3. Sug’urta fondlarining turlari. Sug’urta fondlaridagi mablag’larning ishlatilishi


Download 0.82 Mb.
Sana26.11.2020
Hajmi0.82 Mb.
#152192
Bog'liq
Sugʻurta fondlari


SUG’URTA FONDLARINI TASHKIL ETISH

VA ULARNING SHAKLLANISHI

Mavzu:


3. Sug’urta fondlarining turlari.

2. Sug’urta fondlaridagi mablag’larning ishlatilishi.

1. Sug’urta fondlarini tashkil etish manbalari.

Reja:

Sug’urta munosabatlarini o’rnatishda sugúrta fondlarini tashkil etish birlamchi zaruriyat hisoblanadi. Chunki, sug’urtalovchining moliyasi sug’urta himoyasi bo’yicha xizmat ko’rsatish faoliyatini ta'minlaydi. Shu sababli sug’urtalovchi sug’urta fondi mablag’larini shakllantiradi va tashkil etilgan fond mablag’larini sug’urtalanuvchilar zararlarini qoplash, sug’urta ishini tashkil qilish bo’yicha xarajatlarini moliyalashtirishga sarflaydi. Bundan tashqari, bozor sharoitida, sug’urtalovchi sug’urta fondining bir qismi va o’z mablag’lari hisobidan investitsion faoliyat bilan ham shug’ullanadi. Bundan ko’rinib turibdiki, sug’urta tashkilotining pul aylanishi xalq xo’jaligining boshqa sohalari korxonalariga nisbatan ancha murakkabdir.



1.Sugʻurta fondlarini tashkil etish manbalari.

Sug’urta tashkilotining pul aylanmasi ikki mustaqil pul oqimini o’z ichiga oladi:

- sug’urta himoyasini ta'minlovchi pul aylanmasi;

-sug’urta ishini tashkil qilish bilan bog’liq pul

aylanmasi.

Bunda sug’urta himoyasini ta'minlovchi pul aylanmasi ikki bosqichni bosib o’tadi:

birinchi bosqichda, sug’urta fondi shakllanadi va taqsimlanadi;

ikkinchi bosqichda, sug’urta fondi mablag’lari foyda olish maqsadida investitsiya qilinadi.

Sug’urta fondi sug’urta tarifi bo’yicha aniqlanadigan va manbasi sug’urtalanuvchilar tomonidan to’lanadigan sug’urta badallari hisoblanadi

Sug‘urtalovchi o‘zining moliyaviy majburiyatlarini bajarib, olgan to‘lovlarini tarifda ko‘zda tutilgan turli maqsadli yo‘nalishlar bo‘yicha taqsimlaydilar.

Sug‘urta tashkilotlari tizimi faoliyatida quyidagi fondlardan foydalaniladi:

- nizom fondi;

- amortizatsiya fondi;

- joriy tushumlar fondi;

- sug‘urta turlari bo‘yicha zahira fondlari tizimi;

- sug‘urtaning uzoq muddatli turlari bo‘yicha rezerv fondlari;

- oldini olish tadbirlarini moliyalashtirish fondi;

- mehnatga haq to‘lash fondi;

- iqtisodiy rag‘batlantirish fondlari (sug‘urtani rivojlantirish fondi va ijtimoiy-madaniy tadbirlar fondi)

2. Sug’urta fondlaridagi mablag’larning ishlatilishi.

Sug’urta fondlaridagi mablag’larning ishlatilishi deganda sug‘urtalovchining amalda sarflayotgan xarajatlari tushuniladi. Chunki, sug‘urtalovchining amalda sarflayotgan xarajatlari sug‘urta fondini taqsimlash jarayonida shakllanadi. Xarajatlar tarkibi va strukturasini ikki o‘zaro bog‘liq iqtisodiy jarayonlar: sug‘urtalanuvchilar oldidagi majburiyatlarni qoplash va sug‘urta tashkiloti faoliyatini moliyalashtirish aniqlab beradi.

Shundan kelib chiqib, sug‘urta ishida xarajatlarni quyidagicha turkumlash qabul qilingan: sug‘urta qoplamalari va sug‘urta summalarini to‘lash xarajatlari; zahira va rezerv fondlariga ajratmalar; oldini olish tadbirlariga ajratmalar; ish yuritish xarajatlari.

O‘z salmog‘i va ijtimoiy-iqtisodiy mazmundagi ahamiyati bo‘yicha sug‘urtalovchi xarajatlarining asosiy moddasini sug‘urta qoplamalari va sug‘urta summalarini to‘lash xarajatlari tashkil qiladi. To‘lov paytida sug‘urtalovchining sug‘urtalanuvchi oldida shartnoma tuzish paytida olgan yoki qonun asosidagi (majburiy sug‘urta bo‘yicha) majburiyatlarini bajarilishi ro‘y beradi.

Zahira fondlari yoki badal rezervlariga ajratmalar sug‘urta ishidagi kelasi davr xarajatlarining o‘ziga xos bir variantini bildiradi. Ular sug‘urta qoplamalari va sug‘urta summalarining me’yoriy va haqiqatdagi kattaliklari o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi.

Sug‘urtalanuvchi xarajatlarining boshqa elementlari singari oldini olish tadbirlariga ajratmalar ham tarif stakasi tuzilishida me’yorlashtirilgan. Davlat sug‘urta boshqarmasi amal qilgan davrlarda oldini olish tadbirlarini moliyalashtirishga mo‘ljallangan mablag‘lar budjetga yo‘naltirilgan. Endi bu mablag‘lar sug‘urta tashkilotlarining o‘zlarida bo‘lmoqda.

Sug‘urta ishida ish yuritish xarajatlari muhim rol o‘ynaydi. Ular sug‘urtalovchilar faoliyatini moliyalashtirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, brutto-stavkaning yuklamasiga kiritiladi va sug‘urta operatsiyalari tannarxining muhim elementi hisoblanadi. O‘z tarkibiga mehnatga haq to‘lash xarajatlari, xo‘jalik va idora xarajatlari, xizmat safarlari va ba’zi boshqa xarajatlarni oladi.

Jahon amaliyotida ish yuritish xarajatlari akvizitsion, inkassa, bartaraf (likvidatsiya) qilish va boshqaruv xarajatlariga bo‘linadi.

Akvizitsion xarajatlar yangi sug‘urta shartnomalarini tuzish maqsadida amalga oshiriladi. Ularga akvizitsion komissiya, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va boshqa xarajatlar kiradi. Akvizitsion xarajatlar yangi sug‘urta turlari joriy qilinib qo‘llanilayotganda tez o‘sib boradi.

Inkassa xarajatlari – bu sug‘urta tashkiloti xodimlarining sug‘urta to‘lovlari yig‘ganlik va sug‘urtalanuvchilarga xizmat ko‘rsatganliklari uchun mehnatiga haq to‘lash xarajatlari. Inkassa xarajatlari brutto-stavkadan komission tamoyillarda foizlar bo‘yicha hisoblanadi.

Bartaraf (likvidatsiya) qilish xarajatlari odatda bevosita xarajat hisoblanadi va sug‘urta hodisasi ro‘y bergandan so‘ng amalga oshiriladi. Boshqa bevosita xarajatlar singari ular konkret sug‘urta turiga tegishli bo‘ladi. Bunday xarajatlar tarkibiga mazkur holat bilan bog‘liq bartaraf qiluvchi va ekspertni sug‘urta hodisasi ro‘y bergan joyga borish-kelish yo‘l xarajatlari, ekspertlarni rag‘batlantirish xarajatlari, sud xarajatlari va boshqalar kiradi.

Boshqaruv xarajatlari o‘z tarkibiga sug‘urta tashkilotining ma’muriy-boshqaruv xodimlari mehnatiga haq to‘lash xarajatlari, ma’muriy-xo‘jalik xarajatlari va sug‘urtani rivojlantirish xarajatlarini oladi.



3. Sug’urta fondlarining turlari.

Sug’urta fondlarining turlarini tavsiflashda sug‘urta munosabatlarining o‘ziga xos zususiyatlarini inobatga olish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Chunki, sug‘urta fondlari sug‘urta zahiralari asosida shakllanadi. Shu sababli sug‘urta fondlari turlarini sug‘urta zahiralari turlari bo‘yicha tasniflash mumkin: 

- ogoh etuvchi tadbirlar uchun zaxira. Bu zaxira maqsadli bo‘lib, uni xarajat qilish  maxsus vakolatli Davlat organi tomonidan ishlab chiqilgan nizomga ko‘ra amalga oshiriladi. Mazkur tadbirlar sug‘urtalanuvchi bilan kelishilgan holda olib boriladi. Bu tadbir sug‘urtalanuvchi tomonidan bajariladi, sug‘urtachi esa uni moliyalashtiradi xolos.

- o‘z belgilangan muddatiga ko‘ra, sug‘urta xizmatini ko‘rsatish uchun olingan sug‘urta mukofotlari - zaxira sifatida. Shartnoma shartlari bo‘yicha u sug‘urtachi hisobiga o‘tkazilgan bo‘lsada, unga muvofiq ravishdagi xizmat hali ko‘rsatilmagan bo‘lib, bu summaning bir qismi «hali ishlab topilmagan» hisoblanadi. Sug‘urta mukofoti «ishlab topilgani»dan so‘ng, uning bir qismi ogoh etish zaxirasiga o‘tkaziladi, ular belgilangan tartibda daromad(foyda) solig‘iga tortiladi.

- zararlarni qoplash zaxiralari. Uning hajmi potensial to‘lovlar hamda 3 foiz atrofidagi  tadbirlarni  olib  borish  uchun ajratilgan xarajatlar summasidan iborat bo‘ladi. Sug‘urta holatiga ko‘ra, sug‘urtalanuvchining arizasiga binoan, sug‘urtachi zaxiradan qoplama summasini to‘lash uchun tayyorlaydi, ammo ko‘rilgan zarar sabablarini aniqlashtirish natijasida sug‘urtalanuvchining aybi bilan sug‘urta hodisasi yuz bergan bo‘lsa, qoplama to‘lanmasligi ham mumkin.

Bugungi kunga kelib, mamlakatimizda sug‘urtaning tub ma’noda tadbirkorlik faoliyatiga aylanishi uchun quyidagi ma’lum shartlar bajarilishi talab etiladi:

- birinchidan, sug‘urta faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ixtisoslashgan tashkilot sug‘urta xizmatini ko‘rsatishi hamda  raqobatli muhitda muvaffaqiyatli ishlashi uchun o‘z moliyaviy barqarorligini mustahkamlashi, filiallar tarmog‘ini kengaytirishi;

-      ikkinchidan, yuridik va jismoniy shaxslarning sug‘urta zaxirasini shakllantirish jarayonida bevosita ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirishi, ayni vaqtda ular tomonidan sug‘urta xizmatiga talabning ham yuqori bo‘lishiga erishishi;

- uchinchidan, turli mulkchilik shaklidagi iqtisodiyot sub’ektlar, xususan, davlat (budjet mablag‘larini jalb etmagan holda) ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko‘rsatish) jarayonida yuz berishi ehtimol bo‘lgan risklar bo‘yicha, kutilmagan zarar va yo‘qotishlarni qoplash mexanizmi sifatida sug‘urta faoliyati rivojlanishidan manfaatdor bo‘lishi kabilar.

Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, sug‘urtaga bo‘lgan talabga xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar va aholining tabiiy ehtiyojlari sifatida qaramaslik lozim. Bizga ma’lumki, tabiiy ehtiyojlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri anglaniladi hamda har bir sub’ekt ularni o‘zi uchun namoyon etib, bunday ehtiyojlarini qoniqtirishga harakat qiladi.



Eʼtiboringiz uchun rahmat!!!
Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling