3. O‘zbekistonda ytm ning rivojlanish va qo‘llanish borasidagi islohotlar reja


Download 28.13 Kb.
bet1/3
Sana11.02.2023
Hajmi28.13 Kb.
#1189071
  1   2   3
Bog'liq
3-ma\'ruza


3. O‘ZBEKISTONDA YTM NING RIVOJLANISH VA QO‘LLANISH BORASIDAGI ISLOHOTLAR
Reja:
3.1. O‘zbekistonda YTM ning rivojlanishi
3.2. Yo‘lovchi poyezdlarining yuqori tezlikdagi harakatini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlarni
3.3. Yuqori tezlikdagi temir yo‘l qatnovini yaratish va rivojlantirishning asosiy omillar va shart-sharoitlar


3.1. O‘zbekistonda YTM ning rivojlanishi
Temir yo‘llarda yo‘lovchilar tashishni istiqboli rivojlantirish va tashishni tashkil qilishning asosiy maqsadi aholining harakatlanishga bo‘lgan barcha talab va ehtiyojlarini qondirib, vokzallarda va poyezdlarda yo‘lovchilarga yuksak saviyali xizmat ko‘rsatishdan iborat.
Yo‘lovchilar tashishning rivojlanish istiqbollari aholining son jihatdan o‘sishi, temir yo‘llar va boshqa transport turlari bo‘yicha harakatchanligining oshishi bilan bevosita bog‘liqdir.
O‘zbekistonda turizmning rivojlanishi jadal sur’atlar bilan bormoqda va bunda mamlakatimizdagi tarixiy va me’morchilik yodgorliklarining nihoyatda ko‘pligining ahamiyati katta. O‘zbekistonda turizm rivoji uchun benihoya katta imkoniyatlar mavjud bo‘lib, hozirda ko‘plab eng zamonaviy mehmonxonalar qurilishi olib borilmoqda, san’at asarlari, yodgorliklar yaratish va transport servisini yuqori darajaga ko‘tarish ustida katta ishlar olib borilmoqda.
Yo‘lovchilar tashishni belgilashda yo‘lovchilar oqimining yo‘nalishlari va yil fasllari, shaharatrof yo‘nalishida esa oy, kun va hatto soatlar bo‘yicha taqsimlanishi aniqlanadi. Bu maqsadlarda yo‘lovchilar oqimini o‘rganish natijalaridan foydalniladi.
Yo‘lovchi poyezdlari uch guruhga bo‘linadi: uzoqqa-700 km dan ortiq masofalarga qatnovchi, mahalliy-150 dan 700 km gacha va shaharatrof-150 km gacha bo‘lgan masofalarga qatnovchi poyezdlar.
Uzoqqa va mahalliy yo‘nalishlarda qatnaydigan poyezdlar yurish tezligi va to‘xtashlar soniga qarab tezyurar va yo‘lovchi poyezdlarga bo‘linadi. Tezyurar poyezdlar katta tezliklarda yuradi va faqat katta stansiyalarda to‘xtaydi. 2004 yildan boshlab Toshkent-Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha tezyurar elektrpoyezdi qatnay boshladi. «Registon» deb ataluvchi ushbu ekspress poyezd 345 km yo‘lni o‘n soatda bosib o‘tadi. Poyezd vagonlari yumshoq o‘rindiqlar va barcha qulayliklarga ega bo‘lib yo‘lovchilarga huzurbaxsh sharoitlar yaratadi.
Yo‘lovchi poyezdlarining tezyurar poyezdlarga nisbatan tezligi kamroq bo‘lib, ular asosan barcha stansiyalarda to‘xtaydilar. Pochta va bagaj tezyurar yo‘lovchi va pochta – bagaj poyezdlari tarkiblariga qo‘shiladigan maxsus vagonlarda tashiladi.
Yo‘lovchilarga qulaylik maqsadida uzoqqa qatnovchi poyezdlarning boshlang‘ich manzildan jo‘nashini kechki vaqtlarga, oxirgi manzillarga etib kelishini erta tongga rejalashtirib poyezdlarning yurish jadvallari tuziladi. Mahalliy va shaharatrof poyezdlarining qatnash jadvali esa yo‘lovchilar oqimining asosiy qismiga qulay vaqtlarga, shahardagi korxonalarga keladigan ishchi-xizmatchilarning ish vaqtiga bog‘lab tuziladi.
Oddiy poyezdlardan tashqari uzun tarkibli, uzunligi oshirilgan va birlashtirilgan yo‘lovchi poyezdlari ham farqlanadi. Uzun tarkibli yo‘lovchi poyezdi ayni poyezdni tuzish chizmasidagidan ko‘proq vagonlarga ega bo‘ladi. Uzunligi oshirilgan yo‘lovchi poyezdi tarkiblaridagi vagonlar soni 20 dan ortadi. Ikki yo‘lovchi poyezdlari o‘zaro birlashtirilib, ularning har birining boshida ishlab turgan lokomotivlari bo‘lsa, bunday poyezdlar birlashgan yo‘lovchi poyezdlari deyiladi.
Yo‘lovchi tashishning umumiy hajmida shaharatrof tashishlarining ulushi katta.
Shaharatrof tashishlarning xarakterli hususiyatlari, ushbu turdagi poyezdlarning yo‘lovchilarni chiqarish va tushirish uchun ko‘p to‘xtashi, hamda harakatning yil fasllari, hafta kunlari va soatlar bo‘yicha notekisligi va o‘zgarib turishidan iborat.
Shaharatrof yo‘nalishlardagi yo‘lovchilar oqimi juda ko‘p bo‘lsa ularga qulaylik yaratish maqsadida “zonali harakat” deb nomlanuvchi jadval bo‘yicha harakatni tashkil qilish usuli qo‘llanadi. Bunda shaharatrof yo‘nalishi liniyasi bir necha qismlarga – zonalarga bo‘linadi va bir zona bo‘yicha barcha bekatlarda to‘xtaydigan poyezdlar boshqalarini to‘xtamay, yoki faqat katta bekatlarda to‘xtab o‘tadi. Ikkinchi zonaga boradigan yo‘lovchilar o‘z zona poyezdlarida birinchi zona bo‘ylab to‘xtamay o‘tadilar. Harakatni bunday tashkil qilishda avvalo poyezdlarning yo‘lovchilar bilan to‘lishi nisbatan bir tekis va masofani o‘tish uchun vaqt ham kamroq sarflanadi.
Yo‘lovchilarning bayram va dam olish kunlari shahardan tashqariga chiqish ehtiyojlarini qondirish maqsadida bunday kunlarda birlashtirilgan elektr poyezdlarining va qo‘shimcha shaharatrof poyezdlarining harakatini tashkil qilish ham amalga oshiriladi.
Agar shaharatrof yo‘nalishlaridagi yo‘lovchilar oqimi kam bo‘lsa, elektrlashtirilgan yo‘llarda ham iqtisodiy tejamkorlik maqsadlarida yo‘lovchilarga dizel-poyezdlar qatnovini tashkil qilish mumkin.
Yo‘lovchilarga qulaylik maqsadida yo‘l chiptalarini oldindan sotish, ularni yo‘lovchilarning uylariga, shu jumladan, ayrim oraliq stansiyalariga ham yetkazib berish, katta shaharlar orqali o‘tib ketadigan yo‘lovchilarga yo‘lda, safar vaqtida poyezdning o‘zida keyingi yo‘li uchun chipta bilan ta’minlash amaliyotlari ham tatbiq etilgan. Yo‘lovchilarga chipta sotish, joylarni belgilash va hisobga olish uchun uzoqqa qatnovchi poyezdlarga yo‘lovchilarni chipta bilan ta’minlovchi «Ekspress - 3» tizimi tatbiq etilgan bo‘lib, uning yordamida yo‘lovchiga 45 sekund ichida xizmat ko‘rsatilishi mumkin.
Yo‘lovchilarga ko‘rsatiladigan xizmatlar tez va soz bo‘lishi uchun yo‘lovchilarga xizmat boshqaruvi zamonaviy komp yuterlar va hisoblash texnikasi bilan jihozlangan. Ular vositalarida chipta yozuvchi, topshiruvchi, komposterlovchi mashinalar, avtomatik ma’lumotnomalar, televizion ko‘rsatkichlar va boshqalar mavjud.
Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida temir yo‘l va boshqa transport turlarining tutashish punktlarida birlashgan vokzallar qurilib temir yo‘llar, avtomobil va havo yo‘llari bo‘ylab yuradigan yo‘lovchilar uchun xizmat ko‘rsatadi.
2012 yil boshlangan «Maroqand−Qarshi» va «Qarshi−Termiz» temir yo‘l uchastkalarini elektrlashtirish ishlari o‘z yakuniga etdi.
«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJda uzunligi 140,8 kilometr bo‘lgan elektrlashtirilgan temir yo‘l uchastkasi 2015 yili foydalanishga topshiridi.
Shu vaqtga qadar 511 kilometrlik «Toshkent−Qarshi» yo‘nalishini yo‘lovchi poyezdlar 6 soatda bosib o‘tgan bo‘lsa, endi «Afrosiyob» poedlarida ushbu vaqt 3 soatni tashkil etadi. Yo‘lovchi va yuk tashishga mo‘ljallangan Xitoydan keltirilgan elektr poyezdlarda esa safar vaqti 4 soatdan iborat bo‘ladi. Elektrlashtirilgan «Maroqand−Qarshi» temiryo‘l uchastkasida poyezdlar 160 kilometr/soat tezlikda harakatlana oladi.
2014 yili “O‘zbekiston temir yo‘llari” Ispaniyaning Patentes Talgo kompaniyasi bilan ikki dona sig‘imi oshirilgan tezyurar Talgo poyezdini yetkazib berish bo‘yicha shartnomani imzolagan edi. «Toshkent-Samarqand-Qarshi» yo‘nalishida avvaldan foydalanib kelinayotgan ikki poyezdan farqli ravishda, yangi tarkiblar bittadan qo‘shimcha yo‘lovchi vagoniga ega (har biri 10 ta vagon, jumladan, vagon-restorandan).



Download 28.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling