3-mavzu. Mantiqiy amallar


Download 80 Kb.
bet1/2
Sana10.02.2020
Hajmi80 Kb.
  1   2

3-mavzu. Mantiqiy amallar.

Mantiq — mantiqiy tafakkur shakli va qonunlari haqidagi fan. Mantiq fanining obyekti — tafakkur qonunlari, shakllari, uslublari va amallaridir. Mantiq fani u organadigan predmet sohasining turi boyicha ikki bolimdan iborat: formal mantiq va dialektik mantiq. Formal mantiq statik borliqqa, dialektik mantiq dinamik borliqqa oiddir. Formal mantiq ilmi asoslari eramizdan avvalgi IV asrda buyuk yunon olimi Arastu (Aristotel) tomonidan yaratilgan. IX asrda yashab otgan Markaziy Osiyolik alloma Abu Nasr Forobiy Arastuning umumiy formal mantiq tizimini uning boshqa asarlari asosida toldirib, oz zamonasi uchun eng muhim mantiq fanini shakllantirib bergan. yo rost, yo yolgon bolishi mumkin, qiymatlari ikkilik sanoq tizimiga xos fikrlar, ya’ni hukmlar ustida matematik tahlil va deduktiv fikrlashni (birinchi mavzuda ta’kidlab otilganidek) birinchi bolib XIX asrda ingliz matematigi (irlandiyalik) Jorj Bui qollagan. Bu Bui algebrasi deb ataluvchi mantiq algebrasi nazariyasi rivojlanishiga va oxir-oqibatda XX asr ortalarida elektron hisoblash mashinalarining yaratilishiga olib kelgan. Chunki zamonaviy kompyuterlar faqat 0 va 1 qiymatlarni tushunadi va shularga asoslanib mantiqiy bogliqlik asosida ishlaydi.

Mulohazalar sodda va murakkab bohshi mumkin. Biror shart yoki usul bilan boglanmagan hamda faqat bir holatni ifodalovchi mulohazalar sodda mulohazalar deyiladi. Sodda mulohazalar ustida amallar bajarib, murakkab mulohazalarni hosil qihsh mumkin. Odatda, murakkab mulohazalar sodda mulohazalardan “VA”, “YOKI” kabi boglovchilar, “EMAS” shaklidagi komakchilar yordamida tuziladi.

Mulohazalarni lotin alifbosi harflari bilan belgilash (masalan, A=“Bugun havo issiq”) qabul qilingan. Har bir mulohaza faqat ikkita: ‘‘rost” yoki ‘‘yolgon” mantiqiy qiymatga ega bolishi mumkin. Qulaylik uchun “rost” qiymatni 1 raqami bilan, “yolgon” qiymatni esa 0 raqami bilan belgilab olamiz.

Endi sodda mulohazalar ustida bajarilishi mumkin boigan ba’zi amallar bilan tanishamiz.

A va В sodda mulohazalar bir paytda rost bolgandagina rost boladigan yangi (murakkab) mulohazani hosil qilish amali mantiqiy ko‘paytirish amali deb ataladi.


A

В

А^В

1

1

1

1

0

0

0

1

0

0

0

0
Bu amalni konyunksiya (lot. conjunctio — bog’layman) deb ham atashadi. Mantiqiy kopaytirish amah ikki yoki undan ortiq sodda mulohazalarni “VA” boglovchisi bilan boglaydi hamda “A va B”, “A and В”, “А^В”, “A*В” kabi ko’rinishda yoziladi. Mantiqiy kopaytirishni ifodalaydigan quyidagi jadval rostlik jadvali deb ataladi:
A va В mulohazalaming kamida bittasi rost bo’lganda rost bo’ladigan yangi murakkab mulohazani hosil qilish amali mantiqiy qo‘shish amali deb ataladi.

Bu amalni dizyunksiya (lot. disjunctio — ajrataman) deb ham atashadi. Mantiqiy qoshish amali ikki yoki undan ortiq sodda mulohazalami “YOKI” bog’lovchisi bilan bog’laydi hamda “A yoki B”, “A or B”, “A v В”, “A + B” kabi korinishlarda yoziladi.

Mantiqiy qoshish amalining rostlik jadvali quyidagicha:


A

В

AvB

1

1

1

1

0

1

0

1

1

0

0

0

A mulohaza rost bolganda yolgon, yolgon bo’lganda esa rost qiymat oladigan mulohaza hosil qilish amali mantiqiy inkor amali deb ataladi.

Bu amalni inversiya (lot. inversio — tontaraman) deb ham atashadi Mantiqiy inkor amali “A EMAS”, “not A”, “¬A” ko’rinishlarda yoziladi. Mantiqiy inkor amalining rostlik jadvali quyidagicha:


A

1A

1

0

0

1

Korinib turibdiki, mantiqiy ozgaruvchilar, munosabatlar, mantiqiy amallar va qavslar yordamida mantiqiy ifodalar hosil qihsh mumkin ekan.

Mantiqiy ifodalarda mantiqiy amallar quyidagi tartibda bajariladi: inkor (¬), mantiqiy kopaytirish (^), mantiqiy qoshish (v).

Teng kuchli yoki bir xil amallar ketma-ketligi bajarilayotganda amallar chapdan ongga qarab tartib bilan bajariladi, ifodada qavslar ishtirok etganda dastlab qavslar ichidagi amallar bajariladi. Ichma-ich joylashgan qavslarda eng ichkaridagi qavs ichidagi amallar birinchi bajariladi.



Testlar
1. Quyidagi mantiqiy ifodaga teng kuchli ifodani aniqlang:

A) ¬A¬C¬B B) A ¬C¬B C) A ¬(CB) D) A¬(¬C¬B)
2.
Download 80 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling