3-Mavzu. Taʼlimni moliyalashtirishni yangi mehanizmi. Rejasi


Download 166.2 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana15.11.2023
Hajmi166.2 Kb.
#1776604
  1   2
Bog'liq
3 mavzu



3-Mavzu.Taʼlimni moliyalashtirishni yangi mehanizmi. 
Rejasi: 
1.Davlat tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilgan moliyalashtirish, taʼlimga davlat 
subsidiyalari.
2.Taʼlimni kreditlashning mohiyati va ahamiyati. 
3. Xususiy mulk shaklidagi taʼlim va uning moliyaviy faoliyati.
4. Xususiy mulk shaklidagi taʼlim muassasalarining raqobati. 
So‘nggi yillarda ta’lim tizimida katta islohotlar va o‘zgarishlar bo‘lmoqda. 
Xususan, xalq ta’limi tizimida ham oxirgi besh yilda salmog‘i o‘n yilliklarga teng tub 
burilishlar amalga oshirildi. Ayniqsa, “Yangi O‘zbekiston - maktab ostonasidan 
boshlanadi” degan g‘oya asosida umummilliy ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh 
qilishga kirishilgani, davlatimiz rahbarining “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot 
davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 
Farmoni, “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha 
choratadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 
2030 yilgacha rivojlantirish Kontseptsiyasi asosida izchil islohotlarning amalga 
oshirilayotgani kecha va bugun orasidagi tafovutni yanada yorqinroq aks ettirmoqda. 
Ayniqa, Prezidentimizning 2020 yil 6 noyabrdagi “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot 
davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 
Farmoni xalq ta’limi tizimi uchun muhim ahamiyatga ega. Farmonda jamiyatda 
muallimlarning obro‘-e’tibori va nufuzini yanada yuksaltirish, ularning mehnatiga 
munosib haq to‘lash, o‘qituvchilarni ortiqcha qog‘ozbozlikdan xalos etib, o‘z ustida 
ko‘proq ishlashi uchun sharoit yaratish va erishgan yutuqlarini rag‘batlantirish 
masalalari qonuniy belgilab berildi. Bugungu kunda mamlakatimizdagi ta’lim tizimi 
turlarini quyidagicha tasniflash mumkin (1-jadval). 

Download 166.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling