3-mavzu: Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining tashkil topishi va uning tarixiy ahamiyati (2 soat). Reja


Download 48.96 Kb.
bet1/3
Sana11.11.2021
Hajmi48.96 Kb.
  1   2   3

3-mavzu: Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining tashkil topishi va uning tarixiy ahamiyati (2 soat).

Reja:

  1. Mustaqillik arafasida respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvol.

  2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqillikning e’lon qilinishi.

  3. Islom Karimov – Mustaqil O‘zbekistonning birinchi Prezidenti.


Tayanch tushunchalar:

Mustaqillik arafasida respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvol. O‘zlikni anglashga intilishning kuchayishi. Siyosiy tizimdagi o‘zgarishlar. Mustaqillikning e’lon qilinishi. O‘zbekiston Respublikasining tashkil etilishi. Mustaqillikning ilk davrida davlat suverenitetini mustahkamlash yo‘lidagi sa’y-harakatlar. Mustaqil O‘zbekiston davlatining yuzaga kelishi va mustahkamlanishida I.Karimovning tarixiy xizmatlari.
1. Islom Karimov respublikamiz rahbari sifatida ish boshlagan paytda (1989 yil 23 iyunь) o‘lkamizda uzoq yillar davomida hukm surgan kommunistik mafkura va faqat xom ashyo etkazib berishga asoslangan bir yoqlama iqtisodiy siyosat har bir sohada o‘zining halokatli salbiy ta’sirini keng miqyosda ko‘rsata boshlagan edi.

Bu davrning og‘ir va ayanchli ijtimoiy-siyosiy manzarasiga Islom Karimov shunday baho beradi:

“SHu narsa shak-shubhasiz va ochiq-oydindirki, respublika barcha asosiy iqtisodiy va ijtimoiy ko‘rsatgichlar bo‘yicha Ittifoqdagi o‘rtacha darajadan ham ancha orqada bo‘lib, mamlakatda oxirgi o‘rinlardan birida turibdi. Biz bu raqamlarni ilgari ham necha martalab aytganmiz, ammo bugun ularni yana bir bor idrok etmoq kerak. O‘zbekiston har kishi boshiga yalpi ijtimoiy maxsulot ishlab chiqarish bo‘yicha mamlakatda 12-o‘rinda turibdi, aholi jon boshiga milliy daromad ishlab chiqarish bo‘yicha ko‘rsatgich esa Ittifoqdagi o‘rtacha darajadan ikki hissa past.

Sanoatdagi mehnat unumdorligi jihatidan respublika mamlakatdan 40 foiz, qishloq ho‘jaligidagi mehnat unumdorligi jihatidan esa ikki barobar orqada qolmoqda. Respublikada aholi jon boshiga xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish o‘rtacha Ittifoq darajasining atigi 40 foizini tashkil etadi. Biz daromad darajasi, asosiy turdagi mahsulotlarni iste’mol qilish jihatidan ittifoqdosh respublikalar orasida eng oxirgi o‘rinlardan birida turibmiz.

O‘zbekiston aholisi o‘rta hisobda go‘sht mahsulotlarini, sut va sut mahsulotlarini, tuxumni, umuman mamlakat aholisiga nisbatan ikki barobar kam iste’mol qilmoqda. Oyiga o‘rta hisobda 75 so‘mdan kamroq yalpi daromad oladigan aholining ulushi mamlakatda 12 foizdan sal ko‘proq bo‘lsa, bizning respublikamizda 45 foizga boradi. Bir millionga yaqin kishi ijtimoiy ishlab chiqarishda o‘zining qo‘lidan keladigan ishni topa olmayapti.

Ijtimoiy infrastruktura tarmoqlari: sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi, maktabgacha bolalar muassasalari juda og‘ir ahvolga tushib qolgan. Maktab va kasalxonalarning 60 foizi nobop binolarda joylashtirilganini aytishning o‘zi kifoya. Juda o‘tkir iqtisodiy va ijtimoiy muammolar ro‘yxatini yana davom ettirish mumkin. Buni avvalo shundan ko‘rsa bo‘ladiki, insonning har tomonlama uyg‘un kamol topishi, uning shaxs sifatida ma’naviy rivojlanishi u yoqda tursin, ko‘pincha yashash uchun kerak bo‘lgan eng oddiy narsalar ham etishmayapti.

SHuning bilan birga, 1989 yilning o‘rtalarida KPSS Markaziy Komiteti, sovet xukumati tomonidan O‘zbekistonga nisbatan qatag‘on siyosati yangi bosqichda davom ettirilib, “paxta ishi”, “O‘zbeklar ishi” deb nom olgan siyosiy kampaniyalar avj olgan edi. Kommunistik partiyaning bosh nashri bo‘lgan “Pravda” gazetasining “Oltin xazinasi ustidagi ilon” deb nom olgan maqolasida, boshqa etakchi markaziy nashrlarda xalqimiz boshiga tinimsiz tuxmat va bo‘xtonlar yog‘dirilmoqda edi. Sobiq Markazdan yuborilgan, el-yurtimiz o‘rtasida “desantchilar” deb nom olgan guruxlar tomonidan qancha-qancha begunox insonlar, butun-butun oilalar tazyiq va ta’qiblarga uchraganini jamoatchiligimiz yaxshi eslaydi.

SHu davr mobaynida o‘lkamizda ro‘y bergan Farg‘ona, Guliston, Bo‘ka, O‘sh, Namangan voqealari paytida, tarixda “GKCHP” deb nom olgan, SSSR davlatining so‘nggi kunlarida bir gurux imperiyaparast kuchlar tomonidan amalga oshirilgan siyosiy to‘ntarish chog‘ida va boshqa shu kabi o‘ta keskin vaziyatlarda Islom Karimovning yakkayu yagona to‘g‘ri yo‘lni topa olgani, xalqimizning tinchligi va xavfsizligini ta’minlash uchun kechayu kunduz tinimsiz mashaqqatli faoliyat olib borganini tasdiqlaydigan tarixiy manbalar xam ushbu kitobda o‘z aksini topgan.

Mamlakatimizni jar yoqasiga olib kelib qo‘ygan og‘ir ijtimoiy-iqtisodiy axvolni o‘nglash, xalq dardiga darmon bo‘lish, yillar davomida echilmasdan kelgan muammolarni xal etish maqsadida axoliga uy-joy qurish uchun uchastka maydonlari va tomorqa erlari ajratish, paxta yakkaxokimligiga barham berish borasida davlatimiz raxbari tomonidan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Ana shunday chora-tadbirlar tufayli respublika bo‘yicha 700 mingta oilaga er berilgani, muallif ta’biri bilan aytganda, kichikroq bir davlatning axolisiga teng bo‘lgan 1,5 million yangi oila paydo bo‘lgani, qurilish materiallari ishlab chiqarish, odamlarga kredit berish, o‘z xo‘jaligini yuritish uchun urug‘lik, chorva mollari va parranda ajratishga qaratilgan ulkan ishlar xaqida ma’lumot beradigan chiqishlar xam shu to‘plamdan o‘rin olgan.

Mustaqillik g‘oyalari keng qanot yoza boshlagan, xalqimiz ozodlik va erkinlikka intilgan bir paytda YUrtimizning dadil qadamlarini ko‘rolmaydigan g‘arazli kuchlar sobiq Markazda xam, o‘zimizda xam topiladi. Bunday siyosiy o‘yin va fitnalarga bir misol sifatida 1991 yil 17-19 avgust kunlari – Islom Karimov Hindiston Respublikasida rasmiy safarda bo‘lgan paytda yuz bergan voqealarni keltirish mumkin. Mamlakat raxbarining O‘zbekistonda emasligidan foydalanib, yurtimizdagi ayrim raxbarlar GKCHP (Gosudarstvennaya komissiya po chrezvichaynim polojeniyam), ya’ni Favqulodda holat davlat komissisining noqonuniy qarorlarini qo‘llab-quvvatlaydi, shu tariqa o‘zining siyosiy va ma’naviy qiyofasini ko‘rsatadi. Faqatgina yurtboshimizning mustahkam irodasi, oqilona va vazmin siyosati tufayli GKCHP tarafdori bo‘lgan siyosiy avantyuristlar o‘z qabix niyatiga etolmagani xam kitobdagi chiqishlarda ifodasini topgan.

Afsuski, bugun vaqt o‘tishi bilan ana shu voqealarni ko‘rgan-bilgan, ularga bevosita guvox bo‘lgan odamlarning soni tobora kamayib bormoqda. YAqin tariximizning mash’um bir davrida sodir bo‘lgan bu voqealarni bilmasdan, ularning moxiyatini chuqur anglamasdan turib el-yurtimizning istiqlolga erishish yo‘lidagi kurashlar tarixini barcha murakkabliklari bilan to‘liq tasavvur etib bo‘lmaydi. SHu nuqtai nazardan qaraganda, mazkur kitobdan o‘rin olgan tarixiy xujjatlar, nutq va ma’ruzalarning bugungi va ertangi kunimiz uchun o‘ta muxim axamiyatga ega ekani yanada yaqqol ayon bo‘ladi.

2. Nihoyat, orziqib kutilgan qutlug‘ sana – 1991 yilning 31 avgust kuni etib keldi. O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining oltinchi sessiyasida Islom Karimov tantanali ravishda O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligini e’lon qildi. U o‘zining tom ma’nodagi tarixiy nutqida qo‘yidagi fikrlarni alohida ta’kidladi:

“Mamlakat katta falokat yoqasiga, jar yoqasiga kelib qolganini ko‘rib turibmiz. Xalq o‘zining ertangi kuniga ishonchini kundan kunga yo‘qotyapti. Odamlar o‘zlarining, oilasining, bola-chaqasining tinchligiga kafolat istaydi. To‘kis, xotirjam hayot talab qilyapti. Bu istaklar, bu talablar safsatabozlik va va’dabozlik ostida ko‘milib ketyapti.

Bizning xalqimiz sabr-bardosh, yaxshilik, osoyishtalik, boshqa xalqlarga nisbatan xayrixohlik ruhida tarbiyalangan. Bu xalq bugun bizdan himoya talab qilyapti, tinch-totuv hayot, og‘ir mehnatiga yarasha turmush sharoitlarini talab qilyapti. Bu – haqqoniy talabdir.

O‘zbekiston rahbariyati hech qachon, qanday ittifoq bo‘lmasin, kim bilan ittifoq bo‘lmasin, qanday sharoit bo‘lmasin, ikkinchi darajali rolga rozi bo‘lmaydi, bunga yo‘l ham qo‘ymaydi”.

Va nihoyat Mustaqillik ana shunday iztiroblar, qon yutishlar iskanjasida qolgan xalqimiz qalbiga nur, umidlariga qanot, dardlariga malham bo‘lib keldi. Mustaqillikning ma’naviy-ijtimoiy mazmuni, uning beqiyos mohiyati ana shunda. Mazkur xulosalarlan kelib chiqib Birinchi Prezident Islom Karimov: “Mustaqil o‘zbek davlati – xalqimizning tarixiy yutug‘idir. Xalqi yuz yillar mobaynida ozodlikni orzu qilgan O‘zbekiston chinakam mustaqillikni qo‘lga kiritib, gullab-yashnashi va faro- vonlikka erishishi, taraqqiy etgan demokratik davlatlar qatori xalqaro hamjamiyatda munosib o‘rinni egallashi – biz ko‘zlayotgan oliy maqsaddir”, deganida tom ma’noda butun xalqimizning orzu-umidini, maqsad va intilishlarini ifoda etgan edi.

Mustaqillikning mohiyati, uning tarixiy ahamiyati milliy uyg‘onish va milliy tiklanish jarayoni bilan bog‘liq. Xatqimiz millat sifatidagi beqiyos qadriyatlarini, asrlar mobaynida shakllangan ma’naviy-ruhiy boyliklarni qanchalik chuqur anglasa, milliy uyg‘onish hissi shunchalik kuchayadi. Qalbidan millat, vatan, ajdodlar oldidagi burch tuyg‘ulari qanchalik chuqur joy olgan bo‘lsa, o‘zligini anglashga, o‘z milliy qadriyatlarini tiklashga shunchalik ko‘proq ehtiyoj sezadi. Bunday odamlar kurashchanlik, tashabbuskorlik, o‘z-o‘zini, demakki, millatini va vatanini himoya qilish qudrati beqiyos bo‘ladi. SHuning uchun ham biz mustaqillik uchun kurashning butun mazmun-mohiyatini shaxs ma’naviy barkamolligi, uning har tomonlama etukligi bilan bog‘liq holda tushunmog‘imiz kerak. Ana shunda mustaqillikning taraqqiyot yo‘llari, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-madaniy, g‘oyaviy-axloqiy asoslari mustahkam bo‘ladi.

Milliy tiklanish, uyg‘onish hodisasi juda keng, murakkab tarixiy jarayondir. U xalqimiz hayotining hamma sohalarini qamrab oladi. Iqtisodiyot, siyosiy faoliyat, ma’naviyat, ilm-fan, til, tarix, urf-odatlar, hunarmandchilik, me’morchilik barcha-barchasini inson kamoloti bilan bevosita daxldor barcha masalalarni ham o‘z ichiga qamrab oladi.

Milliy tiklanishga birdaniga erishib bo‘lmaydi. Milliy tiklanish uzoq davom etadigan, ko‘p yillarni qamrab oladigan murakkab jarayon.

Biz ana shunday mashaqqatli va sharafli jarayonni boshdan kechirmoqdamiz. Butun O‘zbekiston – ulkan xonadonimiz ana shunday yangilanish va poklanish yo‘lidan bormoqda. Bizning ruhiyatimiz, tuyg‘ularimiz, eng nozik hissiyotlarimiz tiniqlashmoqaa, ravshanlashmoqda, turli changu g‘uborlardan tozalanmoqda.



3. O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin davlat bosh qaruvining yangi, zamonaviy va samarali tizimi shakllana boshlandi. Boshqaruvning Prezidentlik shakli mazkur tizim o‘zagini tashkil etdi.

1991 yil oxirida O‘zbekiston hayotida tom ma’noda ulkan tarixiy voqea sodir bo‘ldi. 29 dekabrda xalqimiz uzoq yillik mustamlakachilikdan so‘ng tom ma’nodagi mustaqillik ramzi sifatida birinchi bor umumxalq xohish irodasi bilan mustaqil O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini sayladi. O‘zbekistonning yangi tarixi shu sanadan boshlanadi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Bu tarixiy voqea juda katta mehnat, siyosiy faollik, milliy yaxlitlik, g‘oyalar va maqsadlar mushtarakligi mahsuli bo‘ldi. Bu sharafli ishni Markaziy saylov komissiyasi, 13 saylov okrugi va qariyb 7 mingta uchastka saylov komissiyasi amalga oshirdi. Asosiy vazifa O‘zbekiston Respublikasi referendumi to‘g‘risidagi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini saylash haqidagi qonunlar talablarini ogishmay amalga oshirish – bir tomondan millionlab fuqarolarga o‘z konstitutsion huquqidan foydalanishga, xohish-irodalarini erkin bildirishga, ikkin- chi tomondan prezidentlikka nomzodlarga ularning saylovoldi kurashida teng sharoit yaratib berishdan iborat edi.

Referendum va saylovga tayyorgarlik jarayonida Markaziy saylov komissiyasi eng avvalo saylovga doir barcha hujjatlarni markazlashtirilgan holda tayyorlash va joylarga o‘z vaqtida etkazish choralarini ko‘rdi. Bu vazifa muvaffaqiyatli hal etildi. Xususan referendum va Prezident sayloviga doir byulletenlar barcha saylovchilarga etadigan miqdorda – o‘n bir million nusxada qilib chop etildi.

Prezidentlikka nomzodlar har birining saylovoldi dasturlari aks ettirilgan 301 ming nusxadan iborat plakat, nomzodlar har birining 40 ming nusxadan saylovchilarga murojaatnomalari chop etildi.

Markaziy saylov komissiyasi saylovoldi kompaniyasida nomzodlar uchun teng sharoit yaratish, ularga o‘z saylovoldi dasturlarini ommaviy axborot vositalarida e’lon qilishga bir xil imkon yaratish masalalariga Prezident saylovi haqidagi qonun talablaridan kelib chiqqan holda alohida e’tibor berdi.

Umumxalq Prezident saylovlari mamlakat tarixida ilk bor o‘tayotganini, saylovchilarimizda hali etarli tajriba va ko‘nikma yo‘qligini inobatga olib, bu tadbirni uyushqoqlik bilan ko‘tarinki ruhda o‘tkazish maqsadida faollar keng ko‘lamda jalb qilindi. Saylov komissiyalari ishida 75 mingdan ziyod kishi qatnashdi. Saylov komissiyalariga yordam tariqasida Oliy kengash va mahalliy kengashlar deputatlari keng faoliyat ko‘rsatishdi.

O‘zbekiston Respublikasi saylovlari muqobillik asosida o‘tdi. Oliy lavozimga ikki nomzod – O‘zbekiston XDP va O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi nomzodi I.A.Karimov va “Erk” Demokratik partiyasi vakili Saloy Madaminov (Muhammad Solih) nomzodi qo‘yildi.

Saylovlar yakuniga ko‘ra 8 million 514 ming 136 ovoz yoki ovoz berishda qatnashganlarning 86 foizi Islom Karimov nomzodini, 1 million 220 ming 474 saylovchi (12,3%) Saloy Madaminov nomzodini yoqlab ovoz berdi.

Markaziy saylov komissiyasi okrug komissiyalari majlis bayonlarini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risidagi qonunning 35-moddasiga asosan Islom Abdug‘anievich Karimovni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylangan deb hisoblashga qaror qildi. SHuni alohida ta’kidlash joizki, respublikaning barcha hududlarida saylov uyushqoqlik bilan, qonunlarga qat’iy amal qilingani holda saylovchilarning yuksak faolligida o‘tdi. Saylov puxta tashkil etilgani, sayloalarning o‘tkazilishi va uning natijalarini hisoblab chiqish qonun asosida adolatli tashkil etilgani MDH mamlakatlari, shuningdek AQSH, Turkiya va Malayziyadan hamda bir qator xalqaro tashkilotlardan kelgan betaraf kuzatuvchilar tomonidan e’tirof etildi.

Saylovlar natijalari o‘zbek xalqining mustaqil taraqqiyot va rivojlanishning yutuqlarini I.A.Karimov shaxsi. uning dono siyosati, tashabbuskorligi va fidoyiligi bilan bog‘lashining yaqqol dalili edi.


Download 48.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling