3-sinf Darsning mavzusi: O’ktam Usmonovning “Ona mehri ” ertagi I, II qism Darsning maqsadlari: ta’limiy maqsad


Download 161.5 Kb.
bet1/2
Sana29.04.2022
Hajmi161.5 Kb.
#660136
  1   2
Bog'liq
Ona mehri
6-sinf II bo'lim, 6-sinf II bo'lim, Didaktik o'yin (kitobcha) (2), Doc1, ona tli 13.04.2020, ona tli 13.04.2020, bahor keldi, bahor keldi, 09.Annotatsiya, 11-sinf Matematika Test (Bog'ot 92-IMI), Gulnoza, niginaxon 2020, Infinitive & Gerund, Texnologik xarita hamma uchun namuna, БМИ бети Word11

3-sinf
Darsning mavzusi: O’ktam Usmonovning “Ona mehri ” ertagi I, II qism


Darsning maqsadlari:


ta’limiy maqsad: O’ktam Usmonovning “Ona mehri” ertagi I, II qismini ifodali o’qish va so’zlashga o’rgatish;


tarbiyaviy maqsad: O’ktam Usmonovning “Ona mehri” ertagini ifodali o’qish orqali o’quvchilar qalbida onalarni hurmatlash , qadrlash, sevish tuyg’ularini tarbiyalash;


rivojlantiruvchi maqasad: o’quvchilarni yaxshi va yomonni ajratishga o’rgatish og’zaki nutqini ijodiy va mustaqil fikrlash qobilyatini rivojlantirish;


Darsning uslubi: muloqot, bahs-munozara, test, suhbat, mustaqil ish, boshqotirma, zanjir metodi, nilufar guli.


Darsning turi: noan’anaviy, yangi bilim beruvchi


Darsning johozlari: boshqotirma, mavzuga oid ko’rgazmali rasmlar “ziyo sarchashmasi” ramziy kitobi, gugurt donalari kubiklar, tarqatma materiallar, buklet rag’bat gullari;


Darsning shiori: jannat onalar oyog’i ostidadur;


Darsning borishi:



  1. Tashkiliy qism. O’quvchilar bilan salomlashish, davomatni aniqlash, ob-havo haqida suhbat, o’quvchilarning darsga tayyorliklarini nazorat qilish;

O’qituvchi:_Bolajonlar,_so’g-omonmisiz,_Bugungi_darsga_tayyormisiz!_O’quvchilar'>O’qituvchi:
Bolajonlar, so’g-omonmisiz,
Bugungi darsga tayyormisiz!
O’quvchilar:
Hammamiz sog’-omonmiz,
Yangi darsga tayyormiz.
O’qituvchi:
Har narsadan xabarchi,
Sinfda kim navbatchi.
O’quvchi:
Sinfda men navbatchi,
Tayyor barcha o’quvchi.
O’qituvchi:
O’lkamizda qaysi fasl?
O’quvchi:
O’lkamizda bahor fasli.
O’qituvchi:
Hozir o’qish darsi shundaymi?
O’qish darsi bizga nimalarni o’rgatadi?
O’quvchi:
O’qish sabog’i bizga,
O’rgatar tez o’qishni.
Ifodali o’qiymiz,
Ko’plab she’rlar yodlaymiz
O’qituvchi: Bugun ma’naviyat daqiqasida siz bolajonlar bilan qadriyatlar haqida gaplashamiz. Odamlar uchun ahamiyatli bo’lgan barcha narsalar, erkinlik, tinchlik, adolat, haqiqat, ma’rifat, yaxshilik va boshqalar qadriyat hisoblanadi. Odob-axloq, urf-odatlar, marosimlar shaklida namoyon bo’ladi. Navro’z bayrami ana shunday qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz, aks etgan bayramlarimizdan biridir.
Keling aziz bolalar bugungi darsimizda biz kichik guruhlarda ishlaymiz. O’lkamizda hozir bahor fasli bo’lganligi uchun guruhlarga to’rt xil gullar nomi yozilgan kartochkalar tarqataman. Qo’llarida bir xil gul nomi bor o’quvchilar bitta guruh bo’ladi. O’quvchilar “LOLA”, “BOYCHECHAK”, “BINAFSHA”, “NASTARIN” guruhlariga bo’linadilar. Guruh sardorlari saylanadi va guruhga ta’rif beriladi. Sinf xattaxtasida to’rt guruh nomi va rag’bat gullari solish uchun maysa tasviridagi qutilar joylashtiriladi.




  1. Download 161.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling