3. Nazariy materiallar (MA’ruzalar kursi)


Download 27.49 Kb.
bet1/2
Sana04.10.2022
Hajmi27.49 Kb.
#830308
  1   2
Bog'liq
1-mavzu.ERF DOLZARBLIGI VA AHAMYATI
Значение слов, nazariy mexanika, Slayd, 2.06-Matematika-oqitish-metodikasi, 3-amaliy, 1-оралиқ назорат (1), 3-amaliy, 3-amaliy, Ecotourism, Ecotourism, Dastur, 1-Laboratoriya mashguloti, SF-BEGtest, SF-BEGtest, 2-laboratoriya ishi Sayimov To'lqin

3. Nazariy materiallar (MA’RUZALAR KURSI)
1 -mavzu: Kirish. Energetik resurslar fizikasi fanini o’qitilishining dolzarbligi va ahamiyati (an’anaviy yoquv ashyolari va ularning zahiralari organik yoquv ashyolari va ekalogik muammolar. Noan’anaviy energiya manbalari va ulardan foydalanish).
Asosiy savollar:
1Energiyaning hayotimizdagi o’rni.
2.Energetik resurslar va ulardan foydalanish.
Mаvzugа оid tаyanch tushunchа vа ibоrаlаr:
Jamiyatning energiya bilan ta’minlanganligi,energiya, muqobil energiya, neft, ko‘mir, gaz, quyosh energiyasi, issiqlik energiyasi AES,GES,SHES
Jamiyatning energiya bilan ta’minlanganligi – uning ilmiy-texnik rivojlanishining asosidir. Energiya bilan ta’minlanganlik darajasining jamiyat talablariga mos bo‘lishi – iqtisodiy o‘sishning muhim faktoridir. Rivojlanayotgan jaxon xo‘jaligidagi ishlab chiqarishning doimiy ravishda o‘sishi energiya bilan etarli darajada ta’minlanishni talab etadi. U ishonchli va uzoq kelajakka rejalashtirilgan bo‘lishi kerak. XX asrning 80 yillarida energetik krizis oqibatida jamiyatning muqobil energiya manbalariga bo‘lgan e’tibori maksimumga erishgan. Xozirgi davrda shu narsa muqarrar bo‘ldiki, energetika muammolarini faqat an’anaviy qayta tiklanmaydigan energiya manbalari (neft, ko‘mir, gaz) hisobidan hal qilib bo‘lmaydi. Ulardan foydalanish tizimini faqat o‘zgartirish bilan emas, balki energiya tashuvchilarning kamayishi, ular narxning ortib borishi va ekologik muammolarning keskinlashishi bilan, energetik muammolarni hal qilishda muqobil energiya manbalaridan keng miqyosda foydalanish zarur. Ularga quyosh, geotermal va shamol energiyalari, biomassa va suv energiyasi va boshqalar kiradi. Atom energetikasining rivojlanishi iqtisodiy, texnologik va ekologik masalalarni hal qilish bilan bog‘langan. Xozirgi davrda atom energetikasining rivojlanishi alternativ shartli-o‘tish tavsiflarga ega.
Respublikamiz Prezidenti SH. M.Mirziyoev tomonidan 2017 yil 26-mayda 2017-2021 yillarda qayta tiklanuvchi energetikani yanada rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirish chora tadbirlari dasturi to‘g‘risida qabul qilingan qarorda quyosh energiyasini rivojlantirish energiya samaradorligi sohasidagi mahalliy ishlanmalar va amaliy tadqiqotlarni rivojlantirish bo‘yicha chora – tadbirlar rejasini ishlab chiqish to‘g‘risidagi fikr – mulohazalarda bu sohada erishilgan yutuqlar va kelajakda qayta tiklanadigan energiyaning eng samarali va istiqbollli manbai sifatida quyosh energiyasini rivojlantirish loyihalarini ishlab chiqish va joriy etish vazifasini bajarishga erishish energiya tejamkorligida asosiy omillaridan biri bo‘lishini belgilab berdilar[1].
Respublikamiz birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan 2013 yil 1 martda qabul qilingan “Muqobil energiya manbalarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi farmoni hamda 2015 yil 5 maydagi “Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiyatejamkor texnologiyalarni joriy etish, energiya sarfini kamaytirish bo‘yicha 2015-2019 yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida ko‘rsatilganidek ishlab chiqarish korxonalarini zamonaviy, samarador va tejamkor texnologiyalar asosida modernnizatsiya qilish, texnik va texnologik o‘zgartirish orqali sarflanadigan energiya miqdorini kamaytirish, muqobil energiya manbalaridan foydalanish texnologiyalarini xayotga tadbiq etish ustuvor vazifalardandir[2,3].
Xozirgi zamon energetikasi ikkita asosiy yo‘nalish bilan belgilanadi:

  1. yoqilg‘i-energetik resurslarni tejash, energiyani ishlab chiqarishda va foydalanishda uni saqlash, chiqindisiz texnologiyalardan foydalanish, atmosferaga issiqlik chiqishini va turli chiqindilar tarqalishini kamaytirish;

  2. muqobil energiya manbalar turlaridan keng ommaviy hamda avtonom-individual energiya iste’molchilari uchun foydalanish.

SHu sohada kelajakdagi o‘zgarishlar na faqat muammoga real qarash va to‘g‘ri rejalashtirishga bog‘liq, balki foydalaniladigan mexanizm va texnologiyalarning mukamalligi hamda energetik siyosat sohasida jamiyatda qiziqishni shakllantirishga bog‘liq. Ayniqsa, mahalliy energiya iste’molchilari uchun muqobil energiya manbalari muhim miqdorga egadir. Turli hil muqobil energiya manbalaridan foydalanish va o‘zgartirish usullarini bitta atama – “ekoenergetika” bilan birlashtirish mumkin, bunda atrof-muhitni ifloslantirmaydigan sof energiyani olishdagi har qanday usullar nazarda tutiladi.
Respublika sharoitida Muqobil energiya manbalaridan quyosh, shamol va bioyoqilg‘i energiyasidan hamda geotermal issiq suv energiyasidan foydalanish eng istiqbolli bo‘lib hisoblanadi. Quyosh qurilmalarini nazariy asoslash, ishlab chiqish va ishlab chiqarishga amaliy joriy qilishni ta’minlaydigan amaliy fan sohasiga “geliotexnika” deb ataladi.
2013 yilda O‘zbekiston Osiyo taraqqiyot banki tomonidan Xalqaro quyosh energiyasi instituti ochilgan. Xalqaro quyosh energiyasi instituti (ISEI) ilmiy-texnik va loyihalash tashkiloti funksiyasini bajaradi, uning vazifalariga quyosh energetikasi sohasida muayyan loyihalarni yaratish kiradi.
Ma’lumki geliotexnik, shamol va bioyoqilg‘i geotermal issiq suv energetik qurilmalaridan xalq xo‘jaligining turli tarmoqlarida keng amaliy foydalanilishi o‘z navbatida tabiiy yoqilg‘ini tejashni, energiyani tejaydigan va chiqindisiz texnologiyalarni yaratishni, Respublikada ekologiyani yaxshilashni, uzoq xududlarda individual, fermer va tadbirkorlik xo‘jaliklarining rivojalanishini ta’minlaydi.
Hozirgi kunda fan va texnikaning rivojlanishi natijasida butun dunyoda taraqqiyot shu darajaga etdiki, bunda har kuni turli xil ehtiyojlar uchun ulkan energiya sarflanmoqda, ayniqsa bu sanoat, transport va qishloq xo‘jaligida yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Aholi sonining oshib borishi natijasida energiya tanqisligi sezilmoqda. Organiq yoqilg‘ilar manbai bo‘lgan: toshko‘mir, neft, tabiy gazning Erdagi zaxiralari cheklangan bo‘lib, vaqt o‘tishi bilan kamayib bormoqda va u global ekologik muammolarni vujudga keltirmoqda.
Butun dunyoda energetik krizis hukm surayotgan vaziyatda muqobil energiya manbalari yana ham ommabop bo‘lib bormoqda. Bu haqda mamlakatimiz birinchi Prezidenti Islom Karimov 2013 yil 1 martda “Muqobil energiya manbalarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” farmonlarida va 2013 yil 20-23 noyabr kunlari Toshkent shaxri Xalqaro Simpoziumlar saroyida o‘tkazilgan Osiyo quyosh energiyasi forumining 6- yig‘ilishida “Quyosh energiyasi-kelajak energiyasi”- “Quyosh energiyasi texnologiyalarini rivojlantirish tendensiyalari va istiqbollari" mavzusidagi ma’ruzalarida muqobil energiyaning eng samarali va istiqbolli manbai sifatida quyosh energiyasini rivojlantirish loyixalarini ishlab chiqish va joriy etishga erishish;inqirozdan chiqishda lokomativ vazifasini bajaradigan omillardan biri bo‘lishini va energiyani tejashning samarali tizimini joriy etish choralarini amalga oshirish lozimligini, mavjud resurslardan, birinchi navbatda energiya resurslaridan nechogli tejamli foydalana olishimizga bog‘liq ekanligini alohida qayd qilib o‘tganlar.
Kelajakdagi zarur o‘zgarishlarni inobatga olib bugunning o‘zidayoq, muqobil energiya manbalaridan bo‘lgan, quyosh, shamol, geotermal, biomassa, atom, dengiz to‘lqini, okean va dengiz suvining ko‘tarilishi va pasayishidan foydalanish uchun zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etishga erishish muhim masalalardandir. Bu borada jahon olimlaridan: V.A. Baum, B.J. Brinkvort, B.V. Tarnijevskiy, V.A. Grilixes, J.A. Daffe, U.A. Bekman, R.B. Bayramov, B.M.Elson, B.Dejong, W.A.Beckman, A.G.H. Dietz, R.W.Beiss. F.T. Bacon, S. Andrassy, L.B.Anderson, G.C.Blytas va boshqa olimlar ilmiy tadqiqotlari bilan o‘z xissalarini qo‘shganlar.
Muqobil energiya manbalaridan foydalanish borasida bugungi kunda Evropa Ittifoqi davlatlari va AQSH,YAponiya, Xitoy va Xindistonda yuksak natijalarga erishildi. Dunyoda 2 milliondan ortiq quyosh issiqlik tizimi ishlab turibdi. Isroil mamlakatida issiq suv ta’minotining 70 foizini ta’minlaydigan 800 mingdan ziyod quyosh moslamasi mavjud. SHimoliy Skandinaviyadan tortib to Afrikaning jazirama sahrolarida joylashgan dunyoning 70 dan ortiq mamlakatlarida gelioenergetik dasturlar asosida ilmiy - tadqiqotlar va amaliy ishlar olib borilmoqda. Quyosh qurilmalaridan binolarni isitish va sovitish, suvlarni chuchitish, elektr energiyasi hosil qilish va turli texnologik jarayonlarni amalga oshirishda foydalanilmokda.
Respublikamizda ham muqobil energiya manbalaridan bo‘lganquyosh energiyasidan foydalanishning real imkoniyaglari mavjud, chunki janubiy viloyatlarda yil davomida quyoshli kunlar 300 kundan ortiq bo‘lib yil davomida 1m2 yuzaga tushadigan quyosh energiyasining o‘rtacha miqdori 5,46109 J ni tashkil etadi, bu taxminan 300 kg ko‘mirni yoqqandagi ajralib chikadigan energiyaga teng. Bir gektar yuzaga tushadigan quyosh energiyasi esa ikki tonna ko‘mir energiyasiga ekvivalent bo‘ladi. Quyosh nurlarining erning 1m2 yuzasiga tushadigan energiyasi taxminan 1 kVt·soatni tashkil qiladi. Quyosh energiyasidan samarali foydalanish,mukammal yoqilg‘i -energiya resurslar tejamkor bo‘lgan zamonaviy qurilmalarni yaratish va ishlab chiqarishga joriy etish borasida. mamlakatimiz olimlaridan U.O. Oripov, S.A. Azimov, E.YA.
Umarov, R.A. Zoxidov, M.S. Saidov, R.A. Mo‘minov, P.P. Avezov, T.R. Rixsiev, S.L. Lutpullaev, M.N. Tursunov, A.A. Abduraxmonov, M.S. Boxodirxonov, T.A. Sadiqov, YU.N. YAkubov, B.M. Achilov, A.I. Ismanjanov, J.N. Muxiddinov,A.B. Vardiashvili, B.E. Xayriddinov, N.H. YUldoshev, M.T. Tog‘aev, S.F. Ergashev,YO.S. Abbosov, A.S. Risbaev va boshqalarning xizmatlari buyukdir.
O‘zbekistonda Quyosh energiyasidan foydalanishni keng joriy etish va bu borada zarur ishlab chiqarish hamda servis imkoniyatlarini shakllantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Respublikamizda dunyoda ikkita bo‘lgan, biri Fransiyaning Odeyo shaxrida va biri Toshkent viloyati Parkent tumanida joylashgan Fanlar akadimiyasi “Fizika-Quyosh” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasining Geotermalshunoslik institutida katta Quyosh qurilmasi bo‘lib, unda olingan ilmiy tadqiqot natijalari jahon miqiyosida etirof etilmoqda. Markaziy Osiyoda o‘xshashi yo‘q bunday noyob qurilmaning aynan O‘zbekistonda barpo bo‘lishiga asosiy sabab, O‘zbekistonning serquyosh o‘lkaliligi, qolaversa geliotexnka bo‘yicha dunyo olimlari qatorida O‘zbek olimlarining ham ilmiy saloxiyati yuqoriligidadir. Olimlarimiz quyosh energiyasidan foydalanish sohasida nazariy va amaliy tadqiqot ishlari olib borib, katta tajribalarga ega bo‘lganlari holda muqobil energiya manbalaridan foydalanib zamonaviy texnologiyalar asosida ishlaydigan yokilg‘i- energiya resurslari tejamkor qurilmalar yaratmoqdalar.
Bunday texnologiyalarni keng miqyosda qo‘llash, o‘z navbatida yurtimiz energiya tizimiga tushayotgan energiya xajmini 2 milliard kilovatt-soatga qisqartirish va lokal tarzda esa qariyib 2 million gigakaloriya issiqlik energiyasi ishlab chiqarishni ta’minlash imkonini beradi. Bu esa yiliga 250 million dollardan ortiq qiymatidagi energiya resursini tejashni ta’minlaydi.
Respublikamizda Janubiy Koreyaning “Neplang” kompaniyasi bilan hamkorlikda yillik quvvati 12 ming tonnani tashkil etadigan texnik kremniy ishlab chiqaradigan zavod ishga tushirildi. Bu esa yuqori samarali fotoelektrik Quyosh panellari ishlab chiqarish uchun xomashyo manbai bo‘lib xizmat qiladi.
Bu boradagi ishlarni yanada jadal sur’atlar bilan rivojlanishida Toshkent shaxrida Xalqaro Quyosh energiyasi institutini (JSEJ) va “O‘zbekenergo” DAK va “Suntech pover so” (XXR) kompaniyasi o‘rtasida 100Mvt quvvatli fotoelektrik panellarni ishlab chikaruvchi qo‘shimcha korxonaning Navoiy erkin industrial- iktisodiy zonasida tashkil etilishi hamda Jizzax maxsus industrial zonasida yiliga 50 ming dona Quyosh issiqlik kollektorlari ishlab chiqaradigan korxona tashkil etilishi, Samarqand viloyatida 100Mvt, quvvatga ega Quyosh fotoelektrik stansiyasining loyixasini amalga oshirilishi katta miqdor kasb etgani holda sohaning istiqbolligidan darak berib turibdi.
Olimlarning hisoblariga ko‘ra, biomassadan olinadigan energiya O‘zbekistan energetika ehtiyojini 15-19% qondira oladi. Energiya ishlab chiqarishni bunday usuli, ma’lum darajada atrof-muhitni muxofazasini xal etishga va qishloq-xo‘jaligini sifatli o‘g‘it bilan ta’minlashga xizmat qiladi. Biogaz uskunalari xar-xil xajmda bo‘lgani holda unda xar xil chorva mollarining chiqindisidan foydalanish mumkin.
Ekspertlarning baholashlariga ko‘ra chorvachilik chiqindilaridan olinadigan biogaz xajmi taxminan 4.1mlrd.m3tashkil etib, shundan texnik potensialga ega bo‘lgan qismi esa 1,9 mlrd.m3tashkil etadi.
Qashkadaryo viloyatining Muborak neftgaz “MCHJ” yordamchi xo‘jaligida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi qoshidagi, Fan va texnologiyalarni, rivojlantirish assotsiatsiyasi dasturining A-4-46- Davlat grant loyixasi asosida qurilgan eng yirik biogaz qurilmasi ishlamoqda. Ushbu qurilmalarda olinayotgan biogaz tarkibiga 70,87 foiz metan, 13,5 foiz SO2, uncha ko‘p bo‘lmagan N2 va H2S aralashmalari mavjud.
Dunyo energiya jamiyatining taxminlariga ko‘ra shu 100 yillikning o‘rtasigacha ya’ni 2050 yilga qadar muqobil energiya resurslari energiya balansining 40% ni tashkil etadi. 2100 yilga borib atrof-muxitga chiqariladigan zararli gaz va chiqindilar miqdori keskin kamayadi. YOkilg‘i energiya resurslari o‘rnini bosishi mumkin bo‘lgan, muqobil energiya manbalaridan foydalanishning zamonaviy usullari ko‘p bo‘lib, ular orasidan atrof-muhitga zarar etkazmaydigan, foydalanishda samarali va ayni paytda mablag‘ jixatdan maqbulini tanlash muhim miqdorga egadir. Mana shu nuqtai nazardan olib qaraganda, shamol energiyasining qator afzalliklari mavjud. Masalan, 1MVt quvvatli SHES ( SHamol elektr stansiyasi) 20 yil davomida taxminan 29 ming tonna ko‘mir yoki 92 ming barrelь neftni tejaydi. YAna bir jixati, shamol energiya stansiyalari boshqa energiya ishlab chiqaruvchilardan farqli ravishda atrof-muhitni zararli chiqindilar bilan ifloslantirmaydi. Zamonaviy SHESlar 3-4 m/s dan 25m/s gacha bo‘lgan tezlikdagi shamol muhiti relьefiga nisbatan baland bo‘lmagan joylarda optimal ishlaydi. Xalqaro energetika agentligi (SHA)taxminlariga ko‘ra. 2030 yilga borib sayyoramizda shamol energiyasiga bo‘lgan ehtiyoj 4800 gegavattni tashkil etadi. Germaniya xozirgi vaqtda shamol energiyasidan foydalanish bo‘yicha jahonda etakchilik qilmoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, mazkur mamlakatda so‘ngi yillarda 9000 MVt kuvvatli SHESlar bunyod etilgan va bu jarayon jadal davom etmoqda.Hozirgi Evropa mamlakatlari sanoatining SHESlar bilan bog‘liq tarmoqlarida 60000 dan ziyod kishi doimiy ish bilan ta’minlangan.2020 yilga borib, Germaniya 20 foiz elektr energiyasini SHES yordamida ishlab chiqarishni rejalashtirgan. Evropa Ittifoqining boshqa a’zolari 180 000 MVt quvvatli SHESlar o‘rnatishni mo‘ljallagan bo‘lsa,Xitoy esa o‘zining milliy taraqqiyot dasturida 30 000 MVt quvvatga ega shunday stansiyalarni qurishni ko‘zlamoqda. Bulardantashqari, Buyuk Britaniya, YAponiya, Ispaniya, YAngi Zelandiya kabi davlatlar yaqinkelajakda shamol energetikasi sohasini maqsadli rivojlantirish bilan bog‘liq Davlat rejalarini ishlab chiqganlar.
Muqobil energiya manbalaridan yana biri geotermal suv energiyasidir. Uning isitish tizimi quyidagi tartibda ishlaydi. Qish oylarida ya’ni isitish mavsumida geotermal quduqdan suv (harorati 50-100°S) nasos yordamida olinib, tindirgichda yig‘iladi va filьtrlanadi. Geotermal suv ikkinchi filьtrdan o‘tkaziladi va iste’molchiga yuboriladi. Bu suvning temperaturasi 40°S dan past bo‘lgan hollarda geotermal issiq suv qo‘shimcha ravishda (quyoshli kezlarda) parabolotsindrik konsentrator (PSK) da qizdiriladi. PSK ning umumiy yuzasi 10m2 bo‘lib, quyosh radiatsiyasi natijasida maksimum qish oylarida 4-5kVt qo‘shimcha issiqlik olish mumkin.

Download 27.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling