3. shoir she’riyatining mavzu mundarijasi. Quddus Muxammadiy she’riyatining janr va mavzu bo’yicha tasniflash


Download 47.5 Kb.
Sana19.06.2020
Hajmi47.5 Kb.
#120340
Bog'liq
Quddus Muxammadiy asarlarining folklor bilan hamohangligi


Quddus Muxammadiy asarlarining folklor bilan hamohangligi
REJA:
1. Yangi davr o’zbek bolalar adabiyotida she’riy janrlar

va ularning mundarijasi.

2. Quddus Muxammadiyning qardosh hamda o’zbek bolalar

adabiyotidagi o’rni va roli.

3. SHoir she’riyatining mavzu mundarijasi.

4. Quddus Muxammadiy she’riyatining janr va mavzu

bo’yicha tasniflash.

5. SHoirning tabiat mavzusidagi ijodi.

6. Xulosa.

Ma’ruza mashg’ulotidan oldin talabalar bilan qisqacha suxbat o’tkazilib, shoir haqida ularning bog’cha, o’rta maktabda olgan bilimlari sinaladi, yod olingan yoki o’qilgan shoir asarlari eslanadi va shu asosida mashg’ulot boshlanishiga zamin tayyorlaniladi.


Bolalar adabiyotida yaratilgan barcha janrdagi asarlarda bolaning yosh xususiyati, dunyoqarashi, milliy xarakteri, psixologiyasi va jismoniy tomonlari hisobga olinishi zarur. Ana shundagina yozilgan talantli asar yoshlar ongi va ma’naviyatida ma’lum bir iz qoldirib, estetik funktsiya bajaradi.

O’zbek bolalar adabiyotida adabiy turlar ichida lirik tur janrlari yetakchilik qilayotganini kukzatish mumkin. Bu tabiiy hol bo’lib, bola yoshlik chog’idanoq dunyoni o’ta tez o’zlashtirishga kirishishi, esda olish va yodlash qobiliyati boshqa malakaviy reflekslarga nisbatan tez rivojlanishi bilan izohlanadi. Natijada bola oson, qulay so’z va iboralarni tez o’zlashtira oladi. Ikkinchidan esa, ularda tuyg’ular rivoji ham tezlashadi, tabiatga, atrofdagilarga estetik nuqtai nazari paydo bo’ladi. Adabiyotda esa bunday holatlar ko’pincha she’riy asarlarda yaqqol ko’zga tashlanadi hamda bundagi janrlar bola talab qilgan narsalarni berishga eng qulaydir.

Agar bog’cha yoshidagi bolalarning faoliyatiga, ijodiy tomonlariga nazar tashlansa, ularda she’riy asarlarni yodlashga intilish, iqtidor, maqsad kuchli ekani ko’rinadi. CHunki she’riy asar ijro etilishiga ko’ra kollektivlik mazmuni kuchliligi, bolada o’ziga xos psixologik g’urur, qarash, ijodkorlik uyg’ota olishi, musiqaviyligi, nutqni ravon va yozishni bilmagan yoshdagi bolani badiiy asarni o’zlashtirishi uchun eng qulay usul bu yodlashdir. Demak, she’riy asar yodlashga mos ekanligi uchun ham bolalar adabiyotida nisbatan yetakchilik xususiyatiga egadir.

SHularni xulosa qilib aytganda, o’zbek bolalar adabiyotida bog’cha yoshidan to 9-10 yoshgacha bo’lgan kichiklarga atab yozilgan asarlar ichida she’riyat yetakchilik qiladi. Mashxur o’zbek bolalar shoiri Quddus Muhammadiy ijodi bunga yaqqol misollar bera oladi.

XX asr boshlaridan to shu kungacha bo’lgan o’zbek bolalar adabiyotidagi lirik tur faoliyatiga qarasak, unda she’r, she’riy hikoya, kichik lirik doston, topishmoq, she’riy ertak, masal, tez aytish kabi she’riy tur asosida yaratilgan asarlarga ko’zimiz tushadi. Garchand ular liro-epik turga yaqinligi bilan xarakterlansa-da, bolalar adabiyotida bunday holat ko’p hollarda liriklikka ko’proq moyilligi bilan xarakterlidir.

Quddus Muxammadiy qardosh xalqlar adabiyotida, xususan, o’zbek bolalar adabiyotida kichik yoshdagi bolalar va boshlang’ich sinf maktab o’quvchilarining ruhiy holatlarini, ularning atrofdagilar bilan bo’lgan munosabatini, bolalar ruhiyatidagi, xarakteridagi ijobiy va salbiy xislatlarni chuqur tahlil qila bilish, kichiklar va tabiat o’rtasidagi aloqani, bir-biriga bog’liqlikni she’riy misralarda tahlil qila olishi bilan, qissadan xissa tarzida tarbiyaviy xulosalar chiqara olishi, tez ta’sir qila oluvchi misralar, so’zlar anglay olishi hamda o’ta nozik kuzatuvchan murabbiy ekanligi bilan ajralib turadi.

Quddus Muhammadiy 1907 yilda Toshkentning bir maxallasida - mehnatkash dehqon oilasida tavallud topdi. SHoir dastlabki savodini o’qimishli otasi Muhammad Alibekdan oladi. So’ngri turmush qiyinchiliklari tufayli - otasi vafot etgach, amakisi qo’lida tarbiya topib, maktab-internatga kirib o’qiydi. 1925 yilda Quddus internatda o’qib yurgan paytida birinchi she’ri - “CHuvalachi” (qishloq nomi)ni yozib e’lon qiladi.

So’ngra yosh shoir “Gulshan qo’ynida”, “Tong o’yini”, “Paranji” she’rlarini yozadi va bu mashqlari “Yosh leninchi”, “O’qituvchilar gazetasi”larda bosilib chiqa boshladi.

Qishloq xo’jalik texnikumini bitirgan Quddus Muxammadiy ijodiy ishini davom ettirdi, X.Olimjon, G’.G’ulomlar bilan tanishdi, ulardan saboq oldi.

Quddus Muhammadiy 1931 yildan o’rta maktab botanika o’qituvchisi bo’lib ishlay boshladi va ayni vaqtda SaGU ning shunday fakulptetida oliy ma’lumot ola boshladi.

Uning “Bargjon”, “Tut”, “SHaftoli doktor”, “Asalari va Adham” kabi tabiat mavzusiga bag’ishlangan she’rlari shu davr maxsuli bo’lib, bunday asarlarni dunyoga kelishida uning botanika fanini chuqur bilishi ham asos bo’la oladi.

SHoir 1941 yilda Mirzacho’lga kelib o’qituvchi bo’lib ishlay boshladi. Bu yerda Quddus Muxammadiy ijodida yangi bosqich boshlanayotgan edi. Ammo Ulug’ Vatan urushining boshlanishi shoir rejalarini ortga surdi: u xalq baxshisi Islom shoirga kotiblik qila boshlaydi. Bu holat esa shoir ijodida yangi saxifani ochadi: Quddus Muxammadiy ijodiga xalq og’zaki ijodi mazmuni kirib keldi. “Ochil dasturxon”, “Bola boshidan, o’g’lon yoshidan”, “Dono bobo va uning nevara-chevaralari” kabi asarlarida va bir qator she’riy ertaklarning yaratilishida biz folpklor ta’sirini yaqqol sezishimiz mumkin.

Quddus Muxammadiy butun umr bo’yi deyarli murabbiylik - o’qituvchilik bilan shug’ullandi va ayni paytda bolalar uchun juda katta adabiy meros yarata oldi.

SHoir ijodini tahlil qilish jarayonida uning she’riyatida quyidagi mavzular bor ekanligini ko’rish mumkin:

1. Bolalar xulq-odobidagi salbiy va ijobiy fazilatlar tasviri.

2. Tabiat sirlari va unga bo’lgan kichiklar munosabati.

3. Zamonaviy fan-texnika taraqqiyoti tasviri.

4. Ijodiy mehnat va uning samarasi.

5. Kattalar va kichiklar o’rtasidagi o’zaro munosabat masalasi.

6. O’quvchilar hayoti va ularning o’zaro munosabatlari.

7. Ilm olish, adob-axloq masalasi.

8. Xalqimizning dono o’tmishi va hozirning aloqasi masalasi.

9. Bolalar ongi, hulqidagi inosoniy fazilatlar tahlili.
Quddus Muxammadiyning birinchi tip asarlariga “Dum”, “Axmadjonga uyat”, “Nomsiz erkatoylar”, “Lapashang”, “Ravshanjonning qo’li tilga kirdi” va boshqalarni kiritish mumkin. (Mashg’ulot davomida ushbu asarlardan namunalar o’qiladi, qisqacha taxlili berib boriladi).

Tabiatga bag’ishlangan “Bahor keldi”, “Qanotli do’stlar”, “Sigir nega kavsh qaytaradi”, “Tut”, “Tolim gullaydiyu nega meva tugmaydi”, “SHaftoli doktor”, “Asalari va Axmadjon” she’rlari mashhurdir.

(SHoirning “Tabiat alifbesi” to’plamidan bir necha asar o’qilib, ulardagi mavzu, g’oya tahlil qilinadi).

SHoir zamonaviy fan-texnika yangiliklariga bag’ishlab “Temirlar o’yini”, “GES qurilishida”, “Nur koptok”, “Madraim payvandchi” kabi she’rlarini yaratdi.

(Talabalar bilan birgalikda “GES qurilishida” asari muxokama qilib ketiladi).

Uning ijodiy mehnat mavzusidagi “Mirob”, “Mamajon shofyor”, “Bobomning mehnati” kabi asararining mavzu-mundarijasi haqida gapiriladi, qisqacha taxlili beriladi.

Quddus Muxammadiy kattalar va kichiklar o’rtasidagi munosabatga bag’ishlangan “SHu binoni kim qurgan”, “Ona va bola mehri”, “Yangi uy” kabi asarlarini yaratdi.

SHoir ijodidan eng katta o’rinni o’quvchi va o’qituvchi faoliyati, munosabatiga bag’ishlangan she’rlar o’rin olgan.

(“Solijonning darsxonasi”, “Besh” asarlari qisqacha tahlil qilinadi).

Quddus Muxammadiy ilm va odob-axloq mavzusini “Bola boshidan, o’g’lon yoshidan” to’plamida juda keng tahlil qilib bera olgan.

(To’plamdagi ikkita asar tahlili qisqacha beriladi).

SHoir ijodida yaratilgan bir qator asarlarda folpklor an’analaridan foydalanilgan holda xalqimiz o’tmishiga nazar tashlangan va zamonaviy xulosalar chiqarilgan.

(“Dono bobo va uning nevara-chevaralari” asari tahlili).

Quddus Muxammadiy yaxshi fazilatlarni hammaga o’rnak qilib ko’rsatuvchi g’oyalarga yo’g’irilgan she’rlarning ham muallifidir.

(“Sen tug’ilgan kun”, “Etik”, “Yasha, Omon!” she’rlariga to’xtalinadi).

Xulosa qilib aytganda, shoir Quddus Muxammadiy she’riyati bolalar adabiyotida o’ziga xos mundarija ochgan, maktab yarata olgan she’riyatdir.


BIZNING KUZ

Kuzimizning go’zalligin,

Og’aynilar, ko’rganmisiz?

Tokdan husayni, yerdan qrqma,

SHohdan behi uzganmisiz?

Uzum uzib, sharbat suzib,

SHinniga o’t yoqqanmisiz?

Gala-gala do’stlar bilan

Katta bog’da gurpaklashib

Duv-duv yong’oq qoqqnmisiz?

Bularni ham qo’yavering,

Dalamizga chiqqanmisiz?

Paxtazordan uyum-uyum

“Oq oltin”ni yiqqanmisiz?

Har barg tilla tusin olib,

SHildiragshib to’kiladi.

Olma shoxi olmasini

Ko’tarolmay bukiladi.

Har muyushda to’p-to’p xirmon,

Tog’-tog’ bo’lib uyuladi.

Kuz hosil omborlarga

Mashinala quyuladi.

“Qo’zivoy”lar pushtasiga,

Sig’may sekin yumalaydi.

Ko’kdan yog’ar hayot suvi,

Mayin-mayin shivalaydi.



Adabiyotlar:


  1. Karimov N. XX asr o’zbek adabiyoti taraqqiyotining o’ziga xos xususiyatlari va milliy istiqlol mafkurasi. T., 1993.

  2. Jumaboev M. Bolalar adabiyoti. T., 1994.

  3. Jumaboev M. Jahon va o’zbek bolalar adabiyoti. T., 1976.

  4. Kollektiv. Bolalar adabiyoti. T., 1977.

  5. Quddus Muxammadiy. “Qanotli do’stlar”, she’riy to’plam. T., 1976.

  6. Quddus Muxammadiy. “Tabiat alifbosi”, she’riy to’plam. T., 1973

  7. S.Irisxo’jaeva. SHoir va murabbiy. (SHoir haqida). T., 1977.

Download 47.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling