3-Mavzu: Tabiiy geografik jarayonlar Reja Tabiiy geografik jarayonlar


Download 27.92 Kb.
bet3/3
Sana09.09.2022
Hajmi27.92 Kb.
#803160
1   2   3
Bog'liq
lesson14. Home assignment and Self study, konfliktli vaziyatda muomala madaniyati, konfliktli vaziyatda muomala madaniyati, 4-mashgulot Azizova Nafisa, LESSONN 222, 1654162212, 3) Минерал ўғитлар НОРМАСИ, Boysun koʻp tarmoqli texnikumi zontlash
irrigatsiya eroziyasi  deyiladi. Irrigatsiya eroziyasi tog‘oldi hududlarida lyoss va lyossimon jinslar tarqalgan, nishabligi 2° dan katta bo‘lgan yerlarda sug‘orish me’yori va qoidalariga amal qilinmagan hollarda juda kuchli yuz beradi. Natijada yerlar jarlanib, unumdor tuproq qoplami yuvilib ketadi. Buning oldini olish uchun yerdan foydalanishda agrotexnika qoidalariga qat’iy amal qilish lozim.
Suv inshootlarining qurilishi ham ayrim noxush hodisalarni keltirib chiqaradi. Qoraqum kanalining qurilishi, Amudaryo va Sirdaryo suvlarining sug‘orishga sarflanishi natijasida, Orol dengizining sathi 1960-yildan so‘ng pasaya boshladi. Orol dengizi tubining ochilib qolgan qismidan tuzlarni shamollar uchirib olib kelishi oqibatida Orolbo‘yi atrofdagi yerlarning sho‘rlanish darajasi ortib bormoqda. Hozirgi paytda buning oldini olish maqsadida sho‘rga chidamli o‘simliklar ekilmoqda.
Sanoat tarmoqlarining rivojlanishi munosabati bilan turli noxush tabiiy geografik jarayonlar vujudga keladi. Masalan, konchilik sanoatining rivojlanishi natijasida juda ulkan surilmalar, yer yuzasining cho‘kishi, o‘pirilishlar, yerosti suvlari sathining pasayishi va boshqa hodisalar ro‘y beradi. Ohangaron vodiysida 20–25 yil davomida ko‘mirni gazga aylantirilishi oqibatida yerostida 1 km 2 dan ortiqroq maydonda bo‘shliq hosil bo‘lgan. Natijada, tog‘ yonbag‘rining barqarorligi buzilib, hajmi 700–800 mln m.kub. ni tashkil qilgan surilma hosil bo‘ldi va xo‘jalikka katta moddiy zarar yetkazdi. Foydali qazilma konlarini qazib o lish jarayonida suvlarni kondan tashqariga chiqarib yuborish oqibatida yerosti suvlarining sathi keskin pasayib ketadi. Juda katta maydonlarda neft va gaz qazib olish esa, yer yuzasining cho‘kishiga olib keladi. Masalan, neft va gaz qazib olish natijasida Rossiyaning G‘arbiy Sibir pasttekisligi cho‘kmoqda, oqibatda bu tekislikda yerosti suvlari sathi ko‘tarilib, botqoqliklar va ko‘llar may- doni kengayib bormoqda.
Sanoat korxonalaridan atmosferaga chiqarilayotgan changlar havoni ifloslab, «issiqxona samarasi»ni keltirib chiqarmoqda, oqibatda Yer yuzi da o‘rtacha harorat ortib bormoqda.
Download 27.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling