3-Mavzu: Numizmatika fani shakllanishi va taraqqiyoti. G’arb va Sharq mamlakatlari numizmatikasi. Reja


Download 95.5 Kb.
bet1/28
Sana05.01.2022
Hajmi95.5 Kb.
#230616
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
Numizmatika 2dc75692e96c26f94c5205a82c7902dc


3-Mavzu: Numizmatika fani shakllanishi va taraqqiyoti. G’arb va Sharq mamlakatlari numizmatikasi.
REJA.

  1. Numizmatika fani, uning maqsadi va vazifalari.

  2. Tangalar paydo bo‘lguncha ayriboshlash vositasi bo‘lib xizmat qilgan narsalar. Tovar ayirboshlashning vujudga kelishi.

  3. G’arb mamlakatlarida numizmatika.

  4. Sharq mamlakatlari numizmatikasi


Numizmatika fani, uning maqsadi va vazifalari.

Numizmatika - tangalar xaqidagi fandir. U lotincha “numisma sо‘zidan olingan bо‘lib, tanga ma’nosini bildiradi. Numizmatlar tangalardagi rasmlar (tip), yozuvlar (izoh), ularning og‘irligi, о‘lchami, metall sifati, kim tomonidan zarb etilganligi, qachon va qayerda muomalada bо‘lganligi kabilarni о‘rganadilar. Numizmatik izlanish asosida tangalardan tarix va madaniyatga oid bо‘lgan ma’lumotlarni aniqlash mumkin. Qog‘oz pullarni bonistika о‘rganadi.

Tanga - bu belgilangan normadagi metall quymasi. U о‘zining og‘irligi, qiymatiga, sifat tarkibiga ega bо‘lgan qonuniy muomala vositasi hisoblanadi.

Pul, qiymat о‘lchovi, muomala vositasi, xazina tо‘plash, tо‘lov vositasi, jahon puli vazifalarini bajaradi. Tangalar fanning turli sohalari, jumladan tarix, arxeologiya, siyosiy iqtisod, tilshunoslik san’atshunoslikka oid masalalarni hal etishga yordam beradi.

Insoniyat tarixi va madaniyatini о‘rganishda tangalarning ahamiyati katta. Xususan, tarix, siyosat, iqtisod, san’atshunoslik, mafkura, til, me’morchilik, savdo, xalqaro aloqalar bilan bog‘liq bо‘lgan muammolarni yechishda muhim rol о‘ynaydi. Tangalar bо‘lib о‘tgan tarixiy voqealarning sanasi, shohlar hukmronligi, davlat chegaralari, kiyimlarini о‘rganishda ham katta ahamiyatga ega. Qо‘lyozmalar asrlar davomida boshqalar tomonidan о‘zgartirilar, qayta kо‘chirib yozilar, ayrim sо‘zlarning ma’nosi aslidan uzoqlashib ketardi. Tangalardagi zarb etilgan yozuvlar esa qanday bо‘lsa shundayligicha saqlanib qolaveradi.

“Numizmatika” termini о‘rta asrlarda paydo bо‘lgan. Bugungi kunda “numizmatika” tushunchasi tanga va medallarni kolleksiyalash hamda ularni о‘rganuvchi fanni о‘z ichiga oladi. Yevropada qadimgi tanga pullarga qiziqish uyg‘onish davrida boshlangan. Dastavval ularga estetik nuqtai – nazardan qaralgan va mashhur tanga kolleksionerlari bо‘lgan. Ayniqsa XIV-XV asrlarda uyg‘onish davri mamlakati bо‘lgan Italiyada qadimgi Rim tangalarini mashhur italyan shoiri Petrarka (1304-1374) tо‘plagan. Florensiyalik Kozimo Medichi (1389-1464) va boshq. Birinchi numizmat paduyalik Djovanni Kavini (1499-1570) bо‘lib, uning kolleksiyasida kо‘plab qadimgi davr tangalari bо‘lgan.

1517 yilda Rimda Andreo Fulvioning “Izobrajeniya znamenitix lyudey” (“Mashhur shaxslarning tasviri”), 1553 yilda Lionda Gilyom Rullning “Begliy obzor monet naiboleye znamenitix lits, sushestvovavshix s sotvoreniya mira, s kratkim opisaniyem ix jizni i deyaniy, zaimstvovannim u klassikov” (Dunyo yaratilgandan buyon yashagan taniqli kishilarning tangalardagi hayoti va faoliyati haqida qisqacha ma’lumot)asari bо‘lib, u tarixiy shaxslar, ya’ni Rim hukmdorlarining tasvirlariga qiziqqan xolos. Lekin ulardan hech biri tangalarni о‘rganishga ilmiy nuqtai nazardan yondashmagan. Vaqt о‘tishi bilan numizmatika predmetlarini tо‘plash ishi keng urf bо‘lgan. XVI asr о‘rtalarida mansabdorlarning saroy va qasrlarida 950 ta maxsus kabinetlar bо‘lgan (Myuns kabinet). Kolleksiyalar bilan ishlash uchun maxsus xizmatchilar yollangan. XVI asrda birinchi numizmatikaga oid yozma ishlar paydo bо‘lgan. (Bu asarlarda afsonalar, fantastik fikrlar kuchli bо‘lgan).

Kolleksiya tо‘plash mazkur fanning rivojiga turtki bо‘ldi. G‘arbiy Yevropa hukmdorlari, san’at ahli tangalarni boylik sifatida tо‘plashlari natijasida kolletsionerlarda turli mamlakatlar tangalari yig‘ilib bordi. Tangalarni yig‘ish XIV asrlardan boshlab avj olib, asta sekin odat tusiga kirdi. Qirol va imperatorlar qimmatbaho tangalarni davlat xazinasidan ajratib olib, maxsus tangalarni saqlovchi xonalar tashkil qilarkanlar, ularni о‘rganish va tartib berish uchun olimlarni jalb etganlar. Kolleksionerlarni XIV-XVI asrlarda hukmdorlar qiyofasi va tarjimai holi qiziqtirgan bо‘lsa, XVIII asrda fanni ilmiy nuqtai nazardan rivojlantirish katta ahamiyat kasb etdi va numizmatika bilan ilmiy shug‘ullanuvchi mutaxassislar “numizmatlar” paydo bо‘ldilar. Vaqt о‘tishi va material tо‘planishi bilan numizmatik bilimlar ham kuchaygan. 1749-1769 yillarda chaqa pullarning kо‘p tomli katalogi Leypsigda I.F.Ioaxim va I.G.Byome tomonidan nashr qilingan. Bu katologdagi chaqalar ularning о‘zlaridagi ma’lumotga qarab о‘qilgan. XIV asr mobaynida numizmatikani о‘qitish Yevropaning boshqa bir qator universitetlarida ham joriy qilingan edi.

Avstriyaning Vena shahrida imperator Maksimilian I saroyida, Parijda qirol Genrix IV va Lyudovik XIV ning kabinetida qirollarning medallari tо‘plangan. XVIII asrda Britaniya muzeyida tangalarning yirik kolleksiyasi yig‘ilgan.

Peterburgda Pyotr I muzeyga asos solgan (u XVIII asrda Kunstkamera deb atalgan). Unda tangalardan tashqari medallarning ham katta kolleksiyasi saqlangan. Keyin bu kolleksiyalar Ermitajga berildi. Hozirgi kunda Ermitaj tangalar kolleksiyasi bо‘yicha Yevropada birinchi о‘rinda turadi. Yevropaning beshta - Parij, London, Peterburg, Vena, va Berlin shaharlarida qadimgi tangalarning yirik kolleksiyalari jamlangan.




Download 95.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling