3-Mavzu: Tarixiy metrologiyaning rivojlanishi. Metrologik manbalar Reja


Download 297.45 Kb.
Pdf ko'rish
Sana25.01.2023
Hajmi297.45 Kb.
#1118727
Bog'liq
3-mavzu.
Rtsyknsteatrky, Reja Kichik nashriyot tizimlari, Reja Kichik nashriyot tizimlari, 5-sinf uchun test, zakovat uchun maxsus, zakovat uchun maxsus, OBOD QISHLOQ, fuqorolik jamiyati, lexicology, 14 innovatsion, 1276 5 - mavzu ped mah, Русча вариант, qisasi rabguziy ziyouz com, 2 5303358194704189156, elektron darsliklarning asosij khossa


3-Mavzu: Tarixiy metrologiyaning rivojlanishi. Metrologik manbalar
Reja:
1. Qadimiy, ko‘hna o‘lchovlar va o‘lchash birliklari .
2. Etalonlarning yaratilish tarixi.
Tayanch atamalar
Tanob, barmoq, gaz, o‘lchov yog‘ochi, quyosh soatlari, galvanometr, 
Ma’lumki, o‘lchash - bu biror kattalikning miqdor tavsifini muayyan 
birliklarda ifodalangan qiymatini kuzda tutilgan maqsadga muvofiq darajadagi 
aniqlikda topish va tavsiya etish demakdir. O‘lkamizda ilm-fan madaniy kurtaklar 
eramizdan bir necha ming yillar oldin junbush bera borgani tarixiy ma’lumotlardan 
ma’lum. Ijtimoiy rivojlanish o‘zaro iqtisodiy munosabatlarni yangi pog‘onalarga 
ko‘chishi bilan mutanosib tarzda boradi. Bunda mol ayrboshlash alohida o‘rin 
tutadi. Tabiiyki bir turdagi maxsulotni boshqa turdagisi bilan ayirboshlash sarf 
qilingan mehnatni, ushbu maxsulotlarga nisbatan bo‘lgan moddiy va ma’naviy 
ehtiyojni baholab, so‘ngra o‘zaro muvofiqlashtirilib amalga oshiriladi. Buning 
uchun esa albatta, muayyan o‘lchov, vosita hamda uchul zarur bo‘ladi, ya’ni har 
ikki tomonni qanoatlantiradigan o‘lchashga ehtiyoj tug‘iladi. O‘lchashlarni, 
ularning vositalarini va usullarini takomillashtirish borasida Markaziy Osiyo 
olimlarining hissalari ulkandir. Ularning ming yillar burun yaratgan o‘lchash 
asboblari, o‘lchovlari va usullari o‘rta asrlardagi va hozirgi kunimizdagi ilmifan 
taraqqiyotida munosib o‘rin egallab, yangi o‘lchash va o‘lchov birliklarini 
yaratilishida asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Milodiy 8-9 asrlardan keyigi davrlar 
Markaziy Osiyoda ilm-fanni gurkirab rivojlanishi va bu borada erishilgan ulkan 
yutuqlar bilan ajralib turadi. Ushbu ilmi-fan, madaniy-ma’rifiy sohalaridagi 
muvaffaqiyatlar g‘arbning qator fan sohalarining shakllanishida va rivojlanishida 
asos bo‘lib xizmat qilgan. Bunda ayniqsa Bog‘doddagi "Baytul hikma" 
(Donishmandlar uyi)ning buyuk olimlari Al-Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Ibn 
Sino va Abu Rayhon Beruniylarning hissalari alohida e’tiborga loyiq. Al Xorazmiy 
va Ahmad Farg‘oniylarning xandasa (geometriya) ilmidan yozgan asarlari uzoq 
yillar davomida g‘arb davlatlarida darslik sifatida qo‘llanib kelingan. O‘lchov va 
o‘lchash birliklari to‘g‘risidagi bir qator ma’lumotlar buyuk xorazmlik olim Abu 
Abdulloh Muhammad ibn Muso Al-Xorazmiy algebraik risolasining "O‘lchashlar 
haqida" deb ataladigan va geometriya (xandasa)ga doir qismida keltirilgan. Olim 
bunda uzunlik, yuza va hajmlarni hisoblash va o‘lchash usullari bilan topishga 
katta ahamiyat bergan. Unda tanob (39,9 m; 60x60 kv, gaz), gaz (0,71 m), barmoq 
(20,8- 22,8 mm) kabi o‘lchash birliklari va o‘lchov yog‘ochi kabi o‘lchash 


vositalari to‘g‘risida yaxshi ma’lumotlar berilib, ularni amalda qo‘llashning yo‘l-
yo‘riqlari ko‘rsatilgan. Xorazmiy "Quyosh soatlari to‘g‘risida risola" asarida ham 
metrologiyaning vaqtlarni o‘lchash sohasiga munosib hissa qo‘shgan. Ulug‘ olim 
Ahmad Farg‘oniy dunyoda birinchi bo‘lib (861 yili) suv sathini o‘lchaydigan 
asbob kashf etgan va uni yasab amalda qo‘llagan. U "Quyosh soatini yasash haqida 
kitob" asarini ham yozib, metrologiya sohasining rivojlanishiga munosib hissa 
qo‘shgan. Ahmad Farg‘oniyning astronomik kuzatishar uchun mo‘ljallangan 
o‘lchash asbobi usturlob yasash va undan foydalanish bo‘yicha yozgan asarlari bir 
necha yuz yillar davomida ko‘plab astronomlar, munajjimlar uchun asosiy qurol 
bo‘lib xizmat qilgan. Ayniqsa quyosh tutilishini oldindan bashorat qilgani o‘z 
tasdig‘ini topgandan so‘ng olimning nufuzi yanada ko‘tarilgan. Fargoniyning Nil 
daryosining sathini o‘lchash uchun mo‘ljallangan "Miqyosi Nil" o‘lchash qurilmasi 
o‘zining salmog‘i, puxta va aniqligi hamda mustahkamligi bilan hozirgi kunda ham 
barchani xayratga solib kelmoqda. Uzoq yillar davomida Nil daryosi sathining 
o‘zgarishini kuzatib yillik yog‘in miqdorini oldindan belgilash mumkinligini 
aniqladi va bu borada maxsus tadbirlar ishlab chiqildi. Natijada o‘lchangan daryo 
sathi asosida ekiladigan mahsulot turlari bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi, ya’ni suv 
sathi maxsus belgidan yuqori bo‘lganda suv talab qiladigan o‘simliklar, belgi 
ichida bo‘lganda o‘rtacha suv talab qiluvchi o‘simliklar va belgidan past bo‘lganda 
esa kas suv talab qiladigan o‘simliklar ekish tavsiya qilindi. Bu esa qurg‘oqchilik 
yillaridagi qiyinchiliklarni, yog‘ingarchilik mo‘l bo‘lgan yillaridagi toshqinlarni 
oldini olishda muhim omil bo‘lib xizmat qildi. Buyuk allomalar Abu Rayhon 
Beruniy va Abu Ali Ibn Sinolar tomonidan yaratilgan asarlarda juda ko‘plab 
o‘lchash birliklari keltirilgan. Ularning ko‘pchiligi hozirgi kunda ham o‘z kuchini 
yo‘qotmagan. Ibn Sinoning eng mashhur asarlaridan biri "Tib qonunlari" hozirgi 
kunda ham ming-minglab mutaxassislarning qo‘llanmasi bo‘lib kelmoqda. 
Asardagi har turli doridarmon va malxamlarni tayyorlash uchun tavsiya etilgan 
miqdor va hajm birliklaridan g‘arb va sharq davlatlarida uzoq davrlar davomida 
foydalanib kelindi. Bobokalon shoirimiz YUsuf Xos Xojibning turkiy tilda 1069 
yili yozilgan "Qutadg‘u bilig" asarida o‘lchov va o‘lchash biriliklarinigina esam, 
balki o‘lchash va er ishlariga tegishli bilimlarni ham mukammal bilishga da’vat 
etilgan. Bu iboradagi "er ishi" atamasi metall sofligini sinash, bozordagi tosh va 
tarozilarning to‘g‘riligini, muomaladagi oltin va kumush pullarning sofligi va 
og‘irligini kuzatib turish kabi ishlarni bajarish ma’nolarini bildiradi. Mamlakatimiz 
hududida o‘lchash ishlariga, ya’ni metrologiya sohasiga katta ahamiyat berilganini 
Nosiruddin Burxoniddin o‘g‘li Rabg‘uziy tomonidan 1310 yili turkiy tilda 
yozilgan "Qissasi Rabg‘uziy", Amir Temur, Alisher Navoiy, Zahriddin 
Muhammad Bobur va boshqa o‘nlab olimu-fozillarning asarlaridagi 
ma’lumotlardan ham bilsa bo‘ladi. O‘lchashlar nazariyasini rivojlantirish va 


takomillashti-rishda Ulug‘bekning hissasini alohida ta’kidlash lozim. Mashhur 
olim usturlob yasashning o‘zgacha usulini tavsiya etgan. Uning astronomik 
kuzatuvlari va o‘lchashlari natijasida tavsiya etgan ma’lumotlari hozirgi o‘ta 
zamonaviy va murakkab qurilmalar asosida olingan ma’lumotlardan juda ham kam 
farq qilishi, ba’zi hollarda esa umuman farq qilmasligi xanuzgacha olimlarni va 
mutaxassislarni xayratga solib kelmoqda. Butun dunyoni kezib chiqqan 
Kaykovusning pandnoma asari "Qobusnoma"sida ham o‘lchashlar nazariyasiga 
alohida ahamiyat berilgan. Asarning xandasa ilmiga bag‘ishlangan bobida adib 
kichik hajmdagi o‘lchash xatoliklariga e’tiborsizlik pirovard natijada katta 
noxushliklarga olib kelishini e’tirof etadi. Metrologiya va o‘lchashlar 
nazariyasining rivojlanishida g‘arb olimlarining ham hissalari kattadir. Galileo 
Galiley, 
Nikolay 
Kopernik, 
Isaak 
Nyuton, 
Dmitriy 
Mendeleevlarning 
metrologiyaning fan sifatida shakllanishidagi xizmatlari juda salmoqli. Elektr 
hodisalarini o‘rganish, elektr o‘lchash asboblarining paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. 
1745 yilda M.V.Lomonosovning safdoshi, akad. G.V.Rixman birinchi bo‘lib elektr 
o‘lchash asbobini yaratdi. "Elektr kuchi ko‘rsatkichi" - deb noto‘g‘ri nomlangan bu 
asbob aslida potensiallar farqini o‘lchovchi elektrometr edi. XVIII asrning oxirida 
A.Volta va L.Galvani tomonidan elektr toki ixtiro etilgandan keyin uni o‘lchash va 
o‘lchash asboblarini yaratish masalasini echishga to‘g‘ri keldi. 1820 yilda 
A.Amper birinchi bo‘lib magnit miliga o‘tkazgichdagi tok ta’sirini ko‘rsatuvchi -
galvanometrni namoyish etdi. Daniyalik olim X.Ersted elektr tokini magnit 
ta’sirini ixtiro etdi. Undan foydalangan nemis fizigi G.Om 1826 yili magnit 
milining o‘zgarishi o‘tkazgichdan o‘tayotgan tokka bog‘liqligini, ya’ni o‘tkazgich 
atrofidagi magnit maydoni ta’sirida bo‘lgan magnit milini ma’lum burachakka 
burilishi o‘tkazgich materialiga bog‘liqligini tekshirdi. SHu tamoyilga asoslangan 
asbobni yasab, Om o‘z qonunini yaratdi. 1897 yilda U.Tompson (Kelvin) 
tomonidan qo‘zg‘aluvchi chulg‘amli va qo‘zg‘almas doimiy magnitli galvanometr 
yaratildi. XIX asrning 2-yarmi elektrotexnika tarixida elektromexanik energiya 
manbalarining ixtirosi bilash mashhurdir. Bu manbalarni elektr o‘lchash 
asboblarisiz ishlatib bo‘lmaydi. . Elektr o‘lchash asboblarini yaratishda rus 
elektrotexnigi M.O. DolivoDobrovolskiyning xizmati alohida e’tiborga loyiq. U 
elektromagnit ampermetr va voltmetrlarni, aylanuvchi diskli induksion 
mexanizmlarni ixtiro etdi. Bu asboblar asosida vattmetr, fazometrlar yaratildi. 
1872 yilda A.G.Stoletov, temirning magnit singdiruvchan-ligiga magnit 
maydonining kuchlanganligi ta’sirini tekshirib, magnit induksiyasini o‘lchashga 
asoslangan usulni taklif etdi. Bunda u ballistik galvanometrdan foydalangan 
Akademik B.S. YAkobi elektr zanjir parametrlarini o‘lchash uchun bir nechta 
asboblarni taklif etdi. Birinchi bo‘lib elektr kattaliklarini o‘lchashda umumiy 
ta’minot birligi zaruratini isbot qildi. CHunki, u davrda elektrotexnika sohasidagi 


yangiliklar va ixtirolar natijalarini nisbatan taqqoslash, to‘la o‘xshashligini 
isbotlash uchun elektr o‘lchash asboblari kerak edi. SHuning uchun elektr 
kattaliklar tizimining umumiy o‘lchash ta’minoti zarurati paydo bo‘ldi. Bunday 
tizim 1881 yil Parijda o‘tkazilgan 1- Xalqaro elektrotexnika kongressida qabul 
qilindi. Ulug‘ rus olimi D.I.Mendeleev - o‘lchov va vaznlar sohasida fundamental 
ishlar muallifi sifatida metrologiya fanining rivojlanishiga juda katta hissa qo‘shdi. 
1892 yilda D.I.Mendeleevning tashabbusi bilan Rossiyada "Og‘irlik va o‘lchovlar 
palatasi" tashkil etilib, mashhur olim uning birinchi razvari sifatida metrologik 
xizmatni shakllantirishda ahamiyatga molik ishlarni amalga oshirdi. Olimning yana 
bir ulkan xizmati shundan iboratki, u Rossiyada metrik tizimni tadbiq etishni 
asoslab, uni tashkiliy jihatdan tayyorlab berdi. Bu esa 1918-1920 yillardagi metrik 
tizimni tadbiq etishga munosib zamin edi. 

Download 297.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling