3-seminar mashg’uloti. Abdurahmonova Nilufar Savollar


Download 19.04 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi19.04 Kb.
#227597
Bog'liq
3-seminar mash. topshirish muddati.HOAT.Abdurahmonova Nilufar



3-seminar mashg’uloti. Abdurahmonova Nilufar

Savollar:

  1. So'z yasalishi tipi termini.

  2. So'z yasalishining affiksatsiya usuli.

  3. Kompozitsiya usuli bilan so'z yasalishining o'ziga xosligi

  4. So'z yasalishiga doir yangicha qarashlar.

Javoblar:

1. So‘z yasash birikmasi ikki ma’noga ega:

1) umuman, yangi so‘z hosil qilish;

2) til birliklari yordamida, ma’lum usul bilan so‘z hosil qilish. Ana shu (ikkinchi) ma’nosi bilan «so‘z yasash» birikmasi lingvistik termin hisoblanadi, lingvistik tushunchani bildiradi.

O‘zbek tili «so‘z yasalishi» deganda, «so‘z yasalishi» birikmasi, fonetika, morfologiya terminlari kabi, o‘zbek tilshunosligining sohasini bildiradi. Demak, so‘z yasalishi termini ikki ma’noga ega: 1) hozir qayd etilgan soha ma’nosi; 2) so‘z yasash terminining majhul nisbat shakli va ma’nosi. So‘z yasalishi tilshunoslikning alohida sohasi (bo‘limi) sifatida, so‘z yasash va u bilan bog‘liq birliklar, hodisalar haqidagi, umuman aytganda, so‘z yasalishi tizimi haqidagi ta’limotdir. So‘z yasash termini til birliklari yordamida ma’lum usul bilan so‘z hosil qilishni bildirar ekan, birinchi galda, ana shu masalaga – so‘z yasash usuliada masalasiga to‘xtalish lozim bo‘ladi.

Soʻz yasalishi - 1) muayyan tilda mavjud boʻlgan usullar, namuna va qoliplar asosida, maʼlum vositalar yordamida yangi soʻz hosil qilish (soʻz xosil qilinishi). Masalan, affiks yordamida Soʻz yasalishi (soʻz la > soʻzla, maza Q li >mazali), "qil" yordamchi feʼli yordamida Soʻz yasalishi (tasdiq qilmoq, rohat qilmoq). Bu yerda "yasalish" soʻzi "yasamoq" feʼlining majhul nisbat shakli hisoblanadi va jarayonni ifodalaydi; birikmaning oʻzi esa lingvistik termin emas; 2) tilshunoslikning "Fonetika", "Leksikologiya"ga oʻxshash alohida sohasini (boʻlimini) bildiradi. Mac, oʻzbek tili morfologiyasi, oʻzbek tili sintaksisi, oʻzbek tili soʻz yasalishi. Bu oʻrinda "Soʻz yasalishi" birikmasi tilshunoslikka oid termin hisoblanadi. Tilshunoslikning bu boʻlimida yangi yasama suzlarning paydo boʻlishi va buning shartsharoitlari, yasama soʻz tarkibiy kismlarining (Soʻz yasalishi asosi va soʻz yasovchining) mohiyati, shuningdek, Soʻz yasalishi bilan bogʻliq boshqa tushuncha va hodisalarning mohiyati oʻrganiladi. Masalan, Soʻz yasalishi maʼnosi, Soʻz yasalishi tipi va qolipi, Soʻz yasalishi meʼyori, Soʻz yasalishi imkoniyati, Soʻz yasalishi dagi mahsullilikmahsulsizlik hodisasi, Soʻz yasalishi ning asosiy usullari, vositalari va boshqa. Shu asosda tilning Soʻz yasalishi tizimi tagʻlil etiladi.



2.O`zbek tilida so`z yasalishining affiksatsiya, kompozitsiya, fonetik, semantik, abbreviatsiya kabi usullari bo`lib, shulardan affiksatsiya va kompozitsiya usullari asosiy va etakchi usullar hisoblanadi.

Affiksatsiya usuli. So`zga so`z yasovchi affiks qo`shish bilan yangi so`z hosil qilish affiksatsiya usuli deyiladi. Masalan, Paxtakor, sinfdosh, quvonch, do`stlik, ochiq, tirishqoq, serjilo, ilmiy, o`yla, kengay, shodlan, tinchi, tasodifan, oqilona, ko`pincha, ertalab va boshqalar.

So`z yasovchi affikslar o`zbek tilida asosan suffiks tarzida qo`llanib, so`z o`zagidan so`ng qo`shilib keladi. Ba’zan bunday affikslar o`zak oldiga prefiks tarzida qo`shilib, yangi ma’nodagi so`z yasashi mumkin. Masalan, serhosil, serunum, badavlat, ba’mani, beminnat, beg`araz, noo`rin, nohaq, badfe’l, badbashara va h.k.

O`zbek tilida so`z yasovchi affikslardan tashqari, o`z xususiyatlari bilan affikslarga juda yaqin turadigan xona, noma, obod kabi so`z-affikslar ham mavjud. Bunday so`z-affikslar tilshunoslikda affiksoidlar deb ham yuritiladi: ishxona, mehmonxona, oshxona, qabulxona, tabriknoma, Xalqobod, YAngiobod.

3.Kompozitsiya usuli bilan so‘z yasash deganda, so‘z qo‘shish yo‘li bilan so‘z yasash tushuniladi. O‘zbek tilida ikki mustaqil so‘z ma’lum grammatik shaklda birikadi va birikuvchi so‘zlar o‘rtasida grammatik aloqa borligi sezilib turadi. Bunday birikish (bog‘lanish) natijasida lug‘aviy birlik, ya’ni leksema emas, balki sintaktik birlik – so‘z birikmasi yoki gap hosil bo‘ladi. Shu faktning o‘ziyoq ko‘rsatadiki, “so‘z qo‘shish bilan so‘z yasalishi” (shunday so‘z yasash usuli) haqida gap bo‘lishi mumkin emas

Kompozitsiya usuli. Birdan ortiq mustaqil ma’noli o‘zak morfemalarning tobelashgan holda qo‘shiluvi, birikuvi orqali yangi so‘z hosil qilinishidir. Masalan: Mirzachul, gulqand, guldasta, temir yo‘l, qaror qilmoq, ahd etmoq. Bunday yasama so‘zlar ikki yoki undan ortiq mustaqil ma’onli o‘zak morfemalar ishtirokida hosil bo‘lsa ham, yaxlitligicha bitta lug‘aviy ma’no ifodalashga xizmat qiladi. Ular tuzilishiga ko‘ra qo‘shma so‘zlar deyiladi. Kompozitsiya usuli bilan yasalgan qo‘shma so‘zlar ot, sifat, ravish va qisman fe’llarda keng tarqalgan. Ularning qismlari har xil va bir xil so‘z turkumlaridan tuzilishi mumkin. Masalan: Bel+bog‘, asal+ari, olib+chiqmoq kabilar bir xil so‘z turkumlarning qo‘shilishidan, qaror+qilmoq, osma+ko‘prik, tez+oqar kabilar esa har xil so‘z turkumlarning qo‘shilishidan tuzilgan.



4. O‘zbek tili so‘z yasalishi bo‘yicha ayniqsa A.Hojiyevning xizmatlari beqiyosdir. Bu borada uning bir qancha ilmiy asarlari yuzaga kelgan. Maktab darslik va qo‘llanmalarida olimlar o‘zbek tilida so‘z yasalish usullarini beshta deb ko‘rsatsalar, ayrimlari uchta, ba’zi ishlarda hatto ikkita deb ko‘rsatiladi. Masalan, affiksatsiya (morfologik) usuli, kompozitsiya (sintaktik) usul, abbreviatsiya (so‘zlarni qisqartirish) usuli, turkumdan turkumga ko‘chish (semantik) usuli, so‘zlarni takrorlash usuli kabi. Bular asosida yangi so‘z yasash hodisasi rus tili qoliplari asosida shakllanganligi ta’kidlanib, hozirgi kunda ayrim olimlar kompozitsiya usulida so‘z yasalish hodisasi mavjud ekanligini inkor etayaptilar. Bu haqda A.Hojiyevning maxsus qo‘llanmasi e’lon qilingan.


Download 19.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling