

Inson o’z hayotining oqilona asosini va vazifasini, o’z istikbollarni, butun afoliyatiga ko’ra bilimi anglashishi va utshinishi kerak. Agar maqsadni oshirish yo’lida inson birma – bir o’tib bo’lmas to’siqqa uchrasa, u o’z hayot ma’nosidan maxrum bo’lmasligi uchun umumiy hayotiy yo’liga muofiq keladigan boshqa olijanob maqsadlarni qanchalik olijanob, sakson bo’lsa hayotning ma’nosi shunchalik teran va ahamiyatlirok bo’ladi.



Birok inson hayotining ma’nosi faqat jamiyat baxt saodatga erishganligiga bog’lab qoyish yaramaydi, hayotning ma’nosi o’z – o’ziga xizmat qilishda ham, shaxsiy baxtga erishishda ham namoyon bo’ladi.
Download 23.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling