3 Sodda va murakkab tizimlar Ochiq va yopiq tizimlar


Download 123.22 Kb.
Sana19.06.2020
Hajmi123.22 Kb.
#120463
Bog'liq
ALIQULOV MURODBEK


O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAHSUS TA’LIM VAZIRLIGI TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI AXBOROT TIZIMLARI FANIDAN YAKUNIY NAZORAT ISHI VARIANTI

3

1. Sodda va murakkab tizimlar

2. Ochiq va yopiq tizimlar

3. Yaxshi tashkillashgan tizimlar

4. Axborot tizimlarining tashkil etish usuli bo’yicha sinflanishi

5. ATning tashkil etuvchilari
KAFEDRA MUDIRI: f.m.f.d. CH.B.NORMURODOV

FAN O`QITUVCHISI: ALIYEV J.E.

1-SAVOLGA JAVOB.

Lyudvig fon Bertalanfi1 (1901–1972) murakkab tizimlar nazariyasiga birinchi bo‘lib asos soldi. U murakkab tizimlarning umumiy hususiyatlarini ta’riflashga muvaffaq bo‘ldi. U sodda va murakkab tizimlar hususiyatlarini alohida o‘rganib chiqdi. U sodda tizimlar tashqi muhitga nisbatan yopiq bo‘lishi va, aksincha, murakkab tizimlarning tashqi muhitga nisbatan ochiq ekanligini ko‘rsatib bera oldi.



SODDA VA MURAKKAB TIZIMLAR. Tizim - bu elementlardan tashkil topgan ob’ekt. Ushbu ta’rif umumiy bo‘lib ham sodda, ham murakkab tizimlarni o‘zida qamrab oladi.

Masalan, rangli qalamlar to‘plami – bu sodda tizim, chunki bu to‘plam maqsadga intilmaydi. Uning maqsadi ichkaridan emas, balki tashqaridan belgilanadi: rasm chizish tashqi muhitda maqsad qilib olinadi, ya’ni qalamlar to‘plami aslida tashqaridagi ob’ekt uchun vosita (instrument) sifatida xizmat qiladi. Boshqacha qilib aytganda, “maqsad ob’ekt ichida dasturlanmagan”.



Murakkab tizim – bog‘langan elementlardan tashkil topgan va maqsadga intilayotgan ob’ektdir. Bu ta’rif faqat murakkab tizimlarni o‘zida qamrab oladi.

Masalan, Toshkent davlat yuridik universiteti oliy ma’lumotli yuridik kadrlarni tayyorlash tizimi sifatida quyidagi bir biri bilan bog‘liq bo‘lgan va ierarxik tuzilma orqali bog‘langan elementlardan tashkil topgan: rektor, prorektorlar, kafedralar, talabalar va h.k. Bu tizim quyidagi maqsadga intiladi - yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, ya’ni, boshqacha qilib aytganda, “ob’ekt miqyosida maqsad dasturlangan”.

Har qanday murakkab tizim quyidagi to‘rtta tushuncha orqali ifodalanadi: sub’ekt, ob’ekt, muammo (masala) va tezaurus.

Sub’ekt deb ob’ektning iste’molchisiga aytiladi.

Masalan, avtomobilni ob’ekt, xaydovchisini esa sub’ekt desa bo‘ladi. Universitetning sub’ekti – jamiyat, chunki universitet o‘z faoliyati bilan jamiyatga naf keltiradi. Sub’ekt ba’zi tizimlarda ajralmas, ba’zilarida esa ajralgan bo‘lishi mumkin. Agar sub’ekt va ob’ekt ajralmas bo‘lib tizimni shakllantirishsa va uning tashqi muhiti umuman inobatga olinmasa, bunday tizim yopiq tizim deyiladi. Agar tashqi muhit tizim holatiga ta’sir qilsa va bu hol inobatga olinsa, u holda ochiq tizim haqida so‘z gapirsa bo‘ladi.



Ob’ekt – bir-biri bilan tuzilma orqali bog‘liq bo‘lgan va sub’ektga naf keltirishga mo‘ljallangan qo‘yi ob’ektlar, qismlar to‘plami.

Masalan, avtomobil va xaydovchi tizimida avtomobil ob’ekt bo‘lib xizmat qiladi. Universitetning o‘zi – ob’ekt, jamiyat esa - sub’ekt. O‘zbek tilining so‘zlari majmuasi – ob’ekt, o‘zbek tilida so‘zlashuvchi jamiyat esa - sub’ekt. Yoshlar orasidagi jinoyatlar bilan kurashish tizimida ob’ekt sifatida quyidagi bir necha organlar majmuasi ko‘rilishi mumkin: prokuratura, ichki ishlar, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish, o‘zini-o‘zi boshqarish, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati organlari.



Muammo (masala) – sub’ektning ob’ektga nisbatan mulohaza ko‘rinishida bildirilgan tanqidiy munosabati. Masalan, sub’ekt ob’ekt tomonidan keltirilayotgan naf bilan qoniqmaydigan bo‘lsa, ob’ektga nisbatan tanqidiy munosabat bildiradi, ya’ni ob’ekt bilan bog‘liq bo‘lgan muammoni ko‘taradi.

Tezaurus – quyi ob’ektlar, sub’ekt va ob’ekt orasidagi munosabatlarni maxsus belgilar bilan ifodalash va ular yordamida muammoni yechish maqsadida qo‘llanadigan til.

Masalan, bu – matematik, lingvistik yoki dasturlash tili bo‘lishi mumkin.



Murakkab tizim – bu shunday ob’ektki, u quyidagi uchta universal hususiyatlardan iborat bo‘ladi:

  • ob’ektning yahlitligi (elementlarning integrallashganligi)2;

  • elementlarning bir-biri bilan tuzilma shaklida bog‘liqligi3;

  • ob’ektning maqsadga intilishi (ya’ni ob’ektda maqsad sari intilish hususiyati mavjud).

Yuqorida keltirilgan ta’rif ushbu darslikda o‘rganiladigan murakkab tizim tushunchasining to‘liq ta’rifi hisoblanadi. E’tibor bergan bo‘lsangiz, bundan avvalgi ta’rifda tizimning yaxlitlilik xususiyati keltirilmagan edi.

Yahlitlik (integrallashganlik) hususiyati. Murakkab tizimning birorta elementini ajratib bo‘lmaydi. Demak, murakkab tizimga nisbatan hususiy tahlil emas, balki tizimli tahlilni amalga oshirish kerak, ya’ni har bir elementni tizimdan ajratmagan holda tahlil qilish lozim. Tizimdan ajralgan element o‘zining muhim hususiyatlarini yo‘qotadi, tizim doirasida esa u o‘z hususiyatlarini saqlaydi. Bunga sabab, o‘sha elementning boshqa elementlar bilan bog‘liqligidir.



Bog‘liqlik (kommunikativlik) hususiyati. Murakkab tizimdagi elementlar bir biri bilan har hil munosabatlarda bo‘lishadi. Agar ba’zi elementlar alohida bo‘lib qolib, ularning boshqa elementlar bilan bog‘liqligi aniqlanmasa, tizim haqidagi ma’lumot to‘liq bo‘lmaydi. Agar har bir elementning boshqa elementlar bilan bog‘liqligi to‘g‘risidagi ma’lumot to‘liq aniqlansa, u holda tizim deterministik deb nomlanadi. Deterministik tizimlar ko‘pincha mexanika va matematika sohasida uchraydi. Ijtimoiy tizimlar esa deterministik bo‘lmaydi. Murakkab tizimdagi elementlar bir biriga nisbatan ierarxik yoki boshqacha holda joylashgan bo‘ladi. Qaysidir elementlar tizimning yuqori pog‘onasida joylashgan bo‘lsa, boshqalari – quyi yoki parallel pog‘onada joylashgan bo‘ladi.

Masalan, universitet boshqaruvi tizimida rektor element sifatida eng yuqori pog‘onada tursa, prorektorlar boshqa elementlar sifatida ikkinchi pog‘onada turishadi va xok.



Maqsadga intilish hususiyati. Har qanday murakkab tizim maqsadga intilgan bo‘ladi. Maqsadga intilish tizim ichida dasturlangan bo‘ladi. Murakkab tizim avtonom ravishda ishlay oladi va muayan maqsadga intiladi. Agar tizim maqsadga intilmasa, demak u murakkab tizim emas, aksincha, sodda tizim.

Murakkab tizimda qaror qabul qiluvchi yoki boshqaruvchi quyi tizim yoki gomeostazis hususiyati4 mavjud bo‘ladi. Murakkab tizim qarorlar qabul qilish mexanizmi orqali yoki avtomatik tarzda yoki muvozanatga tortuvchi kuch yordamida boshqarilishi mumkin. Avtomatik tarzda boshqariladigan murakkab tizimlar kibernetik tizimlar bo‘lib, kibernetika5 tomonidan o‘rganiladi va mazkur darslik doirasida ko‘rilmaydi.



Sodda tizim

Murakkab tizim

Qaror qabul qiluvchi yoki boshqaruvchi quyi tizimi yoki gomeostazis hususiyati yo‘q yoki munosabatlarni tartibga soluvchi hususiyati yo‘q

Qaror qabul qiluvchi yoki boshqaruvchi quyi tizimi yoki gomeostazis hususiyati yoki munosabatlarni tartibga soluvchi hususiyati mavjud

Maqsadga intilmaydi

Maqsadga intiladi

Sub’ekt tizimni bevosita harakatga keltiradi

Tizim o‘zi harakatga keladi va sub’ekt uning ishlashiga dastlabki impuls beradi, hamda

uning harakatiga bilvosita ta’sir qiladi



Misollar: agar sub’ekt ajralgan bo‘lsa va xarakatlanayotgan dinamik tizim ob’ekt sifatida o‘rganilsa, u holda velosiped, avtomobil, samolyot – sodda tizimlar, chunki ular xaydovchisiz xarakatga kelishmaydi.

Ya’ni o‘rganish ob’ekti va predmetiga ko‘ra, tizim sodda yoki murakkab bo‘lishi ham mumkin.



Misollar: agar sub’ekt ajralmagan bo‘lsa va xarakatlanayotgan tizim o‘rganilsa, u holda velosiped, avtomobil, samolyot – murakkab tizimlar.

Boshqa misollar: velosiped, avtomobil yoki samolyotda o‘rnatilgan GPS navigatori; robot; mexanik yoki kvarsli soat; Quyosh tizimi; korxona; o‘simlik; universitet; jamiyat; jinoyat bilan kurashish tizimi; Konstitutsiya; Mehnat Kodeksi; jinoyat qonunchiligi.



Muvozanatga intiluvchi tizimlar fizika, astronomiya, iqtisodiyotda va xok. sohalarda uchraydi. Keyinchalik biz qaror qabul qiluvchi quyi tizimga ega bo‘lgan, hamda muvozanatga intiluvchi murakkab tizimlarni ko‘rib chiqamiz.

2-SAVOLGA JAVOB.

Agar sub’ekt va ob’ekt ajralmas bo‘lib tizimni shakllantirishsa va uning tashqi muhiti umuman inobatga olinmasa, bunday tizim yopiq tizim deyiladi. Agar tashqi muhit tizim holatiga ta’sir qilsa va bu hol inobatga olinsa, u holda ochiq tizim haqida so‘z gapirsa bo‘ladi.

Lyudvig fon Bertalanfi6 (1901–1972) murakkab tizimlar nazariyasiga birinchi bo‘lib asos soldi. U murakkab tizimlarning umumiy hususiyatlarini ta’riflashga muvaffaq bo‘ldi. U sodda va murakkab tizimlar hususiyatlarini alohida o‘rganib chiqdi. U sodda tizimlar tashqi muhitga nisbatan yopiq bo‘lishi va, aksincha, murakkab tizimlarning tashqi muhitga nisbatan ochiq ekanligini ko‘rsatib bera oldi.

Tashqi muhit bilan aloqa qilish bo‘yicha tizimlar ochiq va yopiq bo‘ladi.

Masalan, universitet – ochiq tizim. Tashqi muhitdan universitetga axborot, moddiy va moliyaviy resurslar, ishga kiruvchi kadrlar, abiturientlar kirib keladi. Universitetdan tashqi muhitga axborot, ishdan bo‘shuvchi kadrlar, bitiruvchilar chiqib ketadi. Yopiq tizim tashqi muhit bilan nisbatan kamroq axborot, energiya, resurs va mahsulotlarni bilan almashinib turadi. Masalan, xalqaro savdo va xalqaro moliyaviy xamkorlik a’zosi bo‘lmagan mamlakat yopiq iqtisodiyotga ega bo‘ladi.

Muvozanat holati bo‘yicha tizimlar muvozanatli va muvozanatsiz bo‘ladi. Muvozanat yoki muvozanatsizlik holati ham dinamik, ham statik tizimda kuzatilishi mumkin.

Masalan, vaqt o‘tgan sari mahsulot bozorida talab va taklif xajmlari eksponensial o‘sish sur’atlarda o‘zgarsa va shu bilan birga ularning xajmi bir-biriga doimo tengligi saqlanib borsa, u holda bozordagi talab va taklif xajmlarining dinamik muvozanati haqida gapirsa bo‘ladi. Agar vaqt o‘tgan sari mahsulot bozorida talab va taklif xajmlari bir hil o‘sish sur’atlarda o‘zgarsa va shu bilan birga ularning xajmi bir-biriga doimo tengligi saqlanib borsa, bunday dinamik muvozanat – statsionar muvozanat deb, bunday dinamik tizim esa – statsionar tizim deb ataladi. Statsionar tizimda muvozanat bo‘lishi shart emas, ammo uning xarakati shakli bir-hil bo‘ladi.

Muvozanat holati tiklanishi bo‘yicha tizimlarni barqaror va barqarorsiz tizimlarga ajratsa bo‘ladi. Agar tizimda tashqi ta’sir natijasida muvozanat buzilsa va bu muvozanat keyinchalik tez orada tiklansa, bunday tizim barqaror tizim deb ataladi.

Agar vaqt o‘tgan sari tizim holati yoki tizim holati bilan birga uning tarkibiy tuzilmasi ham o‘zgarsa, bunday tizim dinamik tizim deb ataladi. Aksincha, agar vaqt o‘tgan sari tizimning holati va tarkibiy tuzilmasi o‘zgarmasa, bunday tizim statik tizim deb ataladi. Dinamik tizimlar o‘z navbatida klassik va evolyusion tizimlarga bo‘linadi. Agar vaqt o‘tgan sari tizim holati o‘zgarib, uning tarkibiy tuzilmasi o‘zgarmasa, bunday dinamik tizim klassik tizim deb ataladi. Aksincha, uning tarkibiy tuzilmasi o‘zgarsa, bunday dinamik tizim evolyusion tizim deb ataladi.

Masalan, jinoyatga qarshi kurashish tizimida vaqt o‘tgan sari haq to‘lash fondida moliyaviy mablag‘lar etishmasligi sababli tergovchilar maoshi kamayib ketdi. Bu esa – jinoyatlarni fosh qilish darajasining tushib ketishiga sabab bo‘ldi, chunki tizimda qo‘nimsizlik oshib ketdi. Shu bilan birga, tizimning tashkiliy-funksional, moddiy-texnik tuzilmasi va xokazo tuzilmalari saqlanib qoldi. Demak, bu erda klassik tizim haqiga gap ketyapti.

Yana bir misol: ko‘p qavatli uyning holati o‘n yildan keyin quvurlarni alishtirish va devorlarni oxaklash kabi ta’mirlash ishlarini amalga oshirishni talab qildi, lekin uyning arxitekturali tuzilmasi saqlanib qoldi.

Evolyusion tizimga misol: Oliy Majlis oldin bir palatali edi, lekin vaqt o‘tgan sari uning tashkiliy-funksional tuzilmasi o‘zgardi – ya’ni, u ikki palatali bo‘ldi va buning natijasida qonun chiqaruvchi xokimiyati organlari tizimi takomillashdi.

Evolyusion tizimlar o‘z navbatida ochiq va yopiq bo‘ladi. Ochiq evolyusion tizimlarmashhur olim, Nobel mukofoti laureati, Ilya Prigojin7 tomonidan “dissipativ tizimlar” deb nomlanib, ularning hususiyatlari asoslanib berilgan. Bunday tizimlar – muvozanatsiz tizimlar. Tashqi ta’sir muvozanatsiz tizimga ma’lumot yoki materiya (energiya) ni olib kiradi va buning natijasida boshida tizim o‘zining muvozanatini yo‘qotadi va unda o‘zini-o‘zi qayta tashkillashtirish jarayoni boshlanadi, ammo keyinchalik asta-sekin tizimda murakkab tuzilma yuzaga keladi va tizim muvozanat sari intilishga boshlaydi. Lekin tizim muvozanat xolatiga etishga ulgurmaydi va tashqaridan yana ma’lumot yoki materiya (energiya) kirib kelib, muvozanat buzilishiga sabab bo‘ladi: natijada yana qayta tashkillashtirish ro‘y berib, yanada murakkabroq tuzilma vujudga keladi. Demak, dissipativ tizimda ichki va tashqi ta’sirlar orqali “o‘zinio‘zi tashkillashtirish” jarayoni amalga oshadi va shu tariqa tizimda evolyusiya ro‘y beradi. Yopiq evolyusion tizimlarda faqatgina ichki ta’sirlar orqali “o‘zini-o‘zi tashkillashtirish” jarayonlari amalga oshadi.

Maqsad soni bo‘yicha tizimlar bir maqsadli va ko‘p maqsadli tizimlarga bo‘linadi. Murakkab tizimlarning turlari tegishli jadvalda umumlashtirilgan.



Tasniflash alomati

Murakkab tizim turi

Tizim ob’ekti yoki bevosita tizim

(misollar)

Tashqi muhit bilan aloqa qilish bo‘yicha

ochiq

Jamiyat, davlat, universitet

yopiq

Mexanik soat mexanizmi

Gomeostazis (muvozanatga

intilish) hususiyatiga ega bo‘lishiga ko‘ra



Gomeostazis hususiyatiga ega bo‘lmagan (muvozanatga intilmaydigan) fizik, matematik va boshqa tizimlar

Muvozanatga intilmaydigan chiziqsiz dinamik tizimlar, lazer va xok.

Gomeostazis hususiyatiga

ega bo‘lgan (muvozanatga intiluvchi) fizik, matematik va boshqa tizimlar



Quyosh tizimi, mexanik soat mexanizmi, tenglamalar tizimi

Maqsadga

yo‘naltirilgan boshqaruv quyi tizimi yoki qoidasiga ko‘ra



Kibernetik (avtomatlashgan) boshqaruv quyi tizimiga ega bo‘lgan

Robot, antivirus dasturiy ta’minoti

Qaror qabul qiluvchi boshqaruv quyi tizimiga ega bo‘lgan

Universitet, ishga joylashtirish tizimi, jinoyatlar bilan kurashish tizimi

Huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi quyi tizimiga ega bo‘lgan

Konstitutsiya, Mehnat Kodeksi, huquqiy me’yor

Muvozanat holatiga olib boruvchi qoidasiga ega bo‘lgan

Buxgalteriya hisobi, Quyosh tizimi, tenglamalar tizimi

Sub’ektga naf keltirishiga ko‘ra

Nafli

Bozor iqtisodiyoti, kadrlar tayyorlash tizimi, atmosfera, ekologik tizim

Nafsiz, salbiy oqibatlarni keltiruvchi

Uyushgan jinoyatlar tizimi,

narkotrafik, bir partiyali siyosiy tizim, diktatura



Ishlash samaradorligiga ko‘ra

Samaradorligi yuqori

Zamonaviy texnologiyalar, yuqori huquqiy madaniyat

Samaradorligi past yoki

Ahloqiy eskirgan texnologiyalar,




samaradorsiz

byurokratik boshqaruv tizimi, bir palatali parlament

Tashqi muhit holatining noaniqligi va ehtimolligi darajasiga ko‘ra

Deterministik

Soat mexanizmi

Yarim-o‘yinli

Fermer qarorlari va obi-havo holatlari, firma strategiyalari va mahsulotga talab holatlari, xorijiy investitsiyalar xajmi va huquqiy tizim turlari

To‘liq-o‘yinli

Bo‘ri va quyon, tergovchi va gumonlanuvchi, advokat va prokuror, oligopolik firmalar, raqiblarning strategik qarorlari

Stoxastik

Jinoyatlarni bashorat qilish, aksiyalar bozori, iqtisodiy inqirozlarni bartaraf etish

O‘zini-o‘zi tashkillashtira olishiga ko‘ra

O‘zini-o‘zi tashkillashtiruvchi

Jamiyat, universitet, lazer

O‘zini-o‘zi

tashkillashtirmaydigan



Mexanik soat, muvozanatli dinamik tizimlar

Ob’ektning tirikligiga ko‘ra

Tiriksiz

Soat mexanizmi, termostat

Tirik

Ijtimoiy tizimlar, xayvonlar, insonlar, gomeostat, o‘simliklar

Muvozanat holati bo‘yicha

Muvozanatsiz

Teng samarali ayblash va ximoya qilish mexanizmlarini qamrab olgan sud tizimi

Muvozanatli

Teng samarasiz ayblash va ximoya qilish mexanizmlarini qamrab olgan sud tizimi

Ob’ektiv borliqda mavjudligiga ko‘ra



Abstrakt

Huquqiy tizim, mehnat kodeksi, matematik tizim

Moddiy

Ishlab chiqarish zavodi, kosmik tizim

3-SAVOLGA JAVOB.

4-SAVOLGA JAVOB.

Ташкил этиш усули бўйича синфланиши


5-SAVOLGA JAVOB.

3.АТнинг ташкил этувчилари

Ахборот тизимлари таркибий тузилма деб номланувчи қисмлар мажмуидан иборат бўлади.



Таркибий тузилма - бу тизимнинг қисмий бирлиги ҳисобланиб, бирон бир белгиси асосида ажратилган бўлади. Ахборот тизимининг умумий кўринишини қўлланилиш соҳаси бўйича мустақил ҳисобланган таркибий тузилмалар мажмуи сифатида тасвирлаш мумкин. Бу ўз навбатида таркибий класификатсияланишнинг аломатлари, таркибий тузилмалар эса таъминловчилар деб номланади. Шу тариқа исталган ахборот тизимини таъминловчи таркибий тузилмалар мажмуи сифатида тасвирлаш этиш мумкин.

Расм 2.1. Ахборот тизимининг таркибий тузилмалар мажмуи сифатидаги тузилиши

Таъминловчи таркибий тузилмалар қаторига ахборот, техник, дастурий, математик, ташкилий, ҳуқуқий ва ҳоказо турдаги таъминотлар киради.

    1. Информацион таъминот


Информацион таъминловчи таркибий тузилманинг вазифаси бошқариш ечимларини қабул қилиш учун керак бўладиган аниқ ва ишончли маълумотларни ўз вақтида етказиб бериш ҳисобланади.

Информацион таъминот ягона шалкга келтирилган ҳужжатларшитириш тизимлари, корхона доирасида айланадиган информацион оқимлар схемалари ҳамда маълумотлар базасини шалклантириш методологиялари мажмуидан иборатдир.

Ягона шалкга келтирилган ҳужжатларшитириш тизимлари ҳукумат, республика, хўжалик тармоқлари ва регионлар миқѐсида ишлаб чиқилади.

Асосий масала - бу ижтимоий ишлаб чиқаришнинг барча тармоқлари кўрсаткичларнинг солиштирилиши мумкинлигини таъминлашдир. Шу мақсадда умумлашган ҳужжатлаштириш тизимларига қўйиладиган талаблар стандартлари ишлаб чиқилган.

Информацион оқимлар схемаси ахборотларниниг айланиш маршрутлари, уларнинг ҳажми, ахборот пайдо бўлган жой ҳамда унинг натижавий ишлатилиш жойини тасвирлайди.

Информацион оқимлар схемаси қуйидагиларни таъминлайди:



  • такрорий ва ишлатилмайдиган ахборотларни ажратиш;

  • класификатсиялаш ҳамда ахборотни рационал тарзда намойиш этиш. Маълумотлар базасини шалклантириш методологияси 2 та қадамдан иборат:

  1. иш фаолиятининг спесификатсиясини аниқлаш мақсадида фирманинг

бўлинмаларини ўрганиб чиқиш;

  1. биринчи қадамда ишлаб ўрганиб чиқиш иш фаолияти соҳаси учун концептуал моделлар ишлаб чиқиш.

Информацион тизимни яратиш учун:

  • бутун ташкилот вазифалари, мақсадлари ва масалаларини аниқ тушуниш;

  • ахборотни пайдо бўлиши бошлаб унинг бошқаришнинг турли даражаларида ишлатилишигача бўлган босқичларни тасвирловчи информацион оқимларни кўриб чиқиш ва анализлаш;

  • ҳужжат алмашиниш тизимини мукаммалаштириш;

  • класификатсиялаш ва кодлаштириш тизиминиг мавжудлиги ва ишлатилиши;

  • ахборотларнинг ўзаро алоқасини тасвирловчи конспетуал моделларни яратиш методологиясига эга бўлиш;

  • машина ахборот ташувчи қурилмаларида информация массивини ҳосил қилиш. Бу ўз навбатида замонавий техник таъминотни талаб этади.



    1. Техник таъминот


Техник таъминот - ахборот тизимлари ишлашида қўланиладиган техник воситалар комплекси ҳисобланади. Техник воситалар комплекси қуйидагилардан ташкил топган:

  • компьютерларнинг барча моделлари;

  • ахборотни йиғувчи, сақловчи, қайта ишловчи, узатувчи ва чиқарувчи қурилмалар;

  • малумот узатувчи ускуналар ва алоқа линиялари;

  • оргтехника ва ва информацияни автоматик кўчириб олиш қурилмалари;

  • эксплуатацион материаллар ва ҳоказолар.

Ҳозирги кунда техник таъминотларни ташкиллаштиришнинг қуйидаги формалари мавжуд: марказлашган, қисман марказлашган ва тўлиқ тарқоқ (марказлашмаган).

Марказлашган техник таъминотлар катта ЭҲМ ва ҳисоблаш марказларини ишлатишда асосланади.

Бевосита ишчи ўринларда ўрнатилган шахсий компьютерлар асосида қурилган тизимлар марказлашмаган техник таъминотлар дейилади.

Қисман марказлашган техник таъминот энг оптимал ѐндашув ҳисобланади. Бунда техник таъминот шахсий компютерлар ва маълумотлар базаси сақланадиган тармоқ серверидан ташкил топган тақсимланган тармоқлардан тузилади.



    1. Математик ва дастурий таъминот


Математик ва дастурий таъминот - бу ахборот тизимининг мақсад ва масалаларини ечиш учун керак бўладиган математик методлар, моделлар, алгоритмлар ва дастурлар ҳамда нормал равишда ишлайдиган техник воситалар мажмуасидан иборат.

Математик таъминот воситаларига қуйидагилар киради:



  • бошқариш жараѐнларини моделлаштириш воситалари;

  • маълум турдаги бошқариш масалалари;

  • математик дастурлаш методлари, математик статистика, оммавий хизмат кўрсатиш методлари ва ҳоказолар.

Дастурий таъминот таркибига умумий ва махсус дастурий маҳсулотлар ҳамда техник ҳужжатлар киради.

Умумий дастурий таъминотларга фойдаланувчига йўналтирилган ҳамда ахборотни қайта ишлашга мўлжалланган дастурлар комплексидан ташкил топган бўлади. Улар компютерларнинг функцонал имкониятларини кенгайтириш, маълумотларни қайта ишлаш жараѐнини бошқариш ва назорат қилишда ишлатилади.

Махсус дастурий таъминот аниқ бир ахборот тизими учун яратилган воситалар мажмуасидан иборатдир. Унинг таркибига ишлаб чиқилган моделларни реализация қилувчи ва обьектнинг ишлашини тавсиф этувчи амалий дастурлар пакети киради.

Дастурий таъминотларни ишлаб чиқиш бўйича техник ҳужжатлар қўйилган масала баѐни, алгоритмлаш масаласи, масаланинг иқтисодий- математик ва назорат мисолларидан ташкил топади.



    1. Ташкилий таъминот


Ташкилий таъминот - бу ахборот тизимини ишлаб чиқариш жараѐнида ҳамда унин эксплуация вақтида ишчиларнинг техник воситалар билан ўзаро мунособатлар регламентловчи методлар ва воситалар мажмуасидир.
    1. Ҳуқуқий таъминот


Ҳуқуқий таъминот - бу ахборот тизиминг яратилишини, юридик статусини ва ишлашини аниқлаштирувчи ҳамда ахборотнинг ишлатиши, шакл алмашинуви ва қубул қилиш тартибини регламентга солувчи ҳуқуқий нормативлар мажмуидир.

Ахборот тизиминг ишлаб чиқиш босқичларининг ҳуқуқий таъминоти ишлаб чиқарувчи томон ва буюртмачи томон ўртасидаги муносабатлар норматив актларини ўз ичига олади.



Ахборот тизимининг ишлаш босқичларининг ҳуқуқий таъминоти қуйидагилар қамраб олади:

  • информацион тизим статуси;

  • шахс мажбурияти, ҳуқуқлари, жавобгариликлари;

  • бошқариш турлари алоҳида шаклларининг ҳуқуқий ўрни;

  • ахборотнинг яратилиши ва ишлатилиши тартиби ва ҳоказолар.



1



2



3



4



5



6



7



Download 123.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling