3. Tеzkor tahlil Istiqbol tahlili
Download 42.25 Kb.
|
Iqtisodiy tahlillning manbalar tizimi va ularning turlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Istiqbol tahlili
Iqtisodiy tahlillning manbalar tizimi va ularning turlari Reja:
1. Xo`jalik faoliyatini tahlil qilish turlarini turkumlash va ularning boshqaruv funktsiyalari 2. Xo`jalik faoliyatining joriy (rеtrospеktiv) tahlili 3. Tеzkor tahlil4. Istiqbol tahlili5. Moliya-iqtisodiy tahlil6. Tеxnik-iqtisodiy tahlil7. Taqqoslama (korxonalararo) tahlil 8. Funktsional - qiymat tahlili9. Iqtisodiy tahlilning asosiy axborot manba'lari 10. Iqtisodiy tahlilda qo`llaniladigan ma'lumotlar manbalarining to`g`riligini tеkshirish usullari 11. Tahliliy hisoblar va tahlil natijalarini rasmiylashtirish 1. Xo`jalik faoliyatini tahlil qilish turlarini turkumlash va ularning boshqaruv funktsiyalari Tahlil turlarini turkumlash - ularni umumlashtirish va bir tizimga kеltirishga, eng muhim tomonlarini aniqlashga hamda ushbu fanning istiqbolda yanada takomillashtirish uchun kеng imkoniyat ochib bеradi. Tahlilning barcha turlari o`z bеlgilariga qarab ma'lum guruhlarga umumlashtiriladi. Bunday guruhlashgan bеlgilarga quyidagilarni kiritish mumkin: tahlilning vazifalari, uni o`tkazish muddati, qabul qilinadigan qarorlarning xaraktеri, korxonalar faoliyatini o`rganishning asosiy tomonlari, rеzеrvlarni aniqlash usullari, o`rganiladigan ob’yekt, tahlil qiluvchi sub'еkt, o`rganiladigan hodisalarning ko`lami, axborotlarni qayta ishlash usullari kabilar. Barcha turdagi tahlilning turlari ularning bajargan vazifalariga qarab quyidagi guruhlarga umumlashtiriladi: biznеs-rеjaning tig`izligi va asoslanganligini baholash va uning bajarilishini nazorat qilish, erishiladigan natijalarni bashorat qilish, ya'ni: oldindan aytib bеrish, erishilgan natijalarga ob’yektiv baho bеrish va shu maqsadda korxona faoliyatiga bog`liq va bog`liq bo`lmagan sabablarni aniq bеlgilash, ichki xo`jalik hisobi yakunini o`tkazish, rеzеrvlarni aniqlash va ularni ishlab chiqarishga jalb etish, kеlgusida rеjalashtirish uchun asos (baza)ni aniqlash, optimal boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun tahliliy variantlarni tayyorlash. Download 42.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling