3-mavzu. O’rta asrlar tarix falsafasi Reja


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
Sana21.01.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1107431
Bog'liq
3-mavzu. O’rta asrlar tarix falsafasi
kiber-javoblar, , 9-sinf-tarih-1-4-chorak, Xojeli rayoni xBB g, 2 5303167296292786030, Ashurov Sayfulla XX аср бошида Германиянинг ижтимоий-иқтисодий ва сиёсий ривожланиши, 9-sinf-tarih, kurak suyagi, javohir matkarimov, javohir matkarimov(1), гетероциклик бирикмалар, ApplicationFile, ApplicationFile, 8-9-sinf Kasb tanlash va temperament testi, 1-QISM (1)


3-mavzu. O’rta asrlar tarix falsafasi 
Reja: 
1. Avgustin va uning ta’limotida xristian dining tasiri
2. Avgustin asarlarida ikki – ilohiy va dunyoviy shaharlar mohiyatining 
tahlili
3. Tarixiy manbalarning o’ziga xos xususiyatlari
4. Sh.A.Yazdiyning “Zafarnoma”si tarixiy manba sifatida
5. Klavixo va uning “kundaligi”
6. Ravzat us – Safo – poklik bog’i
Tayanch iboralar: 
Xristian dunyoqarashining ta’siri. Avliyo Avgustin – “Xudo shahri to’g’risida”. 
(“Ilohiy shahar to’g’risida”). Ilohiy olam va inson dunyosi. Muqaddas tarix va 
dunyoviy tarix. “Ikki shahar” to’g’risida ta’limot. Vaqt haqida tasavvur. Taraqqiyot 
g’oyasi. Xristian tarixshunosligining tavsifiy xislatlari. Dunyo va insonning o’rta 
asrlardagi tushunchalari (ko’rinishlari). O’rta asr kosmosi. Abadiyat va vaqt 
to’g’risidagi o’rta asr tushunchalari. Jamiyat va shaxs. O’rta asrlarda fikrlashhning 
ramziyligi. O’rta asr tarixi teologiyasida taraqqiyot g’oyasi. O’rta asr tarixiy 
bilimlarning tuzilishi. O’rta asr tarixshunosligining tavsifiy xislatlari.
Asosiy va qo’shimcha adabiyotlar; 
1. Blok M. “Апология истории или ремесло историка”. – M., 1986. 
2. Falsafa. Entsiklopedik lug’at. O’zR FА, I. Mo’minov nomidagi falsafa va 
huquq inti. –T.: 
3. ―O’zbekiston milliy entsiklopediyasi‖ Davlat ilmiy nashriyoti, 2010. 
4. Jahon falsafasi tarixidan lavhalar. –T.: Faylasuflar milliy jamiyati nashriyoti, 
2004. 
5. G’arb falsafasi. –T.: O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2004. 
6. Skirbekk G. Falsafa tarixi. Oliy o’quv yurt. uchun qo’ll. / Rus 
tilidan tarj.: V. Kuznetsov. –T.: Sharq, 2002. 
7. Falsafa qomusiy lug’at. –T.: Sharq nashriyoti matbaa nashriyoti, 2004. 
8. Jo’raev N. Ibn Xaldunning tarix falsafasi. Muloqot jurnali. 2006, 3-4-sonlar. 
9. Beruniy. Tanlangan asarlar. – T., Fan, 1968. 
10. Komilov N., Yoqubov А. Markaziy Osiyo xalqlari tafakkuri rivojida 
tasavvufning o’rni. – T., Аkademiya, 2005. 
11. Ubaydullaev R. Bekmurodov M., ―Аsrlar qaridan kelayotgan sado‖. Аl-
Moturidiy ta‘limoti va uning X-XII asrlarda Movarounnahr madaniyatida 
tutgan o’rni. Ma‘ruzalar to’plami. – T.: O’zFА, 1999. 
12. Xayrulaev M. Sharqning mashhur mutafakkiri. Аbu Nasr Forobiy. ―Fozil 
odamlar shahri‖. – T.: А. Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti. 1993. 
13. Qur‘oni karim. – T.: Toshkent Islom universiteti nashriyoti, 2001 


Rim imperiyasi parchalanib, uning o’rnida o’rta asr G’arbiy Yevropa 
sivilizatsiyasi yuzaga kelgunga qadar o’ziga xos o’tish davri sodir bo’ldi. O’tish 
davrida yangi sivilizatsiya manaviyati va mafkurasi asoslari shakllandi. Eski 
dunyoning majusiy manaviyati uning dunyoqarashi va tafakkur tarzi Rim imperiyasi 
tanazzulga uchragan vaqtda mavjud bo’lgan ijtimoiy mafkuraviy va axloqiy muhitga 
zid kelganligi uchun turli elatlar va etnik guruhlardan tashkil topgan fuqarolar va 
qullarning manaviy madaniyatining yani sivilizatsiya kurtaklari bo’lgan xristian 
manaviyati, dunyoqarashi va falsafasiga o’z o’rnini bo’shatib berishi davr taqozosi 
bo’lishi bilan birgalikda uning shakllanishiga majusiy madaniyat va manaviyat 
ananalari qattiq qarshilik ko’rsatadi. Rim imperatorlari bu kurashda ijtimoiy siyosiy 
va manaviy – tashkiliy taqib qilish usullarini qo’lladilar. Sharqdan kelgan dinlarning 
tarqalishi imperiyaning o’zida turli bidatchi diniy yo’nalishlarning faoliyat 
ko’rsatishi manaviy va mafkuraviy vaziyatni yanada murakkablashtirdi. Mana 
shunday sharoitda xristianlik inson va jamiyatni manaviy poklikka, ruhiy kamolotga 
olib boradigan ta‘limot ekanligini asoslash shu ta‘limotni himoya qilish, yani 
apologik (yun. Opologia – biron narsani yoki kimsani himoya qilish) tadbir ko’rish 
ehtiyoji tug’ildi. IIva III asrda xristianlik tarixida apologetika yoki apologetlar davri 
vujudga keldi. Apologetika so’zining lug’aviy manosi himoya qiluvchi demakdir. 
Yani xristian diniy aqidalarini turli hujumlardan himoya qilishdir. Apologetlar 
davlatining xristianlikka nisbatan dushmanligini bartaraf qilishga intilishi bilan 
birgalikda o’zlarining asarida xristianlik ta‘limotini asrashga qolaversa, Rim 
saltanatini oqlab bo’lmasligini ko’rsatishga harakat qildilar. Afinada Misrlik oilada 
tug’ilgan Kliment xristian falsafasini ishlab chiqishga harakat qilgan apologetlardan 
biridir. U platonizm va stoitsizmni chuqur o’rgangan, xristianlikni qabul qilganidan 
keyin ham falsafaga nisbatan hurmatini saqlagan. Uning fikricha yunon falsafasini 
xristianlik bilan shunday sog’lomlashtirish kerakki, undagi har bir odam xristian 
falsafasini qimmatini ko’ra olsin va yana shuni takidlaydiki, falsafa xristianlikka, 
xususan ilohiyot ilmiga muqaddima bo’lishi mumkin, xolos. Falsafani xristian 
etiqodiga nisbatan muqaddima ekanligi, deydi. Kliment, Iso Masihning o’zi 
tomonidan belgilangan insonlarni qutqarish uchun tanada mujassamlanib kelguniga 
qodir Iso Masih yahudiylarga qonun va ellinlarga falsafa berdi. Shu bilan xristian 
olamini qutqaruv ishiga tayyorladi. Xristian diniy-falsafiy taraqqiyotining yanada 
rivojlanishi bosqichi III-V asrlarga to’g’ri keldi. Bu davrda rivojlangan patristikada 
(patristikaning lug’aviy manosi ota ni anglatib, bu nom ko’pincha hurmat manosida 
harbiy episkoplarga berilgan) o’zgacha g’oyaviy va mafkuraviy vazifalar turgan edi. 
Patristika davrida xristian ilohiyotini tartiblashga harakat qilgan cherkov otalari 
tomonidan ikki sobor Ilkiy (325 –-yil) va xalqidan (451--yil) oralig’ida birinchi 
muhim asarlar yozildi. Sharqda ulardan biri Ioan Zlotust (347-407) dir. G’arbda esa 
cherkovning eng yirik otasi Avreliy Avgustin bo’lib, muqaddas (Blajenniy) deb nom 
olgan edi (354 – 430). Avgustin va uning ta’limotida xristian dining tasiri. Avgustin 
shimoliy Afrikada joylashgan Numidiya viloyatining Tagosta shahrida rimlik 
amaldor oilasida tug’ilgan. Otasi majusiy bo’lib, onasi xristianlikni qabul qilgan. U 


lotin tilini puxta egallaydi. Avgustin adabiy merosini 100 ga yaqin kitob, 500 
vaznasi – xat 200 noma tashkil qiladi. Uning tarkibidan Akademiklarga qarshi
(386), Baxtli hayot haqida (386), tartib haqida (386) Monologlar Jon manguligi 
haqida (387-389) O’qituvchi haqida (388-389), to’g’ri din haqida (390), Erkin 
iroda haqida (388-395), Tavba (401), Tazarru ilohiy shahar haqida (413-426) 
kabi asarlar joy olgan. Avgustin xristian ilohiyotchilaridan biri sifatida G’arbiy 
Yevropa o’rta asr manaviy – diniy hayotiga katta tasir ko’rsatdi. U antik falsafaga 
yangicha talqin berdi. XIII asrga qadar ijtimoiy tafakkurning asosi hisoblangan 
diniy- falsafiy ta‘limotni ishlab chiqdi. Shuningdek xristian tarix falsafasiga asos 
soldi. Avgustin falsafasi xristian diniy ta‘limoti va qadimgi ta‘limotlarni taqqoslash 
mahsulidir. Avgustin uchun aniq davr falsafiy doktarinalaridan Platon ta‘limotini 
asosan neoplatonchilar talqini orqali o’rgangan. Avgustin ta‘limoti o’rta asr 
tafakkurini belgilochi manaviy omilga aylanib, butun G’arbiy Yevropa xristianlik 
ta‘limotiga katta tasir ko’rsatadi. O’rta asr patristika vakillaridan birortasi Avgustin 
darajasiga ko’tarila olmagan. U uning izdoshlari diniy falsafada xudoni va ilohiy 
muhabbatni anglash inson ruhining asosiy maqsadi, yagona hayot qadriyati, deb 
bilganlar. U sana‘tga madaniyat va tabiiy fanlarga nihoyatda etibor bergan. Avgustin 
o’z falsafasining xristian asosiga katta ahamiyat bilan qaragan uning falsafasi 
Geotsentrik ruhda, yani xudo falsafiy tafakkur markazidir. Xudo birlamchi va 
boshlang’ich printsipdan kelib chiqib, u jon tanadan iroda va sezgi aqldan ustun, deb 
ta‘kidlaydi. Xudo bilish sababchisi hamdir, xudo inson ruhiga tafakkuriga nur 
kiritadi, odamlarga haqiqatni tanishda yordam beradi. Xudoga intilish inson uchun 
tabbiy va faqat u tufayli kishi baxtga erishishi mumkin. Shunday qilib, Avgustin 
falsafada ilohiyot uchun katta yo’l ochib beradi. Avgustinning butun falsafasi 
yagona mutlaq va mukammal xudo haqidagi ta‘limotda mujassamlashgan. Dunyo 
ilohiy yaratish kabi ahamiyatga ega emas, u faqat sharpadir, xudosiz hech narsa 
qilish ham, hech narsa bilish ham mumkin emas. Avgustin ta‘limotiga, xudoning 
erkin faoliyatining mahsuli bo’lgan olam aqli yaratilgan xudo uni o’z shaxsiy 
g’oyasi bilan yaratgan. Xristian platonizmi – Platonning g’oyalar haqidagi 
ta‘limotning Avgustinga talqini (varianti)dir. Avgustin ta‘limotiga, xudoga real 
dunyoning ideal timsoli yashiringan. Avgustin falsafasida yaxshilik va yomonlik 
ular o’rtasida farq masalasi muhim masalalaridan biri edi. Uningcha bir tomondan 
yani xudo tomonidan yaratilgan dunyo yaxshilik bo’lmasligi mumkin emas. Ikkinchi 
tomondan yomonlikning mavjudligi shubhasizdir. Shuning uchun Avgustin 
takidlaydiki yomonlik tabiatiga xos emas, u erkin ijodning mahsulidir. Xudo 
dunyoni yaxshilik manbai qilib yaratgan lekin yovuz iroda zaharlangan. Bundan o’z 
navbatida boshqa bir xulosa chiqariladi. Yomonlik yaxshilikka mutlaq ravishda 
qarama – qarshi emas, u faqat yaxshilikning noqis tomoni, Mutlaq yomonlik yo’q, 
mutlaq yaxshilik bor. Avgustin dunyoda yomonlik mavjudligini inkor qilmaydi, 
lekin uni faqat yaxshiligi yo’qligidan deb hisoblaydi. Yaxshilik va yomonlik 
masalasi Avgustin axloqiy ta‘limotida ham muhim o’rinni egallaydi. Uningcha 
yomonlik odamlardan kelib chiqadi, xudo mehribonligining mahsulidir. Inson 


yomonlik uchun javob beradi, yaxshilik uchun emas. Avgustin asarlarida ikki – 
ilohiy va dunyoviy shaharlar mohiyatining tahlili. Avgustinning yirik apologetik 
asarlaridan biri Ilohiy saltanat haqida risolasidir. 410 –-yilda Alarix tomonidan 
Rimning xonavayron qilinishidan vahimaga tushgan odamlar, bu falokat 
rimliklarning eski dinlaridan voz kechib, xristianlikni qabul qilganliklari uchun yuz 
berdi, deb hisobladilar. Avgustin o’z do’sti Markellinning iltimosi bilan bunday 
qarashlarga zarba bermoqchi bo’ldi. U takidlaydiki, davlatning ravnaqi eski 
ko’pxudolik dini tufayli bo’lmagan, chunki rimliklar xristianlikni qabul qilganlarida 
ham mag’lubiyatlar uchun abadiy farovonlikka erishish uchun Rim xudolariga 
sig’inishi zarur bo’lmagan. Avgustin fikricha mushriklar xudolari hayotda ham 
manaviyatda ham hech qanday yordam berolmaydi. Xristianlik esa rimliklar 
foydalangan hamma moddiy boyliklarni berishi mumkin. Avgustining bu asarida 
tarix falsafasi o’ziga xos ishlab chiqilgan. Unda Avgustin ikki ilohiy va dunyoviy 
shahar mohiyatini tashkil qiladi. xudo shahri xudoga muhabbat bilan o’zaro 
birlashgan odamlardan iborat. Dunyovi shaharda o’z–o’ziga muhabbat qo’ygan o’z 
sharafi va forovonligiga intiluvchi jonzotlar yashaydi. Shunday qilib bu shaharlar 
muhabbatning turlari bilan bir – biridan farqlanuvchilariga bo’lingan. Shaharlar 
haqida gapirganda, Avgustin Rim imperiyasini nazarda tutmaydi. Uning qarashlari 
universal xarakterda bo’lib, o’sha paytda keng tarqalgan. Tarix qaytarilishlar (tsikl) 
bilan rivojlanadi degan qarashlarga qarshi qaratilgan edi. Avgustin ikki shahar 
o’sishi va ravnaqini tahlil qiladi hamda ularning taqdiri haqida bashorat qiladi. 
Qiyomatdan keyin ilohiy shahar aholisi umumiy baxtga erishadi, dunyoviy shahar 
aholisi esa abadiy jazoga lekin Avgustin takidlaydiki, bu shaharlar o’rtasidagi ikki 
xil holat vaqtga, zaruriy emas va u xudo irodasi bilan tugatiladi. Avgustin fikricha, 
yunon tarixchilari ham insoniyat rivojiga bo’lgan qarashlarida buni anglab 
etmaganlar. Xudo tarix ustida hukmronlik qiladi, unga bo’ysunmaydi (keyinchalik 
buni Gegel ham aytgan edi) Tarix qaytariqlar bilan emas, to’g’ri chiziq bo’ylab 
rivojlanadi. Xudo yaratganga qadar o’z ongida ma‘lum vaqtda amalga oshirgan 
rejaga ega bo’lgan. Bu rejada ikki shahar o’rtasida kurash mavjudligi ko’zda 
tutilgan, oqibatda bu reja tarixiy rivojlanish chegarasidan tashqarida g’ayritabbiy 
kuchning aralashuvida amalga oshadi Avgustin tarixda hamma odamlarning
umumiyligi va Yakka ligini ko’radi. Masalan Geradot fors urushida faqat yunonlar 
va forslar o’rtasidagi kurashni ko’rgan bo’lsa, Avgustin butun inson irqining 
yagonaligini takidlaydi. Bundan tashqari uning fikricha taraqqiyot faqat axloqiy va 
manaviy jabhada bo’ladi. Bu kurashning eng cho’qqisi gunoh natijasida vujudga 
kelgan. Ikki shahar o’rtasidagi kurashni ilohiy shahar g’alabasi foydasiga tugatish 
bo’ladi. Shunday qilib, Avgustin fikricha tarixning so’nggi maqsadi undan 
tashqarida, abadiy xudo hokimligidadir umuman olganda Avgustin o’rta asrlar 
manaviy hayotiga juda katta tasir ko’rsatgan mutafakkirlardan biri edi. U cherkov 
otasi nomiga nisbatan ko’proq faylasuf sifatida mashhur bo’lgan. O’RTA ASR 
TARIXI TEOLOGIYASI Tarixiy manbalarning o’ziga xos xususiyatlari. 
Temuriylar sulolasi hukumronlgi davrida tarix fanining ham buyuk mutafakkirlari 


etishib chiqadi. Bunga shaxsan sohibqiron Amir Temurning tarix faniga bo’lgan 
qiziqishi, hurmat va etiqodi sabab bo’lgan bo’lsa ajab emas. XV asrda tarix ilmi 
sohasida yozilgan asarlarini sanab ko’rsatishning o‘zi temuriylar davrida bu fanning 
nechog’lik taraqqiy etganligidan guvohlik beradi. Bu davr tarix fanning ham o’ziga 
xos xususiyatlarini ko’rish mumkin. Birinchidan - bu davr tarixchilari o’zlari 
voqealarni guvohi, shohidi, bo’lib ishtirok etish asosida asarlar yaratishi. 
Ikkinchidan – biron bir tarixiy shaxsni keltirayotganda o’zini kelib chiqish tarixi 
faoliyatini yozishda manbalarga asoslanmog’i. Uchinchidan – voqealar ketma – ket 
izohlanishi orqali va hokozo. To’rtinchidan – manbalarni yutuq va kamchiliklari 
tarixiy manbalar ichida hozirgacha etib kelgan, fors tilida yozilgan Nizomiddin 
Shomiyning Zafarnoma , Hofizi Abro’ning Zubdat at – Tavorix Sharafiddin Ali 
Yazdiyning Zafarnoma Fasih Ahmad Havofiyning Mujmali fashhiy , Abdurazzoq 
Samarqandiy-ning Matla usadayin , Mirxondning Ravzat us – safo, Xondamirning
Habib us – Siyar va Ibn Arabshohning arab tilida yozilgan Ajoyib al – maqdurri 
tarixi Taymur asarlaridir. Bu ro’yxatga yana 1404-yilda Samarqandga Amir Temur 
huzuriga tashrif buyurgan ispan sayohi Rui Gonzales de Klavixoning safar 
xotiralarini ham kiritish maqsadga muvofiqdir. Sh.A.Yazdiyning “Zafarnoma”si 
tarixiy manba sifatida. Sharafiddin Ali yazdiyning Zafarnoma si (1424 – 1425) 
tarixiy kechinma va voqealar bayonini izchilligi va batafsilligi bilan ajralib turadi. 
Sh.A.Yazdiyning Zafarnoma asarida sohibqiron Amir Temur tarixiga oid 
malumotlardan tashqari Temurdan oldingi o’tgan davr tarixi haqida ham bag’oyat 
qiziqarli malumotlar berilgan. Muallif bu asarni temuriylardan Shohruxning o’g’li 
Ibrohim Sultonning tashabbusi bilan yozgan. Ibrohim Sulton bobosi Temur haqida 
maxsus kitob yozdirishni niyat qilgan va 1419-1420-yillarda turli kotiblarni baxshi 
va munislar forsiy tilda yozilgan mavjud malumotlarni to’plash haqida farmon 
bergan. To’plangan malumotlar bo’lgan voqealarni o’z ko’zi bilan ko’rgan kishilar 
hikoyasi bilan taqqoslangan, so’ngra Sharafiddin Ali Yazdiyga bu hujjatlar bilan 
tanishish va Ibrohim Sultonga ahborot berish topshirilgan. Taniqli sharqshunos olim 
A. O’rinboev sharq yulduzi jurnalining 1992-yil 3-sonida bosilgan Temuriylar 
davrining nodir yodigorligi maqolasida quyidagilarni hikoya qiladi: Zafarnomaning
Temur tarixidan bahs etuvchi asosiy qismida Sh.A.Yazdiy shunday yozadi:
Podishohlikning birga tomonlaridan Temur haqidagi turkiy va forsiy tillarda bayon 
etilgan hikoyalarning hamma sheriy hamda nasriy nusxalari to’planib bo’lingach, 
ular bilan tanishish uchun 3 ta guruh tuzilgan , turkiy va forsiy tillarning bilimdonlari 
ikki guruhni voqealarni o’z ko’zlari bilan ko’rganlar esa bir guruhni tashkil etgan. 
Dastlab Temur haqidagi har bir hikoya o’qilgan, agar u voqea bayoni o’z ko’zi bilan 
ko’rgan kishining talqiniga to’g’ri kelmay qolsa, Ibrohim Sulton haqiqatni topish 
uchun turli shaharlarga choparlar yuborib, mazkur voqeani Temurning boshqa 
zamondoshlaridan surishtirgan yoki qo’shimcha malumotlar to’plagan. Ibrohim 
Sulton aytib turgan bu asarning dastlabki xomakisi qalamga olingan. Ana shu asosda 
Sharafiddin Ali Zafarnoma asarini yozgan Ibrohim Sultonning buyurug’iga 
muvofiq kitobni bitish vaqtida sanalar, joy nomlari, ular orasidagi masofa haqida 


barcha malumotlar juda sinchiklab tekshirilishi shart bo’lgan Zafarnoma asarini 
yozishda Sharafiddin Ali Yazdiyning shaxsiy hujjatlaridan keng foydalanilgan. Asar 
muqaddima, ikki fasl va xotimadan iborat, muqaddimada Amir Temurga qadar 
bo’lgan turkiy xonliklar tarixi bayon qilingan . Asosiy fasllarda esa Amir Temurning 
tarixi mukammal yoritilgan Zafarnoma asosiy qism avvalida Qissayi Sohibqiron
deb atalgan mutaqorib bahridagi sheriy qissa bor. Unda sohibqiron Amir Temurning 
fazilatlari va sifatlari haqida ko’tarinki ruhda muhtasar so’z yuritilib, Tarixiy Amir 
Temurning badiiy obrazini chizishga qadam qo’yilgan. Zafarnoma fransuz, ingliz, 
usmonli turk tillariga ayrim qismlari rus tilida nashr etilgan. Zafarnoma XV asrda 
Lutfiy nazmda o’zbek tiliga o’girilgan degan xabar berishsada ammo uning o’zi 
hozirgacha topilgan emas. Zafarnomaning to’liq asl matni 1972-yilda A. O’rinboev 
tomonidan Toshkentda ( Fan nashriyoti ) nashr etildi. Klavixo va uning “kundaligi” 
Mashhur sayoh va elchi Rui Gonsales de Klavixoning kitobi Temur va Temuriylar 
davri tarixidan baho yurgizuvchi muhim asarlardan biri hisoblanadi. Kitob 1404-yili 
Samarqandda Temur saroyida turgan Kastiliya (Ispaniya) qiroli Genrix III (1390-
1406) ning elchisi Rui Gonsales de Klavixoning yo’l xotiralaridan iborat. Yani uning 
1403-1404-yillari Turkiya, Eron va Movarounnahrda xususan Amir Temur saroyida 
ko’rgan bilganlarini o’z ichiga olgan muhim asardir. Kundalik muallifi Rui 
Gonsales de Klavixo badavlat va nufuzli oqsuyak oiladan chiqqan. Klavixoning 
Amir Temur yurtiga ham elchilik sayohati 1403-yilning 22 mayda boshlanib, o’n 
besh oy deganda u Samarqandga etib keldi. Bu sayohatda Klavixoga ilohiyot 
ilmining nomzodi (magistri) Alfonso Paes de Santa Mariya, qirolning maxsus 
soqchisi Gomes de Salazar hamroh bo’ldilar. kundalikda o’sha vaqtlarda Amir 
Temur qo’l ostidagi mamlakatlar va shaharlarning umumiy ahvoli, xalqning kun 
kechirishi, Temur va uning yaqinlari tashabbusi bilan barpo etilgan binolar: qasrlar, 
masjidlar, madrasalar, xonaqohlar, savdo rastalari, do’konlar, ustahonalar: 
Temuriylar davlatining Xitoy, Hindiston, Oltin O’rda (Klavixo uni Tatariston deb 
ataydi), Mo’g’iliston va boshqa mamlakatlar bilan bo’lgan siyosiy va savdo 
aloqalari, Temur saroyida amalda bo’lgan tartib – qoidalar va nihoyat, 
Sohibqironning xotinlari va ularning mamlakat ijtimoiy – siyosiy hayotida tutgan 
o’rni haqida etiborga molik malumotlar keltirilgan. Bu malumotlar, shubhasiz, 
Turkiston zamining o’sha vaqtlardagi ijtimoiy – siyosiy tarixini ota – 
bobolarimizning turmush tarzini o’rganishda muhim tarixiy manbalardan biri rolini 
o’tashi turgan gap, so’zimning isboti uchun misol keltiraman. Saroymulkxonim 
tasviri: barcha xalq o’yinlariga o’ltirib saranjomlik o’rnatilganidan keyin to’yda 
podishoh huzurida bo’lishi lozim bo’lgan katta Kano chodirlar yonidagi 
sarpardalarning biridan chiqib keldi. Xonim mana bunday kiyingan edi: egnida zar 
bilan tikilgan, etagi ergacha sudralib turgan uzun va keng engsiz qizil shoyi ko’ylak. 
Yoqa va ikki eng o’rnidan bo’lak ochiq joyi bo’lmagan bu ko’ylak belidan to 
qaytarilgan etagiga qadar kengayib boradi... Klavixoning Kundaligi da ayrim 
noaniqliklar, xato va kamchiliklar ham uchraydi. Masalan kishi va joy nomlarini 
yozilishidagi chalkashliklar mavjud. Albatta, boshqa millat kishilari uchun mahalliy 


atamalar va so’zlarni to’g’ri talaffuz qilish juda qiyin. kundalikda tilga olingan 
Amirat Murod, Karil Sulton – Xalil Sulton, Karamish – To’xtamish, Orasan – 
Xuroson, Baldat – Bag’dod ekanligini anglash mumkin. Asar birinchi marta 1582-
yili, yani yozib tugallangandan 150-yil keyin Ispaniyaning Sevilya shahrida Buyuk 
Temurning hayoti va faoliyati nomi bilan chop etildi. Ravzat us – Safo – poklik 
bog’i Ravzat us – Safo tarzida shuhrat qozongan asarning muallifi Muhammad ibn 
Xovandshoh ibn Mahmud bo’lib, Mirxond tarzida mashhurdir. Mirxondning 
tarixdan bilimdonligidan xabardor bo’lgan Alisher Navoiy unga umumiy tarix 
jumladan Amir Temur va Temuriylar haqida xususan Sulton Husayn Boyqaro 
tarixiga oid asar yozishni buyurib, o’z kutubxonasini uning ixtiyoriga topshiradi, 
hamda shu jarayonida uni moddiy jihatdan to’la taminlaydi. Mirxond Navoiyning 
taklifiga binoan umumiy tarix bo’yicha katta asar yaratdi. Bu haqida Navoiy bunday 
deb yozgan. Bu faqir iltimosi bilan ofariniydan bu kungacha tarixi jomiy 
bitibdurkim, tasnifiga, etibdur, inshoolloh tugaturga tavfiq topg’aykim, tavorix 
orasida andin muayyanroq tarix bo’lmagusidir. Asar muqaddima, etti jild va 
xulosadan iborat tarzida rejalashtirilib, Mirhond uning olti jildini (qadimdan 1464-
yilgacha bo’lgan voqealar qismini) yozadi va 1498-yilda vafot etadi. Shundan so’ng 
asarning ettinchi jildi (Sulton Husayn Boyqaro va uning o’g’illari tarixini – 1523-
yilgacha) hamda xotimasini Mirxondning nevarasi G’iyosiddin Xondamir yozib 
olgan.
Savollar: 
1. Dunyo va insonning o’rta asrlardagi tushunchalari tushuntirib bering.
2. Abadiyat va vaqt to’g’risidagi o’rta asr tushunchalari aytib bering.
3. O’rta asr tarixi teologiyasida taraqqiyot g’oyasi haqida fikrlaringiz. 
4. O’rta asr tarixshunosligining tavsifiy xislatlari ayting.
5. Xristian dunyoqarashining ta‘siri to’g’risida ayting.
6. Avliyo Avgustin – Xudo shahri to’g’risida fikrlaringiz.
7. Ilohiy olam va inson dunyosi ta‘rif bering.
8. Vaqt haqida tasavvur tushuntirib bering.
9. Xristian tarixshunosligining tavsifiy xislatlari ayting. 

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling